Amaliyotda buxgalterlar qanday qilib qonun hujjatlarini buzmasdan ilgari yozib berilgan elektron hisobvaraq-fakturadagi xatolarni tuzatish yoki unga qoʻshimcha kiritish mumkin, degan savollarga koʻp toʻqnash keladilar. Qoʻshimcha va tuzatilgan hisobvaraq-faktura – birgina shaklmi yoki ular turlichami? Vuxgalter.uz eksperti, amaliyotchi bosh buxgalter Tatyana LIMAREVA oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. ...
Tadbirkorlar realizatsiya qilish dalilini kontragent hisobvaraq-fakturani imzolagan paytdan boshlab tan olish haqidagi normani soliq qonunchiligiga qaytarishni taklif etmoqdalar. Bu taqdim etilgan EHFlarning uzoq koʻrib chiqilishi yuzaga keltirayotgan muammolarning bir qismini hal qilish imkonini beradi. Buxgalter.uz ushbu taklifni tahlil qilib, unga qoʻshildi. ...
Schyotda – 0 soʻm, korxona «kartotekada oʻtiribdi». Bunday sharoitda EHF operatori xizmat koʻrsatishni toʻxtatib qoʻymasligi uchun uning xizmatlariga qanday haq toʻlash kerak? Muammoni hal qilishning ikkita varianti – buxgalter.uz sharhida. ...
Yuridik shaxsning aynan bitta xarid boʻyicha komitent va komissionerdan ikkita hisobvaraq-faktura olish ehtimoli bartaraf etildi. Buxgalter.uz mazkur vaziyat aynan qanday tartibga solinganligini oydinlashtirdi. ...
May oyi uchun QQS hisob-kitobini toʻldirayotganda tizim 18 iyungacha imzolanmagan hisobvaraq-fakturalarning «avtomat-provodkasi» uchun ishlamadi. Shu sanagacha hisobot joʻnatgan buxgalterlar qanday qilib boʻlsa ham vaziyatdan chiqish va realizatsiyaning toʻgʻri koʻrsatkichlarini aks ettirish uchun bir tomonlama hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishga majbur boʻldilar. Natijada endi, EHF tizimi xaridorga yuborilgan hisobvaraq-fakturalar koʻrsatkichlarini, hatto ularni imzolamagan boʻlsa ham, hisobga olayotganda tizimda may oyi uchun ikki xil realizatsiya koʻrsatkichlari aks etmoqda. Bunday vaziyatda buxgalter nima qilishi kerak? Buxgalter.uz tushuntiradi: ...
Buxgalterlar norezident boʻlgan vositachi ishtirokida tuzilgan bitimlar boʻyicha EHFni rasmiylashtirish chogʻida muammoga duch kelishmoqda, sababi norezidentning STIRini koʻrsatish zarur boʻlgan satrni toʻldirishning imkoni boʻlmayapti. Toshkent shahar DSB maslahat markazidagi manbadan buxgalter.uz muammo yaqin soatlarda hal etilishi yuzasidan axborot oldi. Buni DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAMda ham tasdiqlashdi. ...
Ma’lumki, 2020 yil 1 iyuldan boshlab QQS boʻyicha hisobotlarni avtomatlashtirilgan tarzda toʻldirish tizimida 5-ilovaning 9-10-ustunlari va 6-ilovaning 8-9-ustunlari xarajatlarni qoplashga va vositachilar uchun EHF shakllari ma’lumotlari asosida shakllantiriladi. Buxgalter.uz EHF operatorlari soliq toʻlovchilarga zarur shakllarni taqdim etishga shayligini aniqlashtirdi: ...
QHTBT portalida DSQ uning yordamida talay muammolarni va hanuz tartibga solinmagan elektron hisobvaraq-fakturalar aylanishi bilan bogʻliq vaziyatlarni hal qilishga urinayotgan Nizom loyihasi muhokamasi nihoyasiga yetmoqda. Va bu aynan qonun ijodkorlariga yordam berish lozim boʻlgan holat. Siz duch kelayotgan barcha muammolar oʻz yechimini topishiga ishonchingiz komilmi? Buxglter.uz iltimosiga binoan loyihani soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi. ...
QQS toʻlovchi boʻlmagan ijaraga beruvchi QQS toʻlovchi ijaraga oluvchiga u QQS toʻlovchi emasligi hamda DSQ koll-markazi xodimining ogʻzaki tushuntirishiga havola keltirgan holda elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun QQSsiz elektron hisobvaraq-faktura taqdim etdi. Bu toʻgʻrimi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV tushuntirdi: ...
Elektron hujjat aylanishi rasmiy operatorlarining soni koʻpaymoqda. Ular bir-biridan servisga qarab farq qiladi. EHF bilan ishlash yanada qulay va samarali boʻlishi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? Buxgalter.uz mualliflari Oleg GAYeVOY va Viktoriya BEZGINA tavsiyalaridan foydalaning. ...
Mijozlar koʻp boʻlgan kompaniyalarda bir nechta xodimlarga hisobvaraq-fakturalar va tovarlar yuklab joʻnatilishiga oid boshqa kuzatuv hujjatlarini imzolash va xizmatlar koʻrsatish huquqi beriladi. Ushbu amaliyotni EHF tizimida operatorlarning shaxsiy kabinetlari orqali ishlashda qanday saqlab qolish mumkin? «Yangi texnologiyalar» ITM mutaxassislari tizimga muayyan xodimlar biriktirilishi va ularga shaxsiy vakolatlar berilishini tavsiya etadilar. Bunda ishlash tartibi qanday boʻladi? ...
Elektron hujjat aylanishi rasmiy operatorlari roʻyxatida 7-tashkilot: «BePRO–Norma» kompaniyasi paydo boʻldi. Ushbu bozorda u «1UZ Kuryer» savdo markasi ostida faoliyat koʻrsatadi. Bitta operatorning boshqasidan afzalligini qanday tushunish mumkin? Birgalikda koʻrib chiqamiz. ...
Buxgalter.uz tahririyat telegram-kanallari foydalanuvchilari oʻrtasida elektron hisobvaraq-fakturalar bilan ishlashlari yuzasidan soʻrovnoma oʻtkazdi. 1160 nafar respondentdan 624 nafari: - “Yoʻq, DSQ tizimni qayta ishlashini kutyapmiz” deb javob berishdi. Bu qaror toʻgʻrimi? ...
Agar siz EHFga oʻtish uchun sizga nima zarurligini va bunda qanday texnik muammolar yuzaga kelishini bilmasangiz, bizning yoʻriqnomamizdan foydalaning. ...
EHF va YaMMT joriy etilishi bilan tashkilotlarda buxgalterdan tashqari boshqa xodimlarga ham qoʻshimcha elektron raqamli imzo olish zarurati yuzaga keldi. Koʻpchilik mohiyatan juda joʻn boʻlgan ushbu masalada muammolarga duch kelishdi. DSQ va Davlat xizmatlari markazlari bunday masalani hal qilishga hali toʻliq tayyor emas ekanlar. Bunday vaziyatda nima qilish lozim? Har holda qanday qilib muammolarsiz qoʻshimcha ERI olish mumkin? ...
14 dekabr kuni Davlat soliq qoʻmitasida soliq toʻlovchilar uchun “Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. 400 nafardan ziyod buxgalterlar va tadbirkorlar DSQ rahbariyatiga savol berish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Oluvchi uchun EHF pullik boʻladimi? ...
Buxgalterlar, auditorlar va soliq maslahatchilarining professional hamjamiyatida 2020 yil 1 yanvardan elektron hisobvaraq-fakturaga oʻtish faol muhokama qilinmoqda. EHFni toʻldirib koʻrgan buxgalterlar, vositachilik savdosida taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni aks ettirishning muammoli masalalarini qayd etdilar, ularni faqat EHF tizimiga oʻzgartirishlar kiritgan holda hal qilish mumkin. ...
2019 yildan sotib olingan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va nomoddiy aktivlar boʻyicha QQS hisobga olinishi mumkin. Ilgari soliq summasi ularning boshlangʻich qiymatiga kiritilgan.
Shu munosabat bilan quyidagilar oʻzgardi:
uzoq muddatli aktivlar realizatsiya qilinganda soliq ...