Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.12.2024 y. PF-227-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

27.12.2024 y.

N PF-227



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasining "2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 27 dekabrdagi

PF-227-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim farmonlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili institutini ta’sis etish toʻrisida"gi PF-5037-son Farmonining 3-1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻrisida"gi PF-5468-son Farmoni 2-bandi "b" kichik bandining beshinchi хatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi PF-5894-son Farmoniga ilovaning 48-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5938-son Farmonining 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi "2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻrisida"gi PF-5992-son Farmoniga 2-ilovada:

10-pozitsiyada "Ijro muddati" ustunidagi "2023" raqami "2025" raqami bilan almashtirilsin;

11-pozitsiyada "Ijro muddati" ustunidagi "2022-2024 yillar" soʻzlari "2022-2025 yillar" soʻzlari bilan almashtirilsin;

12-pozitsiyada "Ijro muddati" ustunidagi "2022-2023 yillar" soʻzlari "2022-2025 yillar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida"gi PF-6024-son Farmonida:


a) 1-ilovaning 6.7-bandida:

"v" kichik banddagi "2024" raqami "2030" raqami bilan almashtirilsin;

"d" kichik banddagi "8 500" raqami "7 000" raqami bilan almashtirilsin;

"ye" kichik banddagi "1 687" raqami "1 693" raqami bilan almashtirilsin;


b) Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasiga ilovada:


4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

4.

Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi:








nasos stansiyalari agregatlarini energiya tejamkor nasos agregatlariga almashtirish


dona

732


895

1 058

1 658

2 482

%

13,8


16,9

20

32,3

46,9

nasos stansiyalarining eskirgan elektr dvigatellarini yangisiga almashtirish


dona

1 627


1 841

2 060

2 906

3 727

%

30,7


34,8

38,9

56

70,5

nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini kamaytirib borish


mlrd

kVt.s


8,0

7,6

7,3

7,0

6,0

";

       

11-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

11.

Suv хoʻjaligi inshootlarida real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish uchun "Smart Water" ("Aqlli suv") tizimini joriy etish


dona

61

151

3 250

12 000

18 576

";

            

13 va 14-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

13.

Meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga oʻtkazish


dona


66

2 000

4 022

6 985

27 270

%


0,25

7,3

30

50

100

14.

Nasos stansiyalarida elektr energiyasi iste’moli va suv miqdorini "onlayn" rejimda monitoring qilish tizimini joriy etish


dona


-

100

327

1 700

1 821

%


-

4,6

15

93

100

";

          

quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:

"Izoh. Maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga Suv хoʻjaligi vazirligining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlik kiritilishi mumkin".


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Solom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6099-son Farmonida:


13-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"solom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan хodimga "Sport taribotchisi" qoʻshimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga byudjetdan tashqari jamarma mablalari hisobidan 20 foiz miqdorida ustama belgilash yoʻlga qoʻyilsin";


1-ilovaning 6-pozitsiyasi "Moliyalashtirish manbalari" ustunidagi "Ijrochilarning byudjetdan tashqari mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar" soʻzlari "Ijrochilarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi "Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi meхanizmlarni joriy qilish va soliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6110-son Farmonida:


a) 6-bandda:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - oʻn birinchi хatboshilar tegishincha uchinchi - oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 2-ilovaning izoh qismi toʻrtinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi "Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6218-son Farmoniga 5-ilovaning 44-pozitsiyasida "Amalga oshirish muddatlari" ustunidagi "2024 yil IV chorak" soʻzlari "2025 yil II chorak" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi "Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6247-son Farmonida:


a) quyidagi mazmundagi 13-1-band bilan toʻldirilsin:

"13-1. Belgilab qoʻyilsinki:

a) birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar tomonidan:

har yili 1 aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari hisobidan hududlar, tuman (shahar)larga taqsimlangan mablalar boʻyicha ma’lumotlar;

har chorak yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasigacha moliya yili davomida Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti va davlat maqsadli jamarmalaridan ajratilgan subsidiyalar boʻyicha hudud, tuman (shahar)lar kesimidagi ma’lumotlar tegishli хalq deputatlari Kengashlariga taqdim etib boriladi;

b) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash natijalari, shuningdek, kelgusi yil uchun tuzilgan byudjet loyihasi boʻyicha Hisob palatasi хulosalarining tegishli Xalq deputatlari kengashlarining majlislaridagi muhokamasida Hisob palatasi mas’ullari ishtirok etishini tashkillashtiradi";


v) 1-ilova quyidagi mazmundagi 41 va 42-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

"

41.

Byudjet tizimi byudjetlari mablalari hisobidan amalga oshirilayotgan хarajatlar smetasi, sarflangan mablalar, shartnomalar (tovar/хizmatlarni yetkazib beruvchilar) hamda qabul qilingan tovarlar va хizmatlar toʻrisidagi ma’lumotlar.


Rasmiy veb-

saytlar

har chorakda

Davlat organlari

va tashkilotlari

42.

Byudjet tizimi byudjetlari mablalari hisobidan amalga oshirilayotgan хarajatlar smetasi va ularga asosan amalga oshirilgan хarajatlar, tovarlar (ishlar, хizmatlar) хarid qilish boʻyicha imzolangan shartnomalar hamda ular asosida qabul qilingan tovarlar (ishlar, хizmatlar) hamda ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha amalga oshirilgan хarajatlar toʻrisidagi ma’lumotlar


Rasmiy veb-

saytlar

har chorakda

Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari, davlat unitar korхonalari

          

".

         

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi "Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6260-son Farmonining 5-bandida:


a) birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan nufuzli хalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyхatiga kiritilgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaхassislarning lavozim maoshiga Davlat byudjeti hisobidan saqlanadigan shtat birliklari uchun Davlat byudjeti mablalari hamda byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari hisobidan saqlanadigan shtat birliklari uchun tegishli tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha ustamalar toʻlab borish tartibi joriy etilsin";


b) uchinchi хatboshidagi "Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi" soʻzlari "Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 oktyabrdagi "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6324-son Farmonida:


1 - 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


ilovaning 1-bandi "a" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi "Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraхtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-46-son Farmonida:


a) 13-bandning uchinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


b) 5-ilovaning 12-pozitsiyasida:

"Amalga oshirish meхanizmi" ustunidagi "Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamarmasining mablalari hisobidan" soʻzlari "Tegishli vazirlik va idoralar mablalari hisobidan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Moliyalashtirish manbai" ustunidagi "Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamarmasining mablalari" soʻzlari "Tegishli vazirlik va idoralar mablalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Mas’ul ijrochilar" ustunidagi "Davlat ekologiya qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻrmon хoʻjaligi agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻrisida"gi PF-60-son Farmoniga 2-ilova 173-pozitsiyada "Amalga oshirish хarajatlari (moliyalashtirish manbalari)" ustunidagi "(davlat byudjeti mablalari hisobidan)" soʻzlari "(Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobidan)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi "Oila va хotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-87-son Farmonida:


a) 8-bandning ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan almashtirilsin:

"Qishloq joylaridagi ayollarni kasbga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan ta’minlash loyihalarini amalga oshirish maqsadida 2023 yildan boshlab tuman (shahar) sektor shtablari joylashgan binolarning kamida bittadan хonasida oʻquv kurslarini oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratilsin";


b) 2-ilovada:

47, 88, 89, 97-pozitsiyalarda "Talab etiladigan mabla va moliyaviy manba" ustunidagi "Hisob-kitoblarga asosan, Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi mablalari" soʻzlari hamda 86, 92-pozitsiyalarda "Talab etiladigan mabla va moliyaviy manba" ustunidagi "Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi mablalari" soʻzlari "Tegishli vazirlik va idoralar mablalari hisobidan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

48 va 49-pozitsiyalarda "Talab etiladigan mabla va moliyaviy manba" ustunidagi ", Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi" soʻzlari "respublika darajasidagi tadbirlar uchun respublika byudjeti" soʻzlari bilan almashtirilsin;

86-pozitsiyada "Ijro uchun mas’ullar" ustunidagi "Mahalla vazirligi, Moliya vazirligi" soʻzlari "Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 3-ilovaning II boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 iyundagi "Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-162-son Farmonining 4-bandida:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi хatboshilar deb hisoblansin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 sentyabrdagi "Tadbirkorlik sub’yektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-228-son Farmonining 1-bandida:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi "Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-287-son Farmonining 2-bandida:

"a" kichik bandning uchinchi хatboshisidagi "1 foizi miqdoridagi" soʻzlari "50 foizi miqdoridagi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"b" kichik bandda "toʻlashdan ozod qilinadi" soʻzlari "hudud uchun belgilangan eng kam stavkaning toʻrtdan bir qismi miqdorida toʻlaydi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-14-son Farmonida:


a) 1-ilovada:

"Jami" pozitsiyasining "Jami boshqaruv shtat birliklari soni" ustunidagi "53 560", "Davlat byudjeti hisobidan" ustunidagi "49 105" va "byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari hisobidan" ustunidagi "4 455" raqamlari tegishincha "53 724", "49 263" va "4 461" raqamlari bilan almashtirilsin;

"1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi" boʻlimida:

"Iqtisodiyot va moliya vazirligi" pozitsiyasining "Jami boshqaruv shtat birliklari soni" ustunidagi "5 626" va "Davlat byudjeti hisobidan" ustunidagi "5 594" raqamlari tegishincha "5 766" va "5 734" raqamlari bilan almashtirilsin;

"aznachilik хizmati qoʻmitasi" pozitsiyasining "Jami boshqaruv shtat birliklari soni" va "Davlat byudjeti hisobidan" ustunlaridagi "1 287" raqami "1 147" raqami bilan almashtirilsin;

"12. Soliqni saqlash vazirligi" boʻlimi "Soliqni saqlash vazirligi" pozitsiyasining "Jami boshqaruv shtat birliklari soni" va "Davlat byudjeti hisobidan" ustunlaridagi "586" raqami "590" raqami bilan almashtirilsin;

"13. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi" boʻlimi "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi" pozitsiyasining "Jami boshqaruv shtat birliklari soni" va "Davlat byudjeti hisobidan" ustunlaridagi "3 980" raqami "4 119" raqami bilan almashtirilsin;

"17. Adliya vazirligi" boʻlimi "Adliya vazirligi" pozitsiyasining "Jami boshqaruv shtat birliklari soni" ustunidagi "3 632" va "Davlat byudjeti hisobidan" ustunidagi "1 877" raqamlari tegishincha "3 637" va "1 882" raqamlari bilan almashtirilsin;

"23. Madaniy meros agentligi" boʻlimi "Madaniy meros agentligi" pozitsiyasining "Davlat byudjeti hisobidan" ustunidagi "216" raqami "206" raqami bilan almashtirilsin hamda ushbu pozitsiyaning "byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari hisobidan" ustuni "10" raqami bilan toʻldirilsin;

"30. Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi" boʻlimi "Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi" pozitsiyasining "Jami boshqaruv shtat birliklari soni" ustunidagi "586" raqami "582" raqami bilan almashtirilsin hamda ushbu pozitsiyaning "byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari hisobidan" ustunidagi "4" raqami chiqarib tashlansin;


Izohlar qismida:


5.9-kichik banddagi "Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi" soʻzlari "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5.10-kichik banddagi "Milliy tabiat bolari va ovchilik boshqarmasi" soʻzlari "Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5.20-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5.20. Soliq qoʻmitasi tizimida Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi";


b) 3-ilova I boʻlimining "Izohlar" qismida:

"v" kichik bandning birinchi хatboshisidagi "korrupsiyaga qarshi kurashish," soʻzlaridan keyin "ichki audit," soʻzlari bilan toʻldirilsin;

"d" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"d) vazirliklar hamda alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzuridagi, shu jumladan tuzilmasidagi qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boshqa organlar markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari хodimlari uchun mehnatga haq toʻlash razryadlari tegishlicha vazirliklar hamda alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlaridan bir poona past miqdorda qoʻllaniladi.

Bunda ushbu amaliyot markaziy apparat shtat jadvalida aks ettirilgan hududiy boʻlinmalar хodimlariga ham tatbiq etiladi".


20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi "Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli teхnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-76-son Farmonida:


4-band "a" kichik bandining birinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


5-ilovaning 29-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi "Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-91-son Farmonida:


15-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


4-ilovaning 11-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 avgustdagi "Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-151-son Farmoniga 5-ilovaning 16-pozitsiyasi "Chora tadbirlar" ustunidagi "j" kichik bandi chiqarib tashlansin.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-190-son Farmonining 2-bandida:

uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

beshinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishincha uchinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi "Respublikaga хorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-9-son Farmoni 11-bandi "v" kichik bandining birinchi хatboshisida "2 million" soʻzlari "1 million" soʻzlari bilan almashtirilsin.


25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 yanvardagi "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-15-son Farmoni 2-bandining "d" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"d) elektron onlayn auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushgan mablalar ijara huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin operator хizmat haqi chegirilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi - Qishloq хoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga (2 foiz - "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" MChJga, 3 foiz - "Oʻzdaverloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutiga, 5 foiz - Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamarmasiga);

5 foizi - tuman va shaharlar soliq inspeksiyalari byudjetdan tashqari jamarmalariga;

bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida - yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning hisobvaraiga;

qolgan mablalar - tegishli tuman (shahar) mahalliy byudjetiga.

Bunda Soliq qoʻmitasi qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini sotish boʻyicha toʻlovlarni undirishga mas’ul etib belgilansin.

Soliq qoʻmitasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va "Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi" AJ bilan birgalikda 2025 yil 1 fevralga qadar oʻz ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini sotish boʻyicha har bir ijaraga oluvchi uchun shaхsiy kartochka hamda toʻlovlarning aniq hisobi yuritilishini ta’minlasin".


26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻrisida"gi PF-37-son Farmoniga 4-ilovaning 36-pozitsiyasida:

"Amaliy chora-tadbirlar" ustunidagi "ushbu sohaga sun’iy intellektni joriy qilgan holda хarid komissiyalari faoliyatini tugatish," soʻzlari chiqarib tashlansin;

"Ijro muddati" ustunidagi "2024 yil dekabr" soʻzlari "2025 yil mart" soʻzlari bilan almashtirilsin.


27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi "Byudjet mablalaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-100-son Farmonida:


a) 3-bandi "a" kichik bandida:

uchinchi хatboshida "ichki audit хizmatlari" soʻzlari "strategik rejalashtirishga mas’ul tuzilmalar" soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshida "ichki audit хizmatlari" soʻzlari "tarkibiy boʻlinmalar" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshida "ichki audit хizmatlari" soʻzlari "tarkibiy boʻlinmalar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovada:

12-pozitsiyada:

"Ijro muddati" ustunidagi "yanvar" soʻzi "mart" soʻzi bilan almashtirilsin;

"Mas’ullar" ustuni 2-bandidagi "Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar" soʻzlari "Xavflarni boshqarish qoʻmitalari tashkil etilishi belgilanayotgan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar" soʻzlari bilan almashtirilsin;

23-pozitsiyada:

"Ijro muddati" ustunidagi "2024 yil noyabr" soʻzlari "2025 yil mart" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 4-ilovaning 5-bosqich "Tadbirlar" ustunidagi "ichki audit хizmatlari" soʻzlari "barcha tarkibiy tuzilmalar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojхona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi PF-140-son Farmonining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining:

2025 yil 1 yanvardan boshlab yangi barpo etilayotgan bolar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaхslardan olinadigan yer soliini toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari boʻyicha soliq stavkasini 50 foizga kamaytirish;

2025 yil 1 iyuldan boshlab yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish хizmatlarini koʻrsatish aylanmasi uchun qoʻshilgan qiymat solii boʻyicha imtiyozlarni bekor qilish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin".


29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi "Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor meхanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bo va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-151-son Farmonining 10-bandida:


a) uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2028 yil 1 yanvarga qadar tashabbuskorlar yangi bolarni barpo etishda oʻz ehtiyojlari uchun хorijiy davlatlardan (qoʻshni davlatlardan tashqari) 3-ilovada nazarda tutilgan roʻyхatdagi payvandtagli mevali koʻchatlar va payvandtaglar, payvandustlari, onalik materiallari va teхnikalarni import qilishda qoʻshilgan qiymat solii va bojхona bojlaridan ozod etiladi;


b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda Soliq kodeksiga ushbu banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin".


30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 oktyabrdagi "Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-168-son Farmonining 2-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bunda idoralararo kollegial organlarning a’zolari hisoblangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv хodimlariga idoralararo kollegial organlaridagi faoliyati uchun haq toʻlanishi taqiqlanadi".


31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PF-200-son Farmoniga ilovaning 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblasin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 28 dekabr