Yangiliklar
07.04.20
QHTBT portalida DSQ va MBning “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga elektron uzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori loyihasi joylashtirilgan.
07.04.20
4 mart kuni barcha soliq toʻlovchilarning my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetlariga DSQning xati yuborilgan. Unda Prezidentning 19.03.2020 yildagi PF-5969-son Farmoni bilan taqdim etilgan soliqlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish va ularni boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha murojaat qaysi organlar tomonidan qabul qilinishi tushuntirib berilgan.
06.04.20
Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi munosabati bilan berilgan imtiyozlarni qoʻllagan holda soliqlarni qanday toʻlash mumkin? Karantin paytida qanday qilib xodimlarga toʻgʻri ta’til berish va ish haqini toʻlash mumkin? Vuxgalter.uz shu va boshqa savollarga javoblarni e’tiboringizga havola etadi.
05.04.20
Farmatsevtika korxonasi litsenziyasining amal qilish muddati tugashiga oz qoldi, muddatini hozircha uzaytirmasa ham boʻladimi? Bankka oid qanday masalalar masofadan hal etilishi mumkin? Karantin vaqtida xodimlar ishga kech qolmasligi uchun nimalar qilish kerak? Ushbu savollarga javoblar – buxgalter.uz ning navbatdagi toʻplam materialida:
04.04.20
Prezidentning 3.04.2020 yildagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni biznes uchun yangi imtiyozlarni nazarda tutadi. Buxgalter.uz ularni bitta jadvalga yigʻdi:
01.04.20
Qabul qilingan qarorga asosan joriy yil oxiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo, shuningdek oxirgi iste’molchiga sotiladigan benzin, dizel yoqilgʻisi hamda suyultirilgan va siqilgan gazga amaldagi aksiz soligʻi stavkalari saqlanib qoladi.
01.04.20
Karantin qachon tugaydi? Benzin uchun aksiz soligʻi stavkasi qanday? Stikerni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsiy avtoda kelish mumkinmi? Ota-onalar bolalar karantin tufayli uyda boʻlgan vaqt uchun xususiy maktabga haq toʻlashi kerakmi? Bu va boshqa savollar boʻyicha davlat organlarining tushuntirishlari - buxgalter.uz toʻplamida.
31.03.20
Xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigi yoki uyda ishlashga oʻtkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3228, 28.03.2020 yil).
31.03.20
Agar yillik mehnat ta’tilidan foydalanilgan boʻlsa, bolalarni uyda qoldirishga esa odam boʻlmasa, nima qilish mumkin? Karantin tufayli boʻsh turib qolayotgan taksi mashinasining parkovka joyi qancha turadi? Agar bank kartasining amal qilish muddati oʻtgan boʻlsa, karantin davrida u ishlaydimi? Bu va boshqa savollarga javoblar – buxgalter.uz toʻplamida.
30.03.20
Soliq va bojxona imtiyozlari, davlat xizmatlari olish boʻyicha tavsiyalar va boshqa choralar - buxgalter.uz ning qabul qilingan normativ hujjatlar va oxirgi vaqt uchun axborot turkumidan xabarlar asosida tayyorlagan sharhida.
29.03.20
Hurmatli «Norma»ning mijozlari va doʻstlari! Bizning barcha servis va xizmatlarimiz masofadan odatdagi rejimda ishlayotganligini sizga ma’lum qilishdan mamnunmiz. Bogʻlanish uchun telefon raqamlarimizni eslatib oʻtamiz:
28.03.20
Buxgalteriyani masofadan ishlashga oʻtkazish chogʻida 1S da ishlash bilan bogʻliq savollar yuzaga keladi. “Koʻchib oʻtishda” qanday qilib ma’lumotlar bazalari xavfsizligini ta’minlash mumkin? Ularni texnik sabablarga koʻra yoʻqolishi xavfini qanday kamaytirsa boʻladi? VENKON kompaniyasi muammoning yechimini taklif qildi.
28.03.20
Karantin tadbirlari sharoitlarida muddatli majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdor boʻlish va bankrot boʻlish xatari bir necha marta oshdi. Ularni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan qator soliqlar, ijara toʻlovi, investitsiya majburiyatlari, litsenziyalash, bankrotlik va bank hisobvaraqlarini toʻxtatib turish taomili boʻyicha yangi choralar qabul qilindi. Buxgalter.uz rasmiy manbalarning eng soʻnggi xabarlaridan axborotni umumlashtirdi.
27.03.20
Moliya vazirligi Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda. Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.
27.03.20
Karantin choralari natijasida tadbirkor shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmagan taqdirda nima qilish mumkin?
24.03.20
«1Uz» foydalanuvchilari uydagi kompyuterga oʻrnatish uchun litsenziyali dasturni bepul olishlari mumkin.
23.03.20
Auditorlar, buxgalterlar, baholovchilar va boshqa mutaxassislarning oʻz kasbiy tashkilotlariga majburiy a’zoligi umumjahon tajribasi hisoblanadi. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga ushbu xalqaro tajriba yoqmayapti.
23.03.20
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻzining 20.03.2020 yildagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan iqtisodiyot tarmoqlariga koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining salbiy ta’sirlarini yumshatish boʻyicha choralar toʻplami tasdiqlandi.
22.03.20
DSQ QQS va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq hisobotini bekor qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqdagi axborot DSQ raisi oʻrinbosari Abdulla AZIZOV imzosi bilan qoʻmitaning matbuot xizmati orqali tarqatilgan xatda mavjud.
21.03.20
DSQ soliq toʻlovchilarni karantin tufayli soliqdagi yengilliklar haqida habardor qilishni davom ettiradi.