1 iyulda qonunchilikka kiritiladigan oʻzgartirishlarning navbatdagi paketi kuchga kiradi. Buxgalter.uz ularning eng muhimlari boʻyicha sharh tayyorladi.
Shunday qilib, 1 iyuldan boshlab: ...
Yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻz xodimlari uchun (cavdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan YaTTlardan tashqari) toʻlashi lozim boʻlgan har yilgi ijtimoiy soliq mikdori BHMning 6 baravaridan BHMning 1 baravarigacha miqdorga kamaytirilmoqda. Bu 16.06.2023 yildagi OʻRQ-847-son Qonunda nazarda tutilgan.
Shu hujjat bilan “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga – ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish qismida oʻzgartirishlar kiritildi. ...
E-aktivdan ixtiyoriy foydalanish tartibi 2024 yil 1 aprelga qadar uzaytirildi. 14.06.2023 yildagi PQ-192-son qarordagi boshqa yangiliklar toʻgʻrisida batafsil – buxgalter.uz sharhida: ...
Uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatganlik uchun davlat boji BHMning 25 000 baravari miqdorida belgilandi. Bu 14.06.2023 yildagi OʻRQ-846-son Qonunda nazarda tutilgan.
Ushbu sohada litsenziyalar olish uchun ayrim boshqa bojlar 2 baravar kamaytirildi, bu haqda batafsil – buxgalter.uz sharhida: ...
2023 yil 12 iyunda yangi imtiyozlar tasdiqlandi: 1) Qoraqalpogʻiston tadbirkorlari uchun (OʻRQ-845-son Qonun) va 2) “Hunarmand” uyushmasining a’zolari uchun (PF-91-son Farmon). Tafsilotlarni norma.uz portali keltirib oʻtadi: ...
Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahalliy xoʻjalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarini tasdiqlash tartibi tasdiqlandi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bunday vaziyatda Savdo-sanoat palatasi raisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan QR-kod bilan sertifikat olishlari mumkin.
Batafsil – buxgalter.uz sharhida. ...
2023 yil 1 dekabrdan boshlab “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi tufayli davlat organlari aholi va biznesdan yana 47 turdagi ma’lumotlarni talab qilmaydi. YaIDXPda tez orada 95 ta yangi xizmatlar va servislar paydo boʻladi. Shuningdek, iqtisodiyotning tarmoqlarini raqamlashtirish sohasida 51 ta loyiha tashabbusi bilan chiqildi. ...
2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlar xorijiy ijtimoiy tarmoqlardagi reklama xizmatlari uchun korporativ valyuta kartalari yordamida haq toʻlashlari mumkin. Bu Vazirlar Mahkamasining 19.05.2023 yildagi “Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 207-son qarorida nazarda tutilgan.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ...
2023 yil 1 iyuldan boshlab qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan energiyani iste’mol qilish me’yorini toʻliq bajarmagan yuridik va jismoniy shaxslar yetishmagan energiya ulushini “yashil energiya” sertifikatlarini sotib olgan holda qoplashlari mumkin. Bu Prezidentning 12.05.2023 yildagi PQ-156-son qarorida nazarda tutilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
2023 yil 1 maydan 2024 yil 1 iyulga qadar turoperatorlarga 5 nafar va undan ortiq chet ellik turistlarga joylashtirish, transport, ekskursiya va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi turpaketlar boʻyicha hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan QQSning 20 foizi qaytariladi. Bu Prezidentning 26.04.2023 yildagi PQ-135-son qarorida nazarda tutilgan. ...
2023 yil 1 yanvardan boshlab xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlari boʻyicha import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari qoʻllaniladi. Vazirlar Mahkamasining 09.03.2023 yildagi 99-son qarori bilan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Tafsilotlar norma.uz portalida keltiriladi: ...
2023 yil 1 maydan benefitsiari byudjet va korporativ buyurtmachi hisoblangan ayrim toʻlovlar boʻyicha toʻlov xizmatlari koʻrsatganlik uchun vositachilik haqi toʻlov shaklidan qat’i nazar toʻlovchi – jismoniy shaxsdan emas, balki toʻlov summasidan chegirib qolish yoʻli bilan undiriladi. Bunda, vositachilik haqi miqdori toʻlov summasining 1%igacha, biroq Markaziy bank tomonidan belgilanadigan chegaraviy miqdorlardan koʻp boʻlmagan miqdorda boʻlishi mumkin. ...
2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy oʻrnatiladi. Bu haqda Prezidentning 28 fevral kuni imzolangan Farmonida soʻz yuritiladi. ...
Buxgalter.uz qonun hujjatlariga oʻzgartirishlarning an’anaviy har oylik sharhini taqdim etadi. Qulaylik uchun biz 2023 yil 1 martdan kuchga kirgan normalarni jadvalga toʻpladik: ...
Elektr energetika tizimiga yuklamani pasaytirish uchun davlat qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanuvchi tadbirkorlarni ragʻbatlantiradi.
Nafaqat imtiyozlar, balki majburiyatlar ham qoʻshiladi. Bu Prezidentning “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qarorida nazarda tutilgan. ...
2023 yil 1 martdan boshlab Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJlarning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlaridagi yoqilgʻi-energiya resurslari iste’moli toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu inspeksiyaning xodimlari sutkaning istalgan vaqtida iste’molchilarning (aholidan tashqari) yoqilgʻi-energiya resurslarini hisobga olish uskunalari, sxemalari hamda qurilmalarini toʻsqinliksiz borib koʻrishga haqli.
Bularning barchasi Prezidentning 13.02.2023 yildagi “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-54-son qarorida nazarda tutilgan. Bu haqda norma.uz portali yozadi: ...
Oʻzbekistonning rezidentlari tomonidan ta’sis etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 maydan boshlab bankda hisobvaraqlarni faoliyatning har qanday bosqichida masofadan turib ochishlari mumkin. Bu yangi Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nazarda tutilgan. ...
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasida 2023 yil uchun koʻchmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini e’lon qildi. ...