«Tashkilot nomzodga rasmiy ish taklifini (Job Offer) yubordi va mehnat shartnomasi imzolanishidan oldin unga aviachipta sotib oldi. Kelgandan soʻng, nomzod ishga qabul qilindi. Mehnat shartnomasi imzolangunga qadar ishlash taklifi asosida toʻlangan aviachipta qiymatini foyda soligʻi boʻyicha chegiriladigan xarajatlarga kiritish mumkinmi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Ba’zida korxona xorijiy mutaxassis - norezidentni seminar, konferensiya yoki muzokaralarda ishtirok etish uchun taklif qiladi. Biz vakillik xarajatlari kabi tadbirlarni rasmiylashtiramiz, tegishli buyruq chiqaramiz, taklif etilgan shaxsning yoʻl haqi va yashash joyini toʻlaymiz. Bu holda uning yoʻlkira va yashash xarajatlariga JShDS solish kerakmi?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
«Korxonaga koʻp miqdorda polietilen plyonka bilan oʻralgan bochka va qoplarda import xomashyo kirib kelmoqda. Bu idishlarning hammasi (bochkalar, qoplar, polietilen) hech qayerda – buxgalteriyada ham, boshlangʻich hujjatlarda ham hisobga olinmaydi. Xom ashyodan foydalanganimizdan soʻng, bu idish materiallarini mahalliy xaridorlarga sotishga qaror qildik. Sotish narxi boʻyicha kirim qilmoqchimiz. Korxona QQS va foyda soligʻini toʻlaydi. Soliq oqibatlari qanday boʻladi va qanday buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirishimiz kerak?
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
«Korxona yangi ob’yekt qurilishiga yuborilgan ishchilarni uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlaydi. Xodimlarning ovqatlanishidan olinadigan JShDSni u oʻz hisobidan toʻlamoqchi. Toʻlangan soliq ular uchun moddiy naf tarzidagi daromad boʻladi, unga ham JShDS solinadi. Shu sababli korxona xodimlarining ish haqini tegishli miqdordagi JShDSga oshirishni va soliqlarni Soliq kodeksiga muvofiq hisoblashni rejalashtirmoqda. Xodimlarning ish haqini tegishli JShDS summasiga oshirish uchun qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi? Issiq ovqat soligʻidan qochishning boshqa yoʻli bormi?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
«2024 yilda korxonamiz maqsadli moliyalashtirish doirasida subsidiyalar oldi. Ular 88-«Maqsadli moliyalashtirish va tushumlar» hisobvaragʻida hisobga olindi va soliqqa tortilmadi. Bunda subsidiyalar bilan qoplanadigan faoliyat doirasida amalga oshirilgan xarajatlar soliq solinadigan foydani hisoblashda chegirib tashlanadigan xarajatlar tarkibida tan olindi. Hozirda olingan subsidiyalardan maqsadli foydalanish yakunlangani sababli 88-hisobvaraqni yopish rejalashtirilmoqda. 88-hisobvaraq yopilayotgan paytda unda qoladigan summa soliq solinadigan daromad tarkibiga kiritilishi kerakmi?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
"Oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning 2024 yilda sotishdan olgan daromadi 100 million soʻmdan oshdi va u aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtdi. 2025 yilda hozircha uning daromadlari 100 mln. 2025 yilda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs joriy yilda aylanmasi 100 mln soʻmdan kam boʻlgan taqdirda ham aylanmadan olinadigan soliqni avtomatik ravishda toʻlaydimi? Yoki 2025 yilda aylanmasi 100 mln soʻmga yetgandan keyingina aylanmadan soliq toʻlashi kerakmi, ungacha soliq toʻlamaydimi?" ...
«NNT oftalmologiya boʻyicha xalqaro konferensiyalar oʻtkazadi. Ularning ishtirokchilaridan homiylik yordami kelib tushadi. NNT bank hisobvaragʻiga kelib tushgan homiylik yordami summalariga EHF taqdim etish kerakmi?» ...
«Ta’sischi-jismoniy shaxs oʻz korxonasiga foizlar toʻlash sharti bilan pul qarzi beradi. Shartnomada 20–24% yillik foiz toʻlovini belgilash mumkinmi? Bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?» ...
«Korxona tovarlarni import qiladi. Bojxonada toʻlangan QQS hisobga olinadigan kiruvchi hisobvaraq-fakturalar reyestriga tushishga ulgurmaydi. Ular QQS hisob-kitobi allaqachon topshirilgandan keyin 26 –27 chislolardan keyin reyestrda aks etadi. Summalar yirik boʻlgani uchun qayta hisoblashni topshirishga toʻgʻri keladi. ...
«Distribyutorlik kompaniyasi jamoa ichida oʻzaro samarali aloqalarni oʻrnatish va mustahkamlashga, jamoaviy ruhni rivojlantirishga, muloqotni yaxshilashga va dilerlik kompaniyasi bilan umumiy biznes maqsadlariga erishish uchun xodimlarning motivatsiyasini oshirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq jamoa tuzishni rejalashtirmoqda. Timbildingda distribyutor kompaniyaning ichimliklari va qandolat mahsulotlari ziyofat sifatida taqdim etiladi.
Tovarni hisobdan chiqarish boʻyicha bunday xarajatlarni chegiriladiganlarga kiritish va tovarlar boʻyicha QQSni hisobga olishni qoldirish mumkinmi? Yoki bu xarajatlar baribir chegirib tashlanmaydimi va ushbu tovarlar boʻyicha kiruvchi QQSni hisobga olish mumkin emasmi?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi korxona (komitent) vositachilik shartnomasini tuzdi, unga koʻra vositachi haq evaziga komitentning oʻz ehtiyojlari uchun import avtomobilni sotib olish va yetkazib berish boʻyicha oʻz nomidan bitim tuzishi kerak. Import shartnomasini komissioner tuzgan, oluvchi sifatida esa BYuDning 8-ustunida komissionerning topshirigʻiga koʻra komitent koʻrsatilgan. Bunday vaziyatda komitent QQS toʻlashga oʻtishi kerakmi?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga binoan savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA oydinlik kiritdi: ...
«Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi korxona 2025 yil 28 martda mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkini sotib, 1 mlrd soʻmlik chegaradan oshib ketdi. 2025 yil mart oyi uchun ham aylanmadan olinadigan soliq, ham QQS va foyda soligʻi boʻyicha hisobotlar taqdim etilgan. Sotilgan mol-mulkni yaratishda foydalanilgan, realizatsiya qilish paytidan oldingi oxirgi 12 oyda sotib olingan materiallar boʻyicha QQSni qaytarish mumkinmi?
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga binoan savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
«Aviatashuvchi tashkilot xalqaro tashishlar yoki charter reyslari uchun aviachiptalarni butunlay Oʻzbekiston rezident va norezident turoperatorlariga sotadi. U xalqaro tashishlar uchun aviachiptalar va charterlarni Oʻzbekiston rezidentlariga realizatsiya qilishda QQSning nol darajali stavkasini qoʻllashga haqlimi? Yoki nol darajali stavka faqat ushbu xizmatlarni norezidentlarga realizatsiya qilishdagina qoʻllaniladimi?»
Buxgalter.uz soʻrovi boʻyicha savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha tartibga solish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Korxona 2023–2024 yillarda bino qurishni boshladi, qurilish kompaniyasidan soʻnggi EHF 2024 yil sentyabr oyida olingan. Kadastr hali olinmagani uchun bino buxgalteriya hisobida tugallanmagan qurilish sifatida aks ettirildi, ammo u allaqachon foydalanishda. Kadastr hali tayyor boʻlmasa, korxona mol-mulk soligʻini toʻlashi kerakmi?»
Obunachining iltimosiga binoan savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» servisi mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
«Oʻzbekistonlik yuridik shaxs – yuk tashuvchi xizmatlar eksporti boʻyicha kontrakt tuzdi. Bunda joʻnatish punkti va yetib borish punkti Oʻzbekiston hududida joylashgan. Yuk oluvchi – Oʻzbekistondagi xorijiy kompaniyaning doimiy vakolatxonasi. Kontrakt TSOYaEATda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Ushbu holatda QQS va foyda soligʻi boʻyicha qaysi stavkalarni qoʻllash kerak? EHF yoki BYuD rasmiylashtiriladimi?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga binoan savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» servisi mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirish berdi: ...
«Kompaniya markirovkalangan import tovari – alkogolsiz ichimliklarni ulgurji savdoda realizatsiya qiladi. Yaqin kunlarda tovarning bir qismining yaroqlilik muddati tugaydi va biz uni asosiy buyurtmaga bonus tarzida berishni istaymiz. Bonusni qoʻshimcha bepul tovarlar berish koʻrinishida hisobga olgan holda EHFni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish kerak? Bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi (QQS, foyda soligʻi)?»
Obunachining iltimosiga binoan savollarga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Olga BUSAROVA javob berdi: ...
«Korxona balansida 2016 yil avgustida 12 mlrd soʻmga sotib olingan dam olish zonasi mavjud. Hisoblangan amortizatsiyani hisobga olgan holda uning qoldiq balans qiymati 7 mlrd soʻmni tashkil etdi. Ushbu majmuani 39 mlrd soʻmga sotish boʻyicha shartnoma tuzish rejalashtirilmoqda. Korxona – aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi».
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisining 1 mlrd soʻmdan ortiq summaga mulkni sotishda qanday soliq majburiyatlari paydo boʻlishini obunachi iltimosiga koʻra «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA tushuntirib berdi: ...
«Tashkilot - avtomobillarni dilerlar orqali sotish boʻyicha distribyutor hisoblanadi. Shartnomaga koʻra, diler jismoniy shaxsga sotilgan avtomobilning kafolat boʻyicha servis xizmatlarini (ehtiyot qismlarni almashtirish) koʻrsatadi. Bu xizmat uchun distribyutor dilerga servis uchun sarflangan xarajatlar summasini oʻtkazadi, unga esa oʻz navbatida bu summa foizlari bilan birga avtomobil ishlab chiqaruvchisi (Xitoy) tomonidan qoplanadi. Bunda qanday hujjatlar rasmiylashtirilishi kerak va qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra, savolni «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi: ...
«Doimiy muassasa (DM) Oʻzbekistonda roʻyxatga olingan, bosh ofis Rossiya Federatsiyasida joylashgan. Bosh ofis tomonidan DMga moliyalashtirish amalga oshirilganda, bosh ofis oldida qarzdorlik yuzaga keladimi? Agar moliyalashtirish xorijiy valyutada, shu jumladan – DMning umumiy xarajatlarini qoplash uchun amalga oshirilsa, bunda valyuta (kursga oid) farqi yuzaga keladimi?»
Obunachimiz iltimosiga koʻra savollarga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
«14.08.2020 yildagi 489-son VMQga muvofiq qoʻshimcha hisobvaraq-faktura 1 yil davomida, kafolat muddati belgilangan tovarlar boʻyicha esa - kafolat muddati doirasida rasmiylashtiriladi. Agar bu muddatlar oʻtib ketgan boʻlsa va yetkazib beruvchi rouming operatorlari orqali texnik jihatdan qoʻshimcha EHF (manfiy) yubora olmasa, TMBni yetkazib beruvchiga qaytarishni qanday rasmiylashtirish mumkin? Tashkilotlar yetkazib beruvchiga standart EHF joʻnatishi mumkinmi, ular qabul qilingan shartnomani koʻrsatib? «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonundan kelib chiqib va «iqtisodiy mohiyatning shakldan ustunligi» tamoyiliga tayanib, bizning holatda TMBni qaytarishni standart EHF bilan rasmiylashtirish mumkin deb hisoblaymiz».
Buxgalter bunday vaziyatda qanday harakat qilishi kerakligi haqida obunachining iltimosiga koʻra «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA tushuntirib berdi: ...