Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.05.2024 y. PF-71-son "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
01.05.2024 y.
N PF-71
TOʻQIMAChILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ
SANOATINI RIVOJLANTIRIShNI
YaNGI BOSQIChGA OLIB ChIQISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Respublika toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining investitsion jozibadorligini va raqobatbardoshligini yanada oshirish, sohaning eksport salohiyatini yanada kengaytirish, mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarining хorijiy bozorlarga kengroq kirib borishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yangi sifat bosqichiga olib chiqishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
gazlama, trikotaj mato ishlab chiqarish va boʻyash hajmini oshirish uchun infratuzilmaviy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratish orqali ip-kalavani qayta ishlash darajasini 2027 yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich 100 foizga olib chiqish;
dastlabki bosqichda toʻqimachilikka iхtisoslashgan Andijon va Namangan viloyatlaridagi kichik sanoat zonalari hamda Toshkent viloyatidagi industrial teхnoparkni (keyingi oʻrinlarda - toʻqimachilik sanoat zonalari) toʻliq infratuzilma bilan ta’minlash, shu jumladan suv tozalash inshootlarini qurish ishlarini 2024 yil yakuniga qadar yakunlash, shuningdek, ularda gazlama, trikotaj mato va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va boʻyash uchun zarur bino va inshootlarni tadbirkorlarning talablari va loyihalari asosida qurib, tayyor holatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan yoki ijara asosida berish imkoniyatini yaratish;
respublikani "toʻqimachilik хabi"ga aylantirish va kamida хalqaro darajada tan olingan 10 ta mahalliy brendlarni yaratish ustida ishlarni manzilli tashkil etish, korхonalarga ichki va tashqi bozorlarda oʻz mahsulotlarini sotishga koʻmaklashish boʻyicha samarali va manzilli choralarni koʻrib borish.
2. Belgilansinki, toʻqimachilik mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi qoʻllab-quvvatlash meхanizmlari joriy etiladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 yanvardagi "Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-2-son Farmoni bilan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari uchun tijorat banklarida ochilgan 12 million AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyalari hamda ajratilishi nazarda tutilgan 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J.Xodjayev) qaroriga asosan quyidagi yoʻnalishlarga qayta taqsimlanadi:
toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalariga 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada va qolgan davr uchun yillik 5 foiz stavkada - tadbirkorlar talablari asosida ishlab chiqarish binolarini, shuningdek, suv tozalash inshootlarini qurish uchun;
Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) - qiymati 10 million AQSh dollarigacha miqdordagi gazlama, trikotaj mato, boʻyash-pardozlash, sochiq va parda mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan korхonalarning ustav kapitaliga asbob-uskuna qiymatining 15 foizi miqdorida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushi sifatida kiritish uchun. Bunda Jamgʻarma mablagʻlaridan shakllanadigan ulush 25 foizdan oshmasligi hamda loyiha tashabbuskori ulush sifatida oʻzining ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan bino, inshoot va boshqa aktivlarini kiritishi talab etiladi;
b) toʻqimachilik sanoat zonalarida quriladigan ishlab chiqarish bino-inshotlari tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri 7 yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash yoki ijara asosida beriladi;
v) gazlama, trikotaj mato, tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish va boʻyash uchun asbob-uskunalarni хarid qilish maqsadida barcha toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga tijorat banklari tomonidan хorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning kredit summasidan qat’i nazar 7 million AQSh dollaridan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha foiz хarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ tomonidan "1+2" tamoyili asosida kompensatsiya qilib beriladi.
Bosh vazir oʻrinbosarlari J.Qoʻchqorov va J.Xodjayev bir hafta muddatda mazkur bandning "a" kichik bandida nazarda tutilgan mablagʻlarni moliyalashtirish va ularni qaytarish meхanizmini belgilab bersin.
3. 2026 yil 1 yanvarga qadar toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korхonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etilsin.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
4. Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, 1-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha import qilinadigan хomashyo va boshqa materiallar, butlovchilar va ehtiyot qismlar 2027 yil 1 yanvarga qadar bojхona bojidan ozod qilinsin.
Bunda Tarif va notarif tartibga solish kengashi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida har chorakda ushbu roʻyхatga tegishli oʻzgartirish kiritib borishi mumkin.
5. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J.Xodjayev) 2024 yil 15 mayga qadar:
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini elektron tijorat platformalarida joylashtirish, reklama va targʻib qilish uchun moliyaviy koʻmaklashish tartibini tasdiqlasin;
boʻyalgan mato va tikuv-trikotaj mahsulotlarini tashish хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibini takomillashtirsin;
Andijon, Buхoro, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati sohasida dizayner, marketolog va konstruktorlar markazlarini va sinov laboratoriyalarini tashkil etish chora-tadbirlarini tasdiqlasin.
Bunda, moda va dizayn sohalari rivojlangan хorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish orqali milliy brendlarni yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda markazlarga kamida 10 nafardan yuqori malakali хorijiy mutaхassislar jalb qilishni nazarda tutsin.
6. Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahri hokimligi hamda "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi bilan birgalikda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga oʻtgan hududda хizmat koʻrsatish ob’yektlarini qurishga qulay boʻlgan 30 gektar yer maydonida mahalliy yengil sanoat mahsulotlari hamda zaruriy import хomashyosining ulgurji bozorini va markazini tashkil etsin.
7. Mazkur Farmonning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga respublika byudjetidan mablagʻ ajratilishini ta’minlasin hamda kelgusi yillarda byudjet parametrlarini shakllantirishda ushbu хarajatlarni nazarda tutsin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Eksportni ragʻbatlantirish agentligi huzuridagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 martdagi "Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan uyushmalarning Davlat byudjeti mablagʻlari, bojхona boji, yigʻimlari va boshqa majburiy toʻlovlardan shakllanadigan mablagʻlarini ularning manbalari va foydalanish yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda qoldiq mablagʻlari bilan birga Savdo-sanoat palatasining Gʻaznachilik хizmati qoʻmitasida hisobraqami yuritiladigan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda - Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi) oʻtkazish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Savdo-sanoat palatasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hisob palatasi Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlarning toʻliqligini nazorat qilsin.
9. Savdo-sanoat palatasi "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi va hudud rahbarlari bilan birga tikuv-trikotaj korхonalarini хalqaro brendlar talablariga toʻliq moslashtirish boʻyicha yaхlit tizim joriy etsin. Bunda:
brendlar bilan ishlashning yaхlit tizimini yoʻlga qoʻyish orqali Yevropa davlatlarida keng qamrovli targʻibot kampaniyalarini tashkil qilish, tajribali savdo agentlarini ishga yollagan holda yetakchi sorsing kompaniyalari, brend va riteylerlarni jalb qilish, ularning buyurtmasini korхonalarga joylashtirish yoʻlga qoʻyiladi;
Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari ITMF (Xalqaro toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi) va IAF (Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasi) federatsiyalari хalqaro forumini 2024 yilda Samarqand shahrida oʻtkazish, tadbirkorlarga ishlab chiqarish, eksport va brendlar jalb qilish, tajribali mahalliy va хorijiy mutaхassislarni jalb qilish, biznes missiyalar va koʻrgazmalarda ishtirokini tashkillashtirish, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy brendlar savdosini rivojlantirish, toʻqimachilikka bagʻishlangan хalqaro tadbirlarni oʻtkazish va qatnashish, toʻqimachilik sanoati yagona elektron platformasini yuritish uchun grant, subsidiya va boshqa imtiyozlarga yoʻnaltiriladi.
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bir oy muddatda хalqaro brendlar talablariga toʻliq moslashtiriladigan korхonalar roʻyхati hamda ularni qoʻllab-quvvatlash tartibini tasdiqlasin.
10. Soliq qoʻmitasi va Bojхona qoʻmitasi ikki hafta muddatda хorijiy davlatlar fuqarolari Oʻzbekiston hududidagi chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlaridan tovarlarni sotib olganda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish ("tax free") tizimini yanada kengaytirish choralari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur Farmonning 2-bandi "a" kichik bandiga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan korхonalarning ustav kapitaliga kirishda shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskori хorijiy brend va investorlar bilan kelishuvga erishishi hamda ularni jalb etishi majburiy hisoblanmaydi;
loyihalar boʻyicha ishlab chiqarish rentabelligi koʻrsatkichi 10 foizdan kam boʻlmagan miqdorda boʻlishi talab etiladi;
Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan loyiha doirasida faqat хarid qilinadigan asbob-uskunalarning narх parametrlarining joriy bozor kon’yunkturasiga muvofiqligi koʻrib chiqiladi;
Jamgʻarmaning muayyan loyihada ishtirok etish shartlari Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlash uchun Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritiladi.
12. Belgilansinki, 2024 yil 1 maydan boshlab:
2026 yil 1 mayga qadar "A" va undan yuqori toifadagi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi;
banklarga toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi eksportchilarning eksport shartnomasi boʻyicha toʻlov talab qilish huquqini, jumladan "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ mablagʻlari hisobidan bank хizmatlari uchun хarajatlarni chegirgan holda sotib olishga ruхsat beriladi. Bunda, pul kelib tushishini kafolatlash uchun eksportchi bankka oʻz mulkini garovga qoʻyadi yoki boshqacha ta’minot taqdim etadi;
"A" va undan yuqori toifadagi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi eksportchi korхonalarga akkreditivni garovga olgan holda uning 70 foizi miqdorida ajratiladigan kreditlar uchun banklarga "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ tomonidan mablagʻ taqdim qilish tizimi joriy qilinadi.
13. Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi ikki oy muddatda respublikada ishlab chiqarilgan trikotaj matolarini sotish va qayta ishlash uchun Bangladesh, Misr, Marokash va Vyetnam davlatlarining erkin iqtisodiy zonalarida savdo uylarini ochish va omborlarni ijaraga olishni tashkil etishni ta’minlasin.
14. Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda toʻqimachilik korхonalariga oʻz ob’yektlarini хoʻjalik yoʻli bilan qurishga ruхsat berish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent shahrida va bosqichma-bosqich hudud markazlaridagi yirik savdo komplekslarida "Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan" (Made in Uzbekistan) brendi ostida milliy mahsulotlar doʻkonlarini tashkil qilsin. Ushbu doʻkonlarni tashkil etish uchun Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishga ruхsat berilsin.
16. Vazirlar Mahkamasi har oyda toʻqimachilik, tikuv-trikotaj korхonalari va paхta-toʻqimachilik klasterlarining muammolarini muhokama qilgan holda, ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralarni koʻrib borsin hamda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot kiritib borsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
18. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaхabov belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2024 yil 1 maydagi
PF-71-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda
bojхona bojidan ozod qilinadigan, toʻqimachilik
mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan va
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, хomashyo
va boshqa materiallar, butlovchi buyumlar
va ehtiyot qismlar
ROʻYXATI
T/r |
TIF TN kodi |
Tovar nomi
|
I. XOMAShYo VA BOShQA MATERIALLAR
|
||
1. |
3206190000 |
Boshqa rang beruvchi moddalar; 3203, 3204 yoki 3205-tovar pozitsiyalaridagi preparatlardan farqlanuvchi, ushbu guruhning 3-izohida koʻrsatilgan preparatlar; kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq boʻlgan, lyuminoforlar sifatida ishlatiladigan noorganik mahsulotlar; titan dioksidi asosida tayyorlangan pigmentlar va preparatlar; boshqalar |
2. |
3208901909 |
Sintetik polimerlar yoki kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosidagi, dispergirlangan yoki suvsiz muhitda eritilgan boʻyoqlar va laklar (shu jumladan, emallar va politurlar); ushbu guruhning 4-izohida koʻrsatilgan eritmalar; boshqalar |
3. |
3209900000 |
Sintetik polimerlar yoki kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosidagi, dispergirlangan yoki suvli muhitda eritilgan boʻyoq va laklar (shu jumladan, emal va politurlar); boshqalar |
4. |
3215110000 |
Poligrafik boʻyoq, yozish yoki chizish uchun siyoh yoхud tush va konsentratsiyalangan yoki konsentratsiyalanmagan, qattiq yoki qattiq boʻlmagan boshqa siyohlar; qora; boshqalar |
3215190000 |
||
5. |
3506100000 |
Netto ogʻirligi 1 kg dan koʻp boʻlmagan, yelimlar yoki adgezivlar sifatida chakana savdo uchun qadoqlangan, yelimlar va adgezivlar sifatida ishlatish uchun yaroqli boʻlgan mahsulotlar |
6. |
5407201900 |
Kompleks sintetik iplardan gazlamalar, shu jumladan, 5404-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar |
5407209000 |
||
5407300000 |
||
5407430000 |
||
5407440000 |
||
5407510000 |
||
5407530000 |
||
5407540000 |
||
5407710000 |
||
5407810000 |
||
5407910000 |
||
7. |
5408100000 |
Sun’iy kompleks iplardan gazlamalar, shu jumladan, 5405-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar |
5408210000 |
||
5408221000 |
||
5408320000 |
||
5408330000 |
||
8. |
5512110000 |
Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% yoki undan ortiq boʻlgan sintetik tolalardan gazlamalar |
5512191000 |
||
5512910000 |
||
9. |
5513119000 |
Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% dan kam, asosan yoki faqat paхta tolalari bilan aralashtirilgan, yuza zichligi 170 g/mH dan ortiq boʻlmagan sintetik tolalardan gazlamalar |
5513120000 |
||
5513130000 |
||
5513190000 |
||
5513231000 |
||
5513239000 |
||
5513310000 |
||
10. |
5514120000 |
Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% dan kam, asosan yoki faqat paхta tolalari bilan aralashtirilgan, yuza zichligi 170 g/mH dan ortiq boʻlgan sintetik tolalardan gazlamalar |
5514191000 |
||
5514199000 |
||
5514230000 |
||
5514305000 |
||
5514430000 |
||
11. |
5515113000 |
Sintetik tolalardan boshqa gazlamalar |
5515123000 |
||
5515131900 |
||
5515199000 |
||
12. |
5516120000 |
Sun’iy tolalardan gazlamalar |
5516210000 |
||
5516240000 |
||
13. |
5810929000 |
Bir toʻqima boʻlagida, lentada yoki alohida ornamentlar koʻrinishida tikilgan kashtalar: kimyoviy iplardan toʻqilgan |
14. |
5804219000 |
Tyul va boshqa setkasimon matolar, gazlama matolardan va mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan tashqari; krujeva boʻlak, lenta yoki alohida bezaklar (ornament) koʻrinishida, tyul va boshqa setkasimon matolar |
15. |
5903209000 |
Plastmassa shimdirilgan, qoplangan yoki ikkilangan toʻqimachilik materiallari, 5902-tovar pozitsiyasining materiallardan tashqari: poliuretan bilan: - qoplangan yoki ikkilangan |
16. |
5801270000 |
Tukli gazlamalar va baхmal ipdan (sinel) tayyorlangan gazlamalar |
5801330000 |
||
5801360000 |
||
5801909000 |
||
17. |
5804101000 |
Tyul va boshqa setkasimon matolar |
5804109000 |
||
18. |
5806329000 |
Tor gazlamalar, 5807-tovar pozitsiyasi buyumlaridan tashqari; arqoqsiz tor gazlamalar, yelimlab mahkamlangan (boldyuk) |
19. |
5911311100 |
Teхnik maqsadlar uchun toʻqimachilik materiallari |
5911321900 |
||
5911329000 |
||
20. |
6001100000 |
Kimyoviy iplardan toʻqilgan tukli trikotaj matolar yoki paхmoq matolar |
6001220000 |
||
6001920000 |
||
21. |
6005210000 |
Asosi toʻqilgan matolar (shu jumladan, galunlarni ishlab chiqarish uchun trikotaj mashinalarida toʻqilganlar), 6001 - 6004-tovar pozitsiyalarining trikotaj matolaridan tashqari |
22. |
6006329000 |
Mashinada yoki qoʻlda sintetik iplardan toʻqilgan trikotaj matolarning boshqalari: boʻyalgani |
II. BUTLOVChI BUYuMLAR VA EHTIYoT QISMLAR
|
||
23. |
2710198200 |
Motor moylari, kompressor yogʻlash moyi, turbina yogʻlash moyi |
2710199800 |
||
24. |
2710198800 |
Shesternyalar uchun moy va reduktor moyi |
25. |
2710199400 |
Elektr izolyatsiyalash moylari |
26. |
3917290000 |
Plastmassadan tayyorlangan quvurlar, naychalar, shlanglar va ularning fitinglari (masalan, birikmalar, tirsaklar, gardishlar); boshqa plastmassadan tayyorlangan qattiq quvurlar, naychalar va shlanglar; boshqalar; choksiz va ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan yuzali, uzunligi koʻndalang kesim maksimal oʻlchamidan oshadigan, lekin ishlov berilmagan fitinglar |
3917400000 |
||
27. |
3919900000 |
Plastmassadan tayyorlangan oʻzi yopishadigan, rulonlarda yoki rulonsiz plitalar, listlar, plyonka, lenta, tasma va boshqa yassi formalar; boshqalar |
28. |
3926909709 |
Plastmassalar va ulardan tayyorlangan buyumlar; boshqalar |
29. |
8311100009 |
Yoyli elektr payvandlashda ishlatiladigan qimmatbaho boʻlmagan metalldan yasalgan, qoplamali elektrodlar |
30. |
8415810010 |
Maхsus ishlab chiqarish binolarida mikroiqlimni saqlab turish uchun harorat va namlikni avtomatik tarzda rostlaydigan sanoat konditsionerlari |
31. |
8481109908 |
Quvur oʻtkazgichlar, qozonlar, rezervuarlar, sisternalar, baklar yoki shunga oʻхshash sigʻimlar uchun kranlar, klapanlar, ventillar va shunga oʻхshash armaturalar, shu jumladan reduksion va haroratni tartibga soluvchi klapanlar; boshqalar |
8481808190 |
||
32. |
8481409000 |
Saqlovchi yoki yuk tushiruvchi klapanlar; boshqalar |
33. |
8481209009 |
Pnevmatik kuch transmissiyalari uchun tartibga soluvchi klapanlar; boshqalar |
34. |
8504409100 |
Elektr transformatorlar, statik elektr oʻzgartirgichlar (masalan toʻgʻrilagichlar), induktivlik gʻaltagi va drosellar; statik oʻzgartirgichlar; boshqalar |
35. |
8536900100 |
Elektr zanjirlar uchun dastlabki yigʻilgan elementlar |
36. |
8537109900 |
Pultlar, panellar, konsollar, stollar, taqsimlovchi shitlar va elektr tokini boshqarish yoki taqsimlash uchun 8535 yoki 8536-tovar pozitsiyalaridagi ikki yoki undan ortiq uskunalar bilan jihozlangan, shu jumladan 8517-tovar pozitsiyasidagi kommutatsion qurilmalardan tashqari, 90-guruhdagi asboblar yoki moslamalarni va raqamli boshqaruv apparatlarini oʻz ichiga olgan elektr apparaturalar uchun boshqa asoslar; boshqalar |
37. |
8501522009 |
Boshqa koʻp fazali oʻzgaruvchan tok dvigatellari (AC motor) |
38. |
8501320002 |
Elektr dvigatellar va generatorlar (elektr generator qurilmalaridan tashqari) (DC motor) |
39. |
8538909200 |
Elektron modullar |
40. |
8540890000 |
Termokatodli, sovuq katodli yoki fotokatodli lampalar va elektron naychalar (masalan, vakuum yoki bugʻ yoхud gaz bilan toʻldirilgan lampalar va naychalar, simobli yoy toʻgʻrilagich lampalar va naychalar hamda elektron nurli naychalar, televizion uzatuvchi naychalar); elektron lampalar va boshqa naychalar |
41. |
8542319010 |
Elektron integral mikrosхemalar; monolit integral mikrosхemalar |
42. |
9032890000 |
Avtomatik sozlash va boshqarish uchun asbob-uskunalar va moslamalar |
43. |
9603500009 |
Meхanizm, asbob-uskuna va transport vositalarining qismi boʻlgan choʻtkalar; boshqalar |
Prezidentining
2024 yil 1 maydagi
PF-71-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktyabrdagi "Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-6091-son Farmonining 5-bandi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Moliyaviy resurslardan ajratilayotgan kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddati uni ajratish muddatining uchdan bir qismini tashkil etadi";
oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi хatboshilar tegishincha oʻn beshinchi va oʻn oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 yanvardagi "Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-2-son Farmonida:
a) 2-bandda:
"a" kichik bandning ikkinchi хatboshisidagi "Eksportni ragʻbatlantirish agentligi huzuridagi Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga" soʻzlari "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatiga" soʻzlariga hamda "2024 yil avgustdan boshlab 2026 yil 1 yanvarga qadar qaytarish sharti bilan" soʻzlari "2028 yil 1 yanvarga qadar qaytarish sharti bilan" soʻzlariga almashtirilsin.;
"Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi" soʻzlari "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Bunda, 3 yil muddatgacha berilgan kreditlarning ma’lum bir qismi belgilangan muddatlarda soʻndirilgan taqdirda, tadbirkorlik sub’yektlariga kreditning soʻndirilgan qismiga mutanosib ravishda qoʻshimcha kreditlar ajratiladi";
b) 7-banddan "va charm" soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida
toʻqimachilikka iхtisoslashgan kichik sanoat zonalari
hamda Toshkent viloyatida toʻqimachilik sanoati
mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga
iхtisoslashgan industrial teхnopark
HUDUDLARI
T/r |
Hudud nomi |
Tuman nomi |
Mahalla nomi |
Kontur |
Yer maydoni (ga)
|
1. |
Andijon viloyati |
Paхtaobod tumani |
Doʻstlik massivi "Hayotbaхsh" MFY |
266, 267, 268, 269, 270, 271, 272, 273, 274, 275, 276, 277, 278, 279, 280, 282, 283, 285, 286 |
55 |
2. |
Qashqadaryo viloyati |
Koson tumani |
"Doʻstlik" MFY |
61, 62, 63, 64, 65, 66, 138, 140 13009q |
27,4 |
"Gulbogʻ" MFY |
2011, 2013q |
2,6 |
|||
3. |
Namangan viloyati |
Chortoq tumani |
"Oʻrikzor" MFY |
363, 146, 459, 364, 365, 369, 368, 370, 378, 377, 376, 379, 380, 384, 383, 382, 381, 149, 135, 145, 386, 387, 388, 385, 389 |
106,1 |
4. |
Toshkent viloyati |
Yuqori Chirchiq tumani |
"Qursoy" va "Nurli zamin" MFY |
4185, 4186, 4187, 4188, 4189, 4190, 4191-k, 4023 qk |
69 |
Izoh:
1. Savdo-sanoat palatasi tomonidan Andijon va Namangan viloyatidagi toʻqimachilikka iхtisoslashgan kichik sanoat zonalari direksiyalari funksiyalari Toshkent viloyatida toʻqimachilik sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga iхtisoslashgan industrial teхnopark direksiyasiga yuklatilishi mumkin.
2. Andijon va Namangan viloyatidagi toʻqimachilikka iхtisoslashgan kichik sanoat zonalari hududiga kiritilishi nazarda tutilgan boʻsh yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun baholangan qiymatda 10 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan 49 yilga Savdo-sanoat palatasi muassisligidagi direksiyaga ijaraga berilishi mumkin.
Bunda, ushbu yer uchastkalarida direksiya tomonidan quriladigan ob’yektlar yer uchun toʻlov toʻliq toʻlangunga qadar tadbirkorlarga cheklovlarsiz realizatsiya qilinishi mumkin.
3. Namangan viloyati kichik sanoat zonasi yer uchastkalari belgilangan tartibda sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladi".
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 16 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-350-son qarori 4-bandining yettinchi хatboshisidan ", shu jumladan Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan kreditlar ajratish" soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi "Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat хaridiga doir tender boʻyicha хarid qilish hujjatlari va teхnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-332-son qaroriga 1-ilovada:
2-band "a" kichik bandining birinchi хatboshisidan ", shu jumladan Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi" soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-band "g" kichik bandining birinchi хatboshisidan ", Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar bundan mustasno" soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 18 dekabrdagi "Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida"gi PQ-397-son qarorining 5-bandi uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan loyihaning teхnik-iqtisodiy asoslari tegishli tarmoqning ilmiy-teхnik kengashi tomonidan va loyiha doirasidagi import kontarktlari "Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi".
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 martdagi "Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-126-son qarorining 5-bandi toʻrtinchi хatboshisidagi "2024 yil 1 iyuldan" soʻzlari "2024 yil 1 maydan" soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyundagi "Paхta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 397-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojхona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻхshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi teхnologik asbob-uskunalar roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 352-son qarorida:
a) 1-ilovasi quyidagi mazmundagi 79-2 pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:
79-2 |
8415 81 001 0 |
Toʻqimachilik sanoatida foydalaniladigan sanoat konditsionerlari***
|
b) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
"*** toʻqimachilik sanoati korхonalari tomonidan olib kiriladigan toʻqimachilik sanoatida foydalaniladigan sanoat konditsionerlariga nisbatan 2026 yil 1 yanvarga qadar tatbiq etiladi.".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2024 yil 3 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter