Yangiliklar

Diqqat: muddatidan oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar roʻyxatlari yangilandi

15.10.25
13 oktyabrdan Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatini hamda ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yangi nizom kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

2025 yil 1 dekabrdan raqamli markirovkalash tizimida nimalar oʻzgaradi

15.10.25
Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi operatori Asl Belgisi (CRPT TURON MChJ) tizimining keng koʻlamli yangilanishi haqida ma’lum qildi. Gap xTracye platformasida «Dori vositalari va tibbiy buyumlar», «Suv va salqin ichimliklar», «Tamaki mahsulotlari», «Pivo va pivo mahsulotlari» tovar guruhlari aylanmasi ishtirokchilari uchun shaxsiy kabinetning yangilangan versiyasiga oʻtish haqida bormoqda. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

Savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish uchun tutash hududni ijaraga olish shartnomasini qanday roʻyxatdan oʻtkazish mumkin

14.10.25
Soliq qoʻmitasi savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish korxonalari uchun tutash hududlarni ijaraga olish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishning texnik imkoniyati paydo boʻlganini ma’lum qildi. Buxgalter.uz quyidagilarni tushuntiradi:

2026 yilda transport-logistika markazlari faoliyatida nimalar oʻzgaradi

13.10.25
Vazirlar Mahkamasining 08.10.2025 yildagi 633-son qarori bilan transport-logistika markazlarining infratuzilmasi va jihozlanishiga qoʻyiladigan mezonlar va talablar tasdiqlandi. TLMlari (transport-logistika markazlari) maxsus Reyestrga kiritiladi va ular oʻz reytingiga ega boʻladi. Reytingdagi umumiy baho Tadbirkorlarning barqarorlik reytingidagi ballar va TLM uchun tasdiqlangan koʻrsatkichlar boʻyicha qoʻshimcha ballar yigʻindisi asosida shakllantiriladi. Hujjat 2026 yil 10 yanvardan kuchga kiradi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida.

Issiqxona xoʻjaliklari PF-181 Farmon boʻyicha qanday imtiyozlarga ega boʻladi

13.10.25
Eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlariga minimal eksport narxlarini belgilash amaliyoti bekor qilinadi. Issiqxona xoʻjaliklari esa – SKga tuzatishlar kiritilgandan keyin – Prezidentning 08.10.2025 yildagi «Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-181-son Farmoniga muvofiq sezilarli soliq imtiyozlariga ega boʻladilar. Barcha muhim tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida

Markirovkalangan tovarlarning EHFni shakllantirishda markirovka kodi aks etmasa

13.10.25
2025 yil 1 sentyabrdan boshlab majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan mahsulotlarni sotishda markirovka kodisiz EHF rasmiylashtirish taqiqlanadi. Agar xodimlaringiz e’tiborsizlik qilib, markirovka kodi aks etganini tekshirmasdan EHF rasmiylashtirsalar yoki markani skanerlamasdan chek chiqarsalar, jiddiy muammolar kelib chiqishi mumkin. Buxgalter.uz eslatib oʻtadi:

Foyda soligʻi boʻyicha hisobotni tuzishda nimalarni hisobga olish kerak

09.10.25
Foyda soligʻi toʻlovchilar my.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga xabarnoma olishdi. Unda soliq idorasi soliq bazasini kamaytirib koʻrsatish sifatida baholanadigan xatti-harakatlar uchun sanksiyalar mavjudligini eslatadi. Gap nimadaligini aniqlaymiz...

PQ-296-son qaror boʻyicha chakana savdoda nimalar oʻzgarmoqda

09.10.25
Raqamli markirovkalash tizimi muddati oʻtgan markirovkalangan tovarlar savdosini avtomatik ravishda cheklaydi. Bunday tovarlarga tovar chekini nazorat-kassa texnikasi orqali chop etib boʻlmaydi. Va muddati oʻtgan yoki zarur boʻlgan hollarda koʻrsatilmagan yaroqlilik muddati bilan har qanday tovar savdosi uchun jarimalar 3 barobar oshadi. Prezidentning 06.10.2025 yildagi «Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-296-son qarorida nazarda tutilgan bu va boshqa choralar haqida – buxgalter.uz sharhida oʻqing:

«Avtokameral» yangilangan MHTEKMni hisobga olmasa, nima qilish kerak

08.10.25
MHTEKM va BHM oshirilgandan keyin buxgalterlar bir xil muammoga – dolzarb koʻrsatkichdan foydalangan holda JShDSni qoʻshimcha hisoblash muammosiga birinchi marta duch kelmayaptilar. Masalan, 2025 yilda oshirish avgust oyida boʻldi, soliq organlarining axborot tizimlari esa oktyabr oyida (!) hali ham toʻliq qayta qurilmagan. Bechora buxgalter esa sarosimaga tushadi - unga «avtokameral» tizimi moddiy yordam boʻyicha qoʻshimcha toʻlovdagi farqqa oshirishni hisobga olmagan holda JShDSni qoʻshib yozmoqda, chunki tizim formulalarida eski MHTEKM kiritilgan. Inspektor esa telefonni har doim ham koʻtarmayapti. Bu vaziyatda nima qilish kerak?

Chet el fuqarolari Oʻzbekistonda maxsus soliq rejimni qanday qoʻllashlari mumkin

07.10.25
2026 yil 1 yanvardan boshlab chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Unda Oʻzbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarni JShDSdan ozod etish nazarda tutilgan. Buning uchun bir qator shartlarga rioya qilish kerak. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Kim yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyishi mumkin

06.10.25
Ayrim hollarda ijaraga oluvchilarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga berishga ruxsat etildi. Aynan kim va qanday shartlarda bunday imkoniyatdan foydalanishi mumkinligi haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing:

2025 yil III chorak uchun 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) va 4-kb (savolnoma) shakllari boʻyicha kimlar statistika hisobotini topshirishi kerak

03.10.25
Milliy statistika qoʻmitasi 2025 yil III chorak uchun 4-kb (savolnoma) va 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) shakllari boʻyicha tanlanma kuzatuv oʻtkazish uchun moʻljallangan kichik korxonalar va mikrokorxonalar roʻyxatlarini e’lon qildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz da:

PF-176-son Farmon biznesni qoʻllab-quvvatlash, ixtiyoriy tugatish va soliq tekshiruvlari masalalarida nimani oʻzgartiradi

02.10.25
«Ochiq muloqot - 2025» yakunlari boʻyicha Prezidentning 26.09.2025 yildagi PF-176-son Farmoni qabul qilindi. Tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning yangi choralarini joriy qilishdan tashqari, u yana ikkita muhim masalaga – soliq toʻlovchilarni ixtiyoriy tugatish va xavf-tahlil tizimi ishi natijalari boʻyicha soliq tekshiruvlari haqida xabar berish tartibiga tegishli. Batafsil ma’lumot – buxgalter.uz sharhida:

2025 yil oktyabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak

30.09.25
Oktyabr oyida ayrim tashkilotlarga turli davrlar -- sentyabr, 2025 yilning III choragi va yil uchun statistika boʻyicha hisobot topshirish kerak boʻladi. Buxgalter.uz kim, qachon va qanday hisobotlar topshirishini aniqlashtirdi:

Nima uchun 1 sentyabrdan faoliyat koʻrsatmayotgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tugatildi

30.09.25
2025 yil sentyabr boshidan boshlab ayrim tadbirkorlik sub’yektlari kutilmagan vaziyat bilan duch keldilar: soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida ERI yordamida kirish imkoni boʻlmay qoldi, stat.uz portalida esa ularning maqomi «tugatilgan»ga oʻzgardi. Buxgalter.uz vaziyatni aniqlashtirdi:

Yangiliklarga tayyormisiz? PF-138-son Farmon boʻyicha krossvordni yechib, oʻzingizni sinab koʻring!

26.09.25
«Ochiq muloqot – 2025» yakunlari boʻyicha PF-138-son Farmon imzolanganiga bir oy boʻldi. Ushbu hujjatni har yili alohida qiziqish bilan kutamiz – zero aynan unda biznesdagi qanday muammolar yuqoridagilarga haqiqatda ma’lum boʻlgani va qanday aniq yechimlar topilgani aks ettiriladi. 2025 yilda ham shunday

2025 yil III chorak uchun 4-kb (sanoat) shakli boʻyicha kim hisobot topshirishi kerak

26.09.25
Milliy statistika qoʻmitasi 2025 yil III chorak uchun 4-kb (sanoat) shakli boʻyicha tanlab tekshiruvdan oʻtkaziladigan kichik korxonalar va mikrofirmalar roʻyxatini e’lon qildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida:

Oʻzbekistonda 2025 yil oktyabrda nimalar oʻzgaradi

26.09.25
Qaysi korxonalar majburiy ravishda «yashil sertifikat»ga ega boʻlishi kerak? Qoraqalpogʻistondagi yer qa’ridan foydalanib ishlab chiqaruvchilar qanday imtiyoz oldi? Davlat xaridlarida ishtirok etmoqchi boʻlgan mebelchilar qanday talabga rioya qilishi kerak? Davlat investorlarni qanday himoya qiladi? Qaysi yer uchastkalarini auksionsiz ijaraga olish mumkin? Bojxonada tovarlarni rasmiylashtirishda nima oʻzgarmoqda? Qanday import tovarlariga aksiz soligʻi bekor qilinadi? 2025 yil oktyabrda kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi ushbu va boshqa oʻzgarishlar haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing:

Ijara hisobida nimalar oʻzgarmoqda (6-son va 21-son BHMS)

25.09.25
6-son BHMS «Ijara hisobi»ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqdagi buyruq 24.09.2025 yildan kuchga kirdi. Shunga muvofiq 21-son BHMS «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma»ga ham tuzatishlar kiritilmoqda. Ikkala standartda birdan nima oʻzgarganini buxgalter.uz da koʻrib chiqamiz:

Soliqchilardan xabarnoma olinganda, 4-invest (asosiy) shaklini topshirish kerakmi

24.09.25
Ayrim tashkilotlar my3.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga choraklik statistika hisobotining 4-invest (asosiy) shaklini topshirish zarurligi haqida soliq organining xabarnomasini oldi. Vaholanki Milliy statistika qoʻmitasi saytidagi hisobotlar roʻyxatida xoʻjalik yurituvchi sub’yektning bunday hisoboti mavjud emas. Bu vaziyatda buxgalter nima qilishi kerak?