Yangiliklar

EIZ ishtirokchilari uchun eksportni qoʻllab-quvvatlashning qanday choralari bekor qilinmoqda

22.01.25
18.01.2025 yildagi VMQ-18-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlaridan JST bitimlariga muvofiq eksportni qoʻllab-quvvatlash choralari chiqarib tashlanmoqda.

Yer soligʻi boʻyicha shakllantirilmagan hisobot uchun jarimalar boʻlmaydi, lekin penya boʻladimi?

21.01.25
2025 yil 20 yanvarda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha 2025 yil uchun yer soligʻini topshirish muddati tugadi. Ammo soliq.uz saytida haligacha oshiruvchi yoki pasaytiruvchi koeffitsiyentlar yoʻq. Soliq qoʻmitasi stavkalari tasdiqlanmagan hududlarda yer soligʻi boʻyicha hisobot va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma shakllantirilmasligini, soliq stavkalari tasdiqlanmaguncha soliq toʻlovchilarga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmasligini ma’lum qildi. Lekin «javobgarlik choralari»ga penya kirmaydi. SKning 106-moddasiga koʻra u «soliq majburiyatini ta’minlash usuli» deb ataladi. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhladi:

Korxonalar hisobraqamida 2-kartoteka mavjud boʻlsa ham elektr energiyasi va gaz uchun toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin

20.01.25
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, gaz ta’minoti) uchun toʻlovlari ularning asosiy hisobraqamiga kelib tushgan mablagʻlar doirasida navbatdan tashqari amalga oshiriladi. Bu MB boshqaruvi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan belgilangan. Norma.uz portali batafsil ma’lumot bermoqda:

2024 yil yakuni boʻyicha moliyaviy hisobotni topshirishga tayyorlanamiz

15.01.25
Turli mulkchilik shaklidagi xoʻjalik sub’yektlari buxgalterlari yangi Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom 1 yanvardan kuchga kirishi munosabati bilan moliyaviy hisobotning muddatlari va shakllari haqida koʻp soʻrashmoqda. Buxgalter.uz uchun bu muhim jihatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirib berdi:

Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalarida nimalar oʻzgardi

14.01.25
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, hujjatga bojxona va soliq organlari oʻrtasida QQSni oʻzaro hisob-kitob qilish uchun toʻlov kodi qoʻshildi, deklarantning huquqiy maqomi qismida oʻzgarishlar bor, yangi bojxona postlari qoʻshildi va h.k. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida.

Oʻzbekistonda 2025 yil uchun oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalari

13.01.25
Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati «Soliq qo'mitasi matbuot kotibi» guruhida Oʻzbekiston boʻyicha 2025 yil uchun oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalarini – hududlar kesimida (Surxondaryo viloyatidan tashqari) e’lon qildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

2025 yilda Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun bonus dasturi

10.01.25
«Norma» kompaniyasi koʻp yillik an’anaga sodiq qolgan holda, oʻz elektron tizimlari foydalanuvchilarini turli bonuslar bilan xursand qilishni davom ettirmoqda. Bonuslar Buxgalter Pro tizimi funksionalini toʻldiradi – siz uchun foydani oshiradi va u bilan ishlashni yanada qulay va foydali qiladi.

SK-2025: kam ta’minlangan oilalar va yoshlarga daromadlar boʻyicha imtiyozlar

10.01.25
24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-son Qonun kam ta’minlangan oilalar a’zolari va yoshlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlar taqdim etdi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligining Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV tafsilotlarni ma’lum qildi:

SK-2025: QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllash maqsadida XMI va XHMT mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar roʻyxati belgilandi

10.01.25
24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-sonli Qonun QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllash maqsadida XMI va XHMT mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari roʻyxatini belgiladi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari tafsilotlarini tushuntirib berdi:

SK-2025: yoʻlovchi tashish xizmatlariga QQS soligʻi joriy etiladi

10.01.25
2024 yil 24 dekabrdagi OʻRQ-1014-son qonun yoʻlovchi tashish xizmatlari boʻyicha QQS imtiyozini bekor qildi. Bekor qilish sabablarini buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari tushuntirib berishdi:

2025 yilda yer qa’riga soliq solishdagi oʻzgarishlar

09.01.25
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid XAMROYeV buxgalter.uz iltimosiga koʻra SKda 2025 yilda yer qa’riga soliq solishga oid oʻzgarishlar haqida ma’lumot berdi:

Elektron mehnat shartnomalarini tuzish majburiy boʻldimi

09.01.25
Oʻzbekistondagi ish beruvchilar mehnat munosabatlarini, shu jumladan elektron mehnat shartnomalarini «YaMMT» IDAKda roʻyxatdan oʻtkazishlari shart. Bu 27.12. 2024 yildagi VMQ-891-son qarorda nazarda tutilgan. Ish beruvchilar mehnat shartnomalarini aynan elektron shaklda tuzishlari shartmi? Buxgalter.uz bu masalani «Norma» yuristlaridan aniqlashtirdi:

2025 yilda yer soligʻida nimalar oʻzgaryapti

09.01.25
2025 yilda jismoniy va yuridik shaxslardan yer soligʻini undirish boʻyicha Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida buxgalter.uz soʻrovi boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid XAMROYeV ma’lumot berdi:

SK-2025: QQS boʻyicha yangi imtiyozlar va eksportda nol darajali stavkani tasdiqlash tartibini soddalashtirish

09.01.25
QQS sohasidagi yangiliklar haqida buxgalter.uz soʻrovi boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari ma’lumot berishdi:

Sayyor soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda nimalar oʻzgaradi

08.01.25
Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishda soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqlari kengaytirildi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqladi:

Ijara toʻlovining eng kam stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlarni joriy etish nimalarga olib keladi

08.01.25
2025 yilda mahalliy hokimiyat organlariga 27.12.2024 yildagi OʻRQ-1011-son qonuni bilan ijara toʻlovi eng kam stavkalariga 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash huquqi berildi. Bunday qarorning ijobiy va salbiy tomonlarini buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sanab oʻtdi:

2025 yilda suv soligʻida nimalar oʻzgaradi

08.01.25
SKda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish qismida 2025 yilgi oʻzgarishlar haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari ma’lumot berdilar:

SK-2025: bozorlar va savdo majmualarida savdo qiluvchi YaTTlar xodimlari uchun ijtimoiy soliq kamaytirildi

08.01.25
24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-son Qonunga asosan bozorlar va savdo majmualarida savdo qiluvchi YaTTlar xodimlari tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliq miqdori kamaytirildi. Yangilik haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV ma’lumot berdi:

SK-2025: YaTTlar uchun JShDS qat’iy belgilangan stavkalari indeksatsiya qilindi

07.01.25
24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-son Qonun qat’iy stavkadagi JShDSni indeksatsiya qildi va ularni muayyan oraliqda belgiladi. Yangi kiritilgan oʻzgarishlar mantigʻini buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV tushuntirib berdi:

2025 yilda aksiz soligʻida nimalar oʻzgaradi

07.01.25
2025 yilda aksiz soligʻi boʻyicha oʻzgarishlar haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari ma’lumot berishdi: