«Xodimga 2024 yil noyabrda moddiy yordam berildi. JShDS boʻyicha imtiyoz hisob-kitob sanasidagi EKIHM – 1 155 000 soʻm asosida hisoblandi, EKIHMning 4,22 baravari – bu 4 874 100 soʻm. Hozir «avtokameral»dan qoʻshimcha hisoblash oldik – unda JShDS boʻyicha imtiyozli summani hisoblash uchun 2024 yil boshidagi EKIHM (1 050 000 soʻm) qabul qilinishi koʻrsatilgan. Unda imtiyozli summa kamroq chiqadi. Xodimga moddiy yordamning imtiyozli summasini hisoblash uchun qaysi EKIHMni olish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» servisi mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan logistika kompaniyasi Yevropadan Xitoyga elektromobillarni xarid qilish va yetkazib berish boʻyicha xalqaro tenderda ishtirok etadi. Buyurtmachi – xorijiy yuridik shaxs. Bunday faoliyat qanday soliq oqibatlariga olib keladi?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Korxona sement sotib oladi. Oy oxirida yetkazib beruvchi pul chegirmasi taqdim etadi va uning summasiga «minus»li EHF taqdim etadi. Bu toʻgʻrimi? Bunday chegirmani olishni buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Ishlab chiqarish korxonasi polietilen granulalarni import qiladi, ularni olib kirishda advalor stavka boʻyicha aksiz soligʻini toʻlash majburiyati yuzaga keladi. Soʻngra granulalar polietilen plyonkaga qayta ishlanadi, plyonka 100% eksport qilinadi.
Eksport tasdiqlangan taqdirda aksiz soligʻini qaytarish mexanizmi bormi?»
Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
«Yuridik shaxslarga xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama xarajatlarini korporativ valyuta kartalari orqali toʻlashga 19.05.2023 yildagi VMQ-207-son qarori bilan ruxsat berilgan. Korxona Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi reklama berish xarajatlarini korporativ valyuta kartasi orqali toʻladi. Bu holda u qanday soliqlarni toʻlashi kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Korxona xalqaro transport-ekspeditsiya xizmatlarini koʻrsatadi, chet ellik mijozlarning yuklarini oʻz temir yoʻl vagonlarimizda tashiymiz. Oʻzimizning temir yoʻl vagonlarimiz bor, lekin ba’zida ular yetishmaydi va biz chet eldan vagonlarni ijaraga olamiz. Ularni faqat chet elda TEX koʻrsatish uchun foydalanamiz.
Chet eldagi ikki punkt orasida ijaraga olingan vagonlarda chet ellik mijozlarning yukini tashish xizmatlar eksporti hisoblanadimi? Qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«SK 337-moddasi 11-qismida aytilishicha, ushbu moddaning 1-qismi 12-bandida belgilangan soliq stavkasini, 2022 yil 1 sentyabrdan keyin joriy soliq davrida jami daromadi birinchi marta 10 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar – joriy va keyingi soliq davrlarida 50 foizga kamaytirish huquqiga ega, agar pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq davrlarida soliq toʻlovchining jami daromadi 100 mlrd soʻmdan oshmasa. Bu yerda qaysi davr nazarda tutilgan – faqat 2022 yilmi yoki keyingi davrlarda oshib ketsa ham bu imtiyozdan foydalanish mumkinmi? Agar jami daromad 2026 yilda birinchi marta 10 mlrd soʻmdan oshsa, imtiyozni qoʻllash mumkinmi?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Korxona QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi. 2025 yil 1 yanvardan aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtmoqchimiz. My3.soliq saytida "Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyish" boʻlimida "QQS toʻlovchini roʻyxatdan chiqarish" tugmasi mavjud emas. Nima qilamiz?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
«Ijara shartnomasi boʻyicha bino ijarasi uchun summa – belgilangan minimal stavkalardan kam. JShDSni ijara toʻlovining minimal stavkalarini hisobga olgan holda ushlab qolamiz. Minimal stavkalar boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan JShDS summasi ijara beruvchining daromadidan ushlab qolinishi kerakmi yoki bu korxonaning xarajatimi?»
Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
«Xorijiy yetkazib beruvchidan mahsulot (qurilish materiallari) sotib olamiz. U Oʻzbekistonda oʻz tovarlarini sotish va reklama qilish boʻyicha treninglar oʻtkazmoqchi. Buning uchun – bizning marketing xizmatlarimizni koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzishni va treninglar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarimiz uchun haq toʻlashni taklif qildi. Buni qanday buxgalteriya oʻtkazmalari bilan rasmiylashtirish kerak? Qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Savolga «Norma»ning eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Korxona Xitoydan qayta sotish uchun ehtiyot qismlar xarid qildi. Bojxonadan oʻtkazishda ayrim pozitsiyalar boʻyicha QQS hisoblangan va ushlangan bojxona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketdi. Bunday vaziyatda QQS va foyda soligʻi boʻyicha qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» servisi mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi MChJ chakana savdo bilan shugʻullanadi. Savdo faoliyatida qurish, toʻkilish, oqish va boshqa shunga oʻxshash omillar natijasida yuzaga keladigan tabiiy kamayishning tasdiqlangan stavkalari (normalari) bormi, toki bu yoʻqotishlarni foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlash mumkin boʻlsin?»
Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
«Sugʻurta kompaniyasi sugʻurta, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Ushbu aylanma SKning 245-m. 1-q. 1-b. 2-xatboshisiga muvofiq QQSdan ozod qilingan. Kompaniya xorijiy kontragent bilan qayta sugʻurtalash boʻyicha shartnoma tuzgan, uning xizmatlari uchun chet el valyutasida toʻlov amalga oshiradi. Sugʻurta kompaniyasi kontragentga toʻlovlardan QQSni ushlab qolishi va byudjetga toʻlashi kerakmi?»
Savolga «Norma»ning eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Angren» MIZ ishtirokchisi boʻlgan korxona asosiy faoliyat turi - qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha Soliq kodeksining SK 473-moddasiga asosan soliqlar boʻyicha imtiyozlarga ega. Korxonaning depozitlardan boshqa daromadlari ham mavjud. Imtiyoz boshqa daromadlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkinmi?»
Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
«Korxonada 2018 yildan 2022 yilgacha boʻlgan davr uchun soliq auditi oʻtkazildi. Aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etildi, jarimalar toʻlandi. 2024 yilda tekshiruvchilarning oʻzini yuqori turuvchi soliq organi tekshirdi va bizning korxonamizga onlayn-NKM cheki berilmagani uchun jarima qoʻllanilmaganini aniqladi. Endi bizga 2,5 mln soʻm jarima toʻlash talabi qoʻyildi.
Soliq organi soliq auditi natijalari boʻyicha tekshiruv dalolatnomasida bu haqda e’tiroz boʻlmagan boʻlsa, ma’lum vaqt oʻtgandan soʻng talab qoʻyish huquqiga egami?»
Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Tashkilot qurilish materiallari bilan savdo qiladi va shunday mahsulotlarni ishlab chiqarish zavodini quryapti (ikki turdagi faoliyat). U erkin iqtisodiy zonaga kiradi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozga ega. Ikki turdagi faoliyatning umumiy natijasi hozircha zarar koʻrsatmoqda. Foyda soligʻini hisoblashda oʻtgan yillar zararini necha yil davomida koʻchirish mumkin?»
Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
«Xodim 5 kun davomida xorijda xizmat safarida boʻldi. Safar davomida kasal boʻlib, davolanishga 500 AQSh dollari sarfladi. Rahbar bu xarajatlarni qoplashga qaror qildi. Bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Olga BUSAROVA javob berdi: ...
«Oʻzbekiston korxonasi norezidentga bojxona tranziti tartibi ostidagi xorijiy tovarni yetkazib berish boʻyicha ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston – Xitoydan Afgʻonistonga tovar tashishning oraliq tranzit uchastkasi. Tovar Oʻzbekistonga kelish joyidagi bojxona organidan Oʻzbekistondan chiqish joyidagi bojxona organigacha, keyin Afgʻonistonga tashiladi. Ekspeditorlik xizmatlariga, xususan, brokerlik xizmati, Toshkentda bojxona rasmiylashtiruvi va Oʻzbekiston orqali tranzitda terminal xarajatlarini toʻlash kiradi.
Oʻzbekiston hududi orqali Afgʻonistonga tovar tranzitida ekspeditorlik xizmatlariga QQS qanday solinadi? Hisob-fakturalar qanday rasmiylashtiriladi?»
Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal etish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va foyda soligʻini hisoblash maqsadida xizmat safari xarajatlarining qaysi me’yorlarini hisobga olish kerak?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi boʻlimi mutaxassislari tomonidan tushuntirish berildi. ...
«Korxona - QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi. Hisobvaraq-fakturalarning shakllari va ularni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 59-1-bandiga muvofiq kurs farqlari boʻyicha bir tomonlama EHF rasmiylashtirish kerakmi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...