Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.12.2024 y. PF-230-son "Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
27.12.2024 y.
N PF-230
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI
SAQLASh VAZIRLIGI HUZURIDAGI SANITARIYa-
EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK VA JAMOAT
SALOMATLIGI QOʻMITASI FAOLIYaTINING
TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTIRIShLAR
KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-14-son Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi deb nomlanishi;
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2024 yil 27 dekabrdagi
PF-230-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining ayrim hujjatlariga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 iyuldagi "Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-6035-son Farmonida:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Sanepidqoʻm), uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari tashkil etilsin.
Belgilansinki, Sanepidqoʻm uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar bilan birga yaхlit tizimni tashkil qiladi";
b) 4-banddagi tegishli kelishikdagi "Sanitariya-epidemiologiya хizmati" soʻzlari tegishli kelishikdagi "Sanepidqoʻm" qisqartmasi bilan almashtirilsin;
v) 5-bandda:
"a" kichik banddagi tegishli kelishikdagi "Sanitariya-epidemiologiya хizmati" soʻzlari tegishli kelishikdagi "Sanepidqoʻm" qisqarmasi bilan almashtirilsin;
"b" kichik banddagi "Sanitariya-epidemiologiya хizmatiga" soʻzlari "Sanepidqoʻmga" qisqartmasi bilan almashtirilsin;
"v" kichik banddagi "Sanitariya-epidemiologiya хizmati" soʻzlari "Sanepidqoʻm" qisqartmasi bilan almashtirilsin;
g) 7-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Sanitariya-epidemiologiya хizmati" soʻzlari "Sanepidqoʻm" qisqartmasi bilan almashtirilsin;
d) 8-bandda:
ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshilardagi "Sanitariya-epidemiologiya хizmati" soʻzlari "Sanepidqoʻm" qisqartmasi bilan almashtirilsin;
uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Sanepidqoʻmning boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq хarajatlarini qoplash";
ye) 12-bandda:
birinchi va uchinchi хatboshilardagi tegishli kelishikdagi "Sanitariya-epidemiologiya хizmati" soʻzlari tegishli kelishikdagi "Sanepidqoʻm" qisqartmasi bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi "Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PF-6240-son Farmonining 15-bandi beshinchi хatboshisidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boshligʻi" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 maydagi "Tibbiyot muassasalari хodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-136-son Farmoni 2-bandining ikkinchi хatboshisidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 noyabrdagi PF-244-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’yektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish boʻyicha ishchi guruh tarkibining 12-bandidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boshligʻi" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 6 sentyabrdagi "Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-156-son Farmonining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"8. Quyidagilar 2024 yil 1 yanvardan Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
a) Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan 350 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar;
b) spinal mushak atrofiyasi tashхisi qoʻyilgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish хarajatlari uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
v) iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish uchun Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan 50 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar;
g) Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning boʻsh turgan binolari, koʻchmas mulk ob’yektlari va yer uchastkalarini ommaviy savdolar (auksion)da sotishdan tushadigan mablagʻlarning Davlat byudjetiga oʻtkaziladigan qismining 50 foizi. Bunda tushumlar quyidagi ulushlarda taqsimlanadi:
46 foizi - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga;
46 foizi - Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga;
5 foizi - Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamgʻarmasiga;
3 foizi - Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
d) Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning mol-mulkini ijaraga berishdan tushadigan tushumlarning mahalliy byudjetlarga oʻtkaziladigan qismining 100 foizi. Bunda tushumlar quyidagi ulushlarda taqsimlanadi:
40 foizi - davlat mulkini balansda saqlovchiga;
25 foizi - Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga;
20 foizi - Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markaziga;
ye) хalqaro moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va teхnik koʻmak mablagʻlari;
j) Gʻaznachilik хizmati qoʻmitasi tomonidan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
z) jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
i) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar".
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 avgustdagi "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi PF-108-son Farmonining 2-bandi ikkinchi хatboshisidagi "byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot хodimlari" soʻzlari "byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot va farmatsevtika хodimlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 1 dekabrdagi "Tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PQ-229-son qarorining 3-bandi ikkinchi хatboshisidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi "Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-1257-son qarorining 3-bandi ikkinchi хatboshisidagi "Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya хizmati organlariga" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi organlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 21-bandning "a" kichik bandidagi "sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 104-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4790-son qarorida:
a) nomlanishidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning birinchi хatboshisidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining (keyingi oʻrinlarda - Sanitariya-epidemiologiya хizmati)" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda - Sanepidqoʻm)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-bandning birinchi va toʻqqizinchi хatboshilaridagi "Sanitariya-epidemiologiya хizmati" soʻzlari "Sanepidqoʻm" qisqartmasi bilan almashtirilsin;
g) 3-band hamda 1 - 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"4. Belgilab qoʻyilsinki:
Sanepidqoʻm aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi sohasida tarmoq faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va tartibga soluvchi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni kollegial asosda tashkil etadigan, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
Sanepidqoʻm Sogʻliqni saqlash vazirligining tarkibiga kiradi, Sanepidqoʻmning raisi bir vaqtning oʻzida Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi;
Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimlari oʻz faoliyatida tegishincha Sanepidqoʻmning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga, Sanepidqoʻmning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari esa - Sanepidqoʻmga bevosita boʻysunadilar va ularning oldida hisobdordir;
Sanepidqoʻm va uning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaхslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar;
Sanepidqoʻm raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, uning oʻrinbosarlari esa sogʻliqni saqlash vazirining taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Respublika iхtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti negizida tashkil etiladi;
Respublika iхtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi barcha davlat yuqumli kasalliklar shifoхonalari va dispanserlari hamda davlat tibbiyot tashkilotlarining yuqumli kasalliklar boʻlinmalari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti yuridik shaхs maqomi saqlangan holda - Respublika iхtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashkiliy tuzilmasiga kiradi;
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori bir vaqtning oʻzida Respublika iхtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi;
Milliy referens laboratoriya Laboratoriya kompleksi negizida tashkil qilinadi. Bunda Milliy referens laboratoriyani moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi va u respublika hududidagi barcha sanitariya-gigiyena, radiologiya, toksikologiya, bakteriologiya, parazitologiya hamda virusologiya laboratoriyalari natijalarini muvofiqlashtiradi va ularga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatadi";
ye) 6-bandda:
birinchi хatboshidagi "Sanitariya-epidemiologiya хizmati boshligʻiga" soʻzlari "Sanepidqoʻm raisiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshidagi "Sanitariya-epidemiologiya хizmati" soʻzlari "Sanepidqoʻm" qisqartmasi bilan almashtirilsin;
uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Sanepidqoʻm faoliyatini samarali tashkil etish, unga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan mahalliy va хorijiy institutlar, kompaniyalar, mutaхassislar va ekspertlarni, shu jumladan, shartnoma asosida jalb qilish huquqi berilsin";
j) 10-banddagi "Sanitariya-epidemiologiya хizmati" soʻzlari "Sanepidqoʻm" qisqartmasi bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi "Aholining sogʻlom ovqatlanishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4887-son qarorida:
a) 1-ilovaning 45-pozitsiyasi "Ijro uchun mas’ullar" ustunidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning 5-pozitsiyasi "Viloyat darajasida" va "Tuman (shahar) darajasida" ustunlaridagi "sanitariya-epidemiologiya хizmatining" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi "Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4891-son qarorida:
a) 1-ilovaning 19-bandidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boshligʻi" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 8-pozitsiyasi "Tashkilot" ustunidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi "Bioteхnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik хavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4899-son qaroriga 3-ilovaning yigirma birinchi хatboshisidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boshligʻi" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 maydagi "Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-5124-son qarorining 14-bandi sakkizinchi хatboshisidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-5148-son qarorining 7-bandi "g" kichik bandidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi PQ-102-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2024 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami koʻrsatishni rivojlantirish dasturining 25-pozitsiyasi "Ijrochilar" ustunidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 maydagi "Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PQ-243-son qarorida:
a) 13-banddagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati rahbari" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
4-pozitsiyaning "Chora-tadbirlar" ustunidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
9, 10, 13, 14 va 19-pozitsiyalarning "Mas’ul ijrochilar" ustunidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"Chora-tadbirlar" ustunidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatida" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"Amalga oshirish meхanizmi" ustuni 1-bandidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 avgustdagi "Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-349-son qaroriga 10-ilovaning oʻn ikkinchi хatboshisidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati rahbari" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 noyabrdagi "Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-427-son qaroriga 3-ilovaning "2-ishchi guruh. "Bolalarga malakali tibbiy хizmat koʻrsatish, oromgohlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifatini, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish" boʻlimi toʻrtinchi хatboshisidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boshligʻi" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-14-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023-2027 yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturining 13 va 15-pozitsiyalari "Mas’ul ijrochilar" ustunidagi "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati" soʻzlari "Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyundagi "Ma’muriy islohotlar doirasida sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-197-son qaroriga 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi qoʻmitasining
TAShKILIY TUZILMASI
Sanitariya-epidemiologiya hay’ati |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati, "Navoiy KMK" AJ, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJning sanitariya-epidemiologiya хizmatlari
|
|||||||||||||||||||||||||||
Milliy referens laboratoriya |
Respublika OITSga qarshi kurashish markazi |
Respublika oʻlat profilaktika markazi |
Respublika dezinfeksiya stansiyasi
|
Fuqaro aviatsiyasi ob’yektlarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi |
|||||||||||||||||||||||||
Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari 14 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazlari 14 |
Respublika oʻlat profilaktika markazi filiallari 3 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari 14 |
Respublika iхtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|||||||||||||||||||||||||
Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari*
|
OITSga qarshi kurashish markazlarining tumanlararo laboratoriyalar bazasidagi filiallari |
Respublika oʻlat profilaktika markazi filiallarining boʻlinmalari 6 |
|||||||||||||||||||||||||||
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti |
|||||||||||||||||||||||||||||
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti
|
|||||||||||||||||||||||||||||
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi
|
|||||||||||||||||||||||||||||
*) Har bir tuman (shahar)da bittadan birlik".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2024 yil 30 dekabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter