“Korxonamizning Oʻzbekistonning norezidenti boʻlgan shtatdagi xodimi Kaliningradda doimiy yashaydi, 9 iyuldan 12 iyulga qadar Moskva shahriga xizmat safariga yuborilgan. Xizmat safari uchun boʻnak berilmagan. Aviachiptani boshqa kompaniya 500 Rossiya rubliga xarid qilgan. Xodim qarindoshlarining uyida yashagan.
Mazkur holda xizmat safari xarajatlari qanday qoplanadi? Xarajatlarni xodimning soʻmda ifodalangan kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan qoplash mumkinmi? Yoki xarajatlarni albatta chet el valyutasida qoplash kerakmi?”
Savollarga moliyaviy maslahatchi, auditor Goʻzal ISLOMOVA javob beradi. ...
“MChJni tekshirish chogʻida TMQning kamomadi aniqlandi. Kamomadning qiymatii moddiy-javobgar shaxslardan QQSsiz undirib olindi. Ushbu yetishmayotgan TMQ QQS bilan xarid qilingan, QQS summasi hisobga olingan”.
Mazkur vaziyatning soliq oqibatlari va xatoni qanday tuzatish haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Bilvosita soliqlar va bojxona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV gapirib berdi: ...
“Xodim Moskva shahriga xizmat safariga yuborilgan. Korxona unga boʻnakni 2730-son Nizom bilan tasdiqlangan normalar boʻyicha AQSh dollarida berdi. Mehmonxonaga toʻlovni amalga oshirish uchun u dollarni rublga ayirboshladi, ayirboshlaganligi toʻgʻrisida hujjatlar mavjud emas. Mehmonxonaga toʻlov uchun schyotni u tegishincha, rublda taqdim etdi.
Boʻnak hisoboti sanasidagi kross-kursni hisobga olgan holda (AQSh dollarining MB kursi / rublning MB kursi = dollarning rubldagi ekvivalenti) yashash xarajatlarini aniqlaymiz. Bu toʻgʻrimi?”.
Savolga “Norma” eksperti Olga BUSAROVA javob berdi: ...
“Xodimning onasi vafot etdi. Dafn etish uchun nafaqa qanday olinadi? Ilgarigidek ijtimoiy ta’minot boʻlimi orqali ariza berish kerakmi yoki nimadir oʻzgardimi? Rahbarning buyrugʻi asosida unga 1 mln soʻm toʻlamoqchimiz, JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha oqibatlar boʻladimi?”.
Buxgalter.uz ushbu savolni “Infinity Profit Solution” autsorsing kompaniyasi mutaxassislari Alyona TRONOVA va Dilorom XUDAYBERDIYeVAga yoʻlladi: ...
“Norezidentni masofadan turib ishga qabul qilish mumkinmi? U chet elda turib ishlarni bajaradi. Unga ish haqi toʻlashda qanday soliqlar toʻlanadi?”.
Buxgalter.uz uchun maxsus savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
Xodimga 6 oy oʻtgach ta’til berishdi va ish yili uchun ta’til puli toʻlashdi. Ta’tildan soʻng xodim ishdan boʻshab ketdi. Undan toʻlangan ta’til pulining ishlanmagan qismini undirish mumkinmi? Buni “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirdi: ...
Auditorlik tekshiruvi chogʻida buxgalteriya ayrim xodimlarga nafaqani oʻrtacha ish haqining 100% miqdorida toʻlab, «kasallik varaqasi» uchun ortiqcha toʻlovni amalga oshirganligi aniqlandi. Bunday vaziyatda bosh buxgalter qanday yoʻl tutishi lozimligini «Norma» eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirdi: ...
Korxona har oyda ayrim xodimlari uchun kommunal xizmatlarga haq toʻlaydi. Mazkur operatsiya buxgalteriya hisobida qanday toʻgʻri aks ettiriladi? Soliq oqibatlari qanday boʻladi?
Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi: ...
Korxona xodimni Oʻzbekiston tashqarisiga xizmat safariga yubormoqda. Xorijiy davlatga kirish qoidalariga asosan fuqaro kovidga PSR-testining manfiy natijasini taqdim etishi kerak. Testlash - bepul. Xodimning PSR-testiga xarajatlarini qoplab beriladigan xizmat safari xarajatlari tarkibiga kiritish mumkinmi?
Savolga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
Xodim 1,5 stavkada ishlaydi. Unga turli vaziyatlarda ta’til uchun haqni qanday hisoblab chiqarishni “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA misollarda tushuntirdi: ...
Oldingi yil uchun auditorlik tekshiruvi chogʻida yangi qabul qilingan xodimlarga 2020 yil davomida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun moddiy yordam, ularning ba’zilariga esa - bola tugʻilishi va oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan moddiy yordam toʻlanganligi aniqlandi. Korxonaning buxgalteriya va kadrlar xizmatlari ushbu xodimlardan ilgarigi ish joyidan Jismoniy shaxsga toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani soʻrab olishmagan. Bu holda qoʻshimcha JShDS hisoblash yuzaga kelishi yoki kelmasligini “Norma” ekspertlari Tatyana LIMAREVA va Dilorom SAIDOVA tushuntirishdi: ...
Kompaniya mehnatga haq toʻlash tizimini oʻzgartirmoqchi - qat’iy belgilangan maoshni kamaytirish va ish yakunlari boʻyicha mukofotni kiritmoqchi. Buni qanday qonuniy amalga oshirishni “Norma” eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA tushuntirdi: ...
Koʻpincha jismoniy shaxslar oʻz jamgʻarmalaridan emas, balki kreditlar va qarzlar hisobidan yirik xaridlarni amalga oshiradilar. Amaliyotdagi misollardan shu kabi operatsiyalarning buxgalteriya hisobini koʻrib chiqamiz. ...
Xodimning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida “Covid-19” tashxisi koʻrsatilgan. Unga 19.03.2020 yildagi PF-5969-son Farmonning 16-bandiga asosan “kasallik varaqasi” boʻyicha ish stajidan qat’i nazar ish haqining 100% miqdorida nafaqa toʻlash mumkinmi? Buni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi Aleksandr NAVOTNIY tushuntirdi: ...
“Korxona har oyda xodimlariga ovqatlanish uchun BHMda haq toʻlaydi. Xizmat safarida oʻtkazilgan kunlarda ovqatlanish uchun toʻlov hisoblash zarurmi”?
Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi: ...
Aliment qanday daromadlardan ushlab qolinadi? Ularni, masalan, kasallik varaqasi va moddiy yordamdan hisoblab chiqarish zarurmi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan buni yurist Ikrom ABDULQODIROV tushuntirdi: ...
2021 yil 1 fevraldan MHEKM 747 300 soʻmni, BHM – 245 000 soʻmni tashkil etadi. 30.12.2020 yildagi PQ-4938-son qarorning 1-b. Qanday hisob-kitoblarda qaysi koʻrsatkich asos qilib olinishi lozim?
Buxgalter.uz BHM va MHEKM eng koʻp qoʻllaniladigan holatlarni jadvalga jamladi: ...
2020 yil uchun jismoniy shaxslar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashning eng soʻnggi muddati – 15 oktyabr. Biroq ba’zi fuqarolar turli sabablarga binoan ushbu toʻlov muddatini oʻtkazib yuborishgan. Kechiktirilgan har bir kun uchun soliq organi SKning 110-moddasiga muvofiq penya hisoblaydi. Xodimga Yangi yilni soliqlar boʻyicha qarzlarsiz kutib olishiga yordam berish uchun buxgalter.uz yoʻriqnomasiga rioya qiling: ...
“Xodim mana 2 oydirki “byulletenda oʻtiribdi”. Turmush oʻrtogʻining soʻzlariga koʻra, u xususiy klinikada davolanmoqda, u yerda unga kasallik varaqasi ochilgan. Biz xususiy tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan “kasallik varaqasi”ni qabul qilishimiz va haq toʻlashimiz shartmi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi: ...