Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

VI Boʻlimga eslatma

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

VI Boʻlimga eslatma



Izohlar:


1. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar (radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim.


(B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu boʻlimning хech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.


2. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, oʻlchangan dozalarda yoki chakana sotuv asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.


3. Ikki va undan ortiq alohida yiilgan komponentlardan iborat boʻlgan tovarlar, ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu boʻlimga kiritiladi va VI yoki VII boʻlimga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun moʻljallangan. Ular boʻlim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:


(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib oʻrashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun moʻljallanganligi;


(b) birgalikda yetkazib berilishi; va


(v) bir-birini toʻldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy хususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.


4. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi boʻyicha VI boʻlimning bir yoki bir nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga koʻra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki oʻzining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.