Kim yangi E-imzo 5.0 versiyasidan foydalanishga urinib koʻrgan boʻlsa va yana odatiy ishlaydigan 4.47 versiyasiga qaytgan boʻlsa, u tushunadi... Ilgari yangi versiyani oʻrnatishda koʻplab saytlar ERIni «koʻrmay» qolar va hisobvaraq-fakturalarni yuborishda muammolar yuzaga kelardi.
Endi buxgalterlar my.soliq.uz saytiga kirishda muammoga duch kelishdi, tizim 5.0 versiyasini talab qiladi. Bunda my3.soliq.uz saytiga kirish hozircha eski sayt orqali amalga oshirilmoqda. Nima qilish kerak?
Buxgalter.uz vaziyatni oʻrgandi: ...
My.gov.uz portali «Oila ma’lumotlarini tahrirlash» xizmati yordamida oila tarkibi haqidagi ma’lumotlarni tekshirish va notoʻgʻri ma’lumotlarni tuzatish mumkinligini eslatib oʻtdi. Bu bilan foydalanuvchilar davlat ma’lumotlar bazalarini aktualizatsiya qilishga hissa qoʻshadilar.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ...
Hurmatli oʻquvchilar, saytda bepul materiallarni koʻrishning yangilangan qoidalari kuchga kirdi.
Endi buxgalter.uz kontentiga kirish qanday ishlashi haqida batafsil, quyida oʻqing: ...
ACCA va ACFR «Moliya va biznesni boshqarish» qoʻshma diplomiga 7 ta imtihon kiradi. ACFP direktori Moʻmin AShUROV moliya-iqtisodiyot mutaxassisliklari boʻyicha bakalavr yoki magistr diplomlari egalari ulardan qaysilarini topshirishlari kerakligini tushuntirdi: ...
Yangi xodimlarga JBPT (jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi) uchun soʻrovnomalarni qanday ochasiz? Bilasizmi, buni yangi «avtooʻtish» funksiyasi tufayli bevosita JBPH elektron reyestrlarini qabul qilish va qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimida oson va eng muhimi – tez bajarish mumkin.
Buxgalter.uz bu qanday ishlashini aniqlashtirdi: ...
2025 yil noyabr oyida ayrim tashkilotlar statistika boʻyicha hisobot topshirishlari kerak. Eng soʻnggi sanalar – 5 va 18 noyabr.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
Soliq qoʻmitasining ma’lum qilishicha qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni shakllantirishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etildi. ...
Oʻzbekistonda ijtimoiy sugʻurta tizimi takomillashtirilmoqda. Nafaqalar avvalgidek faqat rasman band boʻlgan fuqarolarga toʻlanishi koʻzda tutilgan. Lekin toʻlov manbasi oʻzgaradi.
Tafsilotlar buxgalter.uz sharhida: ...
Prezidentning 23.05.2025 yildagi PQ-190-sonli qaroriga 3-ilovaga muvofiq «Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markazi» DUK Soliq qoʻmitasi huzuridagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Buxgalter.uz bu jarayonda ERI uchun toʻlov rekvizitlari oʻzgarmaganligini aniqlab chiqdi: ...
Soliq qoʻmitasi oʻzining rasmiy kanalida foyda soligʻi boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashga oʻtish maqsadida joriy hisobot davrida olingan jami daromadning qancha chegaraviy summasini hisobga olish kerakligini ma’lum qildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida: ...
Oʻzbekistonda koʻplab jismoniy shaxslar oʻzlariga quyosh panellari oʻrnatib, ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa sotishga harakat qilmoqda. Lekin amalda ular jiddiy huquqiy toʻsiqlarga duch kelmoqda. Vaziyat normativ jihatdan tartibga solinmagan.
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni sharhlab berdi: ...
Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi operatori Asl Belgisi (CRPT TURON MChJ) tizimining keng koʻlamli yangilanishi haqida ma’lum qildi. Gap xTracye platformasida «Dori vositalari va tibbiy buyumlar», «Suv va salqin ichimliklar», «Tamaki mahsulotlari», «Pivo va pivo mahsulotlari» tovar guruhlari aylanmasi ishtirokchilari uchun shaxsiy kabinetning yangilangan versiyasiga oʻtish haqida bormoqda.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ...
Soliq qoʻmitasi savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish korxonalari uchun tutash hududlarni ijaraga olish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishning texnik imkoniyati paydo boʻlganini ma’lum qildi.
Buxgalter.uz quyidagilarni tushuntiradi: ...
2025 yil 1 sentyabrdan boshlab majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan mahsulotlarni sotishda markirovka kodisiz EHF rasmiylashtirish taqiqlanadi. Agar xodimlaringiz e’tiborsizlik qilib, markirovka kodi aks etganini tekshirmasdan EHF rasmiylashtirsalar yoki markani skanerlamasdan chek chiqarsalar, jiddiy muammolar kelib chiqishi mumkin.
Buxgalter.uz eslatib oʻtadi: ...
Foyda soligʻi toʻlovchilar my.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga xabarnoma olishdi. Unda soliq idorasi soliq bazasini kamaytirib koʻrsatish sifatida baholanadigan xatti-harakatlar uchun sanksiyalar mavjudligini eslatadi.
Gap nimadaligini aniqlaymiz... ...
MHTEKM va BHM oshirilgandan keyin buxgalterlar bir xil muammoga – dolzarb koʻrsatkichdan foydalangan holda JShDSni qoʻshimcha hisoblash muammosiga birinchi marta duch kelmayaptilar. Masalan, 2025 yilda oshirish avgust oyida boʻldi, soliq organlarining axborot tizimlari esa oktyabr oyida (!) hali ham toʻliq qayta qurilmagan. Bechora buxgalter esa sarosimaga tushadi - unga «avtokameral» tizimi moddiy yordam boʻyicha qoʻshimcha toʻlovdagi farqqa oshirishni hisobga olmagan holda JShDSni qoʻshib yozmoqda, chunki tizim formulalarida eski MHTEKM kiritilgan. Inspektor esa telefonni har doim ham koʻtarmayapti.
Bu vaziyatda nima qilish kerak? ...
Milliy statistika qoʻmitasi 2025 yil III chorak uchun 4-kb (savolnoma) va 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) shakllari boʻyicha tanlanma kuzatuv oʻtkazish uchun moʻljallangan kichik korxonalar va mikrokorxonalar roʻyxatlarini e’lon qildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz da: ...
Oktyabr oyida ayrim tashkilotlarga turli davrlar -- sentyabr, 2025 yilning III choragi va yil uchun statistika boʻyicha hisobot topshirish kerak boʻladi.
Buxgalter.uz kim, qachon va qanday hisobotlar topshirishini aniqlashtirdi: ...
2025 yil sentyabr boshidan boshlab ayrim tadbirkorlik sub’yektlari kutilmagan vaziyat bilan duch keldilar: soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida ERI yordamida kirish imkoni boʻlmay qoldi, stat.uz portalida esa ularning maqomi «tugatilgan»ga oʻzgardi.
Buxgalter.uz vaziyatni aniqlashtirdi: ...