Soliq hisobi

Material sanasi 05.11.2024
«Korxona hisobraqamida mablagʻ yoʻqligi sababli 2024 yil iyul oyi uchun JShDSni oʻz vaqtida toʻlamadi. DSI soliqni toʻlash uchun bankka toʻlov topshiriqnomasini taqdim etmaganligi uchun direktorga jarima soldi. Bunday vaziyatda nima qilishimiz kerak?» Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 04.11.2024
«Korxona Ispaniya rezidenti (rasmiy distribyutor) boʻlgan xorijiy kompaniya bilan Oʻzbekiston hududida dasturiy ta’minotdan foydalanish huquqini oddiy (mutlaq boʻlmagan) litsenziya shartlarida taqdim etish boʻyicha litsenziya shartnomasini tuzmoqchi. Dasturga egalik huquqi Qozogʻiston yuridik shaxsiga tegishli. Ispaniya kompaniyasi oʻz davlatining rezidentlik sertifikatini taqdim etdi. Ushbu vaziyatda norezident daromadlaridan soliq boʻyicha qanday oqibatlar yuzaga keladi?» Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 01.11.2024
«II guruh nogironining mulkida kvartira va dala hovli bor. U kvartira (60 kv.m) uchun mol-mulk soligʻini toʻlashda imtiyozdan foydalanadi. II guruh nogironi bunda dala hovli uchun mol-mulk soligʻini toʻlashi kerakmi?» Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» servisi mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 29.10.2024
«Jamoa shartnomasida ishchilarning Rossiyadagi sanatoriyga borish yoʻl xarajatlarini qoplash nazarda tutilgan. Ushbu kompensatsiya ijtimoiy soliqqa tortiladimi?» Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 25.10.2024
«Ta’sischi tibbiyot klinikasiga qisqa muddatli qarzlar bergan edi. Endi u ularni korxonaga tekin bermoqchi. Ta’sischi oʻz qarori bilan qarzlarni 6820-hisobdan 8530-hisobga tekin olingan mulk sifatida oʻtkazishi, 6920-hisobdagi yigʻilgan foizlar bilan korxona zararini qoplashi mumkinmi? Buning qanday soliq oqibatlari bor?» Savolga «Norma»ning eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 18.10.2024
«2024 yil 1 oktyabrdan 1 MHEKM 1 155 000 soʻmga teng. 2024 yil martda biz xodimga farzand tugʻilishi munosabati bilan moddiy yordam berib, JShDSdan imtiyoz qoʻlladik. 4,22 MHEKM u paytda boshqa summani tashkil etardi. Agar keyinroq MHEKM oʻzgarsa, ushbu imtiyozni qoʻllashda JShDSning soliq bazasi qayta hisoblanadimi?» Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 16.10.2024
«Ishlab chiqarish korxonasining QQS toʻlovchi guvohnomasi 11.09.2024 yildan toʻxtatildi. Biz ishlashni davom ettirayotgan amaldagi shartnoma mavjud - xom ashyo sotib olamiz, mahsulot joʻnatamiz. Guvohnoma faol boʻlmagan davrda EHF taqdim etish va kiruvchi EHFlarni qabul qilish mumkinmi?» Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 15.10.2024
«Korxonaning koʻchmas mulkini inventarizatsiya qilish jarayonida kadastr organi oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni (donni saqlash uchun bunkerlar) aniqladi. Bu ob’yektlar muassislarning shaxsiy mablagʻlari hisobidan qurilgan. Hozirgi vaqtda ushbu koʻchmas mulkni keyinchalik kadastr organida roʻyxatdan oʻtkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar ishlab chiqilmoqda. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan koʻchmas mulk qonuniy roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, uning qiymatini muassislarning hissasi sifatida korxonaning ustav fondiga kiritish mumkinmi? Ularni muassislarning hissasi sifatida kirim qilishda qanday soliq oqibatlari (foyda soligʻi va QQS boʻyicha) yuzaga kelishi mumkin?» Vaziyatni «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 11.10.2024
«Kichik korxona 2024 yil aprel oyida roʻyxatdan oʻtgan, shtatda 1 ta xodim bor. Uzum market orqali tovarlar sotadi, boshqa daromadlari yoʻq. Korxona «E-TIJORAT» saytidagi elektron tijorat sub’yektlarining milliy reyestrida roʻyxatdan oʻtmagan. Korxona elektron tijorat sub’yekti sifatida 2% stavka boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashi mumkinmi?» Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 10.10.2024
«QQS toʻlovchi korxona Lukoyl kompaniyasi bilan shartnoma tuzmoqda. Kompaniya mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimga asosan QQSning nol stavkasini qoʻllash koʻzda tutilganligini nazarda tutmoqda. Bizning shartnomamiz boʻyicha realizatsiya qilinadigan tovarlarga 12% QQS stavkasi bilan soliq solinishi koʻzda tutilgan. Bu holda korxona EHFni 12%, 0% QQS stavkasi bilan yoki QQSsiz taqdim etishi kerakmi? Agar xaridor bizga 12% QQS bilan shartnoma summasini toʻlasa, u QQSni byudjetdan qanday qaytaradi?» Vaziyatni «Norma»ning eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi: ... 

Material sanasi 04.10.2024
«Qozogʻiston rezidenti - yuridik shaxs bizga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha transport xizmatlari koʻrsatmoqda. Bunday vaziyatda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi va qanday hisobotlarni taqdim etish kerak?» Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 30.09.2024
«Kompaniya chet el moliya tashkilotidan traktorlar sotib olish uchun kredit oldi. Traktorlar (import) umumiy qiymati 1,5 million AQSh dollari miqdorida kelib tushdi. Bugungi kunga kelib, kreditning 1 million dollardagi miqdori yopilgan va foizlar toʻlangan. Kreditning qolgan 500 ming dollar miqdoridagi qismini toʻlay olmaymiz, mablagʻ yoʻq. Boshqa mahalliy kompaniya shu summaga traktorlar ularga oʻtishi sharti bilan kelgusida kreditni oʻziga qayta rasmiylashtirishga tayyor. Kreditor bunga rozi. Bu holatda Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq qanday turdagi shartnomani tuzish mumkin? Bu operatsiyalardan qanday soliq oqibatlari (QQS, foyda soligʻi) yuzaga keladi (asosiy qarzning toʻlangan qismi va foizlari boʻyicha va toʻlanmagan qismining qoldigʻi boʻyicha)? Bu yerda SKning 244-moddasi 6-bandi qoʻllaniladimi? Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 25.09.2024
«Korxona – Kiber-park rezidenti, ish haqi soliqlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllaydi. Xodimlardan biri moddiy yordam oladi. Bu holda uni toʻlashda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlash kerakmi?» Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 24.09.2024
«Korxona spirtli ichimliklarni ulgurji va chakana savdo orqali sotadi. 2023 yil 26 iyuldagi PQ-313-son qarorga koʻra, 2024 yil 1 noyabrdan boshlab eski namunadagi aksiz markali mahsulotlar belgilangan tartibda olib qoʻyila boshlanadi. Bu muddatgacha eski namunadagi aksiz markali tovarlarning bir qismi hali sotilmagan boʻladi. Yaroqlilik muddati hali oʻtmagan, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan spirtli ichimliklarning qolgan qismini ulgurji-chakana savdoda qanday hisobdan chiqarish mumkin?» Savolga «Norma» ekspertlari, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassislari Olga BUSAROVA va Jorillo ABDULLAYeV javob berdi: ... 

Material sanasi 20.09.2024
«Kompaniya «Toshkent» RFBda qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi. Soliq idorasi QQS boʻyicha hisobotda realizatsiyani aks ettirishni soʻramoqda. Kompaniya qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha EHF taqdim etilmasligini, savdo qoidalariga koʻra xaridor va sotuvchi bir-birini koʻrmasligini tushuntirmoqda. Shuningdek, bu operatsiyalar qonunchilikka muvofiq QQSdan ozod qilingan va maxfiy xususiyatga ega. Ammo soliq inspektorlari bu holatni tushunmayaptilar va tushunishni istamayaptilar, faqat «qanday qilib EHF yoʻq?» deb soʻrashmoqda. Maxfiylik mezoni hisob-fakturani taqdim etmaslik uchun asos boʻla oladimi? Agar EHF taqdim etilmasa, QQS boʻyicha hisobotda realizatsiyani qanday aks ettirish kerak?» Vaziyatni «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Shuhrat XUDOYNAZAROV tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 16.09.2024
«Korxona xorijiy yetkazib beruvchidan sinash va reklama uchun umumiy summasi 1 600 yuan boʻlgan uchta quyosh panelini toʻlovsiz oldi. Tovarni oldik va toʻlovsiz yuk sifatida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirdik. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish chogʻida shartnoma qiymatidan biroz yuqori boʻlgan yukning bojxona qiymati summasidan QQS toʻladik. 489-son VMQga 2-ilovaga asosan bepul olingan mol-mulk uchun EHF taqdim etishimiz kerakmi? EHFda qaysi qiymatni koʻrsatish kerak – bojxona qiymatinimi yoki shartnoma qiymatinimi?» Vaziyatni «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi: ... 

Material sanasi 16.09.2024
«Kompaniya jismoniy shaxsdan yashash uchun moʻljallanmagan binoni sotib olmoqda. Notarius sotuvchidan sotish summasidan JShDS toʻlashni talab qilib, bitimni tasdiqlashni rad etdi. Koʻchmas mulkning sotish summasi – uni sotib olish qiymatidan kam (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud). Agar JShDS toʻlamasdan oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirishni qat’iy talab qilsak, biz haq boʻlamizmi?» Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 13.09.2024
«Korxonada Turkmaniston fuqarosi ishlaydi. Oʻzbekistonda farzandlari ta’lim olayotganligi uchun uning daromadlariga nisbatan JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi? Agar bir necha nafar farzandlari ta’lim olayotgan boʻlsa, imtiyoz qanday summaga nisbatan qoʻllaniladi?» Savollarga «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 13.09.2024
«Xodim oʻz farzandining xususiy maktabda ta’lim olishi uchun toʻlovni ish haqi hisobidan amalga oshiradi. Ish beruvchi JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllaydi. Xodimning ish haqi – 10 mln soʻm, imtiyozli summa – 3 mln soʻm, JShDS solinadigan summa – 7 mln soʻm. Soliq summasi 0,84 mln soʻmni tashkil etadi. Ushbu misolda ShJBPHga qanday summani toʻlash kerak?» Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 12.09.2024
«Korxona ishlayotgan pensionerga bayram munosabati bilan moddiy yordam koʻrsatdi. Soliq kodeksining 378-moddasi 1-bandiga binoan imtiyoz qoʻllanildi va 2,11 MHEKMdan oshgan summadan JShDS ushlab qolindi. Pensioner nogironligi borligi va SKning 380-moddasiga muvofiq imtiyoz huquqiga ega ekanligini ma’lum qilmoqda. Bayramga moddiy yordamga nisbatan bir nafar xodimga ushbu ikkita imtiyozni bir vaqtning oʻzida qoʻllash mumkinmi?» Vuxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...