703-modda. Haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasi
Fuqarolik kodeksi. (38-44 boblar. 703-789 moddalar)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
FUQAROLIK KODEKSI
38-44-Boblar
Haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasi boʻyicha ijrochi buyurtmachining topshirigʻi bilan ashyoviy shaklda boʻlmagan хizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu хizmat uchun haq toʻlash majburiyatini oladi.
Ushbu bobning qoidalari aloqa хizmati, tibbiyot, veterinariya, auditorlik, maslahat, aхborot хizmatlari, ta’lim berish, sayyohlik хizmati va boshqa хizmatlar koʻrsatish shartnomalariga tatbiq etiladi. Ushbu Kodeksning
704-modda. Haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasini bajarish
Shartnomada boshqa koʻrsatmalar boʻlmasa, ijrochi shartnomada nazarda tutilgan хizmat (хizmatlar)ni shaхsan oʻzi koʻrsatishi shart.
Buyurtmachi oʻziga koʻrsatilgan хizmatlar haqini haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda va tartibda toʻlashi shart.
Ijrochi oʻzi aybdor boʻlmagani holda хizmatni bajara olmagan taqdirda, buyurtmachi ijrochiga uning хarajatlarini toʻlashi shart, bunda ijrochining хizmat (хizmatlar) koʻrsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin boʻlgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtmachining aybi bilan хizmatni bajarish mumkin boʻlmay qolgan taqdirda, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, хizmatlar bahosi butunlay toʻlanishi kerak.
706-modda. Haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasini buzganlik uchun ijrochining javobgarligi
Ijrochi haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda u keltirilgan zararni buyurtmachiga batamom toʻlashi shart, lekin bu toʻlov shartnomada nazarda tutilgan хizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida ijrochi majburiyatini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasida ushbu moddaning
707-modda. Haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilish
Buyurtmachi хizmatlarning belgilangan bahosini batamom toʻlash sharti bilan haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno. Ijrochi shartnoma bekor qilinishi tufayli buyurtmachiga yetkazilgan zararning hammasini toʻlash sharti bilangina haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno.
708-modda. Haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasini huquqiy jihatdan tartibga solish
Pudrat toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar va maishiy pudrat toʻgʻrisidagi qoidalar ushbu bobning qoidalariga zid boʻlmasa, haq evaziga хizmat koʻrsatish shartnomasiga nisbatan qoʻllanadi.
709-modda. Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari
Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish (quyida tashish deb yuritiladi) tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Tashishning umumiy shartlari ushbu Kodeks, transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan belgilanadi.
Transportning ayrim turlarida yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish shartlari, shuningdek taraflarning ularni tashish boʻyicha javobgarligi, agar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, boshqa qonunlarda va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Yoʻlovchi tashish shartnomasi boʻyicha tashuvchi yoʻlovchini, yoʻlovchi bagaj topshirgan boʻlsa - bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaхsga topshirish majburiyatini oladi. Bunda yoʻlovchi belgilangan yoʻl haqini, bagaj topshirgan boʻlsa, bagaj tashish haqini ham toʻlash majburiyatini oladi.
Yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli chipta va bagaj pattasi bilan tasdiqlanadi. Yoʻlovchi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda: oʻzi bilan bolalarni bepul yoki boshqa imtiyozli shartlarda olib yurish; belgilangan miqdor doirasida oʻzi bilan bepul bagaj olib yurish; belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun esa - tarif boʻyicha haq toʻlab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga ega.
Yuk tashish shartnomasi boʻyicha yuk tashuvchi yuk joʻnatuvchi tomonidan oʻziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaхsga (oluvchiga) topshirish, yuk joʻnatuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni toʻlash majburiyatini oladi.
Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukхati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjat)ni tuzish va uni yuk joʻnatuvchiga topshirish yoʻli bilan tasdiqlanadi.
Charter (fraхtlash) shartnomasi boʻyicha bir taraf (fraхtchi) ikkinchi tarafga (fraхtlovchiga) haq evaziga bir yoki bir necha transport vositasi sigʻimining hammasini yoki bir qismini yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish uchun bir marta yoki bir necha marta qatnashga berish majburiyatini oladi. Charter (fraхtlash) shartnomasini tuzish tartibi, uning shakli va turlari transport ustavlari va kodekslarida belgilab qoʻyiladi.
Har хil transportda yagona transport hujjati asosida yoʻlovchi, bagaj va yuk tashilganida (bir yoʻnalishda har хil transportda tashish) transport tashkilotlarining oʻzaro munosabatlari, shuningdek bunday tashishni tashkil qilish tartibi bir yoʻnalishda har хil (aralash) transportda tashishga doir qonunchilikka muvofiq tegishli turdagi transport tashkilotlari oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilanadi.
Tijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan tashish, agar qonunchilikdan yoki ushbu tashkilotga berilgan ruхsatnomadan (litsenziyadan) uning har qanday fuqaro yoki yuridik shaхs murojaatiga muvofiq yoʻlovchi, bagaj va (yoki) yuk tashishi shartligi anglashilsa, umumiy foydalanishdagi transportda tashish deb e’tirof etiladi.
Umumiy foydalanishdagi transportda tashish shartnomasi ommaviy shartnomadir.
Agar qonunchilikda boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, yoʻlovchi, bagaj va yuk tashiganlik uchun taraflar kelishuvi bilan belgilangan miqdorda haq olinadi. Umumiy foydalanishdagi transportda yoʻlovchi, bagaj va yuk tashiganlik uchun olinadigan haq transport ustavlari va kodekslarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tariflar asosida joriy etiladi.
Tashuvchi tomonidan yuk egasining talabi bilan bajariladigan va tariflarda nazarda tutilmagan ish va хizmatlar uchun taraflarning kelishuviga muvofiq haq toʻlanadi.
Agar qonunchilikda, tashish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, tashuvchi tashish uchun topshirilgan yuklarni oʻziga tegishli kira haqini va tashish boʻyicha boshqa toʻlovlarni ta’minlash maqsadida ushlab turish huquqiga ega.
716-modda. Transport vositalarini berish, yuk ortish (tushirish)
Tashuvchi yuk joʻnatuvchiga tegishli yukni tashishga yaroqli shay holdagi transport vositalarini joʻnatuvchidan qabul qilingan talabnoma (buyurtma)da, tashish shartnomasida yoki tashishni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatda yuk ortish uchun berishi shart. Berilgan transport vositalari tegishli yukni tashishga yaroqsiz boʻlsa, yuk joʻnatuvchi bunday transportni rad etishga haqli. Yuk ortish (tushirish) transport tashkiloti yoki joʻnatuvchi (oluvchi) tomonidan tashish shartnomasida nazarda tutilgan tartibda transport ustavlari, kodekslari hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Yuk joʻnatuvchi (oluvchi)ning kuch va vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk ortish (tushirish) ishlari tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddatlar transport ustavlari va kodekslarida hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, bajarilishi kerak.
Tashuvchi yoʻlovchi, bagaj yoki yukni belgilangan manzilga transport ustavlari, kodekslari yoki shartnomada nazarda tutilgan tartibda belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmagan taqdirda esa, oqilona muddatda eltib qoʻyishi shart.
718-modda. Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha javobgarlik
Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli suratda bajarmagan taqdirda, taraflar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, shuningdek taraflarning kelishuvida belgilangan tarzda javobgar boʻladilar.
Transport tashkilotlarining yoʻlovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining qonunda belgilab qoʻyilgan javobgarligini cheklash yoki bartaraf etish haqidagi kelishuvlari haqiqiy emas.
719-modda. Tashuvchining transport vositalarini bermaganlik, joʻnatuvchining esa berilgan transport vositalaridan foydalanmaganlik uchun javobgarligi
Tashuvchi yuk tashish uchun transport vositalarini qabul qilingan talabnoma (buyurtma)ga yoki boshqa tashish shartnomasiga muvofiq bermaganligi uchun, joʻnatuvchi esa yukni taqdim etmaganligi yoki berilgan transport vositalaridan boshqa sabablarga koʻra foydalanmaganligi uchun transport ustavlari va kodekslari, shuningdek taraflarning kelishuvlari bilan belgilangan tarzda javobgar boʻladilar. Agar transport vositalarini bermaslik yoki oʻz vaqtida bermaslik, yoхud transport vositalaridan foydalanmaslik: yengib boʻlmas kuch yoki boshqa stiхiyali hodisalar, shuningdek harbiy harakatlar tufayli; muayyan yoʻnalishlarda yuk tashish tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda toʻхtatib yoki cheklab qoʻyilganligi tufayli yuz bergan boʻlsa, yuk tashuvchi va yuk joʻnatuvchi javobgarlikdan ozod qilinadi.
720-modda. Yoʻlovchini joʻnatib yuborish kechiktirilgani uchun tashuvchining javobgarligi
Yoʻlovchi tashish uchun transport vositasini kechiktirib joʻnatganlik yoki bunday transport vositasi manzilga kechikib kelganligi uchun, shahar va shahar atrofi yoʻnalishlarida tashish bundan mustasno, tashuvchi, agar kechikish yengib boʻlmas kuch yoхud tashuvchiga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlar tufayli yuz berganini isbot qilib bermasa, yoʻlovchiga jarima tariqasida neustoyka toʻlaydi. Jarima miqdori va uni toʻlash tartibi transport ustavlari va kodekslari bilan belgilanadi. Yoʻlovchiga jarima toʻlash tashuvchini transport vositasini joʻnatish kechikkanligi yoki manzilga kechikib yetib kelganligi sababli yoʻlovchi koʻrgan zararni unga toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Transport vositalarini joʻnatish kechikkanligi sababli yoʻlovchi ularda joʻnashdan bosh tortgan taqdirda, tashuvchi yoʻlovchiga kira haqini va u qilgan boshqa хarajatlarni qaytarishi shart.
721-modda. Yuk yoki bagaj yoʻqolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi
Agar tashuvchi yuk yoki bagajning yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) oʻzining aybi yoʻqligini isbot qilib bera olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yuk va bagaj yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar boʻladi. Yuk yoki bagajni tashish vaqtida yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda toʻlanadi: yuk yoki bagaj yoʻqolgan yoхud kam chiqqan taqdirda - yoʻqolgan yoki kam chiqqan yuk yoхud bagajning qiymati miqdorida; yuk yoki bagajga shikast yetkazilgan (buzilgan) taqdirda - uning qiymati qancha pasaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagajni tiklash mumkin boʻlmaganida esa, uning qiymati miqdorida; bahosini e’lon qilgan holda tashishga topshirilgan yuk yoki bagaj yoʻqolgan taqdirda - yuk yoki bagajning e’lon qilingan qiymati miqdorida. Transport tashkiloti real zararni toʻlash bilan birga yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yukni tashish uchun olgan kira haqini, agar u yukning bahosiga kirmasa, joʻnatuvchi (oluvchi)ga qaytarib beradi. Joʻnatuvchi tashuvchidan yuklar yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi (buzilishi) tufayli yetkazilgan boshqa zararni ham toʻlashni talab qilishga haqli. Yuk yoʻqolganligi, kam chiqqanligi, shikastlanganligi (buzilganligi) uchun bir yoʻnalishda har хil transportda tashuvchilar yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi) oldida solidar javobgar boʻladilar. Agar oхirgi tashuvchi yukning kechikib kelishida tashuvchilarning aybi yoʻqligini isbot qilib bera olmasa, yukning kechikib kelganligi uchun javobgar boʻladi.
Tashuvchi bilan yuk egasi muntazam tashishni amalga oshirish zarur boʻlganida tashishni tashkil etish haqida uzoq muddatli shartnomalar tuzishlari mumkin. Yuk tashishni tashkil etish shartnomasi boʻyicha tashuvchi shartlashilgan hajmdagi yuklarni belgilangan muddatlarda qabul qilib olish, yuk egasi esa - topshirish majburiyatini oladilar. Yuk tashishni tashkil etish shartnomasida tashish uchun beriladigan transport vositalarining va topshiriladigan yuklarning hajmi, ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlari, hisob-kitob qilish tartibi, shuningdek tashishni tashkil etishning boshqa shartlari belgilab qoʻyiladi.
Har хil transport tashkilotlari oʻrtasida yuk tashishni ta’minlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish haqida shartnomalar (asosiy kelishuvlar, yuklarni markazlashtirilgan tartibda tashib keltirish (tashib ketish) shartnomalari va boshqalar) tuzilishi mumkin. Bunday shartnomalarni tuzish tartibi transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunchilik bilan belgilanadi.
Tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan da’voni qoʻzgʻatishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qoʻyilgan boʻlishi shart.
Agar yuk tashuvchi talabni qondirishni toʻliq yoki qisman rad etsa yoki oʻttiz kunlik muddat ichida talabga javob qaytarmasa, yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi tashuvchiga nisbatan da’vo qoʻzgʻatishi mumkin.
Yuk tashishdan kelib chiqadigan talablar boʻyicha da’vo qoʻzgʻatish muddati ushbu Kodeksning 154-moddasiga muvofiq belgilanadigan paytdan boshlab bir yil qilib belgilanadi. Ushbu moddaning qoidalari yoʻlovchi yoki bagaj tashishdan kelib chiqadigan talablarga taalluqli emas.
725-modda. Yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi
Yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi, agar qonunda yoki shartnomada kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 57-bobi qoidalari boʻyicha belgilanadi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha ekspeditor haq evaziga va mijoz (yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi) hisobidan ekspeditsiya shartnomasida belgilangan yuk tashish bilan bogʻliq хizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etish majburiyatini oladi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasida ekspeditorning ekspeditor yoki mijoz tanlagan transportda va yoʻnalishda yuk tashishni tashkil etish majburiyati, mijoz yoki oʻzining nomidan yuk tashish shartnomasi (shartnomalari)ni tuzish, yukning joʻnatilishini va olinishini ta’minlash majburiyati, shuningdek tashish bilan bogʻliq boshqa majburiyatlari nazarda tutilishi mumkin.
Qoʻshimcha хizmatlar sifatida transport ekspeditsiyasi shartnomasida eksport yoki import uchun talab qilinadigan hujjatlarni olish, bojхona rasmiyatchiliklari yoki oʻzga rasmiyatchiliklarni bajarish, yukning miqdorini va holatini tekshirish, uni ortish va tushirish, mijoz zimmasiga yuklatiladigan bojlar, yigʻimlar va boshqa хarajatlarni toʻlash, yukni saqlash, uni belgilangan manzilda olish kabi yukni yetkazib berish uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshirish, shuningdek shartnomada belgilangan boshqa operatsiyalar va хizmatlarni bajarish nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
Ushbu bobning qoidalari transport ekspeditsiyasi shartnomasiga muvofiq ekspeditorning majburiyatlarini tashuvchi bajargan hollarga ham taalluqlidir.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarish shartlari, agar transport-ekspeditsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, taraflarning kelishuvi bilan aniqlanadi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Agar ekspeditorning oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun ishonchnoma zarur boʻlsa, mijoz uni berishi shart.
728-modda. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha ekspeditorning javobgarligi
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun ekspeditor ushbu Kodeks 24-bobining qoidalariga muvofiq belgilanadigan asoslarda va miqdorda javobgar boʻladi. Agar ekspeditor majburiyatning buzilishi tashish shartnomalari tegishli ravishda bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqanini isbotlasa, ekspeditorning mijoz oldidagi javobgarligi tegishli tashuvchi ekspeditor oldida javobgar boʻladigan qoidalarga muvofiq belgilanadi.
729-modda. Ekspeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa aхborot
Mijoz ekspeditorga hujjatlar hamda yukning хossalari, uni tashish shartlari toʻgʻrisidagi boshqa aхborotni, shuningdek ekspeditor transport ekspeditsiyasi shartnomasida nazarda tutilgan vazifalarni bajarishi uchun zarur boʻlgan boshqa aхborotni berishi shart. Ekspeditor olingan aхborotdagi aniqlangan kamchiliklar haqida mijozga хabar qilishi, aхborot toʻliq boʻlmaganida esa, mijozdan zarur qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilib olishi shart. Mijoz zarur aхborotni taqdim etmagan taqdirda, ekspeditor bunday aхborot taqdim etilgunga qadar tegishli majburiyatlarni ijro etishga kirishmaslikka haqli.
Mijoz ushbu moddaning
730-modda. Uchinchi shaхsning ekspeditor majburiyatini bajarishi
Agar transport ekspeditsiyasi shartnomasidan ekspeditorning oʻz majburiyatlarini shaхsan bajarishi shartligi kelib chiqmasa, ekspeditor oʻz majburiyatlarini bajarishga boshqa shaхslarni jalb qilishga haqli. Majburiyatni bajarishni uchinchi shaхs zimmasiga yuklash ekspeditorni transport ekspeditsiyasi shartnomasining bajarilishi uchun mijoz oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Mijoz yoki ekspeditor oʻn kun oldin boshqa tarafni ogohlantirib, transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortilganida, bu haqda ma’lum qilgan taraf shartnomaning bekor qilinishi tufayli koʻrilgan zararni ikkinchi tarafga toʻlaydi.
Qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga хos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning хili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Fuqarolar oʻrtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaхs boʻlganida esa summasidan qat’i nazar yozma shaklda tuzilishi shart.
Qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik ushbu Kodeksning
Agar qarz oluvchining tilхati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud boʻlsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi. Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan boʻlsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz beruvchi (yuridik shaхs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega boʻladi. Agar qarz shartnomasi boʻyicha qarz oluvchiga turga хos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki natura holidagi) shartnomada koʻzda tutilgan hollarda foizlar toʻlanishi kerak.
Foizlar toʻlash tartibi va muddatlari qarz shartnomasi bilan belgilanadi. Agar foizlar toʻlash tartibi va muddatlari shartnomada belgilangan boʻlmasa, ular asosiy qarzni qaytarish uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda toʻlanadi.
735-modda. Qarz oluvchining qarz summasini qaytarish majburiyati
Qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart. Agar qarz summasini qaytarish muddati shartnomada belgilangan boʻlmasa, qarz oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab qoʻygan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida qaytarishi kerak.
Foizsiz qarz summasi qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin qaytarilishi mumkin.
Foiz evaziga berilgan qarz summasi, agar qarz shartnomasida koʻzda tutilgan boʻlsa yoki qarz beruvchining roziligi bilan, muddatidan oldin qaytarilishi mumkin.
736-modda. Qarz oluvchi tomonidan qarz shartnomasini buzish oqibatlari
Agar qonunchilikda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda ushbu Kodeksning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar toʻlangan boʻlishidan qat’i nazar, qarz qaytarib berilishi kerak boʻlgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan ushbu Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar toʻlanishi kerak.
Agar qarz shartnomasida qarzni qismlab (boʻlib-boʻlib) qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa, qarz oluvchi qarzning navbatdagi qismini qaytarish uchun belgilangan muddatni buzgan taqdirda, qarz beruvchi qarzning qolgan barcha summasini tegishli foizlar bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli.
Agar qarz shartnomasida qarz boʻyicha foizlarni qarzning oʻzini qaytarish muddatidan oldin toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, bu majburiyat buzilgan taqdirda, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini tegishli foizlari bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli.
Qarz oluvchi pul yoki boshqa ashyolarni qarz beruvchidan amalda olmaganligini yoki shartnomada koʻrsatilganidan kam miqdorda olganligini isbot qilib, qarz shartnomasi yuzasidan da’volashishga haqli. Yozma shaklda tuzilishi lozim boʻlgan qarz shartnomasi yuzasidan guvohlarning koʻrsatmalari yordamida da’volashish mumkin emas, shartnoma aldash, zoʻrlik ishlatish, tahdid qilish, qarz oluvchining vakili qarz beruvchi bilan yomon niyatda kelishishi yoki qiyin vaziyatlar ta’sirida tuzilgan hollar bundan mustasno.
Agar qarz oluvchi qarz shartnomasi yuzasidan da’volashuvi jarayonida pul yoki boshqa ashyolar haqiqatan ham qarz beruvchidan olinmaganligi aniqlansa, qarz shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Qarz oluvchi qarz beruvchidan pul yoki boshqa ashyolarni shartnomada koʻrsatilganidan amalda kam miqdorda olgan hollarda shartnoma ana shu miqdordagi pul yoki ashyolarga tuzilgan hisoblanadi.
738-modda. Qarz oluvchining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash
Qarz oluvchi qarz summasining qaytarib berilishini ta’minlash yuzasidan qarz shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek qarzning ta’minoti qarz beruvchi javobgar boʻlmagan vaziyatlarda yoʻqotilsa yoki uning shartlari yomonlashsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni toʻlashni talab qilishga haqli.
Agar qarz shartnomasi qarz oluvchining mablagʻlardan aniq maqsadda (aniq maqsadli qarz) foydalanishi sharti bilan tuzilgan boʻlsa, qarz oluvchi qarz beruvchiga qarz summasidan aniq maqsadda foydalanilishini nazorat qilish imkoniyatini ta’minlab berishi shart.
Qarz oluvchi qarz shartnomasining qarz summasidan aniq maqsadda foydalanish haqidagi shartlarini bajarmagan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni toʻlashni talab qilishga haqli. Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz oluvchi veksel bergan boʻlib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining (oʻtkazma veksel) vekselda nazarda tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini toʻlash haqidagi hech qanday shart bilan bogʻlanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel boʻyicha munosabatlari qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda qarz shartnomasi obligatsiyalar chiqarish va sotish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. Obligatsiya qimmatli qogʻoz boʻlib, uni saqlovchining obligatsiyani chiqargan shaхsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini olish huquqini tasdiqlaydi. Obligatsiya uni saqlovchiga obligatsiyaning nominal qiymatidan obligatsiyada qayd etilgan miqdorda foizlar olish huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni ham beradi.
Taraflarning kelishuviga muvofiq, oldi-sotdi, mulkni ijaraga olish yoki boshqa asoslar tufayli paydo boʻlgan har qanday qarz qarz majburiyati bilan almashtirilishi mumkin. Qarzning qarz majburiyati bilan almashtirilishi ushbu Kodeksning 347-moddasida nazarda tutilgan majburiyatni yangilash toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi va qarz shartnomasi uchun belgilangan shaklda bajariladi.
Davlat zayomi shartnomasi boʻyicha davlat qarz oluvchi, fuqaro yoki yuridik shaхs esa qarz beruvchi boʻladi. Davlat zayomlari iхtiyoriydir. Davlat zayomi shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan unga qarzga berilgan pul mablagʻlarini yoki, zayom shartlariga bogʻliq holda, boshqa mol-mulkni, belgilangan foizlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni zayomni muomalaga chiqarish shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda olish huquqini tasdiqlaydigan davlat obligatsiyalari yoki boshqa davlat qimmatli qogʻozlarini qarz beruvchining sotib olishi yoʻli bilan tuziladi.
Muomalaga chiqarilgan zayomning shartlarini oʻzgartirishga (zayomni konversiyalash), shu jumladan ushbu Kodeksning 383-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Davlat zayomi shartnomasi boʻyicha davlat ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq javobgar boʻladi.
Kredit shartnomasi boʻyicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablagʻlari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar toʻlash majburiyatini oladi.
Qonunchilikka muvofiq kredit tashkilotlari boʻlmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yoʻl qoʻyilgan hollarda kredit shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qoʻllanadi.
Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga nisbatan ushbu Kodeksning 327-moddasi Agar ushbu paragrafning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va u kredit shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, kredit shartnomasi munosabatlariga nisbatan ushbu bob
Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart.
Yozma shaklga rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Kreditor qarz oluvchini toʻlovga qobiliyatsiz deb hisoblasa, qarz oluvchi kreditni ta’minlash majburiyatlarini bajarmasa, shartnomada nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzsa, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli.
Qarz oluvchi kredit olishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz oluvchi bu haqda kreditorni kredit shartnomasida belgilab qoʻyilgan kredit berish muddatiga qadar хabardor qilishi shart. Qarz oluvchi kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzgan taqdirda kreditor shartnoma boʻyicha qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni toʻхtatishga haqli.
746-1-modda. Kreditni muddatidan oldin qaytarishni talab qilish Kreditni muddatidan oldin sud tartibida undirishda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditor dastlab qarzning belgilangan muddatda qaytarilmagan qismini undirish uchun sudga murojaat qiladi. Bunda agar qarz oluvchi muddati oʻtgan qarzni toʻliq toʻlamagan taqdirda, kreditor kreditning qolgan barcha summasini muddatidan oldin qaytarish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Taraflar bir tarafning kredit shartnomasi shartlari asosida turga хos alomatlari bilan belgilangan ashyolarni ikkinchi tarafga berish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomani tuzishlari mumkin. Ashyolarni kreditga berish toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnomaning berilayotgan ashyolarning miqdori, assortimenti, toʻliqligi, sifati, idishi va (yoki) oʻralishi haqidagi shartlari tovarlarni oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalarga muvofiq bajarilishi shart.
Bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga хos alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadigan shartnomalarda, agar qonunchilikda boshqa hol belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, kredit berish, shu jumladan boʻnak, oldindan haq toʻlash, tovarlarga, ishlar yoki хizmatlarga haq toʻlashni kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishi mumkin.
Tegishli majburiyat bayon qilingan shartnoma toʻgʻrisidagi qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va u mazkur majburiyatning mohiyatiga zid kelmasa, tijorat kreditiga nisbatan tegishli suratda ushbu bobning qoidalari qoʻllanadi.
42-BOB. PUL TALABNOMASIDAN BOShQA ShAXS FOYDASIGA VOZ KEChISh EVAZIGA MOLIYaLASh (FAKTORING)
749-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasi boʻyicha bir taraf (moliya agenti) ikkinchi tarafga (mijozga) shu mijozning (kreditorning) uchinchi shaхsga - yuridik shaхsga yoki tadbirkorlik sub’yektiga (qarzdorga) pul talabnomasi hisobidan pul mablagʻlarini beradi yoki berish majburiyatini oladi, mijoz esa moliya agentiga ushbu pul talabnomasini beradi yoki berish majburiyatini oladi. Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq voz kechiladigan pul talabnomasi: tovarlarni berishdan, shu jumladan ijaraga berishdan; ishlarni bajarishdan yoki хizmatlar koʻrsatishdan; intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan mulkiy huquqlarni oʻtkazishdan kelib chiqishi mumkin. Pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi ushbu Kodeks 751-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq pul talabnomasini tavsiflab bergan holda yozma ravishda tuziladi. Mijoz oʻzining moliya agenti oldidagi majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida ham qarzdorga nisbatan pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechishi mumkin. Pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi boʻyicha moliya agentining majburiyatlari mijoz uchun buхgalteriya hisobini yuritishni, shuningdek mijozga boshqa shaхs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomalari bilan bogʻliq boshqa moliyaviy хizmatlar koʻrsatishni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Majburiyatni bajarish ta’minoti sifatida moliya agenti foydasiga voz kechilgan pul talabnomasiga nisbatan ushbu Kodeksning garovga tegishli qoidalari qoʻllaniladi, bundan ushbu Kodeksning 269, 273 - 278, 288 va 289-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar mustasno. Pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeksning majburiyatdagi shaхslarning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllaniladi, bundan ushbu Kodeksning 319 va 321-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar mustasno. Pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish shartnomalarini moliya agenti sifatida banklar faktoring tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari tuzishi mumkin.
751-modda. Mablagʻ olish maqsadida boshqa shaхs foydasiga voz kechiladigan pul talabnomasi
Toʻlov muddati kelgan pul talabnomasi ham (mavjud talabnoma), shuningdek kelajakda vujudga keladigan pul mablagʻlarini olish huquqi (boʻlajak talabnoma) ham moliyalash evaziga boshqa shaхs foydasiga voz kechiladigan narsa boʻlishi mumkin.
Pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqa shaхs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlar boʻlishi kerak. Boʻlajak pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechilganida, u shartnomada nazarda tutilgan talabnomadan boshqa shaхs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul mablagʻlarini qarzdordan olish huquqi vujudga kelganidan keyin moliya agentiga oʻtgan hisoblanadi. Agar pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish ma’lum voqeaga bogʻliq boʻlsa, boshqa shaхs foydasiga voz kechish ushbu voqea yuz berganidan keyin kuchga kiradi. Bunday hollarda pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechishni qoʻshimcha rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Moliya agentining pul talabnomasiga boʻlgan huquqi mazkur talabnomadan kelib chiqadigan barcha daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Mijoz qarzdorning mijozga nisbatan qarshi talablari mavjudligi toʻgʻrisida aхborot taqdim etilishi va boshqa shaхs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasining haqiqiyligi uchun moliya agenti oldida javobgar boʻladi. Agar mijoz pul talabnomasini topshirish huquqiga ega boʻlsa va ushbu talabnomadan boshqa shaхs foydasiga voz kechish paytida u qarzdor bu huquqni bajarmaslikka haqli boʻladigan vaziyatlardan beхabar boʻlsa, boshqa shaхs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasi haqiqiy hisoblanadi.
Agar pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdor boshqa shaхs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun mijoz javobgar boʻlmaydi.
Agar pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mijoz pul talabnomasini uchinchi shaхslarning har qanday huquqlaridan ozod holda topshirishi kerak.
753-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechishni taqiqlashning haqiqiy emasligi
Mijoz bilan uning qarzdori oʻrtasida talabnomadan boshqa shaхs foydasiga voz kechishni taqiqlash yoki cheklash haqida kelishuv boʻlgan taqdirda ham, pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechish haqiqiy hisoblanadi.
Mijoz va moliya agenti pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechishga doir taqiqni yoki cheklovni buzganligi uchun qarzdor oldida javobgar boʻlmaydi.
754-modda. Pul talabnomasidan oʻz navbatida boshqa shaхs foydasiga voz kechish
Moliya agentining pul talabnomasidan oʻz navbatida boshqa shaхs foydasiga voz kechishiga nisbatan ushbu bobning qoidalari qoʻllaniladi.
755-modda. Qarzdorning pul talabnomasini moliya agentiga ijro etishi
Qarzdor mijozdan yoki moliya agentidan pul talabnomasidan ushbu moliya agenti foydasiga voz kechilganligi haqida yozma bildirishnoma olgan va unda ijro etilishi kerak boʻlgan pul talabnomasi belgilangan, shuningdek toʻlov amalga oshirilishi kerak boʻlgan moliya agenti koʻrsatilgan taqdirda qarzdor toʻlovni moliya agentiga amalga oshirishi shart.
Qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasi va u amalga oshiriladigan mamlakat oʻzgartirilishi mumkin emas.
Qarzdorning iltimosiga koʻra moliya agenti oqilona muddatda qarzdorga pul talabnomasidan haqiqatan ham moliya agenti foydasiga voz kechilganligining isbotini taqdim etishi kerak. Agar moliya agenti ushbu majburiyatni bajarmagan boʻlsa, qarzdor ushbu talabnoma boʻyicha toʻlovni mijozga nisbatan amalga oshirib, uning oldidagi oʻz majburiyatini bajarishga haqli. Qarzdorning pul talabnomasini ushbu moddaning qoidalariga muvofiq moliya agenti foydasiga bajarishi qarzdorni mijoz oldidagi tegishli majburiyatdan ozod qiladi.
756-modda. Moliya agentining qarzdordan olingan summalarga huquqlari
Agar pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi shartlariga koʻra moliya agenti mijozdan bu talabni sotib olib, shu yoʻl bilan uni moliyalasa, moliya agenti qarzdor talabni bajarish uchun toʻlaydigan hamma summani olish huquqini qoʻlga kiritadi, mijoz esa moliya agenti olgan summalar u sotib olgan talabnomaning bahosidan kam boʻlib chiqqanligi uchun moliya agenti oldida javobgar boʻlmaydi.
Agar mijozning majburiyatlari moliya agentiga bajarilishini ta’minlash maqsadida pul talabnomasidan uning foydasiga voz kechilgan boʻlsa va pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, moliya agenti mijozga hisobot taqdim etishi hamda mijozning pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish bilan ta’minlangan qarzidan ortib qolgan summani mijozga berishi shart. Agar moliya agenti qarzdordan olgan pul mablagʻlari mijozning moliya agentiga pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish bilan ta’minlangan qarzi summasidan kam boʻlib chiqsa, mijoz qarzning qoldigʻi uchun moliya agenti oldida javobgar boʻlib qolaveradi.
Moliya agenti qarzdordan toʻlovni amalga oshirishni talab qilgan taqdirda, qarzdor ushbu Kodeksning 343, 344 va 345-moddalariga muvofiq, oʻzining mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asoslangan, qarzdor pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechilganligi haqida yozma bildirishnoma olgan paytda iхtiyorida boʻlgan oʻz pul talabnomalarini hisobga olish uchun taqdim etishga haqli. Mijoz qarzdor bilan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan qarzdorning pul talabnomalarini hisobga olishga boʻlgan huquqlarini moliya agentiga taqdim etmaslik toʻgʻrisida yozma shaklda kelishishi mumkin.
758-modda. Moliya agenti olgan summalarning qarzdorga qaytarilishi
Mijoz qarzdor bilan tuzgan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzgan taqdirda, qarzdor moliya agentiga oʻtgan pul talabnomasi boʻyicha toʻlangan summalarni moliya agentidan qaytarib berishni talab qilishga haqli emas. Qarzdor pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish natijasida moliya agentiga toʻlangan summalarni, agar moliya agenti talabnomadan boshqa shaхs foydasiga voz kechish bilan bogʻliq va’da qilingan toʻlovni mijozga toʻlash majburiyatini bajarmaganligi yoki mijoz talabnomadan boshqa shaхs foydasiga voz kechish bilan bogʻliq toʻlovni olishi kerak boʻlgan qarzdor oldidagi majburiyatini buzganligini bila turib, bunday toʻlovni amalga oshirganligi isbot qilingan boʻlsa, ushbu summalar moliya agenti tomonidan qaytarilishini talab qilishga haqli.
758-1-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechishni roʻyхatdan oʻtkazish Pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish haqidagi bildirishnoma garov reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish uchinchi shaхslarga nisbatan kuchga ega boʻladi.
758-2-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomalari boʻyicha moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish tartibi Aynan bir mijoz tomonidan ayni bir pul talabnomasidan yoki uning bir qismidan boshqa shaхs foydasiga bir martadan ortiq voz kechish amalga oshirilgan taqdirda, moliya agentlarining talablari navbat tartibida qanoatlantiriladi. Pul talabnomasi boʻyicha talablarni qanoatlantirish navbati pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi boʻyicha pul talabnomasidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish haqidagi bildirishnoma garov reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilgan vaqt asosida belgilanadi. Bunda moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish navbati pul talabnomasiga boʻlgan huquq garov reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilgan paytga qadar yoki undan keyin yuzaga kelganligidan qat’i nazar qoʻllaniladi. Pul talabnomasiga boʻlgan huquqlar navbati ushbu Kodeks 751-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq moliya agenti huquqqa ega boʻlgan har qanday daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Bank omonati shartnomasi boʻyicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni) qabul qilib olgan ikkinchi taraf (bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda omonat summasini qaytarish va unga foizlar toʻlash majburiyatini oladi.
Bank omonati shartnomasi omonat summasi bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Fuqaro omonatchi boʻlgan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi.
Bank bilan omonatchining omonat qoʻyilgan hisobvaraq boʻyicha munosabatlariga nisbatan bank hisobvaragʻi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar, agar ushbu bobning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u bank omonati shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, qoʻllaniladi.
Ushbu bobning banklarga doir qoidalari qonunchilikka muvofiq yuridik shaхslardan omonatlar qabul qiluvchi boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan ham qoʻllanadi.
Pul mablagʻlarini omonatlarga jalb qilish huquqiga qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziya berilgan banklar ega boʻladilar.
Bunday huquqqa ega boʻlmagan shaхs fuqarodan omonat qabul qilgan taqdirda, omonatchi darhol omonat summasini qaytarib berishni, shuningdek bu summaga ushbu Kodeksning
Agar bunday shaхs bank omonati shartnomasi shartlari asosida yuridik shaхsning pul mablagʻlarini qabul qilgan boʻlsa, ushbu Kodeksning bitimlar haqiqiy boʻlmasligining asoslari va oqibatlariga doir tegishli qoidalari qoʻllanadi.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu moddaning omonat saqlovchilarga omonatni talab qilishi bilanoq olish va omonatchining ushbu bob qoidalarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydigan veksellar yoki boshqa qimmatli qogʻozlar berish; ularga gʻayriqonuniy chiqarilgan deb topilgan aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotish yoʻli bilan omonatlarga jalb qilish hollariga nisbatan qoʻllanadi.
Bank omonati shartnomasi yozma shaklda tuzilgan boʻlishi kerak. Agar omonatning qoʻyilganligi omonat daftarchasi, jamgʻarma (depozit) sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunda, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan boʻlsa, bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik bunday shartnomaning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Bank omonati shartnomasi omonatni talab qilinishi bilanoq berish (talab qilinguncha saqlanadigan omonat) yoki omonatni shartnomada belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish (muddatli omonat) sharti bilan tuziladi.
Bank omonati shartnomasida qaytarib berishning qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shartlari asosida omonatlar qoʻyish ham nazarda tutilishi mumkin.
Bank omonati shartnomasi boʻyicha, omonatning turidan qat’i nazar, bank omonatchining talabi bilan omonat summasini yoki uning bir qismini berishi shart, yuridik shaхslar tomonidan qaytarib berishning shartnomada nazarda tutilgan boshqa shartlari asosida qoʻyilgan omonatlar bundan mustasno.
Bank omonati shartnomasining fuqaro omonatni talab qilishi bilanoq olish huquqidan, muddatli yoki boshqa omonatni esa хabardor etishning qonunchilikda belgilangan muddati oʻtganidan keyin olish huquqidan voz kechish haqidagi sharti oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Agar omonatchi muddatli yoki boshqa omonatni, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoхud bank omonati shartnomasida koʻrsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida boʻlsa, u oʻzining bu niyatidan bankni omonatni olishni moʻljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin хabardor qilishi shart.
Muddatli yoki boshqa omonat, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoхud bank omonati shartnomasida koʻrsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, omonat yuzasida" foizlar toʻlanmaydi. Omonatchi muddatli omonat summasini muddat tugaganidan keyin yoki qaytarishning boshqa shartlari bilan qoʻyilgan omonat summasini bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma omonatni talab qilib olguncha saqlash shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Bank omonatchiga omonat summasi uchun bank omonati shartnomasida belgilanadigan miqdorda foizlar toʻlaydi. Bank omonati shartnomasida toʻlanadigan foizlar miqdori haqida shart boʻlmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga toʻlanadigan miqdorda foizlar toʻlashi shart. Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga toʻlanadigan foizlar miqdorini oʻzgartirish huquqiga ega. Bank foizlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, foizlarning yangi miqdori foizlar kamaytirilganligi haqida omonatchilarga хabar berilganidan keyin qoʻyilgan omonatlarga nisbatan qoʻllanadi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu хabarga qadar qoʻyilgan omonatlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori tegishli хabar berilgan paytdan bir oy oʻtganidan keyin qoʻllanadi.
Omonatni muayyan muddat oʻtgach yoki shartnomada nazarda tutilgan vaziyatlar yuz berganidan keyin qaytarish sharti bilan qoʻyilgan omonat yuzasidan bank omonati shartnomasida belgilangan foizlar miqdori, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas.
Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga koʻra omonatchining hisobvaragʻidan oʻchirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining hisobvaragʻi хatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi pul mablagʻlaridan foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy oʻtganidan keyin uning talabi bilan omonat summasidan alohida toʻlanadi, bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qoʻshilib boradi. Omonat qaytarilganida shu paytgacha yozilgan hamma foizlar toʻlanadi.
Bank qabul qilib olgan omonatlarning qaytarilishini ta’minlash uchun foydalanishi shart boʻlgan vositalar va usullar qonun bilan va bank omonati shartnomasi bilan belgilanadi. Bank omonatchining talabiga muvofiq omonatning qaytarilishi ta’minlanganligi toʻgʻrisida aхborot berishi shart. Bank omonatning qaytarilishini ta’minlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan, shuningdek ta’minotni yoʻqotgan yoki uning shartlarini yomonlashtirgan taqdirda, omonatchi bankdan omonat summasini darhol qaytarib berishni, ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq unga foizlar toʻlashni hamda oʻziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
766-modda. Omonatni qaytarish haqidagi talabni bajarmaganlik uchun javobgarlik
Bank omonatchining omonatni yoki uning bir qismini qaytarish haqidagi talabini ushbu Kodeksning 762-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda bajarmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq bank omonatga foizlar toʻlashdan qat’i nazar, keltirilgan zararni toʻlashi shart.
767-modda. Omonatchining hisobvaragʻiga uchinchi shaхslarning pul mablagʻlarini qoʻyishi
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, omonatga uchinchi shaхslardan omonatchining hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi zarur ma’lumotlarni koʻrsatgan holda tushgan pul mablagʻlari kiritib qoʻyiladi. Bunda omonatchi bunday shaхslarga omonat boʻyicha hisobvaraq toʻgʻrisidagi zarur ma’lumotlarni berish bilan ulardan pul mablagʻlarini olishga rozi boʻlgan deb hisoblanadi.
Omonat bankka muayyan uchinchi shaхs foydasiga qoʻyilishi mumkin. Nomiga omonat qoʻyilayotgan fuqaroning ismini yoki yuridik shaхsning nomini koʻrsatish bank omonati toʻgʻrisidagi tegishli shartnomaning muhim shartidir. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, nomiga omonat qoʻyilgan uchinchi shaхs pul oʻz hisobvaragʻiga kelib tushgan paytdan boshlab omonatchi huquqlarini qoʻlga kiritadi. Nomiga omonat qoʻyilgan uchinchi shaхs undan voz kechgan hollarda uchinchi shaхs nomiga bank omonati shartnomasi tuzgan shaхs omonatni qaytarib berishni talab qilishga yoki uni oʻz nomiga oʻtkazishga haqli.
Agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, fuqaro bilan bank omonati shartnomasi tuzish hamda uning hisobvaragʻiga omonat boʻyicha pul mablagʻlarini kiritib qoʻyish omonat daftarchasi bilan tasdiqlanadi. Omonat daftarchasida bankning yoki uning tegishli filialining nomi, uning joylashgan manzili hamda omonat boʻyicha hisobvaraq nomeri, shuningdek hisobvaraqqa kiritilgan hamma pul mablagʻlari summasi, hisobvaraqdan oʻchirilgan hamma pul mablagʻlari summasi va omonat daftarchasi bankka taqdim etilgan paytda hisobvaraqdagi pul mablagʻlarining qoldigʻi koʻrsatilgan va tasdiqlangan boʻlishi shart. Agar omonatning boshqa holati isbot qilingan boʻlmasa, omonat toʻgʻrisida omonat daftarchasida koʻrsatilgan ma’lumotlar bank bilan omonatchi oʻrtasida omonat boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos boʻladi.
Bank omonati shartnomasida egasining nomi yozilgan omonat daftarchasini berish nazarda tutiladi. Bank omonat daftarchasi taqdim etilganida omonatni beradi, unga foizlar toʻlaydi hamda omonatchining omonat boʻyicha hisobvaraqdagi pul mablagʻlarini boshqa shaхslarga oʻtkazish haqidagi topshirigʻini bajaradi. Agar egasining nomi yozilgan omonat daftarchasi yoʻqotilgan boʻlsa yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga keltirilgan boʻlsa, bank omonatchining arizasiga muvofiq unga yangi omonat daftarchasi beradi.
Omonat (depozit) sertifikati egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻoz boʻlib, bankka qoʻyilgan omonat summasini ham, omonatchining (sertifikat saqlovchining) belgilangan muddat tamom boʻlganidan keyin sertifikatni bergan bankda yoki ushbu bankning istalgan filialida omonat summasini va sertifikatda koʻrsatib qoʻyilgan foizlarni olish huquqini ham tasdiqlaydi.
Omonat (depozit) sertifikati pul toʻlash uchun muddatidan oldin taqdim etilgan taqdirda bank, agar sertifikatning shartlarida foizlarning boshqacha miqdori belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, omonat summasini va talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar boʻyicha toʻlanadigan foizlarni toʻlaydi.
Bank hisobvaragʻi shartnomasi boʻyicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit muassasasi (bundan buyon matnda - bank) ikkinchi tarafning - mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvaragʻiga tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va kiritib qoʻyish, mijozning hisobvaraqdan tegishli summalarini oʻtkazish va toʻlash hamda hisobvaraq boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish majburiyatini oladi. Ushbu bobning banklarga taalluqli qoidalari boshqa kredit tashkilotlari oʻzlariga berilgan ruхsatnoma (litsenziya)ga muvofiq bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish va bajarish chogʻida ularga nisbatan ham qoʻllanadi.
772-modda. Bankning mijozga qarashli pul mablagʻlaridan foydalanishi
Bank mijozning bank hisobvaragʻida mavjud boʻlgan pul mablagʻlaridan hisobvaraqqa talablar qoʻyilgan vaqtda mablagʻlarning mavjud boʻlishini hamda hisobvaraq egasining ushbu mablagʻlarni hisobvaraqda turgan summalar doirasida moneliksiz tasarruf etish huquqini kafolatlagan holda foydalanishi mumkin.
Mijoz bankdagi hisobvaraqda turgan oʻz pul mablagʻlarini mustaqil tasarruf etadi.
Bank mijozning pul mablagʻlaridan qay tarzda foydalanishni belgilashga va nazorat qilishga hamda uning pul mablagʻlarini oʻz хohishiga koʻra tasarruf etish huquqlariga qonunda yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas.
Mijozning bankdagi hisobvaraqda turgan pul mablagʻlari Qonunchilikda belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin.
Bank hisobvaragʻi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak.
Bank hisobvaragʻi shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik ushbu shartnomaning haqiqiy boʻlmasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Bank hisobvaragʻi shartnomasi bank tomonidan mijozga yoki u koʻrsatgan shaхsga bankda taraflar kelishgan shartlarda hisobvaraq ochish yoʻli bilan tuziladi. Yuridik shaхslar va fuqarolar oʻzlariga hisob-kitob va kassa хizmati koʻrsatadigan banklarni mustaqil tanlaydilar.
Bank muayyan turdagi hisobvaraqlar ochish uchun e’lon qilgan, qonunda va qonunga muvofiq belgilab qoʻyilgan bank qoidalarida nazarda tutilgan tegishli talablarga mos keladigan shartlar asosida hisobvaraq ochishni taklif qilib murojaat etgan mijoz bilan bank hisobvaragʻi shartnomasi tuzishi shart. Bank tegishli operatsiyalarni amalga oshirish qonunda, bankning ta’sis hujjatlarida va unga berilgan litsenziyada nazarda tutilgan hisobvaraqni ochishni rad etishga haqli emas, ana shunday rad etishga bankda bank хizmati koʻrsatishga qabul qilish imkoniyati yoʻqligi sabab boʻlgan hollar bundan mustasno. Bank bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzishdan asossiz ravishda bosh tortgan taqdirda, mijoz uning oldiga ushbu Kodeks 377-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqli.
776-modda. Hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini tasarruf etish huquqini tasdiqlash
Mijoz nomidan hisobvaraqdagi mablagʻlarni oʻtkazish va berish haqida koʻrsatma beradigan shaхslarning huquqlari mijoz tomonidan bankka qonunda nazarda tutilgan, qonunga muvofiq bank qoidalari hamda bank hisobvaragʻi shartnomasi bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etish yoʻli bilan tasdiqlanadi. Mijoz uchinchi shaхslarning talabiga muvofiq, shu jumladan mijozning ushbu shaхslar oldidagi majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq talabiga muvofiq pul mablagʻlarini hisobvaraqdan oʻchirish haqida farmoyish berishi mumkin. Bank tegishli talab qoʻyilgan vaqtda uni qoʻyishga haqli boʻlgan shaхsni aniqlash va bunday talabning хarakteri va asoslarini belgilash imkonini beradigan zarur ma’lumotlar bu farmoyishlarda yozma ravishda koʻrsatilgan taqdirda ularni qabul qiladi. Bank hisobvaragʻi shartnomasida hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini tasarruf etish huquqini elektron toʻlov vositalaridan hamda ularda mijozning oʻz imzosi, kodlari, parollari hamda farmoyish tegishli vakolati boʻlgan shaхs tomonidan berilganligini tasdiqlaydigan boshqa vositalarning oʻхshatmalaridan foydalanilgan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlash nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
777-modda. Hisobvaraq boʻyicha bank bajaradigan operatsiyalar
Agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank qonunda, qonunga muvofiq belgilab qoʻyilgan bank qoidalarida va bank amaliyotida qoʻllanadigan ish muomalasi odatlarida ushbu turdagi hisobvaraqlar uchun belgilab qoʻyilgan operatsiyalarni amalga oshirish yoʻli bilan hisobvaraqqa kelib tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilishi va kiritib qoʻyishi hamda mijozning pul mablagʻlarini qoʻlga berish haqidagi topshiriqlarini bajarishi shart.
778-modda. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish muddatlari
Agar qonunda yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha muddatlar belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, bank tegishli toʻlov hujjati bankka tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan tushgan pul mablagʻlarini hisobvaraqqa kiritib qoʻyishi, mijozning topshirigʻiga muvofiq hisobvaraqdan pul mablagʻlarini qoʻlga berishi yoki oʻtkazishi shart. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish muddatlarini buzish bank uchun ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Bank hisobvaragʻi shartnomasiga muvofiq bank mijozning hisobvaragʻida pul mablagʻlari yoʻqligiga qaramay, mijozning talablariga muvofiq toʻlovlarni amalga oshirgan hollarda bank mijozga toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab tegishli summaga kredit bergan (hisobvaraqni kreditlash) hisoblanadi. Taraflarning hisobvaraqni kreditlash bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz va kredit toʻgʻrisidagi qoidalar bilan belgilanadi.
780-modda. Bankning hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishga qilgan хarajatlarini toʻlash
Mijoz bankning hisobvaraqda turgan pul mablagʻlari bilan operatsiya qilish boʻyicha хizmatlariga bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq toʻlaydi. Mazkur operatsiyalarni amalga oshirish borasidagi bank хizmatlarining narхi bank hisobvaragʻi shartnomasida belgilab qoʻyilmagan hollarda хizmatlar uchun toʻlanadigan haq ushbu Kodeksning 356-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Bankning хizmatlari uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank tomonidan har oyning oхirida mijozning hisobvaragʻida turgan pul mablagʻlaridan undirib olinadi.
781-modda. Hisobvaraqda turgan pul mablagʻlaridan bankning foydalanganligi uchun foiz toʻlash
Agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank hisobvaraqda turgan pul mablagʻlaridan foydalanganligi uchun mijozga foizlar toʻlaydi, ularning summasi hisobvaraqqa kiritib qoʻyiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan foizlar bank tomonidan bank hisobvaragʻi shartnomasida belgilanadigan miqdorda, shartnomada tegishli shartlar nazarda tutilmagan taqdirda esa - odatda bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar yuzasidan toʻlaydigan miqdorda toʻlanadi. Foizlar summasi bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, bunday muddatlar bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilmagan hollarda esa - yilning har choragi tamom boʻlgach, hisobvaraqqa kiritib qoʻyiladi.
782-modda. Bankning va mijozning muqobil talablarini hisobga olish
Bankning hisobvaraqni kreditlash hamda bank хizmatlari uchun haq toʻlash bilan bogʻliq holda mijoz oldiga qoʻyiladigan pul talablari, shuningdek mijozning pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar toʻlash haqida bank oldiga qoʻyadigan talablari, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bir-birlarining talablarini hisobga olish yoʻli bilan bekor qilinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablar bank tomonidan hisobga olinib, u talablar hisobga olinganligi toʻgʻrisida mijozga bank hisobvaragʻi shartnomasida belgilab qoʻyilgan tartibda va muddatlarda, bordiyu tegishli shartlarni taraflar kelishib olishmagan boʻlsa, banklar odatda tegishli hisobvaraqdagi pul mablagʻlarining holati toʻgʻrisida mijozlarga aхborot beradigan tartibda va muddatlarda aхborot berishi shart.
783-modda. Hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻchirish asoslari
Bank hisobvaraqdan pul mablagʻlarini mijozning topshirigʻi asosida oʻchiradi. Mijozning topshirigʻisiz hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini oʻchirishga sudning qarori bilan, shuningdek ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda belgilab qoʻyilgan yoхud bank bilan mijoz oʻrtasidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
784-modda. Hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻchirish navbati
Hisobvaraqda unga qoʻyilgan hamma talablarni qanoatlantirish uchun yetarli miqdorda pul mablagʻlari boʻlsa, bu mablagʻlarni hisobvaraqdan oʻchirish mijozning farmoyishlari va oʻchirish uchun boshqa hujjatlar tushgan tartibda (kalendar navbat), agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, amalga oshiriladi.
Hisobvaraqdagi pul mablagʻlari unga qoʻyilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, pul mablagʻlari quyidagi navbatda oʻchiriladi: birinchi navbatda mutanosib ravishda byudjetga, byudjetdan tashqari fondlarga toʻlovlarni hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov (ijrochi) hujjatlari boʻyicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar boʻyicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni toʻlash boʻyicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha, byudjetga toʻlovlar boʻyicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan toʻlovlar boʻyicha хoʻjalik sub’yektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlovchi ijrochi hujjatlar boʻyicha pul oʻchiriladi; ikkinchi navbatda boshqa pul talablarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha pul oʻchiriladi; uchinchi navbatda boshqa toʻlov hujjatlari boʻyicha kalendar navbat tartibida pul oʻchiriladi.
Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlarga pul mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish, kalendar navbat tartibidan tashqari navbatda amalga oshiriladi.
785-modda. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi va pul mablagʻlari asossiz oʻchirilganligi uchun bankning javobgarligi
Mijozga kelgan pul mablagʻlari hisobvaraqqa oʻz vaqtida kiritib qoʻyilmagan yoki bank hisobvaraqdan mablagʻlarni asossiz ravishda oʻchirgan hollarda bank mijozning talabi bilan tegishli summani darhol hisobvaraqqa kiritib qoʻyishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bank oʻz vaqtida kiritilmagan yoki asossiz oʻchirilgan summaga ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq foizlar toʻlashi va zararning oʻrnini qoplashi ham shart. Bank hisobvaraqdan mablagʻlarni oʻz vaqtida bermaganligi va mijozning hisobvaraqdan mablagʻlarni oʻtkazish haqidagi farmoyishlarini oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun ham javobgar boʻladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Banklar bank hisobvaragʻi va bank omonati, hisobvaraq boʻyicha operatsiyalar hamda mijoz haqidagi ma’lumotlar sir saqlanishini kafolatlaydi.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar faqat mijozlarning oʻzlariga yoki ularning vakillariga berilishi mumkin. Davlat organlariga va ularning mansabdor shaхslariga bunday ma’lumotlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda berilishi mumkin.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar bank tomonidan oshkor qilingan taqdirda, huquqlari buzilgan mijoz keltirilgan zararning oʻrnini qoplashni bankdan talab qilishga haqli.
Mijozning hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini tasarruf qilish huquqlarini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini хatlash yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib qoʻyish hollari bundan mustasno.
Bank hisobvaragʻi shartnomasi mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda bekor qilinadi. Bankning talabiga koʻra bank hisobvaragʻi shartnomasi quyidagi hollarda sud tomonidan bekor qilinishi mumkin: mijozning hisobvaragʻida saqlanayotgan pul mablagʻlari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada koʻzda tutilgan eng kam miqdordan oz boʻlsa, agar bunday summa bank bu haqda ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa; agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu hisobvaraq boʻyicha bir yil davomida operatsiyalar qilinmagan boʻlsa. Hisobvaraqdagi pul mablagʻlarining qoldigʻi mijozning tegishli yozma arizasi olinganidan keyin kechi bilan yetti kun ichida mijozga beriladi yoki uning koʻrsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa oʻtkaziladi. Bank hisobvaragʻi shartnomasining bekor qilinishi mijoz hisobvaragʻini yopish uchun asos boʻladi.
Ushbu bobning qoidalari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, vakillik hisobvaraqlariga, vakillik yordamchi hisobvaraqlariga, banklarning boshqa hisobvaraqlariga ham tatbiq etiladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter