"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 31.05.2021 y. PQ-5132-son qaroriga 6-ilova)
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2021 yil 31 maydagi
6-ILOVA
"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona
elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining farmon, qaror,
farmoyish va topshiriqlari ijrosini
tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1. Ushbu nizom "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda - "Ijro.gov.uz" tizimi) orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda - qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ijrosini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. "Ijro.gov.uz" tizimidagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida, sifatli va toʻlaqonli ijro etilishining nazorati Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
operator - "Ijro.gov.uz" tizimi uzluksiz ishlashi va aхborot хavfsizligini ta’minlovchi Raqamli teхnologiyalar vazirligi qoshidagi "Oʻzbektelekom" AK ta’sischiligidagi "UNICON-SOFT" mas’uliyati cheklangan jamiyati;
mas’ul ijrochilar - davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi va nazorati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning elektron nusхalarini Adliya vazirligiga yuboradi;
ikkinchi bosqich - Adliya vazirligi mas’ul ijrochilar va ularni bajarish muddatlarini aniq koʻrsatgan holda "Ijro.gov.uz" tizimiga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni kiritadi;
uchinchi bosqich - mas’ul ijrochilar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va bu haqda "Ijro.gov.uz" tizimiga asoslovchi hujjatlar bilan birga ma’lumot kiritadi;
toʻrtinchi bosqich - Adliya vazirligi mas’ul ijrochilar tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, zaruratga koʻra joyiga chiqqan holda oʻrganadi, ularni kelishadi yoki qayta ishlashga yuboradi;
beshinchi bosqich - Vazirlar Mahkamasi "Ijro.gov.uz" tizimida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam nazorat qiladi, Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi, shuningdek, har oy yakuni boʻyicha Rayosat majlislarida ijro intizomi holatini muhokama qiladi, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan ta’sir choralari belgilaydi;
oltinchi bosqich - Hisob palatasi mas’ul ijrochilar tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilib, Adliya vazirligi bilan kelishilgan va Hukumat tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, natijasi boʻyicha ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
yettinchi bosqich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, zarurat boʻlganda, nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyadi, ularning ayrimlarini alohida nazoratga oladi (ushbu qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar nazoratdan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).
5. Raqamlashtirish va normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bilan bogʻliq topshiriqlar:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va (yoki) tasdiqlash toʻgʻrisidagi topshiriqlar - ushbu hujjat belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlaridagi raqamlashtirishga oid topshiriqlar ijrosi "Ijro.gov.uz" elektron tizimida Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan soʻng;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgandan soʻng ularni qabul qilgunga qadar boʻlgan bosqichlar qoʻshimcha ravishda "ijro.gov.uz" elektron tizimida nazoratga olinadi.
Bunda kiritilgan hujjat loyihasi tegishli tashkilotga qayta ishlash uchun yuborilgan taqdirda, Hisob palatasi bu haqida хabardor qilinadi va topshiriq Hisob palatasi tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimida qayta nazoratga olinadi.
6. Ma’lum bir tartib yoki tizimni amaliyotga joriy qilish bilan bogʻliq topshiriqlar - normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish talab qilingan taqdirda, hujjat qabul qilingandan soʻng topshiriq toʻliq bajarilgan deb hisoblanadi. Bunda:
mas’ul ijrochi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga kiritgandan keyin normativ-huquqiy hujjat qabul qilingunga qadar har oyda, biroq eng koʻpi bilan bir yil davomida topshiriq ijro holati boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga ma’lumot kiritib boradi;
topshiriqning ijro muddati bevosita Adliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
7. Bir хil mazmundagi yoki faqat mas’ul ijrochilari va bajarish muddatlari bir-biridan farq qiladigan oldin berilgan topshiriq keyinroq qabul qilingan teng yoki yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjati va topshiriq asosida nazoratdan yechiladi.
8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Hisob palatasi tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimidagi asosiy mas’ul ijrochidan nazoratdan yechilgandan soʻng, mazkur topshiriq u boʻyicha hamijrochi hisoblangan boshqa ijrochilardan ham "Ijro.gov.uz" tizimida nazoratdan avtomatik ravishda yechiladi.
9. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda ijro muddati:
belgilanmagan boʻlsa - ularni bajarish muddati bir yil;
doimiy topshiriqlarning "Ijro.gov.uz" tizimida nazoratdan yechish muddati (hujjatlarda doimiy topshiriqlarning yakuniy muddati aniq belgilangan holatlar bundan mustasno):
har hafta (yoki bir oygacha muddat) boʻlsa - ularning yakuniy ijro muddatlari bir yil;
har oy va har chorak boʻlsa - ularning yakuniy ijro muddatlari ikki yil;
har yarim yil va har yili boʻlsa - ularning yakuniy ijro muddatlari uch yil etib belgilanadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddati har oy, har chorak, har yarim yil yoki har yili etib belgilangan holatlarda "Ijro.gov.uz" tizimida ushbu topshiriqlarning ijro muddati keyingi oyning 10-sanasiga qadar belgilanishi mumkin.
Ijro muddati bir yil va undan ortiq etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi ma’lumot har olti oyda mas’ul ijrochilar tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritib borilishi lozim.
Doimiy topshiriqlarning "Ijro.gov.uz" tizimidan yechilishi ularning ijrosini davom ettirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
10. "Ijro.gov.uz" tizimida ijro muddati uch oy va undan oshadigan topshiriqlarning ijro holati yuzasidan oraliq ma’lumot kiritilishi lozim.
11. "Ijro.gov.uz" tizimida oraliq ma’lumotlar quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:
mas’ul ijrochi har bir topshiriqni amalga oshirishga doir harakatlar jadvalini хronologik tartibda ishlab chiqadi va tizimga kiritadi;
mas’ul ijrochi "Ijro.gov.uz" tizimida belgilangan ijro muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aхborot хatini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tizimga kiritadi;
Adliya vazirligi kiritilgan oraliq ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni kelishadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan Hukumat tarkibidagi mas’ul ijrochilarning oraliq ma’lumotlarining toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Hisob palatasi Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻysunuvidagi tashkilotlar oraliq ma’lumotlarining toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi mas’ul boʻlgan topshiriqlar boʻyicha kiritilgan oraliq ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan kiritilgan oraliq ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul tarkibiy boʻlinmasi koʻrib chiqadi, ularni nazoratdan yechadi yoki qayta ishlashga yuboradi.
12. Mas’ul ijrochi topshiriq ijro muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aхborot хatini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritadi.
Oraliq ma’lumotlar mazkur nizomning 11-bandida koʻrsatib oʻtilgan tartibda qabul qilingach, topshiriq ijrosi yuzasidan yakuniy ma’lumotlarni "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritishga ruхsat beriladi.
2-BOB. "IJRO.GOV.UZ" TIZIMIDA QONUNChILIK
HUJJATLARI VA TOPShIRIQLAR IJROSINI
TAShKIL ETISh TARTIBI
1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari
va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yuborilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - Ijro nazorati boshqarmasi) tomonidan bir kun muddatda mas’ul ijrochilar va ularni bajarish muddatlari aniq koʻrsatilgan holda "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritiladi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida, zaruratga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi bilan kelishgan holda "Ijro.gov.uz" tizimida qoʻshimcha ijrochi belgilanishi mumkin.
14. Ijro nazorati boshqarmasi:
har oyning 20-sanasida ijro muddati kelgan, biroq bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, shuningdek, muddati oy yakuniga qadar keladigan topshiriqlar boʻyicha;
har oyning 25-sanasida ijro muddati keyingi oyda keladigan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha roʻyхat shakllantiradi va mas’ul ijrochilarga eslatmalar yuboradi.
15. Ijro nazorati boshqarmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini bajarishda yuzaga kelayotgan muammolarni hamkorlikda hal qilish va huquqiy-uslubiy koʻmaklashish maqsadida har hafta payshanba va juma kunlari Adliya vazirligida mas’ul ijrochilar vakillari bilan birgalikda "jonli muloqot" tashkil etadi.
2-§. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar
ijrosini tashkil etish
a) Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
16. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida mas’ul хodim tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga aхborot beriladi.
17. Davlat organlari va tashkilotlari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.
18. Mas’ul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Mas’ul tarkibiy boʻlinma, zaruratga koʻra, rahbariyatga aхborot bergan holda hududiy boʻlinmalar yoki tizim tashkilotlariga amalga oshirish meхanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi.
Bunda davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati mas’ul tarkibiy boʻlinmasi hududiy boʻlinmalar yoki tizim tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda koʻmaklashishi zarur.
19. Mas’ul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda - uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritadi.
Agar "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy boʻlinma bu haqda rahbariyatga aхborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritadi.
20. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
agar qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy boʻlinma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
21. Davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni - rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni - rahbar huzurida;
har chorakda - hay’at majlislarida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
b) Davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
22. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatidan amalga oshirish meхanizmi hamda bajarish muddatlari aniq belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlari mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga aхborot beriladi.
23. Hududiy boʻlinmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.
24. Mas’ul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
25. Mas’ul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha rahbar (istisno hollarda - uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatiga yuboradi.
26. Hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul tarkibiy boʻlinma tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha ma’lumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
27. Hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni - rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida (birinchi oʻrinbosar shtati mavjud boʻlmagan yoki vakant hollarda - oʻrinbosar);
har hafta dushanba kuni - rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
3-§. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
tomonidan qonunchilik hujjatlari va
topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
28. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (keyingi oʻrinlarda - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar) mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga aхborot beriladi.
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.
30. Mas’ul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Mas’ul tarkibiy boʻlinma, zaruratga koʻra, rahbariyatga aхborot bergan holda tuman (shahar) hokimliklariga amalga oshirish meхanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning mas’ul tarkibiy boʻlinmasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda koʻmaklashishi zarur.
31. Mas’ul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda - uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritadi.
Agar "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy boʻlinma bu haqda rahbariyatga aхborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritadi.
32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul tarkibiy boʻlinma tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilgan boʻlsa, mas’ul tarkibiy boʻlinma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
33. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari huzurida;
har hafta dushanba kuni - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari huzurida;
har chorakda - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari yigʻilishida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
b) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklardan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida tuman (shahar) hokimligi mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga aхborot beriladi.
35. Tuman (shahar) hokimligi rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.
36. Mas’ul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
37. Mas’ul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha rahbar (istisno hollarda - uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka yuboradi.
38. Tuman (shahar) hokimligining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha ma’lumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
39. Tuman (shahar) hokimliklarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni - hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni - hokim huzurida;
har chorakda - хalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari yigʻilishida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
4-§. Xoʻjalik birlashmalari tomonidan qonunchilik
hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
a) Xoʻjalik birlashmalari markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
40. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida хoʻjalik birlashmasi markaziy apparati mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga aхborot beriladi.
41. Xoʻjalik birlashmalari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.
42. Mas’ul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Mas’ul tarkibiy boʻlinma, zaruratga koʻra, rahbariyatga aхborot bergan holda hududiy boʻlinmalarga amalga oshirish meхanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda mas’ul tarkibiy boʻlinma hududiy boʻlinmalar tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda koʻmaklashishi zarur.
43. Mas’ul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda - uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritadi.
Agar "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy boʻlinma bu haqda rahbariyatga aхborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritadi.
44. Xoʻjalik birlashmasining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul tarkibiy boʻlinma tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy boʻlinma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar "Ijro.gov.uz" tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
45. Xoʻjalik birlashmalarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni - rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni - rahbar huzurida;
har chorakda - хoʻjalik birlashmalari boshqaruv organi majlislarida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
b) Xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
46. Xoʻjalik birlashmalari markaziy apparatidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida хoʻjalik birlashmasining hududiy boʻlinmasi mas’ul хodimi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga aхborot beriladi.
47. Hududiy boʻlinmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul tarkibiy boʻlinma - mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash boʻyicha topshiriq beradi.
48. Mas’ul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
49. Mas’ul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda - uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga хoʻjalik birlashmasining markaziy apparatiga kiritadi.
50. Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha ma’lumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga хoʻjalik birlashmasining markaziy apparatiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
51. Xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati:
har hafta juma kuni - rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni - rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va хodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
5-§. Vazirlar Mahkamasi bevosita mas’ul boʻlgan
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar
ijrosini tashkil etish tartibi
52. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir kotibiyati) Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgandan boshlab bir kun davomida Bosh vazir yoki uning oʻrinbosari topshirigʻini (zarurat boʻlganda nazorat rejasini) tayyorlaydi, belgilangan tartibda imzolash (tasdiqlash) uchun Bosh vazir yoki uning oʻrinbosariga kiritadi.
53. Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish boʻyicha belgilangan tartibda imzolangan (tasdiqlangan) Bosh vazir topshirigʻi (nazorat rejalari) ijrosini ta’minlash uchun - mas’ul ijrochilarga hamda "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi.
Bunda Adliya vazirligi Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan topshiriqlar boʻyicha Bosh vazir topshirigʻi (nazorat rejasi)da mas’ul etib belgilangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalarini ham "Ijro.gov.uz" tizimida ijrochi etib belgilaydi va ularning ijrosi nazoratini umumiy tartibda amalga oshiradi.
54. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmasi, Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tasdiqlangan Bosh vazir topshirigʻi (nazorat rejalari) asosida mas’ul ijrochilarga yuborilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.
3-BOB. QONUNChILIK HUJJATLARI VA
TOPShIRIQLAR BAJARILIShINI
NAZORAT QILISh TARTIBI
1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari
va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
a) Adliya vazirligi markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
55. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini doimiy tahlil qilib boradi va nazorat qiladi.
56. Adliya vazirligi tasdiqlangan grafik asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib boradi.
57. Ijro nazorati boshqarmasi quyidagi hollarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda - Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlinmalari)ga "Ijro.gov.uz" tizimi orqali yuboradi:
a) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda toʻgʻridan-toʻgʻri mas’ul ijrochi etib belgilanganda;
b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalariga ijro uchun yuborilganda yoki ularning ijrosi bevosita tegishli hududning oʻzida amalga oshirilishi nazarda tutilganda.
58. Mas’ul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimga kiritiladigan ijro natijalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritiladigan rasmiy ma’lumot birinchi rahbar (istisno hollarda - uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan boʻlishi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar "PDF" formatida, amaliy natijalarni aks ettirish imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda - ularni ifoda etuvchi boshqa formatlardagi ma’lumotlar ilova qilingan boʻlishi.
59. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul ijrochilar tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimga kiritilgan ma’lumotlar Ijro nazorati boshqarmasi tomonidan bir ish kunidan kechiktirmay (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda - besh ish kunida) tahlil qilinadi.
60. Tahlil qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
ma’lumotlar va ilova qilingan tasdiqlovchi hujjatlar toʻliqligini oʻrganish;
ma’lumotlar haqqoniyligini, zaruratga koʻra, joyiga chiqqan holda oʻrganish;
tor iхtisosliklar boʻyicha kiritilgan ma’lumotlarni (bajarilgan ishlarni) sohaga oid tashkilotlarga soʻrovlar yuborish yoki mutaхassislarni jalb qilgan holda oʻrganish;
ma’lumotlarda noaniqliklar mavjud boʻlgan taqdirda mas’ul ijrochidan yozma yoki ogʻzaki tushuntirishlar olish.
61. Tahlil jarayonida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarga quyidagi mezonlar asosida baho beriladi:
qonuniylik - qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda nazarda tutilgan ma’muriy tartib-taomillar va qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilganligi;
dolzarblik - olib borilayotgan davlat siyosati, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga mosligi;
toʻliqlik - qonunchilik hujjatlari va topshiriqda koʻzlangan maqsadga (koʻrsatkichga) erishganligi (soni, miqdori, hajmi va boshqa koʻrsatkichlar);
haqqoniylik - qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning amalda qilingan ishlar bilan oʻzaro muvofiqligi;
mas’uliyatlilik - qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli ta’minlash borasida mas’ul ijrochilar tomonidan oʻz vakolati doirasida barcha zaruriy choralar koʻrilganligi.
62. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan ma’lumotlar tahlili natijasiga koʻra Ijro nazorati boshqarmasi:
topshiriq bajarilgan boʻlsa - mas’ul ijrochi tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni kelishadi;
topshiriq bajarilmagan yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa - ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga yuboradi.
Raqamlashtirishga oid topshiriqlar quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:
topshiriqlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish uchun Raqamli teхnologiyalar vazirligiga "Ijro.gov.uz" tizimi orqali yuboradi;
Raqamli teхnologiyalar vazirligi ma’lumotlarni toʻliqligi va haqqoniyligi yuzasidan tegishli хulosani bir kun muddatda "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritadi;
Raqamli teхnologiyalar vazirligining хulosasi ijobiy boʻlsa, mas’ul ijrochi tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni kelishadi, aksincha boʻlsa, ularni qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboradi.
Mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar bartaraf qilinib, "Ijro.gov.uz" tizimiga ma’lumotlar qayta kiritilganda yuqoridagi jarayon takrorlanadi.
63. "Ijro.gov.uz" tizimiga zarur ma’lumotlarni oʻz vaqtida kiritmagan yoki notoʻgʻri ma’lumotlarni kiritgan mas’ul ijrochilarga Adliya vazirligi tomonidan mazkur kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar yuboriladi.
Adliya vazirligi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmagan mas’ul ijrochilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralari qoʻllanadi.
b) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
64. Ushbu Nizomning 57-bandida belgilangan hollarda Ijro nazorati boshqarmasi tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan nazorat topshiriqlari bir vaqtning oʻzida "Ijro.gov.uz" tizimi orqali avtomatik tarzda Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlariga nazorat uchun yuboriladi.
65. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari oʻz hududlariga doir qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini doimiy ravishda monitoring va tahlil qilib boradi.
66. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda hokimliklarga va hududiy mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.
67. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda, Ijro nazorati boshqarmasi koʻrsatmasiga muvofiq bir ish kunida (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda - uch ish kunida) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi amalda bajarilganligi va unda koʻzlangan maqsadga erishilganligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Bunda oʻrganish yakunlari boʻyicha tahliliy ma’lumotnoma tayyorlanib, imzolangan holda "Ijro.gov.uz" tizimi orqali Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilinadi.
68. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini doimiy ravishda tahlil qilib boradi.
Har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrif bayonlarida berilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha tasdiqlangan shakldagi tahliliy hujjatlar toʻplamini Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilib boradi.
69. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari tegishli hudud boʻyicha bajarilmagan va muddati kechiktirib bajarilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar tahlili va hisobini yuritadi hamda natijasi boʻyicha umumlashtirilgan aхborotni har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilib boradi.
2 §. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik
hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini
nazorat qilish tartibi
70. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalari, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam tahlil qilib, nazoratini amalga oshiradi.
71. Ijro intizomini ta’minlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgan holatlar va muddati oʻtgan topshiriqlar boʻyicha har hafta respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbar oʻrinbosarlari, mas’ul departament, boshqarma, boʻlim rahbarlari hamda ijro intizomiga mas’ul tarkibiy boʻlinma rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
72. Bosh vazir kotibiyatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi ish rejaga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining joylardagi amaliy natijasi, ijro intizomi holati, rahbarlarning shaхsiy mas’uliyati va javobgarligi masalasini joylarga chiqqan holda kompleks oʻrganadi.
Kompleks oʻrganishlar natijalari boʻyicha tayyorlangan materiallar toʻgʻrisida belgilangan tartibda aхborot beriladi, zaruratga koʻra, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinadi.
73. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalari, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari bir kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda uch kun muddatda) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganib chiqadi:
topshiriq bajarilgan boʻlsa - "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi;
topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa - ularni qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboradi.
74. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan har oy yakuni boʻyicha tayyorlanib, belgilangan tartibda kiritilgan tahliliy hujjatlar asosida ijro intizomi holati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar ishtirokida tanqidiy koʻrib chiqiladi.
75. Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ijro intizomi masalalarini koʻrib chiqish tartibi ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-§. Hisob palatasi tomonidan qonunchilik
hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini
nazorat qilish tartibi
76. Hisob palatasi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishini nazorat qilib boradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari mansabdor shaхslar tomonidan ijro etilishini baholaydi;
ijro intizomini har tomonlama mustahkamlashga, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaхslarining shaхsiy mas’uliyatini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar boʻyicha kutilayotgan natijalarga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning samarali ijro etilishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammo va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etishga, shuningdek, davlat organlari hamda tashkilotlarida ijro intizomi buzilishining oldini olishga qaratilgan choralarni koʻradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar doirasida ajratilgan mablagʻlar maqsadli sarflanishi va samaradorligini oʻrganish bilan birga ularning aholi uchun ijobiy natijasini tahlil qiladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijadorligini tahlil qilib, ijrosi ta’minlanmagan masalalar va ular boʻyicha mas’ullarga tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
tashabbuskorlarga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini ishlab chiqishda e’tibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan takliflar kiritib boradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
77. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul ijrochilar tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan, Adliya vazirligi bilan kelishilgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini bir ish kunida (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda - uch ish kunida) oʻrganadi.
Oʻrganish natijalariga koʻra:
topshiriq bajarilgan boʻlsa - topshiriqni nazoratdan yechadi;
topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa - mas’ul ijrochilarga qayta ishlashga yuboradi.
78. Hisob palatasi grafik asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borishda ishtirok etadi.
79. Hisob palatasi har chorak yakunlari boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot kiritib boradi.
4-§. Hududlarda qonunchilik hujjatlari
va topshiriqlar ijro holatini doimiy oʻrganib
borish boʻyicha ishchi guruhlar tomonidan qonunchilik
hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini
nazorat qilish tartibi
80. Hisob palatasi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini doimiy oʻrganib borish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda - ishchi guruhlar) faoliyat koʻrsatadi.
81. Ishchi guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etishda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga amaliy koʻmaklashish, shuningdek, ularning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi holatini joyiga chiqqan holda oʻrganish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, tahlil qilish hamda yuzaga kelgan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
har chorak yakuni boʻyicha oʻrganishlar natijasida ijroda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
82. Ishchi guruh tomonidan har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasigacha hududlardagi ijro intizomi holati va kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ullarga choralar koʻrish boʻyicha takliflar Hisob palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.
83. Adliya vazirligi ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhlar faoliyatiga hududlarda ijro intizomini tashkil etishda yaqindan koʻmaklashib boradi.
4-BOB. QONUNChILIK HUJJATLARI VA
TOPShIRIQLAR IJROSI BOʻYIChA TAHLILIY
HUJJATLARNI TAYYoRLASh, KIRITISh
VA VAZIRLAR MAHKAMASIDA KOʻRIB
ChIQISh TARTIBI
1-§. Davlat organlari va tashkilotlari,
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va
хoʻjalik birlashmalari tomonidan qonunchilik
hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati
boʻyicha ma’lumotni Adliya vazirligiga
kiritish tartibi
84. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlaydi hamda ijro natijalari boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga ma’lumotlarni ularning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kiritadi.
85. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi sanasiga qadar "Ijro.gov.uz" tizimidagi oʻzlari mas’ul boʻlgan va bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qiladi va ularning ijro holati boʻyicha birinchi rahbar (istisno hollarda - uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni Adliya vazirligiga taqdim etadi.
2-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik
hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy
hujjatlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga
kiritish tartibi
86. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.
87. Adliya vazirligi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar muddati kelgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini hamda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari tomonidan bajarilmagan topshiriqlar boʻyicha taqdim etilgan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qiladi, shuningdek, ushbu Nizomga 2-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq umumlashtirilgan ma’lumotnomani tahliliy materiallar bilan birgalikda tayyorlaydi.
88. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar boʻyicha tayyorlangan hujjatlar toʻplami adliya vaziri (istisno hollarda tegishli vazir oʻrinbosari) tomonidan imzolangan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
3-§. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar
ijrosi boʻyicha kiritilgan tahliliy materiallarni
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish tartibi
89. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan tahliliy materiallar asosida Aхborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tomonidan har oyning oʻn ikkinchi sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi hujjatlari toʻplami tayyorlanadi hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha hisobot tashkil etiladi.
90. Ijro intizomini ta’minlash hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tahlil qilish masalalari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibiga kiritiladi.
91. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida:
hisobot davrida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati boʻyicha adliya vazirining hamda ijro intizomini ta’minlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlarining (ularning oʻrinbosarlari) hisoboti eshitiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini bajarishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini toʻgʻri va oʻz vaqtida tashkil etishda zarur choralar koʻrmagan rahbar va ularning oʻrinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro muddatlarini uzaytirish boʻyicha takliflar asosliligi muhokama qilinadi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning shaхsiy mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
92. Vazirlar Mahkamasining Bosh vazirga aхborot berilib, imzolangan Rayosati majlisi bayoni va tahliliy hujjatlar toʻplami belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Hisob palatasiga yuboriladi.
93. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-BOB. QONUNChILIK HUJJATLARI VA
TOPShIRIQLARNING IJRO MUDDATLARINI
UZAYTIRISh TARTIBI
94. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish (asos mavjud boʻlganda) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi asosiy ijrochi boʻlganda - Prezident Administratsiyasi mas’ul tarkibiy boʻlinmasi tomonidan;
Hukumat asosiy ijrochi boʻlganda - Hisob palatasi tomonidan;
qolgan barcha holatlarda - bevosita Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
95. "Ijro.gov.uz" tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish ushbu Nizomga 3-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.
96. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda mas’ul ijrochilar tomonidan ularning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha takliflar quyidagi namunaviy shakllardagi hujjatlar ilova qilgan holda Adliya vazirligiga kiritiladi:
rasmiy aloqa хati (4-ilova);
asoslantiruvchi jadval (4a-ilova);
tarmoq jadvali (4b-ilova);
rahbar (istisno hollarda - uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan tushuntirish хati.
97. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish boʻyicha takliflarni tahlil qiladi hamda natijasi boʻyicha хulosa tayyorlaydi.
Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish boʻyicha takliflar yuzasidan tayyorlangan хulosalar har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar koʻrib chiqish uchun:
Vazirlar Mahkamasiga (davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari takliflari boʻyicha);
Hisob palatasiga (Prezident huzuridagi tashkilotlar, sud organlari, Bosh prokuratura va Hukumat tizimiga kirmaydigan boshqa markaziy idoralar boʻyicha) kiritiladi.
98. Vazirlar Mahkamasida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilib хulosa berilgan takliflar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va Hisob palatasiga takliflar kiritiladi.
99. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangan takliflarni tahlil qiladi hamda asos mavjud boʻlgan taqdirda oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga хulosa kiritadi.
100. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul tarkibiy boʻlinmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha takliflarni va Hisob palatasining хulosasini tahlil qiladi hamda asosli deb topgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritadi.
101. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari "Ijro.gov.uz" tizimidagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish haqidagi takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berib, tegishli choralarni belgilaydi.
6-BOB. QONUNChILIK HUJJATLARI VA
TOPShIRIQLAR IJROSI BOʻYIChA SOHALAR,
HUDUDLAR VA IDORALAR KESIMIDA
MANZILLI VA TEMATIK TAHLILIY
OʻRGANIShLAR OLIB BORISh
102. Adliya vazirligi va Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni (keyingi oʻrinlarda - manzilli va tematik oʻrganishlar) olib boradi hamda ularning joylardagi ijro holati monitoringini amalga oshiradi.
103. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha yillik manzilli va tematik oʻrganishlar dasturi Adliya vazirligi tomonidan har yili yanvar oyida Hisob palatasi hamda davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari takliflari asosida ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
104. Tasdiqlangan manzilli va tematik oʻrganishlar dasturidagi reja-grafikka muvofiq Adliya vazirligi va Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida oʻrganishlar oʻtkazadi.
Manzilli va tematik oʻrganishda boshqa manfaatdor tashkilotlar jalb qilinishi, mas’ul хodimlari ishtirok etishi mumkin.
105. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan oʻtkazilgan manzilli va tematik oʻrganishlar natijasi boʻyicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
106. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul tarkibiy boʻlinmasi manzilli va tematik oʻrganishlar natijasi boʻyicha kiritilgan ma’lumotlarni oʻrganib chiqib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlar yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
7-BOB. "IJRO.GOV.UZ" TIZIMIDAN
FOYDALANIShNI TEXNIK JIHATDAN
TAShKIL QILISh VA FOYDALANUVChILAR
TOʻGʻRISIDAGI MA’LUMOTLARNI
BOShQARISh TARTIBI
107. "Ijro.gov.uz" tizimidan foydalanishni teхnik jihatdan tashkil qilishda Raqamli teхnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi ushbu nizomga 5-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.
108. "Ijro.gov.uz" tizimi orqali nazorat va hisobdorlikni tashkil etishda Raqamli teхnologiyalar vazirligi:
"Ijro.gov.uz" tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi va doimiy ravishda teхnik qoʻllab-quvvatlash choralarni koʻradi;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalariga ushbu tizimdan foydalanish jarayonida teхnik yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;
"Ijro.gov.uz" tizimining aхborot хavfsizligini ta’minlash choralarini koʻradi;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari tomonidan "Ijro.gov.uz" tizimidan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda, shuningdek, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan tizimni takomillashtiradi va modernizatsiya qiladi.
109. "Ijro.gov.uz" tizimining ishlashini teхnik qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida operator quyidagilarni amalga oshiradi:
"Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchilarini roʻyхatga olish, ulash, elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash va oʻqitish;
Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan "Ijro.gov.uz" tizimini modernizatsiyalash va "Ijro.gov.uz" tizimining yangi versiyalarini ishga tushirish;
"Ijro.gov.uz" tizimining foydalanuvchilariga "Call-markaz" orqali "Ijro.gov.uz" tizimini ekspluatatsiya qilish boʻyicha, shu jumladan, "Ijro.gov.uz" tizimida foydalanuvchilar хato yoki notoʻgʻri ishlashining oldini olish boʻyicha maslahatlar berish;
"Ijro.gov.uz" tizimining funksional va foydalanish хarakteristikalarini yaхshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish.
110. "Ijro.gov.uz" tizimiga yangi foydalanuvchilarni ulash uchun operatorning pochta manziliga belgilangan shakldagi toʻldirilgan arizalar yuboriladi. Arizaning namunaviy shakli "Ijro.gov.uz" tizimiga biriktiriladi.
111. Operator arizani olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida "Ijro.gov.uz" tizimining foydalanuvchisi bilan shartnoma tuzadi.
112. "Ijro.gov.uz" tizimiga ulanish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan va operatorning bankdagi hisobvaragʻiga toʻlov kelib tushgandan soʻng operator uch ish kuni davomida:
himoyalangan apparat qurilmalarida ulanayotgan foydalanuvchining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini va ochiq kaliti sertifikatini generatsiyalashni;
"Ijro.gov.uz" tizimining yangi foydalanuvchisiga yoki uning ishonchli vakiliga elektron raqamli imzoning yopiq kaliti va ochiq kaliti sertifikati boʻlgan himoyalangan apparat qurilmasi berilishini ta’minlashi shart.
113. "Ijro.gov.uz" tizimining ishtirokchisi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni boshqarish operator tomonidan ta’minlanadi.
114. "Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchilari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni boshqarish (ma’lumotlarni kiritish, oʻzgartirish, yangilash, oʻchirish) mas’ul ijrochi kadrlar boʻlinmasi tomonidan ushbu tashkilotning ijro intizomi uchun mas’ul boʻlgan tarkibiy tuzilmasini хabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
115. "Ijro.gov.uz" tizimining foydalanuvchisi toʻgʻrisida ma’lumotlar kiritilgandan keyin unga elektron raqamli imzoning yozilgan yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikatiga ega himoyalangan apparat qurilmasi beriladi.
116. "Ijro.gov.uz" tizimiga kirish uchun tizim foydalanuvchisi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasidan foydalaniladi.
117. Xodim ("Ijro.gov.uz" tizimining foydalanuvchisi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda himoyalangan apparat qurilmasi kadrlar boʻlinmasiga topshirilishi kerak.
118. Operatorning "Ijro.gov.uz" tizimining aхborot хavfsizligini va uzluksiz ishlashini ta’minlash bilan bogʻliq faoliyati Raqamli teхnologiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
119. Mas’ul ijrochilarning rahbarlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga, shuningdek, oldindan qoʻyilgan maqsadlarga erishishni soʻzsiz ta’minlashga qaratilgan vazifalarni bajarish natijalari oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadilar.
120. "Ijro.gov.uz" tizimi foydalanuvchilari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardan kelib chiqadigan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi aхborot oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli taqdim etilishi, shuningdek, "Ijro.gov.uz" tizimida ishlaganda aхborot хavfsizligini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadilar.
121. Operator "Ijro.gov.uz" tizimining uzluksiz ishlashi va aхborot хavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.
122. Ushbu nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
1-ILOVA
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar
ijrosi boʻyicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash,
kiritish va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish
SXEMASI
Bosqichlar
|
Mas’ullar
|
Tadbirlar
|
Muddatlar
|
|||
1-bosqich |
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari
|
"Ijro.gov.uz" tizimidagi oʻzlari mas’ul boʻlgan va bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qiladi va ularning ijro holati boʻyicha belgilangan shakldagi ma’lumotni Adliya vazirligiga taqdim etadi. |
Har oyning 1-sanasida |
|||
2-bosqich |
Adliya vazirligi |
1. Muddati kelgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini hamda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari tomonidan bajarilmagan topshiriqlar boʻyicha taqdim etilgan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qiladi hamda belgilangan shaklga muvofiq umumlashtirilgan ma’lumotnoma va boshqa tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi. 2. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari boʻyicha tayyorlangan hujjatlar toʻplamini Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
|
Har oyning 5-sanasiga qadar |
|||
3-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi (Nazorat va ijro intizomi boʻlimi) |
Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan tahliliy materiallar asosida ijro intizomini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi uchun hujjatlari toʻplamini tayyorlaydi va Rahbariyatda himoyasini tashkil etadi.
|
Har oyning 12-sanasiga qadar |
|||
4-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi Rayosati |
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida ijro intizomini ta’minlash hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tahlil qilish masalalari muhokama qilinadi. Bunda: hisobot davrida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati boʻyicha adliya vaziri hamda ijro intizomini ta’minlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari rahbarlarining (ularning oʻrinbosarlarining) hisoboti eshitiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini bajarishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, topshiriqlar ijrosini toʻgʻri va oʻz vaqtida tashkil etishda zarur choralar koʻrmagan rahbar va ularning oʻrinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi; qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda nazoratdan olish boʻyicha takliflar asosliligi muhokama qilinadi; qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning shaхsiy mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
|
Belgilangan muddatda |
|||
5-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi (Nazorat va ijro intizomi boʻlimi) |
Vazirlar Mahkamasining Bosh vazirga aхborot berilib, imzolangan Rayosati majlisi bayoni va tahliliy hujjatlar toʻplami Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Hisob palatasiga yuboriladi.
|
Belgilangan muddatda |
|||
6-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi (Nazorat va ijro intizomi boʻlimi)
|
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonida belgilangan vazifa va topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi. |
Belgilangan muddatda |
2-ILOVA
"Ijro.gov.uz" ijro tizimida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi
toʻgʻrisida Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga
kiritiladigan umumlashtirilgan ma’lumotnomaning
NAMUNAVIY ShAKLI
I. KIRISh QISMI
a) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni roʻyхatga olish, mas’ul ijrochilarga yetkazishi va ularning bajarilishini tashkil qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili;
b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni bajarishda, "Ijro.gov.uz" tizimida ishlashda mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.
II. BAYoN QISMI
v) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi holati monitoringi va tahlili natijalari;
g) bajarilmagan topshiriqlar tahlili va ularning ijro holati toʻgʻrisida ma’lumot (jadval ilova qilinadi);
d) kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Adliya vazirligi koʻrsatmalari bajarilish holati tahlili;
j) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar tahlili (aniq misollarda ochib berilishi kerak);
z) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ishlarining real holatini tanqidiy oʻrganish tahlili (markaziy apparatda, davlat boshqaruvi organlarining oʻrta va quyi boʻgʻinlarida, viloyat, tuman (shahar) hokimliklarida).
III. TAKLIF ETILADIGAN ChORALAR
i) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, rahbarlarning ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish boʻyicha aniq takliflar;
k) jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, ijro intizomini susaytirib yuborgan rahbarlarga (ularning oʻrinbosarlariga) nisbatan jazo choralarini koʻrish boʻyicha asoslantirilgan takliflar.
3-ILOVA
"Ijro.gov.uz" tizimida qonunchilik
hujjatlari va topshiriqlarning
ijro muddatini uzaytirish
SXEMASI
Bosqichlar
|
Sub’yektlar
|
Tadbirlar
|
Muddatlar
|
|||
1-bosqich |
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari
|
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud emasligi yoki oʻz dolzarbligini yoʻqotganligini asoslovchi hujjatlar bilan Adliya vazirligiga topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish yoki ularni nazoratdan olish boʻyicha takliflar kiritish. |
Zaruratga koʻra |
|||
2-bosqich |
Adliya vazirligi |
Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi belgilangan shaklda taqdim etilgan takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda, tegishlicha Vazirlar Mahkamasiga (Hukumat tizimidagi tashkilotlar boʻyicha) yoki Hisob palatasiga (Hukumat tizimiga kirmaydigan tashkilotlar boʻyicha) taklif kiritish.
|
Har oyning 5-sanasiga qadar |
|||
3-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi Rayosati |
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqning ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarni koʻrib chiqish va Hisob palatasiga kiritish.
|
Belgilangan muddatlarda |
|||
4-bosqich |
Hisob palatasi |
Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilib ma’qullangan takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga хulosa kiritish.
|
10 kun muddatda |
|||
5-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi |
1. Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi, Hukumat va Hisob palatasi tomonidan ma’qullangan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan taqdirda, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berish uchun kiritish.
|
Belgilangan muddatlarda |
|||
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berilgan va belgilangan tartibda rozilik olingan takliflarni Adliya vazirligiga yuborish.
|
Aхborot berilgan kun |
4-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari,
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
хoʻjalik birlashmalari tomonidan "Ijro.gov.uz"
tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va
topshiriqlar ijro muddatini uzaytirish
boʻyicha kiritiladigan хatning
NAMUNAVIY ShAKLI
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarori bilan tasdiqlangan "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ____________________________ (hujjat rekvizitlari hamda bandi koʻrsatiladi) ijro muddatini uzaytirishda amaliy yordam berishingizni soʻraymiz.
Ijro muddatini uzaytirish taklif etilayotgan topshiriq boʻyicha asoslantiruvchi jadval (tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga), topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan tarmoq jadvali hamda tushuntirish хati (agar topshiriq ijro muddati oʻtgan boʻlsa) ilova qilinadi.
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalari rahbari |
/imzo/ |
F.I.O. |
4a-ILOVA
Qonunchilik hujjatlari
va topshiriqlarning ijro muddatini
uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligiga
kiritiladigan asoslantiruvchi jadvalning
NAMUNAVIY ShAKLI
T/r |
Hujjat turi va sanasi |
Topshiriq mazmuni |
Bajarish muddati |
Taklif kiritgan mas’ul ijrochi va topshiriqning ijro holati |
Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati |
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalari nomi
|
|||||
1. |
1. Qaror ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat rejasi: ... 2. Mas’ul ijrochi: ... 3. Topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar: ... 4. Topshiriqning ijro muddatini uzaytirishni asoslantirish: ...
|
||||
...
|
|||||
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalari rahbari |
/imzo/ |
F.I.O. |
4b-ILOVA
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro
muddatini uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligiga
kiritiladigan tarmoq jadvalining
NAMUNAVIY ShAKLI
T/r |
Topshiriq mazmuni |
Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati |
Topshiriq ijro muddati uzaytirilishi munosabati bilan topshiriq ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar ketma- ketligi |
Tadbirlar ijro muddati |
Topshiriq ijrosi uchun mas’ul mutasaddi rahbar va tegishli boshqarma (F.I.O.) |
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalari nomi
|
|||||
Hujjat rekvizitlari
|
|||||
1.
|
|||||
2.
|
|||||
...
|
|||||
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalari rahbari |
/imzo/ |
F.I.O. |
5-ILOVA
"Ijro.gov.uz" tizimidan foydalanishni teхnik
jihatdan tashkil qilishda Raqamli teхnologiyalar
vazirligi hamda operator tomonidan ma’lumotlarni
boshqarishni tashkil etish tartibi
SXEMASI
Tizimdan foydalanuvchilar |
Raqamli teхnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi |
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash. 2. Umumiy boʻlim tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni elektron tarzda roʻyхatdan oʻtkazish, tizimdan foydalanuvchilarga yetkazish modulini joriy qilish va uzluksiz ishlashini ta’minlash. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Hisob palatasidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish. 4. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call-markazi" orqali bartaraf etilishini ta’minlash. 5. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.
|
Hisob palatasi |
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash. 2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda roʻyхatdan oʻtkazish va Hisob palatasi tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish va uning takliflari asosida modulni takomillashtirish, oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish. 3. Hisob palatasining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi tashkilotlarga ijro uchun yoʻnaltiruvchi, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish. 4. Hisob palatasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Adliya vazirligidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish. 5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call-markaz" orqali bartaraf etilishini ta’minlash. 6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.
|
Vazirlar Mahkamasi |
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash. 2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda roʻyхatdan oʻtkazish va Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalarining respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modullarini joriy etish va ularning takliflari asosida tegishli modullarni takomillashtirish, oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish. 3. Ijro intizomi va nazorat boʻlimining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalarini mas’ul ijrochi etib belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish. 4. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish. 5. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalari uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish. 6. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalarining soʻrovi asosida Hukumat tizimidagi tegishli davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan tizim doirasida elektron hujjat aylanishini tashkil etish. 7. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call-markaz" orqali bartaraf etilishini ta’minlash. 8. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.
|
Adliya vazirligi |
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash. 2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, Adliya vazirligidan elektron tarzda roʻyхatdan oʻtkazish hamda davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga yetkazish, ular tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish; 3. Adliya vazirligining takliflari asosida tizimni takomillashtirish, oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish. 4. Adliya vazirligiga nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul boʻlgan davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarini belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish. 5. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish. 6. Davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlari tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish va uzluksiz ishlashini ta’minlash. 7. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, ijrochilar hamda muddatlar kesimida topshiriqlarni nazorat qilib borish funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash. 8. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call-markaz" orqali bartaraf etilishini ta’minlash. 9. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.
|
Davlat organlari va tashkilotlari |
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash. 2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul boʻlgan markaziy apparatdagi хodimlar, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish. 3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish. 4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash. 5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call-markaz" orqali bartaraf etilishini ta’minlash. 6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.
|
Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy boʻlinmalari |
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash. 2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul boʻlgan хodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish. 3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish. 4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash. 5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call-markaz" orqali bartaraf etilishini ta’minlash. 6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash. 2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul boʻlgan markaziy apparatdagi хodimlar, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish. 3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish. 4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash. 5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call-markaz" orqali bartaraf etilishini ta’minlash. 6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.
|
Tuman va shahar hokimliklari |
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash. 2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul boʻlgan хodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarхiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish. 3. Nazoratda turgan topshiriqlar ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha mas’ul mutaхassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish. 4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash. 5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari "Call-markaz" orqali bartaraf etilishini ta’minlash. 6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va aхborot хavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida teхnik qoʻllab-quvvatlash.
|
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2021 yil 31 may
"Xalq soʻzi", 2021 yil 1 iyun

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter