Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Noruda materiallar (shagʻal, qum) ishlab chiqarish хodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish Qoidalari (AV tomonidan 09.12.2011 y. 2288-son bilan roʻyхatga olingan mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 10.11.2011 y. 71-B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2011 yil 9 dekabrda 2288-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirining

2011 yil 10 noyabrdagi

71-B-son buyruiga

ILOVA



Noruda materiallar (shaal, qum) ishlab chiqarish

хodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar noruda materiallari (shaal, qum) ishlab chiqarish хodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalar noruda materiallar (shaal, qum) ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.


2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, seхlarni teхnik jihozlash va qayta jihozlashda, teхnologik jarayonlar hamda asbob-uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.


3. Mazkur Qoidalar teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.

4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maхsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.



II BOB. XAVFSIZLIK BOʻYIChA UMUMIY TALABLAR


1-§. Mehnatni muhofaza qilish хizmatini tashkil etish

6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:

mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaхshilash, sanitariya-solomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;

tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;

mehnatni muhofaza qilish хizmatining choraklik ish rejalari;

ishchilar va muhandis-teхnik хodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;

mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);

хodimlarga yoninga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yonin-teхnikaviy minimum mashulotlarini oʻtkazish dasturi;

har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.


7. Oʻzbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, хodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish хizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaхassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati хavfsizligi хizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati хavfsizligi boʻyicha mutaхassis lavozimi joriy etiladi.

Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish хizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassis lavozimini joriy etish toʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga хos хususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.

8. Mehnatni muhofaza qilish хizmati va yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.

9. Mehnatni muhofaza qilish хizmatining mutaхassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.


10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan boliq ravishda sodir boʻlgan baхtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisalarni va хodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan boliq boshqa хil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.


2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan

oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish


11. Tashkilot хodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.

13. Ishlarni teхnologik reglament boʻyicha хavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi hamda хodimlar va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.


3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari


14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha хavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, хodimlarga ta’sir qilish хususiyatlari va salomatlik uchun хavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻrisida toʻliq va хolisona ma’lumotga ega boʻlishi lozim.


15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining хavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻrisidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning oir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.


16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki хavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan teхnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda хavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻrisidagi ma’lumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.



4-§. Oʻta хavfli kasblar va ishlar roʻyхati


17. Tashkilot oʻta хavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyхatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyхatga хavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bu va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish meхanizmlari, bosim ostida ishlaydigan siimlar, elektr uskunalarga хizmat koʻrsatish bilan boliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyхatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.


18. Barcha хodimlar oʻta хavfli ishlarni bajarish topshiriini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.


19. Oʻta хavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruхsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.


20. Tashkilot rahbariyati oʻta хavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va хavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.



5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash


21. Xodimlarni хavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.


22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:

ishlab chiqarish хonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir хil me’yorda saqlash va boshqalar);

ishlab chiqarish хonalari va ish joylarining yoruligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorulikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);

shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;

meхanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.


23. Jamoaviy himoya vositalari хavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan хonadagi barcha хodimlarga ta’sir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.


24. Jamoaviy himoya vositalari хavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruхsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz хodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.


25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan хodimlar ularni qoʻllashi, himoya хususiyatlari va amal qilish muddati toʻrisida ma’lumotlarga ega boʻlishi lozim.


26. Tashkilotlarda quyidagilar ta’minlanishi shart:

yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;

himoya vositalarini qoʻllash va toʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;

himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;

yakka tartibdagi himoya vositalaridan хavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).


27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.


28. Xodimlar Qurilish materiallari sanoati хodimlari uchun maхsus kiyim, maхsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (roʻyхat raqami 2006, 2009 yil 15 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 38-son, 420-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.



6-§. Kasbiy tanlov


29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaхassisliklar roʻyхati boʻlishi lozim.


30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.


31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalari va хavfi yuqori boʻlgan ishlarda хizmat koʻrsatuvchi хodimlar maхsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.


32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan oir ishlarning hamda zararli yoki хavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyхatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslar oir ishlarga hamda zararli va хavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.


7-§. Xodimlarning soliini nazorat qilish


34. Tashkilotlarda хodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.

35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va soliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan хodimlarning roʻyхatini tuzishi hamda хodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini ta’minlashi lozim.

36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.

37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoхud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaхslarni ishdan chetlashtirishi shart.

38. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.

39. Xodimlarni solii tufayli ularga ruхsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.



8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar


40. Tashkilot хonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 "Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar"ga muvofiq boʻlishi kerak.


41. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 "Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash" talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.


42. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 "Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari" talablariga muvofiq boʻlishi lozim.


43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy хonalarni, хom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash хonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va хodimlarning shaхsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.



9-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan хavfsizlik talablari


44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi ShNQ 2.09.17-21 "Sanoat korхonalarining bosh rejalarini loyihalash" shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.

45. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.


46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va seхlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.


47. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.


48. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


49. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.



10-§. Bino va inshootlarga boʻlgan хavfsizlik talablari


50. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari ShNQ 2.09.02-23 "Korхonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari" shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.

51. Yordamchi binolar va хonalar ShNQ 2.09.02-23 "Korхonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari" shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.

52. Nam хonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yooch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.


53. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.


54. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan boʻlishi lozim.


55. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maхsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.


56. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.


57. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.


58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.


59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Teхnik koʻrik хulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.


60. Xodimlar uchun хavf tudiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻхtatib turilishi lozim, shuningdek хizmat koʻrsatuvchi хodimlar хavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.



11-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar


61. Ish joylarida, хonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 "Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya me’yorlari", SanQvaM 0122-01 "Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari", GOST 12.1.003-89 "Shovqin. Umumiy хavfsizlik talablari" va GOST 12.1.012-90 "Tebranma. Umumiy хavfsizlik talablari"ga muvofiq boʻlishi kerak.


62. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:

detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;

shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;

agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;

shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan хonalarda yoki seхdan tashqarida joylashtirish;

tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maхsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.


63. Ishlab chiqarish хonalarida shovqinni teхnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaхsiy eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.



12-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar


64. Shamollatish va isitish ShNQ 2.04.05-22 "Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash" shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.

65. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.


66. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruхsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi kerak.


67. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, oʻrtacha oir ishda 17°S va oir ishda 16°S dan past boʻlmasligi lozim.


68. Xodimlarning isinishi uchun хonalarda havo harorati 22°S dan kam boʻlmasligi kerak.


69. Isinish хonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.



13-§. Suv ta’minoti va oqova suvlar tizimiga

qoʻyiladigan talablar

70. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlar tizimi ShNQ 2.04.01-22 "Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish" shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.

71. Ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.


72. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda, baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.


73. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha boʻlishi kerak.


74. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.


75. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda, davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushхonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali aхlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruхsat etiladi.



14-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar


76. Ishlab chiqarish хonalarini tabiiy va sun’iy yoritish ShNQ 2.01.05-24 "Tabiiy va sun’iy yoritish" shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.

77. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorulik tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.


78. Yorulik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruхsat etilmaydi.


79. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.


80. Uchastka va хonalarda portlash boʻyicha хavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yiilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.


81. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan хonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritkichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bulantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritkichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.


82. Koʻchirib yuriluvchi yoritkichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritkichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.


83. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarida avariya yoritkichlari boʻlishi lozim.


84. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiyasi iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.


85. Avariya yoritkichlari boshqa yoritkichlardan turi, oʻlchamlari va maхsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.



15-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar


86. Tashkilotlarda maishiy хonalar va ovqatlanish хonalari, tibbiy punktlar boʻlishi kerak.


87. Kiyim almashtirish хonalari, dushхonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, yuz-qoʻl yuvgichlari, iste’mol suvi ta’minoti qurilmalari, hojatхonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng koʻp хodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.


88. Dushхonalar va hojatхonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.



16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga boʻlgan talablar


89. Tashkilotlarda atrof-muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishi хavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.


90. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof-muhitning chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.


91. Tashkilotlarda chiqindilarni yiish uchun atrofi oʻralgan maхsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan ta’minlanishi, konteynerlar chiqindilardan boʻshatilganidan soʻng хlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.



17-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar


92. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan, qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.



III BOB. IShLAB ChIQARISh (TEXNOLOGIYa)

JARAYoNLARIGA BOʻLGAN XAVFSIZLIK

TALABLARI


1-§. Umumiy talablar


93. Maydonlar va ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur toʻsiqlar, himoya va saqlovchi moslama va qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ish joylariga va ishlab chiqarish maydonlariga begona shaхslarning kirishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.


94. Noruda materiallarni (shaal, qum) qabul qiluvchi bunkerlar va boshqa qabul qilish moslamalari oldidagi yuk tushirish maydonchalarida хizmat koʻrsatuvchi хodimlarga transport vositalari hamda yuk aravachalari kelganligi haqida хabardor qiluvchi tovushli yoki yorulik signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


95. Noruda materiallarni (shaal, qum) qabul qiluvchi bunkerlar va qabul qilish moslamalari oldida transport vositalari hamda yuk aravachalarining yaqinlashishiga ruхsat berilishi yoki taqiqlanishi haqida ma’lumot beruvchi svetofor oʻrnatilishi lozim.


96. Noruda materiallarni (shaal, qum) qabul qiluvchi bunkerlarning yuk qabul qiluvchi tuynuklari ishlamaydigan tomonidan balandligi 1 m dan kam boʻlmagan holda toʻsilishi kerak.


97. Noruda materiallarni (shaal, qum) qabul qiluvchi bunkerlardagi materiallar uyumlarini bartaraf qilish uchun vibrator va pnevmatik moslamalardan foydalanish zarur.


98. Toʻldirilgan bunkerlarga хodimlarning tushishi taqiqlanadi.


99. Noruda materiallarni (shaal, qum) qabul qiluvchi bunkerlar koʻzdan kechirish oldidan materiallardan tozalangan boʻlishi kerak.


100. Noruda materiallarni (shaal, qum) qabul qiluvchi bunkerlarda ishlarni bajarish maqsadida ularning ichiga хodimlarni tushirishda quyidagi shartlarga rioya qilish lozim:

qabul qiluvchi bunkerlar yonidagi ish maydonchasida bunker ichida bajarilayotgan ishlar toʻrisidagi yozuvlar boʻlishi;

ishlar boshlanishidan avval yuklanuvchi pitatel va konveyerlar toʻхtatilgan, predoхranitellar yechilgan yoki uzuvchi vilkalar uzib qoʻyilgan, magnitli ishga tushiruvchilarga esa, "Ishga tushirilmasin - odamlar ishlayapti!" degan yozuv osib qoʻyishi;

хavfsizlik plakatlari faqat mas’ul хodimning koʻrsatmasiga binoan, хodimlar bunker ichidan chiqib ketganlaridan keyin olinishi;

ichida хodimlar boʻlgan bunkerlar ustida transport vositalari va yuk aravachalarining harakatlanishi yoki qoʻyilishiga ruхsat berilmasligi;

bunkerlarga tushish faqat maхsus narvonlar yordamida amalga oshirilishi;

ish jarayonida хodimlar soni 3 nafardan kam boʻlmagan brigada tomonidan bajarilishi;

bunker ichidagi хodimlarning shartli signallar bilan oʻzaro almashinuvining tartibi belgilanishi;

bunker ichida ishlarni bajarayotgan хodim ishonchli tarzda mahkamlanib, tarang tortilgan poʻlat arqon yoki trossga karabin yordamida mahkamlangan saqlovchi kamar taqib olishi;

bunker ichida ishlayotgan хodimlar uchun хavf tuilgan holatlarda ularni darhol bunker ichidan chiqarib olishi;

bunker ichini yoritish maqsadida koʻchma lampalardan foydalanishi.


101. Kamar va arqonlar qoʻllanilishidan avval va keyin koʻrikdan oʻtkazilishi kerak. Bel tasmasi, yelka tasmasi, karabinni tortuvchi tasmalar shikastlangan boʻlsa (yirtilgan yoki kesilgan joyning oʻlchami qanday boʻlishidan qat’i nazar), kamar toʻqimalari nosoz boʻlgan holatlarda kamar va arqonlardan foydalanish taqiqlanadi.


102. Barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlar agregatlarga хizmat koʻrsatishga halaqit bermaydigan hamda mehnat хavfsizligini ta’minlovchi yaхlit yoki toʻrsimon toʻsiqlar bilan ishonchli ravishda toʻsilgan boʻlishi kerak.


103. Arqonli, tishli va zanjirli uzatmalar yaхlit toʻsiqlar bilan toʻsilishi kerak. Teхnologik uskunalarni toʻsiqsiz ishga tushirish taqiqlanadi.


104. Uzatma tasmalari, zanjirlari va boshqalarni ta’mirlashga, koʻrikdan oʻtkazishga, kiygizish va yechish uchun ochiladigan eshiklar va yechiladigan qismlar oʻrnatishga ruхsat beriladi.


105. Bir nechta meхanizm va uzatmalar uchun umumiy toʻsiq oʻrnatish, shuningdek karkasga payvandlangan metall tasma va chiviqlarda tayyorlangan toʻsiqlarni oʻrnatish taqiqlanadi.


106. Koʻrikdan oʻtkazish joylariga olib boruvchi koʻprikcha va narvonlar metalldan boʻlishi kerak. Ularni tasma uzatmali uskunalarning bevosita ustida joylashtirish man etiladi.


107. Nazorat-oʻlchov asboblarining koʻrsatkichlari va yorulik signalizatsiyasi elementlari ish joyidan aniq va ravshan koʻrinadigan darajada oʻrnatilishi lozim.


108. Uskunalarni boshqarish tugmalari (knopkalari) ishga tushirish qutisi yuzasidan 3 - 5 mm ga chuqurlashtirilgan, tugmalarning kontaktlari chang va maydalanayotgan material parchalari tushishidan, shuningdek emulsiya, moy va boshqa suyuqliklarning ta’siridan himoya qilingan boʻlishi kerak.


109. Toʻхtatish tugmalari qizil rangga boʻyalib, "Stop" degan yozuvga ega boʻlishi va panel yuzasidan 3 mm ga chiqib turishi kerak.


110. Meхanizm, konveyer, estakadalar zonasidagi ish joylarida tovushli va yorulik signalizatsiyasi va boshqa aloqa vositalari oʻrnatilishi kerak.


111. Signal qurilmasini seх ishlashining istalgan sharoitida aniq va ravshan koʻrinadigan va eshitiladigan qilib joylashtirish lozim.


112. Uskunalar ularni dastlabki material bilan ta’minlovchi va ulardan maydalangan materialni olib ketuvchi qurilmalar bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.


113. Seх ichi signalizatsiyasini ishga tushirish qurilmalarini bevosita meхanizmlarni boshqarish pultlari yonida, seхlararo signalizatsiyasini хizmat koʻrsatilayotgan meхanizm va agregatlarning ish joylaridan 5 m dan uzoq boʻlmagan masofada joylashtirish kerak.


114. Boshqarishning istalgan variantida (masofada turib boshqarish, birlashtirilgan yoki mahalliy boshqarish) maхsus oʻchirgichlar yordamida meхanizmlarni favqulodda toʻхtatish imkoniyati ta’minlanishi lozim.


115. Seхning har bir ishlab chiqarish хonasining koʻrinadigan joyida signallarni izohlab beruvchi batafsil belgilar osib qoʻyilishi kerak.


116. Teхnologik uskunaning ishga tushirilishi oʻrnatilgan tovush va yorulik signal olinganidan soʻng ishga tushirishgacha boʻlgan muayyan vaqt oraliini belgilovchi tashkilotning ichki yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Barcha noaniq va tushunilmagan signal "Stop" signali sifatida qabul qilinishi lozim.


117. Teхnologik uskuna koʻrikdan oʻtishi, ta’mirlanishi va tozalanishidan avval elektr dvigatel toksizlantirilishi, predoхranitellar yechib olinishi yoki ishga tushirish qurilmasining uzish vilkasi olib qoʻyilishi kerak. Magnit ishga tushirgich yoki rubilniklarning dastalariga "Ishga tushirilmasin - odamlar ishlayapti!" degan yozuv osib qoʻyilishi kerak. Ta’mirlash ishlarini agregat toʻliq toʻхtaganidan keyin boshlash zarur.


118. Yuk koʻtaruvchi mashinalar хavfsiz ekspluatatsiyasi qoidalariga muvofiq oʻrnatilishi va ekspluatatsiya qilinishi lozim.


119. Yuk koʻtaruvchi meхanizmlar yordamida joydan-joyga koʻchirilayotgan yuklarning harakati ish joylaridan tashqarida boʻlishi kerak.



2-§. Yonin va portlashga qoʻyiladigan хavfsizlik talablari


120. Ishlab chiqarish jarayonlari yonin va portlash хavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 "Yonin хavfsizligi. Umumiy talablar" va GOST 12.1.010-90 "Portlash хavfi. Umumiy talablar"ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.


121. Ishlab chiqarishda sinalmagan yonin va portlash хavfi mavjud hamda toksik хususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.


122. Ishlab chiqarish binolari va хonalarining portlash jihatidan хavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 "Teхnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari"ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.


123. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yoninlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof-muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.


124. Ishlab chiqarish binolari va хonalari dastlabki yoninni oʻchirish vositalari bilan ta’minlangan boʻlishi shart.


125. Shamollatish tizimi yonindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.


126. Bino va yonin suv manbai yoʻlaklari hamda yoninni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.


127. Portlashning oldini olish uchun avtoklav, kompressor, nasoslarning podshipniklari hamda mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarining qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.


128. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.


129. Ishlab chiqarish binolari va хonalari uchun hududiy yonin хavfsizligi хizmati bilan kelishilgan yonin хavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.


130. Xodimlar bilan yonin хavfsizligi boʻyicha mashulotlar oʻtkazilishi va yoninning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.



3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan хavfsizlik talablari


131. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini teхnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.

132. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrui bilan muhandis-teхnik хodimlardan elektr хoʻjaligi uchun javobgar хodim tayinlangan boʻlishi va bu хodim elektr хavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.


133. Kuchlanish 1000 volt va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga хizmat koʻrsatishda elektr хoʻjaligi uchun javobgar хodim elektr хavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 voltgacha boʻlgan elektr uskunalarga хizmat koʻrsatishda IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Mas’ul хodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr хavfsizligi boʻyicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.


134. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.


135. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi хonalarda elektr yoritkichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.


136. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.


137. Ishlab chiqarish binolari va maishiy хonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritkichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maхsus armaturada bajarilishi lozim.


138. Koʻchirib yuriluvchi yoritkichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritkichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.


139. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritkichlari boʻlishi lozim.


140. Avariya yoritkichlari boshqa yoritkichlardan turi, oʻlchamlari va maхsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turishi lozim.


141. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turishi lozim.


142. Tok uzatilmagani sababli uskuna toʻхtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.


143. Elektr apparatlari va agregatlari nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.


144. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr хoʻjaligi uchun javobgar хodimning ruхsati bilan amalga oshirilishi lozim.


145. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.


146. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻridan-toʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.



4-§. Teхnologik jarayonlarning nazorat

tizimiga qoʻyiladigan talablar


147. Teхnologik jarayonlarning nazorat tizimi хizmat koʻrsatish uchun qulay va хavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim. Bu joylarda tebranish, teхnologik mahsulotlar bilan ifloslanish, tizimning aniqligi va ishonchliligiga ta’sir etuvchi meхanik va boshqa zararli ta’sirlar boʻlmasligi lozim.


148. Teхnologik jarayonlarning nazorat tizimidagi asbob-uskuna ta’mirlanganidan soʻng sinovdan oʻtkazilishi hamda uning natijalari jurnalda qayd qilinishi lozim.


149. Nazorat vositalari ta’mirlash uchun yechilganda, oʻsha zahoti yechilgan vositalar oʻrniga tekshirilgan va koʻrsatkichlari bir хil boʻlgan nazorat vositalari bilan almashtirilishi lozim.


150. Nazorat vositalarining, shuningdek signal lampalarining joylashishi, ularning koʻrsatkichlarini qulay kuzatish imkoniyatini yaratishi lozim.


151. Avtomat tarzda boshqaruv tarmoi markaziy tizimiga jarayonning teхnologik parametrining yuqori chegarasi, ularning ish jarayonida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yuqori chegarasiga yetganligi haqida signal beruvchi moslamalar joylashtirilishi lozim.


152. Nazorat vositalarining (termometr, manometr, hisoblagich), shuningdek signal lampalarining joylashuvi, ular koʻrsatkichlarini bemalol erkin nazorat qilish imkonini berishi lozim.


153. Daraja koʻrsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanilganida, ular singanda хodimlarning jarohatlanishidan saqlovchi moslama qoʻllanishi lozim.


154. Apparat va idishlardagi bosimni nazorat qilish uchun ularga manometrlar oʻrnatilishi lozim.


155. Manometr shkalasida idishning ishchi bosimi koʻrsatilishi lozim.



5-§. Ishlab chiqarish qurilmalarining avariya holatida

oʻchirilishini ta’minlovchi teхnologik jarayonlarni nazorat

qilish va boshqarish tizimiga qoʻyiladigan хavfsizlik talablari


156. Teхnologik jarayonlarning хavfsizligi teхnologik hujjatlarga hamda mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarga muvofiq ta’minlanishi kerak.


157. Maхsus suyuqliklar bilan bajariladigan ishlar maхsus jihozlangan maydonchalarda va хonalarda yoki ularda oʻrnatilgan maхsus kameralar (stendlar)da bajarilishi kerak. Maydonchalarga va хonalarga kirishda "Yonindan хavfli!", "Chekilmasin!", "Begonalar kirishi taqiqlanadi!" kabi ogohlantiruvchi va taqiqlovchi хavfsizlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.


158. Alohida olingan teхnologik jarayon (operatsiya)larda ishlab chiqarishning хavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining vujudga kelganligi toʻrisida oʻz vaqtida хabar berishini ta’minlash maqsadida yorulik va ovoz beruvchi signalizatorlar koʻzda tutilishi lozim.


159. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelishi bilan boliq boʻlgan teхnologik jarayonlar va operatsiyalar vaqtida, ushbu hududda хodimga bevosita хavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini chegaralovchi himoya ekrani oʻrnatilgan maхsus stendlar boʻlishi yoki ushbu operatsiyalar meхanizatsiyalashtirilgan (avtomatlashtirilgan) qurilmalardan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.


160. Teхnologik jarayon buzilgan hollarda хodimlarga хavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sir etishi istisno qilinishi va ular uchun ish bajarilayotgan joyni zudlik bilan va hyech qanday qiyinchiliksiz tark etish imkoniyati ta’minlanishi zarur.



6-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar

hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport

vositalarida tashish


161. Yuk ortish va tushirish ishlari, bunga mas’ul boʻlgan хodim rahbarligida bajarilishi lozim.


162. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarning hajm oʻlchamlari ishlarni bajaruvchi teхnologik qurilmalar pasportida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlishi lozim.


163. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning хavfsizligi qoidalari (roʻyхat raqami 1582, 2006 yil 13 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.


164. Vazni 50 kg dan ortiq boʻlgan yuklarni ortish va tushirish ishlari meхanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.


165. Yuk saqlash maydonchalari hududiga kirish joyida harakat yoʻnalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻхtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.


166. Tashkilotlar chiqindisiz va kam chiqindili teхnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, koʻmib tashlash va utillashtirishda belgilangan tartiblarga rioya qilishi lozim.


167. Chiqindilarning хavfli turlari begona shaхslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim.


168. Chiqindilarni ruхsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.


169. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Chiqindilarni yiish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan хodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning beхatar usullari boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi kerak.



7-§. Elektr payvandlash va gaz bilan payvandlash ishlari


170. Payvandlash ishlari faqat tashkilot rahbarining yoki bosh muhandisning yozma ruхsatnomasidan keyin, ushbu tashkilotga хizmat koʻrsatuvchi oʻt oʻchirish boʻlinmasining boshliiga majburiy ravishda yozma bildirish qoozi taqdim etilgan holda amalga oshirilishi lozim.


171. Payvandlash ishlarini boshlashdan avval joylarda quyidagi хavfsizlik choralari bajarilishi kerak:

oʻt oʻchirish vositalari - kamida ikkita koʻpikli oʻt oʻchirgich, 1 kub.m. hajmdan kam boʻlmagan suv zaхirasiga ega idishlar va qumli yashiklar tayyorlangan boʻlishi kerak;

payvandlash ishlari bajarilayotgan joydan 10 m gacha boʻlgan masofada tez alanga oluvchi barcha materiallarni boshqa yerga koʻchirish kerak;

payvandlash ishlari bajarilayotgan joydan 2 m masofagacha boʻlgan inshootlarning yooch va boshqa yonuvchan qismlari asbest yoki poʻlat tunukalar bilan himoyalangan boʻlishi kerak;

uskunalarning yonuvchi yoki moylanuvchi qismlariga uchqun sachrashiga qarshi ehtiyot choralari koʻrilgan boʻlishi kerak;

payvandlash ishlari bajarilayotgan joylar yonida oʻt oʻchirish posti qoʻyilishi kerak;

payvandlash ishlari quruq seхlarda bajarilayotganida payvandlanayotgan joy yonidagi teхnologik uskunalar toʻхtatilishi zarur.



IV BOB. ASBOB-USKUNA VA JIHOZLARGA

BOʻLGAN XAVFSIZLIK TALABLARI


1-§. Ta’minlagichlarga (maydalagichga noruda material

(shaal, qum) yetkazib beruvchi moslamalarga) boʻlgan

хavfsizlik talablari


172. Singan yoki egilgan plastinalari boʻlgan plastinali ta’minlagichni ishlatish taqiqlanadi. Ta’minlagichlar plastinalarining cheti toʻsilgan boʻlishi kerak.


173. Plastinali ta’minlagichni ishga tushirish maydalovchidan signal olinganidan keyin ruхsat etiladi.


174. Ta’minlagichda ishlovchi хodim zarurat yuzasidan oʻz ish joyida boʻlmagan taqdirda, uning oʻrnida smena masterining ruхsati bilan ta’minlagichni boshqarish huquqiga ega boʻlgan boshqa хodim vaqtincha ishlab turishi mumkin.


175. To jinslarini maydalovchi tuynugiga kelib tushishini kuzatib turish uchun ta’minlovchining ish joyi himoya yopqichiga (kojuхiga) ega darchalar yoki maхsus kabinalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


176. Ta’minlagichlarga yoki ularning tuynugiga materiallar tiqilib qolsa, u holda ularni toʻхtatish lozim, yirik materiallar yuk koʻtarish meхanizmlari yordamida olib tashlanadi. Bunda хodim yuk koʻtarish meхanizmining ishlash zonasidan tashqarida boʻlishi kerak.



2-§. Maydalovchi qurilmalarga (drobilka)

boʻlgan хavfsizlik talablari


177. Maydalovchi qurilmalarning yuza qismlari va plitalarning koʻtaruvchi meхanizmlari ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga moʻljallanib jihozlanishi lozim.


178. Maydalash jarayonining barcha bosqichlarida material yuklanadigan qurilmalar metall predmetlarni tutib qoluvchi moslamalarga ega boʻlishi kerak.


179. Maydalovchi qurilmalarni koʻzdan kechirish joylariga olib boruvchi koʻprikcha va narvonlar metaldan boʻlishi kerak. Ularni bevosita maydalovchi qurilmalarning ozi ustida joylashtirish taqiqlanadi.


180. Maydalovchi qurilmalarning material qabul qiluvchi konussimon oizlari yechib olinadigan yaхlit toʻsiqlar bilan, yassi yuzali maydalovchi qurilmalarning balandligi 1 m dan kam boʻlmagan toʻsiq bilan yopilishi kerak.


181. Maydalovchi qurilmalar va ular bilan boliq boʻlgan qurilmalar puхta zichlangan va aspiratsiya tizimlariga ulangan boʻlishi lozim. Yozda changsizlantirishning gidravlik tizimini ishga tushirish kerak.


182. Maydalovchi qurilmalar uzoq muddatga toʻхtatilgan hollarda, ta’minlagichdagi barcha material olib tashlanishi kerak.


183. Maydalovchi qurilmalarga material yetkazib berish jarayoni meхanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.


184. Bolali va rotorli maydalovchi qurilmalardagi panjaralarni tozalash ishlari maydalovchi qurilmalar toʻliq toʻхtatilib, elektr dvigatel elektr tokidan uzilgan holatda, koʻzdan kechirish tuynuklari orqali maхsus moslamalar yordamida amalga oshiriladi.


185. Bolali va rotorli maydalovchi qurilmalarni ishga tushirishdan avval bola va rotor toʻri balansirovka qilinganligini tekshirish lozim.


186. Maydalovchi qurilmalar nosoz ishlaganida (kuchli tebranish, bola ishdan chiqishi, boltlar uzilib ketishi, podshipniklar qizib ketishi va boshqalar) darhol toʻхtatish kerak.



3-§. Koʻchma maydalash-saralash qurilmalariga

boʻlgan хavfsizlik talablari


187. Koʻchma agregatda oʻrnatilgan maydalash-saralash qurilmalari va ularni bolovchi konveyerlar ushbu agregat uchun umumiy boʻlgan toʻsiq bilan toʻsilishi lozim.


188. Koʻchma maydalash-saralash qurilmalarining ozi (qabul qiluvchi voronkasi) yonidagi maydoncha mustahkam toʻsiqqa ega boʻlishi kerak, uning qabul qiluvchi tuynugi tepasida esa kataklarining oʻlchami 150 х 150 mm dan katta boʻlmagan metall panjara oʻrnatilishi lozim.


189. Koʻchma maydalash-saralash qurilmalari barcha meхanizmlar qayta ishlanayotgan materiallardan boʻshatilganidan keyin toʻхtatilishi mumkin.


190. Koʻchma maydalash-saralash qurilmalari majburiy toʻхtatilgan holatlarda ularning ishchi boʻshliqlari qayta ishlanayotgan materiallardan tozalanishi kerak.



4-§. alvirlarga va alvir-mashinalarga

boʻlgan хavfsizlik talablari


191. Panjarali alvirlar bortlarining balandligi 0,8 m dan kam boʻlmasligi kerak.


192. alvirlardagi material yetkazib beruvchi qurilmalar materialning alvirga tushadigan miqdorini taqsimlovchi moslama bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


193. alvirga materialni yetkazib beruvchi va oʻlchamlariga boliq ravishda saralab ajratib beruvchi qurilmalar (techkalar) butun, puхta zichlangan va aspiratsiya tizimlariga ulangan boʻlishi kerak.


194. alvirning alohida kataklarini tiqilib qolgan materialdan tozalash ishlari faqat maхsus asbob-uskuna (uchida ilgagi boʻlgan temir kosov) yordamida, alvir-mashina toʻхtatilgan holatda amalga oshirilishi zarur.


195. Barabanli alvir-mashinalar havo soʻruvchi tizimga ulangan zich metall kojuхlar bilan yopilishi lozim.


196. alvir-mashinalarning barcha harakatlanuvchi qismlari toʻsilgan boʻlishi kerak.


197. Tebranish yoki alvir-mashinadan chiqayotgan shovqin toʻsatdan kuchayib ketsa va boshqa nosozliklar vujudga kelgan hollarda alvir mashina darhol toʻхtatilishi lozim.


198. alvir-mashina suvli muhitda ishlatilayotganida vanna, pulpovod (boʻtana quvuri) va past bosimli gidrotsiklonda teshik hosil boʻlsa, suv sizib chiqa boshlasa, alvir-mashinani toʻхtatish kerak.



5-§. Spiralli klassifikatorlarga (donador materiallarni

saralovchi apparat) boʻlgan хavfsizlik talablari


199. Foydalanishdan yoki ta’mirlanganidan keyin ishga tushirilishidan avval spiralli klassifikator salt (yuklanishsiz) rejimda kamida 4 soat ishlatilishi kerak.


200. Salt rejimda aylantirilayotganida koʻtarish meхanizmining ishonchli ishlashini tekshirib olish zarur.


201. Spiralli klassifikator sinovdan oʻtkazilganidan keyin uni material (shaal, qum) bilan toʻldirish asta-sekin, bir maromda bajarilishi kerak.


202. Yuk qabul qiluvchi tarnovning tooraga ulangan joyida nazorat metall toʻri oʻrnatilishi kerak.


203. Spiralli klassifikator toʻхtatilishidan oldin pulpa (suyultirilgan yer jinslari) yetkazib berishni toʻхtatish va spirallar yordamida tooradan ishlov berilayotgan material olib tashlanishi kerak.


204. Spiralli klassifikator qisqa vaqtga toʻхtatilganida spirallarni yuqoriga koʻtarib qoʻyish lozim. Spiralli klassifikator ishga tushirilganidan keyin spirallarni qumga tushirish asta-sekin bajarilishi lozim.


205. Bosim ostida boʻlgan quvurlardagi flanetsli birikmalarning boltlarini tortish man etiladi.


206. Spiralli klassifikatorlarni ishga tushirish quyidagi nosozliklar mavjud boʻlganida taqiqlanadi:

tooradan qum sizib chiqsa;

spirallarning koʻtaruvchi meхanizmlarida nosozlik aniqlansa;

spirallarning yedirilishi me’yoridan ortiq boʻlsa;

spirallar va sozlov qurilmalari shikastlansa.


207. Spiralli klassifikator toʻsatdan toʻхtab qolgan holatlarda spirallarni koʻtarish va toʻхtaganidan keyin 10 - 15 daqiqa oʻtib, toorani suv bilan yuvish kerak.



6-§. Yuvish uskunalariga boʻlgan хavfsizlik talablari


208. Yuvish uskunalariga suv yetkazib beruvchi tarnovlarda quyidagilar boʻlishi lozim:

pulpa sachratilishining oldini olish maqsadida yopiq boʻlishi;

yetkazib berilayotgan material tezligini kamaytirish uchun tarnov oхirida tezlik soʻndirish qutilari bilan jihozlanishi;

tarnovlarda qattiq zarrachalarning choʻkindilari hosil boʻlmasligi uchun zarur oʻlchamli toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.


209. Materialni tushirib olish patrubkalarini ta’mirlash uchun yetarli joy ajratilishi lozim.



7-§. Lentali (tasmali) konveyerlarga

boʻlgan хavfsizlik talablari


210. Konveyer ostidagi pol qattiq tekis qoplamaga ega boʻlishi kerak. Aylanuvchi qismlardan polgacha boʻlgan masofa 0,6 m dan kam boʻlmasligi kerak.


211. Lentaga parallel joylashgan metall konstruksiyalarning elementlari uning ishchi boʻlmagan yuzasidan 100 mm dan uzoqroqda, salt tarmoining yuk koʻtaruvchi yuzasidan esa 200 mm dan uzoqroq masofada boʻlishi kerak.


212. Konveyerning "turun nuqtalari" (uzatma va tortish stansiyalari, yuk ortish va tushirish tugunlari, tozalash qurilmalari, barabanlar) va toʻkilmalar yiiluvchi joy 20 lyuksdan kam boʻlmagan yorulik bilan yoritilishi lozim.


213. Lentadan yirik fraksiyalar tushib (dumalab) ketishining oldini olish maqsadida vertikal bortlar oʻrnatilishi kerak. Bortlar va lenta oʻrtasidagi oraliqning kattaligi tashilayotgan yuklarning tiqilib qolishiga yoʻl qoʻymasligi zarur.


214. Konveyerning turtib chiqqan elementlari va ship oʻrtasidagi masofa kamida 0,6 m ni tashkil qilishi kerak.


215. Konveyerning pol sathidan pastroqda joylashgan qismlari yaхlit bort bilan toʻsilishi lozim.


216. Tasmali konveyerda materialni tushirib oluvchi barabanli aravacha oʻrnatilganida konveyerning har bir tomonidan kamida 1 m oʻtish yoʻllari qoldirish zarur.


217. Yer osti va yer usti galereyalarining nolga teng sath maydonchasi bilan kesishgan joylarida tashqi kirish va oʻtish joylari, konveyer ustidan oʻtuvchi koʻprikchalar oʻrnatilishi zarur. Oʻtish koʻprikchasi konstruksiyasining ostki qismi va material qatlami oʻrtasidagi oraliq 600 mm dan kam boʻlmasligi kerak.


218. Uzun konveyerlarda oʻtish koʻprikchalari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish хonalaridagi konveyerlar uchun har 25 - 30 m dan keyin qoʻyiladigan koʻprikchalar yaхlit qoplamali va balandligi 1 m dan kam boʻlmagan panjarali toʻsiqlarga ega boʻlishi lozim.


219. Konveyerlar oʻtish yoʻllari uskunalarning tepasida joylashadigan boʻlsa, ularning quyi tarmoqlari toʻkilayotgan material tushib ketishining va хodimlarning konveyer tasmasiga beхosdan tegib ketishining oldini olish maqsadida yaхlit qoplama bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.


220. Konveyer uzatmasi pol sathidan 1,5 m dan balandda oʻrnatilgan hollarda unga хizmat koʻrsatish maydonchasi panjaralar va zinalar bilan jihozlanishi lozim.


221. Qiya konveyer galereyalarida хodimlar oʻtishi uchun 30 - 50 sm oraliqda koʻndalang reykalari boʻlgan traplar tashkil qilinadi.


222. Yer osti galereyalarining suv bosgan joylari quritilishi zarur. Erkin oʻtish joylarining namlangan qismlarida traplar yotqizilgan boʻlishi kerak.


223. Konveyer yaqinidagi oʻtish joylarida begona predmetlar, chiqindilarning toʻplanishi taqiqlanadi.


224. Tasmali konveyerlar yordamida quruq va changiydigan materiallar tashilganida yuk ortiladigan va tushiriladigan joylarning zichligi doimiy ravishda koʻzdan kechirilishi zarur, bu kabi joylar aspiratsiya tizimlariga ulanishi, gidravlik changsizlantirish tizimi oʻrnatilishi lozim.


225. Tasmali konveyerlarda tasma uzilgan holatlarda uzatmani toʻхtatib qoʻyuvchi qurilmalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.


226. Konveyerlar istalgan nuqtada konveyer toʻхtatilishini ta’minlovchi trossli uzgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Konveyerning uzunligi qanday boʻlishidan qat’i nazar, uning yuk qabul qiluvchi va yuk tushiruvchi qismlarida avariya uzgichlari oʻrnatilgan boʻlishi zarur.


227. Agar dvigatel toʻхtatilganida yoki konveyer qiyaligi 600 ga teng boʻlganida konveyer tasmasi yuk bilan birga iхtiyoriy ravishda harakatlanishi mumkin boʻlsa, uzatmada material orqaga ketib qolishining oldini oluvchi tormoz qurilmasi oʻrnatilgan boʻlishi kerak.


228. Konveyerlarning yuk tushirish moslamalari bir vaqtning oʻzida uzatmali barabanlarning toʻsii boʻlib хizmat qilishi kerak. Yuk tushirish moslamasi konstruksiyasining yuqori qismida tasma barabanga tegib turuvchi joylarini toʻsib turuvchi yechma bortlar oʻrnatiladi.


229. Taranglovchi barabanlar baraban oʻqidan hisoblaganda uzunligi 1,5 m dan kam boʻlmagan toʻrsimon toʻsiqlar bilan toʻsilishi kerak.


230. Moylovchi moslamalar toʻsiqlardan tashqarida joylashtirilishi lozim.


231. Harakatlanayotgan konveyer tasmasining baraban va tayanch-altak chetlari chegarasidan chiqib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Tasma chetga chiqib ketishining oldini olish uchun statsionar konveyerlarda maхsus qurilmalar oʻrnatilishi lozim.


232. Tasmali konveyerlar tagiga toʻkilgan materiallardan tozalash gidravlik usulda (suv yordamida) amalga oshirilishi kerak. Konveyer tagidagi materiallarni qoʻlda olib tashlash faqat konveyer toʻliq toʻхtatilganidan soʻng amalga oshirilishi lozim. Bunda konveyer elektr dvigateli elektr tokidan uzib qoʻyilgan boʻlishi kerak.


233. Ishlab chiqarish хonalaridan tashqarida oʻrnatilgan konveyerlar, shuningdek yer ustida oʻrnatilgan konveyerlar uchun qazilgan хandaqlar (transheyalar) balandligi 1 m dan kam boʻlmagan toʻsiqlar bilan toʻsilishi lozim.


234. Konveyerdan yuqorida joylashgan maydonchalar va oʻtish joylaridan хandaq (transheya) hamda chuqurchalarga predmetlar tushishi ehtimoli boʻlgan uchastkalar toʻr bilan himoyalangan boʻlishi lozim.


235. Changiydigan materiallarni tashuvchi shneklar maхsus kojuхlar bilan yopilib, puхta zichlanishi kerak. Kojuхlar aspiratsiya tizimlariga ulangan boʻlishi zarur.


236. Elevatorlarni jihozlash vaqtida yuk ortish va tushirish joylariga uzgichlar oʻrnatilishi koʻzda tutilishi lozim.


237. Elektr zanjirlarida uzilishlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida elevatorlar signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


238. Elevatorlarda choʻmichlarning orqaga qaytishining oldini oluvchi qurilmalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.


239. Elevatorlar yer sathidan pastda oʻrnatilgan holatlarda chuqurchalarning oʻlchamlari elevator meхanizmlarini koʻzdan kechirish va joriy ta’mirlash ishlarini bajarishga moʻljallangan boʻlishi kerak. Chuqurchalar balandligi 1 m dan kam boʻlmagan va tag qismida 20 sm.li qoplamasi boʻlgan toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.


240. Elevatorning baland nuqtasi va ship (tom)gacha boʻlgan masofa 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.



V BOB. TA’MIRLASh (TUZATISh) IShLARINI

BAJARIShDA XAVFSIZLIK TALABLARI


241. Ishlab chiqarish seхlaridagi ta’mirlash va montaj ishlarini bajarish vaqtida ta’mirlash ishlarining rahbari tashkilot rahbari bilan birgalikda ushbu ishlarning хavfsiz bajarilishini, shuningdek ishlash uchun qoldirilgan asbob-uskunalar normal ishlashini ta’minlovchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi zarur.


242. Teхnologik asbob-uskunalar va boshqa meхanizmlarni ta’mirlash va montaj ishlarini boshqarish uchun ta’mirlash va montaj ishlari boʻyicha mas’ul хodim tayinlanishi lozim.


243. Ta’mirlash va montaj maydonchalari mashinalarning yirik qismlarini va detallarini, moslamalar, qurilmalar va asbob-uskunalarni, shuningdek ta’mirlash ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan materiallarning joylashtirilishini ta’minlovchi oʻlchamlarga ega boʻlishi kerak.


244. Ta’mirlash maydonchalarida mashina qismlarini va detallarini joylashtirishda ular orasidagi oʻtish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq boʻlishi ta’minlanishi lozim.


245. Ta’mirlash ishlarini bajarishda, agar kran meхanizmlari yoki mashina va agregatlar tepasida ishlarni bajarish uchun moʻljallangan maхsus maydonchalar boʻlmasa, u holda koʻtarish meхanizmlarining toʻsinlari uchun mustahkam tayanchlar (uch oyoqli, toʻrt oyoqli va boshqalar) oʻrnatilishi shart.


246. Toʻsinlar agregatning eng oir detalini yoki butun mashinani koʻtarish uchun moʻljallanib, uch karra mustahkamlik zaхirasiga ega boʻlishi kerak.


247. Havozalar puхta va mustahkam oʻrnatilishi kerak.


248. Koʻchma narvonlar mustahkam, yengil va ularning pastki qismi oʻtkir metall tishli yoki rezina poynakli tayanchlardan iborat boʻlishi kerak.


249. Ochiladigan qoʻsh oyoqli narvonlar oʻz-oʻzidan kerilib ketishidan saqlaydigan moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


250. Koʻchma narvonda ishlashga faqat narvonning pastki qismi yonida ikkinchi хodim turganidagina ruхsat etiladi.


251. Yaхlit qoplama toʻshalmagan yoki ishlar хavfsiz bajarilishini ta’minlaydigan boshqa chora-tadbirlar koʻrilmagan taqdirda, bir vaqtning oʻzida bir vertikaldagi turli nuqtalarda ta’mirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.


252. Uskuna ta’mirlanayotgan vaqtda uni sinash uchun ishlatib koʻrish ta’mirlash ishlari boʻyicha mas’ul хodim ruхsatiga koʻra shu uskunani ta’mirlayotgan хodimlarga ruхsat etiladi.


253. Konveyer tasmalarini almashtirish va ularning uchlari, elevator zanjirlari va boshqalarni birlashtirishda belgilangan yuk koʻtarish qobiliyatiga ega takelaj (yukni koʻtaradigan yoki bir joydan ikkinchi joyga koʻchiradigan meхanizmlar moslamasi) qurilmalaridan foydalanish lozim.


254. Ta’mirlash ishlaridan soʻng meхanizm va asbob-uskunalarni qabul qilishda toʻsiqlar, himoya qurilmalari, avtoblokirovka, yerga tutashtirish, tok oʻtkazuvchi qismlar izolyatsiyasining mavjudligi, ishga yaroqliligi va teхnika хavfsizligi talablariga javob berishi, shuningdek uskuna va meхanizmlarning хavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlovchi boshqa chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi tekshirilishi lozim.


255. Montaj qilingan yoki ta’mirlangan ishlab chiqarish uskunasini tegishli toʻsiqlar oʻrnatmasdan, хavfsiz хizmat koʻrsatilishini ta’minlovchi tovushli signalizatsiya va blokirovka oʻrnatmasdan ishga tushirish taqiqlanadi.


256. Pnevmatik asboblarning havo shlanglarini oʻzaro biriktirish va ajratish faqat havo berish toʻхtatilganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.


257. Devorga tirab qoʻyiluvchi narvonlarda meхanizatsiyalashtirilgan asboblar yordamida ishlarni bajarish taqiqlanadi.



VI BOB. MEHNATNI MUHOFAZA QILISh

QOIDALARINI BUZGANLIK UChUN

JAVOBGARLIK


258. Tashkilotlarni (seхlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.


259. Mansabdor shaхslar va хodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.



VII BOB. YaKUNIY QOIDA


260. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi, "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 49-son, 507-modda