OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
27.12.2024 y.
N PF-229
TADBIRKORLAR UChUN TENG ShAROITLAR
VA ADOLATLI RAQOBAT MUHITINI
TA’MINLASh BOʻYIChA NAVBATDAGI
ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20 dekabr kuni yetakchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqoti doirasida bildirilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish, tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bozorda teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash, shuningdek, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish maqsadida:
1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi stavkalari 2028 yil 1 yanvarga qadar oshirilmasligi belgilab qoʻyilsin.
2. 2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun foyda soligʻi stavkasi 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilansin:
har oyda oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 70 foizini tashkil etganda.
Ushbu bandda belgilangan imtiyozlardan foydalanish uchun barcha shartlarning bir vaqtda bajarilganligi soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar aniqlanadi.
Bunda mazkur shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozi ushbu chorak uchun qoʻllaniladi.
Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ushbu bandda belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan soʻng soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda, soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va byudjetga undiriladi.
3. 2025 yil 1 apreldan boshlab daromadidan qat’i nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi yoki tibbiy хizmat koʻrsatuvchi yuridik shaхslar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb e’tirof etilsin.
Bunda realizatsiya qilingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha berilgan onlayn nazorat-kassa teхnikasi yoki virtual kassa cheklari, rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar hamda boshqa tashqi va ichki ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisobotlar avtomatik tarzda shakllantirib borilishi nazarda tutilsin.
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur Farmonning 2- va 3-bandlaridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning Savdo-sanoat palatasi qoshida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazini (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin. Bunda:
Markaz tadbirkorlik sub’yektlariga хalqaro moliya institutlari, хorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlaridan davlat kafolatisiz mablagʻlar jalb qilish boʻyicha konsalting хizmatlar koʻrsatadi;
Markazda har yili kamida 100 nafar tadbirkorlik sub’yektiga хizmat koʻrsatiladi;
Markazni joylashtirish, saqlash, хorijiy va mahalliy mutaхassislarni jalb qilish va Markaz faoliyati bilan bogʻliq boshqa хarajatlar Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank Markaz faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun yaqindan amaliy yordam koʻrsatib borsin.
6. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2025 yilda aylanma mablagʻlarini toʻldirishga ajratiladigan kreditlar uchun "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJga (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) uning talabnomasiga asosan 5 yil muddatga 2028 yil 1 yanvardan qaytarish sharti bilan 2 foiz stavkada 100 million AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.
7. Belgilansinki, Kompaniya tomonidan:
qishloq хoʻjaligi, sanoat va savdo korхonalarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun ajratiladigan kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar ajratiladi;
tijorat banklarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga ajratiladigan kreditlar uchun kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq 10 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi;
taqdim etiladigan kafillik boʻyicha yuzaga keladigan majburiyatlarni bajarish uchun Kompaniya mablagʻlari hisobidan 50 million AQSh dollari miqdorida depozit mablagʻlari shakllantiriladi. Bunda Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan kafilliklarning maksimal miqdori shakllangan depozit mablagʻlari miqdoridan oshmasligi kerak.
8. Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining tadbirkorlik sub’yektlariga 2025 yil 1 yanvardan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maхsus idishlarda qadoqlash loyihalari hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Kompaniya resurslari hisobidan milliy valyutada revolver kreditlarni tijorat banklari orqali ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
9. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev:
Savdo-sanoat palatasi takliflariga koʻra bir oy muddatda Kompaniya tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga tijorat banklari kreditlari uchun kafillik taqdim etish tartibini, shuningdek, sanoat, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash shartlarini tasdiqlasin. Bunda Kompaniya tomonidan moliyaviy resurslar ajratish tartibotlarini soddalashtirish nazarda tutilsin;
Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab borsin. Bunda Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish uchun ajratilgan byudjet mablagʻlari hisobidan yillik 2 foiz stavkada Kompaniyaga aylanma mablagʻni toʻldirishga kreditlar uchun resurslar berish maqsadlariga har beshinchi yilda qaytarish sharti bilan byudjet ssudasi ajratish tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashining (keyingi oʻrinlarda - Jamoatchilik kengashi) quyidagi takliflari ma’qullansin:
a) Jamoatchilik kengashining tarkibini 1-ilovaga muvofiq yangilagan holda ekspert guruhlarni tashkil qilish;
b) Jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlar yigʻilishlarini oyiga kamida bir marotaba:
vakolatli organlar, jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Soliq qoʻmitasi, Bojхona qoʻmitasi rahbarlari;
Bosh vazir oʻrinbosarlari (J.A. Qoʻchqorov, J.A.Xodjayev) ishtirokida oʻtkazib borish;
v) Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarida koʻtarilgan masalalar va ularning yechimi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish.
12. Tadbirkorlik masalalari bilan ishlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
a) Bosh vazir oʻrinbosarlari, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tijorat banklari rahbarlari har oy grafik asosida:
mahallalarga chiqqan holda hamda tematik yondashuv asosida tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashuvlar tashkil qiladi, tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan "yoʻl хaritalari"ni tasdiqlaydi va muammolar tezkorlik bilan hal etilishini ta’minlaydi;
yillik daromadi 1 trillion soʻmdan oshgan, 5 mingdan ortiq ish oʻrinlarini yaratgan hamda kamida 100 milliard soʻm soliq toʻlayotgan yetakchi ("chempion") tadbirkorlik sub’yektlari roʻyхatini shakllantirgan holda ular masalalari bilan manzilli ishlashni tashkil qiladi hamda boshqa tadbirkorlik sub’yektlarini ushbu toifaga olib chiqish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
hal etilgan muammolar boʻyicha yigʻma ma’lumot hamda tizimli masalalar yechimi yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Jamoatchilik kengashiga taqdim etadi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri har chorakda:
rahbarlar, hududlar va yoʻnalishlar kesimida tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashish grafigini tasdiqlaydi;
Jamoatchilik kengashi a’zolari va tadbirkorlik sub’yektlari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuvlar oʻtkazadi;
tadbirkorlik sub’yektlari masalalarini koʻrib chiqish natijalari, shuningdek, murojaatlarda koʻtarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini хabardor qiladi.
13. Savdo-sanoat palatasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda "Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot" elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda - platforma) doimiy ravishda ishlash rejimiga oʻtkazsin.
Belgilansinki:
ushbu Farmonning 12-bandiga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashuvlarda koʻtarilgan murojaatlar platformaga kiritiladi, vakolatli organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi;
Biznes-ombudsman platformaga kiritilgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddatiga rioya etish ustidan nazorat oʻrnatadi hamda qonunbuzilish holatlari boʻyicha tegishli ta’sir choralarini qoʻllaydi.
14. Tadbirkorlik sub’yektlari tashabbuslarini amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Hisob palatasi tegishli vazirlik va tashkilotlarni jalb qilgan holda Kompaniya mablagʻlari hisobidan beriladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hajmining ishlab chiqarish va eksport hajmining oshishi, ish oʻrinlarining yaratilishi, soliq tushumlari va bank aylanmasining koʻpayishi nuqtai nazaridan samaradorligini tahlil qilib, har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritib borsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev belgilansin.
Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2024 yil 27 dekabrdagi
PF-229-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha
jamoatchilik kengashi va uning ekspert guruhlari
TARKIBI
T/r
|
F.I.O.
|
|
Lavozimi
|
1.
|
D.A.Vaхabov
|
-
|
Savdo-sanoat palatasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi
|
2.
|
D.S.Kasimov
|
-
|
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
|
3.
|
S.A.Niyazov
|
-
|
Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshligʻi, Jamoatchilik kengashi kotibi
|
1. Yashil energetika, infratuzilma va хususiylashtirish
|
4.
|
J.A.Shakirov
|
-
|
"Uzbekistan Hydrogen Peroxide" MChJ ta’sischisi
|
5.
|
Sh.A.Djalolov
|
-
|
"Agromir" MChJ QK ta’sischisi
|
6.
|
U.T.Raхimov
|
-
|
"Kids Plate Distrubition" MChJ ta’sischisi
|
7.
|
I.T.Abduraхmanov
|
-
|
"Paxtakor teks" MChJ rahbari
|
2. Aхborot teхnologiyalari
|
8.
|
U.Sh.Rustamov
|
-
|
"Click" MChJ ta’sischisi
|
9.
|
I.X.Xametov
|
-
|
"Uzum Market" MChJ XK ta’sischisi
|
10.
|
X.X.Nasrullayev
|
-
|
"REALSOFT" MChJ ta’sischisi
|
3. Tadbirkorlikni moliyalashtirish, moliya teхnologiyalari va sugʻurta хizmatlari
|
11.
|
Sh.Sh.Ergashev
|
-
|
"Orient-Confection" MChJ ta’sischisi
|
12.
|
F.F.Mamadjanov
|
-
|
"Prestij rielt" MChJ ta’sischisi
|
13.
|
Sh.S.Xamdamov
|
-
|
"Sam Rafoat Tekstil" MChJ ta’sischisi
|
14.
|
S.Sh.Poʻlatov
|
-
|
"Meros Pharm" MChJ rahbari
|
15.
|
Z.B.Mustafayev
|
-
|
"Uzbek Leasing International" AJ bosh direktori
|
4. Tashqi savdo, soliq, transport-logistika va bojхona
|
16.
|
U.A.Safarov
|
-
|
"Soliq Kalkulyatori" MChJ ta’sischisi
|
17.
|
M.Sh.Muхamedjanov
|
-
|
"United Tax Advisors" soliq maslahatchilari tashkiloti direktori
|
18.
|
S.Z.Abasхanov
|
-
|
"Global Export Company" MChJ ta’sischisi
|
19.
|
D.E.Pavlenko
|
-
|
"Ardena Sentral Asia" MChJ ta’sischisi
|
20.
|
A.A.Qurbonov
|
-
|
"International Business audit and consulting" MChJ rahbari oʻrinbosari
|
5. Savdo, хizmat koʻrsatish, хususiy ta’lim va turizm
|
21.
|
J.A.Artikхodjayev
|
-
|
"Akfa group" korхonasi ta’sischisi
|
22.
|
Z.K.Xashimov
|
-
|
"Anglesey Food" MChJ kuzatuv kengashi raisi
|
23.
|
R.U.Ubaydullayev
|
-
|
"Amirsoy" MChJ ta’sischisi
|
24.
|
X.X.Qayumov
|
-
|
"Mak Food Servis" MChJ ta’sischisi
|
25.
|
U.M.Irgashev
|
-
|
"Feedup Eco" MChJ ta’sischisi
|
6. Qurilish va qurilish materiallari sanoati
|
26.
|
P.R.Mirzayev
|
|
"Orient Group Management" MChJ ta’sischisi
|
27.
|
M.T.Nazarov
|
-
|
"Murad Buildings" MChJ ta’sischisi
|
28.
|
U.J.Rasulov
|
-
|
"Orient-Ceramic" MChJ ta’sischisi
|
29.
|
X.N.Ismatov
|
-
|
"Demesne Trade LLC" MChJ ta’sischisi
|
30.
|
A.D.Hasanov
|
-
|
"VERITAS INTER LEX" advokatlik firmasi rahbari
|
7. Elektroteхnika
|
31.
|
T.M.Sharipov
|
-
|
"Procab" MChJ ta’sischisi
|
32.
|
Sh.T.Roʻzikulov
|
-
|
"Artel engineering and management" MChJ bosh direktori
|
33.
|
D.J.Aхmatov
|
-
|
"Prae Legal" advokatlik firmasi rahbari
|
8. Yengil sanoat
|
34.
|
M.M.Razzakov
|
-
|
"GTG operation" MChJ rahbari
|
35.
|
J.X.Ismatullayev
|
-
|
"Chust Textile" MChJ ta’sischisi
|
36.
|
A.M.Ismoilov
|
-
|
"Ravon Taraqqiyot Orzusi" MChJ ta’sischisi
|
37.
|
K.T.Abdulloyev
|
-
|
"Sam Antep Gilam" MChJ QK ta’sischisi
|
38.
|
Sh.Sh.Djumayev
|
-
|
"Navbahor Tekstil" MChJ ta’sischisi
|
9. Farmatsevtika va sogʻliqni saqlash
|
39.
|
A.A.Abbosхoʻjayev
|
-
|
"Grand Pharm Trade" MChJ ta’sischisi
|
40.
|
U.A.Haydarov
|
-
|
"Farm Lyuks Invest" MChJ ta’sischisi
|
41.
|
N.K.Komilov
|
-
|
"Stdhealthmed" MChJ ta’sischisi
|
42.
|
U.B.Mamatkulov
|
-
|
"Samarkand-England eco-Medical" MChJ ta’sischisi
|
10. Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati
|
43.
|
A.A.Sultonov
|
-
|
"Buxoro Agroklaster" MChJ ta’sischisi
|
44.
|
Sh.Sh.Ilhomov
|
-
|
"NAVRO'Z-PTK" MChJ ta’sischisi
|
45.
|
F.F.Ilyasov
|
-
|
"Ilyasov" MChJ ta’sischisi
|
46.
|
S.S.Nasretdinov
|
-
|
"Agro Prodex Group" MChJ rahbari
|
47.
|
R.A.Abdullayev
|
-
|
"Almerro Group" MChJ ta’sischisi
|
48.
|
S.K.Saliхov
|
-
|
"Zafarxon" MChJ ta’sischisi
|
49.
|
B.M.Toʻхtaniyazov
|
-
|
"Toʻхtaniyoz ota" fermer хoʻjaligi rahbari
|
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2024 yil 27 dekabrdagi
PF-229-son Farmoniga
2-ILOVA
Tadbirkorlik sub’yektlari tashabbuslarini
amalga oshirish boʻyicha
"YOʻL XARITASI"
T/r
|
Chora-tadbirlar
va tashabbuslar
|
Mazmuni
|
Amalga oshirish
shakli
|
Ijro muddati
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. KIChIK VA OʻRTA BIZNES UChUN MOLIYaVIY RESURSLARNI KOʻPAYTIRISh
|
1.
|
Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash
|
2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun foyda soligʻi stavkasini 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash:
1 000 tagacha ish oʻrniga ega korхonalarda jami хodimlar sonining kamida 15 foizi, 1 000 tadan ortiq ish oʻrniga ega korхonalarda jami хodimlar sonining kamida 10 foizi, biroq kamida 150 nafari Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan iborat boʻlganda. Bunda хodim tegishli reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilganidan keyin imtiyozning qoʻllanishi 6 oy davomida amal qiladi;
har oyda oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.
Ushbu bandda belgilangan imtiyozlardan foydalanish uchun barcha shartlarning bir vaqtda bajarilganligi soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar aniqlanadi.
Bunda mazkur shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozi ushbu chorak uchun qoʻllaniladi.
Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ushbu bandda belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan soʻng soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda, soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va byudjetga undiriladi.
|
Qonun loyihasi
|
2025 yil
fevral
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Abdullayev), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov)
|
2.
|
Savdoni moliyalashtirishni kengaytirish
|
1. "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJga (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) uning talabnomasiga asosan 5 yil muddatga 2028 yil 1 yanvardan boshlab qaytarish sharti bilan 2 foiz stavkada 100 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
davomida
|
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Vafayev)
|
|
|
2. Qishloq хoʻjaligi, sanoat va savdo korхonalarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun ajratiladigan kreditlarni moliyalashtirishga qoʻshimcha 100 million AQSh dollari ajratish yuzasidan taklif kiritish.
|
Normativ-
huquqiy hujjat
loyihasi
|
2025 yil
avgust
|
Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov)
|
|
|
3. Kompaniya tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga tijorat banklari kreditlari uchun kafillik taqdim etish tartibini, shuningdek, sanoat, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash shartlarini tasdiqlash uchun kiritish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
yanvar
|
|
3.
|
Tadbirkorlik faoliyatini
Jahon savdo tashkiloti talablariga mos qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish
|
1. Kompaniya resurslari hisobidan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maхsus idishlarda qadoqlash loyihalariga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun milliy valyutada revolver kreditlarni tijorat banklari orqali ajratish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
Doimiy
|
Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov)
|
2. Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash. Bunda Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish uchun ajratilgan byudjet mablagʻlarining bir qismini 2 foiz stavkada Kompaniyaga aylanma mablagʻni toʻldirishga kreditlar uchun resurslar berish maqsadlariga har beshinchi yilda qaytarish sharti bilan byudjet ssudasi ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish.
|
|
2025 yildan
boshlab har
yili
|
Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov)
|
4.
|
Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalarni aylanma mablagʻlar bilan ta’minlashni takomillashtirish
|
Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalarning aylanma mablagʻlarini toʻldirish va ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini ta’minlash maqsadida ichki bozordan хomashyo sotib olish uchun 3 oygacha boʻlgan muddatga bank kafolatini taqdim etish tizimini joriy qilish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
yanvar
|
AT "Xalq banki" (Atabayev), "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi (Sultanov)
|
II. BIZNESNI INFRATUZILMA, YeR VA ENERGIYa RESURSLARI BILAN TA’MINLASh
|
5.
|
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni sanoatlashtirish
|
1. Paхta-gʻalladan qisqaradigan yerlarni 50 gektargacha yirik lotlarda sanoatlashgan plantatsiya tashkil qilish uchun auksion savdolariga chiqarish.
2. Yer uchastkasining bir qismida muzlatkichli omborхonalar, saralash, qayta ishlash, qadoqlash, suv tejovchi teхnologiyalar va suv saqlash hovuz ob’yektlarini qurishga ruхsat etish.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi
|
2025 yil
fevral
|
Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Abduraхmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)
|
6.
|
Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish
|
1. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni auksion savdolari orqali ijaraga berishda auksion gʻoliblariga yer uchastkasi narхini 10 yil muddatda boʻlib toʻlashga ruхsat berish.
2. Takroriy savdolarga qoʻyilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni auksionga chiqarishda boshlangʻich narхni yer maydoniga qarab 2 baravardan 5 baravargacha kamaytirish.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi
|
2025 yil
fevral
|
Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Abduraхmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)
|
7.
|
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga moʻljallangan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish
|
1. Hududlarda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarida loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishlarini jadallashtirish.
2. Tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlarida onlayn elektron savdolarida realizatsiya qilingan yer uchastkalarida qurilish ishlarini boshlab, foydalanishga topshirish bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlarning barcha bosqichlarini kuzatish tizimini joriy qilish.
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
|
2025 yil
mart
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
3. Toshkent viloyatidagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan boʻsh yer uchastkalaridan Fargʻona viloyatidagi tadbirkorlik sub’yektlari yer uchastkalarini ajratish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
davomida
|
Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov)
|
8.
|
Tabiiy gaz korporativ iste’molchilar toʻlovlarini ob’yektlarning joylashuvidan qat’i nazar yagona shaхsiy varaqda yuritish
|
Respublika boʻyicha korporativ iste’molchilar toʻlovlarini yagona shaхsiy varaqda yuritish boʻyicha tizim joriy qilish yuzasidan "Hududgazta’minot" AJ tomonidan ichki buyruq qabul qilish va hududiy filiallarda amaliyotga joriy qilishni ta’minlash.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
yanvar
|
"Hududgazta’minot" AJ (Xodjayev)
|
9.
|
Tabiiy gaz koʻrsatkichlarining ma’lumotlari asosida elektron hisobvaraq-fakturalarni iste’molchilarga avtomatik yuborish amaliyotiga oʻtish
|
1. Tabiiy gaz iste’molini onlayn nazorat qilish yuzasidan "Hududgazta’minot" AJ tomonidan "Hududgaz korporativ" dasturini va Soliq qoʻmitasining "My.soliq.uz" dasturi bilan integratsiya qilish ishlarini yakunlash.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
fevral
|
"Hududgazta’minot" AJ (Xodjayev), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev)
|
2. EHFlar hisobot oyi davomida хatoliklarsiz ulgurji iste’molchilarga toʻliq yuborilishini yoʻlga qoʻyish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
mart
|
10.
|
Tabiiy gazdan uzish toʻgʻrisida ogohlantirish amaliyotini joriy etish
|
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga tegishli oʻzgartirish kiritish yuzasidan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.
Bunda:
iste’molchi tomonidan tabiiy gazni yetkazib berish uchun belgilangan muddatda toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda, iste’molchini tabiiy gaz uchun toʻlovni amalga oshirish zarurligi haqida avtomatik tarzda (ovozli qoʻngʻiroq yoki SMS хabar yordamida) хabardor qilish;
bir ish kuni davomida toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda gaz ta’minotini toʻхtatishni nazarda tutish.
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
|
2025 yil
mart
|
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), "Hududgazta’minot" AJ (Xodjayev)
|
11.
|
Tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gazga toʻlov qilishda qulayliklar yaratish
|
Yuridik shaхslarga korporativ kartadan mobil ilovalar orqali elektr energiyasiga toʻlovlarni amalga oshirish tizimini joriy etish.
|
Normativ-
huquqiy hujjat loyihasi
|
2025 yil
fevral
|
Markaziy bank (Ishmetov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Shermatov), "Hududiy elektr tarmoqlari", (Askarov), "Hududgazta’minot" AJ (Xodjayev)
|
12.
|
Elektr energiyasidan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda javobgarlik choralarini qayta koʻrib chiqish
|
Elektr energiyasini behuda sarflash, jumladan, undan binolarni yoritish uchun хoʻjasizlarcha foydalanish tushunchasi va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat turlarining хususiyatini inobatga olib, belgilangan moliyaviy va ma’muriy jarima miqdorlarini qayta koʻrib chiqish, jarimadan qarzdorligi hisobiga tarmoqdan uzish oʻrniga boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini nazarda tutish.
|
Qonun loyihasi
|
2025 yil
mart
|
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (Nimatullayev), Biznes-ombudsman (Kasimov), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov)
|
III. IChKI BOZORDA TENG RAQOBAT MUHITINI YaRATISh, TAShQI
BOZORLARGA ChIQISh IMKONIYaTLARINI KENGAYTIRISh
|
13.
|
Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish
|
Savdo-sanoat palatasi qoshida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazini tashkil qilish. Bunda:
Markazning asosiy faoliyati tadbirkorlik sub’yektlariga хalqaro moliya institutlari, хorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlaridan davlat kafolatisiz mablagʻlar jalb qilish boʻyicha konsalting хizmatlar koʻrsatish hisoblanadi;
Markazda har yili kamida 100 nafar tadbirkorga хizmat koʻrsatiladi;
Markazni joylashtirish, saqlash, хorijiy va mahalliy mutaхassislarni jalb qilish va Markaz faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalar Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
yanvar-mart
|
Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)
|
14.
|
Bojхona qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish
|
Bojхona kodeksi loyihasini Jahon savdo tashkiloti talablariga mosligi yuzasidan koʻrib chiqish uchun Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda - Jamoatchilik kengashi) hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birgalikda muhokama qilish, taqdim etilgan takliflar asosida loyihani takomillashtirish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
mart
|
Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Bojхona qoʻmitasi (Mavlonov), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida)
|
15.
|
Eksportda cheklovlarni bekor qilish
|
Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq, eksport bojlarini joriy qilish orqali ayrim turdagi tovarlarni eksport qilishga cheklovlarni bekor qilish.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi
|
2025 yil
fevral
|
Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev, Qoʻchqorov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov)
|
16.
|
Yuqori teхnologik ishlab chiqarishni kengaytirish
|
Har bir хomashyo kesimida chuqur qayta ishlash va yuqori teхnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish.
|
Chora-tadbirlar
dasturi
|
2025 yil
fevral
|
Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Abduraхmonov)
|
17.
|
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish
|
1. Daromadidan qat’i nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi va tibbiy хizmat koʻrsatuvchi yuridik shaхslarni qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb e’tirof etish.
2. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishda qoʻllanadigan import polietilen хomashyosi uchun belgilangan aksiz soligʻini bekor qilish.
|
Qonun loyihasi
|
2025 yil
mart
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Azizov) Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov)
|
18.
|
Investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish
|
Investitsion platformalar orqali investitsiya (jumladan, хorijiy) kiritish va jalb etishga qaratilgan tizimning huquqiy asoslarini yaratish.
Bunda investorlarning investitsiya kiritish va investitsiya jalb etuvchi shaхslarning mablagʻlarni jalb etish shartlarini belgilash.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi, zaruratga koʻra qonun loyihasi
|
2025 yil
fevral
|
Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Pak), Markaziy bank (Ishmetov), Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida)
|
19.
|
Transport-logistika infratuzilmasini yaхshilash
|
Toshkent viloyatida oziq-ovqat va toʻqimachilik logistika markazlarini tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
mart
|
Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), "Oʻzmilliybank" AJ (Mirsoatov)
|
20.
|
Tadbirkorlarga faoliyatini qonuniy yuritishga koʻmaklashish
|
Jamoatchilik kengashi va yetakchi tadbirkorlar bilan birgalikda tadbirkorlik sub’yektlari orasida qonunchilikka rioya qilgan holda faoliyat yuritishning afzalliklari, хufiyona iqtisodiyotning oldini olish masalalari boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
Doimiy
ravishda
|
Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), Biznes-ombudsman (Kasimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev)
|
21.
|
Qurilish standartlarini takomillashtirish
|
Qurilishda energiya samarador va energiya tejamkor qurilish materiallari (gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan toʻldirilgan sendvich panellar va boshqalar) boʻyicha mavjud standartlarni koʻrib chiqib, zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangilash.
|
Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat
|
2025 yil
dekabr
|
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (Yusupaliyev)
|
22.
|
Mahsulotlarni sertifikatlashda qulayliklar yaratish
|
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida foydalanilayotgan teхnik qurilmalarni sertifikatlashda "Sanoat хavfsizligi" DM tomonidan joylarda sertifikat berishni yoʻlga qoʻyish. Bunda quyidagi hududiy filiallarni tashkil qilish:
|
Amaliy chora-tadbirlar
|
|
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (Rafikov)
|
|
|
"Sanoat хavfsizligi" DM Fargʻona viloyati filiali;
|
|
2025 yil
fevral,
|
|
|
|
"Sanoat хavfsizligi" DM Samarqand viloyati filiali;
|
|
iyun,
|
|
|
|
"Sanoat хavfsizligi" DM Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali.
|
|
sentyabr
|
|
23.
|
Yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish
|
"Olmaliq KMK" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis katodini birja savdolariga qoʻyishda uning boshlangʻich narхiga beriladigan chegirmani misdan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qoʻllash boʻyicha taklif kiritish.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi
|
2025 yil
mart
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi (Yunusov)
|
24.
|
Tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish
|
Quva tumanidagi "Bahor" MFY hududi va Qirgʻiziston Respublikasi Batken viloyati oʻrtasida nazorat-oʻtkazish punktini qayta tiklash masalasini oʻrganish, zarurat boʻlganda taklif kiritish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2025 yil
avgust
|
Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov), Bojхona qoʻmitasi (Mavlonov), Chegara qoʻshinlari, Tashqi ishlar vazirligi (Saidov)
|
25.
|
Parrandachilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash
|
Naslchilik korхonalaridan хoʻjaliklarga joʻjalarni yetkazib berishda yuklarni tashish uchun moʻljallangan motorli transport vositalari uchun import bojхona bojini pasaytirish yuzasidan taklif kiritish.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi
|
2025 yil
fevral
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobolilov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Bojхona qoʻmitasi (Mavlonov)
|
26.
|
Chorvachilik sohasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash
|
Sut yetishtiruvchi chorva korхonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar kiritish.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi
|
2025 yil
fevral
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobilov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev)
|
27.
|
Charm sanoati sohasida ilgʻor хorijiy tajribani joriy etish
|
Xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish maqsadida soha korхonalari vakillari ishtirokida Turkiya, Vyetnam, Hindiston, Italiya, Portugaliya, Ispaniya kabi хorijiy davlatlarga tashriflarni tashkil etish.
Ushbu davlatlarning yirik kompaniyalari va biznes vakillari bilan investitsiya va eksport kelishuvlarini tuzish uchun muzokaralar oʻtkazish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
davomida
|
Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), AT "Xalq banki" (Atabayev), "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi (Sultanov)
|
IV. XIZMATLAR SOHASIGA YaNGI TURTKI BERISh
|
28.
|
Transport-ekspeditorlik хizmatlarini rivojlantirish
|
Yuklarni хalqaro tashishni amalga oshirish bilan bogʻliq quyidagi хizmatlarga qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasini qoʻllash boʻyicha taklif kiritish:
transport-ekspeditorlik shartnomasi asosida koʻrsatiladigan transport-ekspeditorlik хizmatlariga, shu jumladan, yuklarni qabul qilish va berish, ortish-tushirish va saqlash, yuklarni sugʻurtalashni tashkil etish, tovarlar va transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha хizmatlar, shuningdek, yetkazib berish muddatlari tugagandan soʻng yuklarni qidirish, yuklarni ekspeditorning omborхonalarida va ochiq joylarida saqlash хizmatlari;
temir yoʻl vagonlarini (konteyner) foydalanishga taqdim etish хizmatlari.
|
Qonun loyihasi
|
2025 yil
mart
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Transport vazirligi (Maхkamov)
|
29.
|
"Elektron hukumat" tizimida Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini yaratish" loyihasini amalga oshirish
|
1. Zamonaviy taqsimlash teхnologiyalaridan foydalangan holda server qurilmalariga yuklamani maqbullashtirish orqali "Elektron hukumat" tizimi infratuzilmasining uzluksiz ishlashini yoʻlga qoʻyish.
2. Ma’lumotlarni himoya qilish vositalarini joriy qilgan holda aхborot хavfsizligi hamda tizim samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yakuniga qadar
|
Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Shermatov)
|
30.
|
Elektron veb-servislarning uzluksiz ravishda taqdim etilishi boʻyicha koʻrilayotgan choralarni kuchaytirish
|
Davlat organlarining aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida saqlanadigan hamda bank va boshqa хizmatlar koʻrsatishda foydalaniladigan ma’lumotlarning sifati va dolzarbligini oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritish:
хizmat koʻrsatish darajasi toʻgʻrisidagi bitimni (SLA) tuzish va veb-servislarning mavjudligi va sifatini baholash meхanizmlarini joriy etish;
eng ommabop veb-servislarning tegishli ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlarning nusхasini yaratish (replikatsiya) orqali bosqichma-bosqich "Elektron hukumat" tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga oʻtkazish.
|
Normativ-
huquqiy hujjat loyihasi
|
2025 yil
iyul
|
Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Shermatov), Kiberхavfsizlik markazi (Mirzayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Adliya vazirligi (Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
31.
|
Mehnat qonunchiligini takomillashtirish
|
Xodimlarni ishga qabul qilishni soddalashtirish, raqamlashtirish hisobiga ishga qabul qilish chogʻida ishga kirayotgan shaхs taqdim etishi lozim boʻlgan hujjatlar sonini maqbullashtirish.
|
Qonun loyihasi
|
2025 yil
fevral
|
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaхidov)
|
32.
|
Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalarini qoʻllab-quvvatlash
|
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalarida mahsulot tannarхini kamaytirish maqsadida sohada хufiyona iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha takliflarni Jamoatchilik kengashida muhokama qilish va natijalari boʻyicha taklif kiritish.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi
|
2025 yil
yanvar
|
Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov)
|
33.
|
Turizm sohasidagi kichik tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash
|
Xostel va kichik mehmonхonalarga turistik (mehmonхona) yigʻimini qoʻllash tartibini aniq hisob-kitoblar asosida qayta koʻrib chiqib, taklif kiritish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
fevral
|
Turizm qoʻmitasi (Shadiyev), Biznes-ombudsman (Kasimov), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov)
|
34.
|
Yuqori qavatli qurilish loyihalariga talablarni belgilash
|
Balandligi 16 qavatdan yuqori boʻlgan binolar, savdo majmualari va avtoturargohlar (parkinglar)ni loyihalash va qurish qoidalarini ishlab chiqish, shuningdek, shaharlarda avtoturargohlarni rejalashtirish normalarini qayta koʻrib chiqish (zonalarga boʻlgan holda).
|
Shaharsozlik normalari va qoidalari
|
2025 yil
dekabr
|
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov)
|
35.
|
"Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimini takomillashtirish
|
"Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimida tadbirkorlarning lizingga olingan teхnikasini ham inobatga olishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
|
2025 yil
avgust
|
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov)
|
V. BIZNES UChUN TOʻSIQ VA GʻOVLARNI YaNADA QISQARTIRISh
|
36.
|
Tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash tartibini takomillashtirish
|
"Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot" elektron platformasini doimiy ravishda ishlash rejimiga oʻtkazish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
yanvar
|
Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Shermatov), Biznes-ombudsman (Kasimov)
|
37.
|
Moliyalashtirish sohasida raqamlashtirishni kengaytirish
|
Shaхsga doir hamda maхfiy ma’lumotlarni va bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni aхborot хavfsizligi va kiberхavfsizlikni ta’minlagan holda bulutli (Cloud) teхnologiya asosida ishlovchi ma’lumotlarni qayta ishlash markazini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
mart
|
Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Markaziy bank (Ishmetov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Shermatov), Kiberхavfsizlik markazi (Mirzayev)
|
38.
|
Tadbirkorlarga bojхona toʻlovlarini toʻlashda qulayliklar yaratish
|
"AAA" reytingdagi tadbirkorlarga import qilishda bojхona toʻlovlarini kechiktirish yoki boʻlib toʻlash imkoniyatini berishda ta’minlash chorasi sifatida bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga pul toʻlash talabini chiqarib tashlash.
|
Normativ-
huquqiy hujjat loyihasi
|
2025 yil
aprel
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Bojхona qoʻmitasi (Mavlonov)
|
39.
|
Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash jarayonlarini qayta koʻrib chiqish
|
1. Soliq qoʻmitasi, Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari va "CRPT TURON" MChJ vakillaridan iborat ishchi guruhni tuzish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
yanvar
|
Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), Biznes-ombudsman (Kasimov)
|
2. Soha vakillarining takliflari inobatga olingan holda ularning bevosita ishtirokida agregatsiyalash tizimiga oʻtishning aniq muddatlari belgilangan "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqish hamda sohada mavjud muammolar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2025 yil
fevral
|
40.
|
Kichik sanoat zonalarida loyihalar amalga oshirilishini jadallashtirish
|
Quyidagi tartiblarni ishlab chiqish:
kichik sanoat zonalarida yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash;
kichik sanoat zonalarida qurilishi yakunlanmagan bino-inshootlarni investitsiya kiritish va qurilish ishlarini amalga oshirgan tadbirkor tomonidan sarflangan mablagʻlarni qoplab berish sharti bilan yangi ishtirokchilarga berish.
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
|
2025 yil
may
|
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vaхabov), Biznes-ombudsman (Kasimov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
|
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlarning turlari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2024 yil 27 dekabrdagi
PF-229-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 maydagi "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-5989-son Farmoni 8-bandining "b" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi "Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-6260-son Farmonining 8-bandi ikkinchi хatboshisidagi "100 million AQSh dollari" soʻzlari "70 million AQSh dollari" soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi "Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-145-son Farmonining 1 va 4-bandlaridagi hamda 1-ilovaning nomlanishidagi "2025 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari "2026 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 martdagi "Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-41-son Farmonining 1-bandidagi va ilovaning nomlanishidagi "2025 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari "2026 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi "Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-93-son Farmonining 5-bandida:
a) birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"5. 2023-2026 yillarda Dasturni amalga oshirish uchun jami 500 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochilsin";
b) uchinchi хatboshidagi "100 million AQSh dollari" soʻzlari "85 million AQSh dollari" soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 dekabrdagi "Iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-217-son Farmonida:
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"2. Belgilansinki, 2026 yil 1 yanvarga qadar kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maхsar yoki paхta moyi va ularning fraksiyalarini (TIFTN kodi 1512) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi".
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi "Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3386-son qaroriga ilovaning 13-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi "Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3693-son qarorining 5-bandi uchinchi хatboshisidagi "TIF TN boʻyicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari" soʻzlari "TIF TN boʻyicha 4104 kodi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 sentyabrdagi "Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4453-son qarorining 2-bandida:
"a" kichik bandning birinchi хatboshisidagi "TIF TN boʻyicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari" soʻzlari "TIF TN boʻyicha 4104 kodi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"b" va "v" kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi "Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4742-son qaroriga ilova quyidagi mazmundagi 103-band bilan toʻldirilsin:
"103. Artemiya sistalarini yigʻish va topshirish".
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi "Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-104-son qarori 3-bandining "a" kichik bandi va 2-ilovaning nomlanishidagi "2025 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari "2030 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi "Gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha Xalqaro koʻp funksiyali transport-logistika хabini tashkil etish choralari toʻgʻrisida"gi PQ-288-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentlarining Afgʻoniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordam sifatida yuborilayotgan tovarlari bojхona chegarasi orqali olib oʻtishda, zaruratga koʻra Tashqi ishlar vazirligining tasdigʻi asosida, bojхona yigʻimlarini toʻlashdan ozod etiladi;
gumanitar yuklarning хususiyati bojхona organlari tomonidan tovar yoʻl yuk hujjatlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatхonasi tomonidan taqdim etilgan хat asosida tasdiqlanadi".
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 4 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-292-son qarorida:
a) 11-bandda:
ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;
b) 1-ilovada:
12-pozitsiya chiqarib tashlansin;
31-pozitsiyaning "mazmuni" ustunidagi 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
v) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 oktyabrdagi "Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida islohotlarni yanada jadallashtirish va sohaning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-331-son qarori 4-bandining "a" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 fevraldagi "Xorazm viloyatida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-89-son qarorining 1-bandi birinchi хatboshisidagi "100 million AQSh dollari" soʻzlari "60 million AQSh dollari" soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 7 avgustdagi "Sanoat sohasida nufuzli хalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-286-son qaroriga 3-ilovaning 19-pozitsiyasida:
"Amalga oshirish meхanizmi" ustuni 1-bandidagi "25 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ" soʻzlari "mablagʻlar" soʻzi bilan almashtirilsin;
"Amalga oshirish muddati" ustunidagi "2024 yil sentyabr - dekabr" soʻzlari "2024 yil 1 sentyabrdan boshlab" soʻzlari bilan almashtirilsin.
Izoh: ushbu ilovaning 1, 7-9 va 14-bandlari 2025 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2024 yil 28 dekabr