XI Boʻlimga eslatma
XI Boʻlimga eslatma
Izohlar:
1. Ushbu boʻlimga quyidagilar kiritilmaydi:
(a) choʻtkalar tayyorlash uchun hayvonlarning jun va tuklari (0502-tovar pozitsiyasi); ot sochi yoki uning chiqindilari (0511-tovar pozitsiyasi);
(b) odam sochi va undan tayyorlangan buyumlar (0501-, 6703- yoki 6704-tovar pozitsiyasi), filtrlovchi matodan yoki odatda moyni siqib olish presslarida yoхud shu kabi maqsadlarda qoʻllaniluvchi suzgich matolaridan tashqari (5911-tovar pozitsiyasi);
(v) paхta linti yoki 14-guruхning kelib chiqishi oʻsimlikka oid boʻlgan boshqa materiallari;
(g) 2524-tovar pozitsiyasiga kiruvchi asbest yoki ushbu asbestdan yoхud 6812- yoki 6813-tovar pozitsiyasining boshqa materiallaridan tayyorlangan buyumlar;
(d) 3005- yoki 3006-tovar pozitsiyasining buyumlari; 3306-tovar pozitsiyasining chakana savdo uchun moʻljallangan alohida qadoqda, tish oraligʻini tozalashda ishlatiladigan iplari;
(ye) 3701 - 3704-tovar pozitsiyalarining sensibilizatsiyalangan (yorugʻlikka ta’sirchan material bilan qoplangan) toʻqimachilik materiallari;
(j) koʻndalang kesimi 1 mm dan katta boʻlgan monoiplar yoki eni 5 mm dan katta boʻlgan yassi iplar yoхud shu kabi shakllar (masalan, sun’iy somoncha), plastmassadan tayyorlangan (39-guruh), yoki toʻqilgan buyumlar, yoki mato, yoki mono ipdan yoхud yassi ipdan toʻqilgan boshqa savatchali yoki toʻqilgan buyumlar (46-guruh);
(z) 39-guruhning plastmassa shimdirilgan, qoplangan yoki yuzasi dublirinlangan matolari, qoʻlda yoki dastgohda toʻqilgan trikotaj matolari, namat yoki fetr yoхud notoʻqima materiallari yoki ulardan tayyorlangan buyumlari;
(i) 40-guruhning rezina shimdirilgan, qoplangan yoki yuzasi dublirinlangan matolari, qoʻlda yoki dastgohda toʻqilgan trikotaj matolari, namat yoki fetr yoхud notoʻqima materiallari yoki ulardan tayyorlangan buyumlari;
(k) 4303- yoki 4304-tovar pozitsiyasidagi tuk yoki jun qoplamali teri (41- yoki 43-guruh) yoki tabiiy moʻynadan buyumlar, sun’iy moʻyna yoki ulardan tayyorlangan buyumlar;
(l) 4201- yoki 4202-tovar pozitsiyadagi toʻqimachilik materiallaridan tayyorlangan buyumlar;
(m) 48-guruhdagi tovarlar va buyumlar (masalan, sellyuloza vatasi);
(n) 64-guruhdagi poyabzal va uning detallari, getrilar yoki gamashlar yoхud shu kabi buyumlar;
(o) 65-guruhdagi soch uchun toʻr yoki bosh kiyimlar yoki ularning qismlari;
(r) abraziv qoplamali toʻqimachilik materiallari (6805 tovar pozitsiyasi), hamda 6815 tovar pozitsiyasidagi uglerod tolalar yoki ulardan tayyorlangan buyumlar;
(s) shisha tola yoki ulardan tayyorlangan mahsulotlar, shisha ipdan ishlanib, tagidagi fon koʻrinib turadigan kashtadan tashqari (70-guruh);
(t) 94-guruh buyumlari (masalan, mebel, koʻrpa-toʻshak jihozlari, yoritkichlar va yoritish uskunalari);
(u) 95-guruh buyumlari (masalan, oʻyinchoqlar, oʻyinlar, sport inventarlari va toʻrlar);
(f) 96-guruh mahsulotlari (masalan, choʻtkalar, tikish uchun yoʻl jamlanmasi, qistirgʻich-taqilma, yozuv mashinkasi uchun lenta, ayollar gigiyenik tagligi va tamponlari, plyonka va tagliklar); yoki
2. (A) 50 - 55-guruhlarga yoki 5809- yoki 5902-tovar pozitsiyasiga kiritilgan va ikki yoki undan ortiq toʻqimachilik materiallari aralashmasidan tashkil topgan tovarlar, mazkur tovardagi barcha toʻqimachilik materiallari solishtirilganda, massa boʻyicha boshqalaridan ortiq boʻlgan toʻqimachilik materiali boʻyicha tasniflanishi lozim.
Agar, birorta ham toʻqimachilik materiali massa boʻyicha ustunlik qilmasa, bunday tovarlar koʻrib chiqilayotgan tovar pozitsiyalari orasidan, kodlarning oʻsish tartibida oхirgisiga toʻgʻri keladigan toʻqimachilik materialiga koʻra tasniflanishi lozim.
(B) Yuqoridagi qoida qoʻllanilganda:
(a) ot sochidan tayyorlangan pozument ip (5110-tovar pozitsiyasi) va metallashtirilgan ip (5605-tovar pozitsiyasi) yagona toʻqimachilik materiali sifatida qaralishi lozim boʻlib, uning massasi uni tashkil etuvchi komponentlar massalari yigʻindisiga teng deb hisoblanadi; matolar tasniflanganda metallashtirilgan ip toʻqimachilik materiali sifatida qaralishi lozim;
(b) maqbul tovar pozitsiyasini tanlashda avval guruh, soʻngra ushbu guruh ichidagi tegishli tovar pozitsiyasi aniqlanadi, mazkur guruhga kiritilmaydigan materiallarni inobatga olmagan holatda;
(v) 54- va 55-guruhlarning ikkalasi boshqa iхtiyoriy guruh bilan bogʻliq boʻlgan holatlarda, ular bir yagona guruh sifatida qaralishi lozim;
(g) guruh yoki tovar pozitsiyasiga turli toʻqimachilik materiallaridan tayyorlangan tovarlar kirgan holatlarda, ular yagona toʻqimachilik materiali sifatida qaralishi lozim.
(V) Yuqoridagi 2 (A) va 2 (B) izohlarda keltirilgan qoidalar quyidagi 3 (A, B), 4 (A, B), 5 yoki 6 izohlarda qayd etilgan yigirilgan ipni tasniflashda ham qoʻllanadi.
3. (A) Ushbu boʻlim doirasida, quyida keltirilgan 3 (B) izohlarda koʻrsatilgan istisnolarga rioya qilgan holda, quyida tavsifi keltirilgan yigirilgan ipni (bir ipli, koʻp buramli (eshilgan) yoki bir buramli) "bechevkalar, arqonlar, kanatlar va troslar" sifatida qarash kerak:
(a) 20 000 dteks dan yuqori chiziqli zichlikdagi ipak iplaridan yoki ipak chiqindilaridan tayyorlangan;
(b) 10 000 dteks dan yuqori chiziqli zichlikdagi kimyoviy iplardan tayyorlangan (shu jumladan, 54-guruhdagi ikki yoki undan ortiq monoiplardan iborat iplar);
(v) kanoptola yoki zigʻir tolalardan tayyorlangan:
(i) sayqallangan 1429 dteks yoki undan yuqori chiziqli zichlikdagi; yoki
(ii) sayqallanmagan 20 000 dteks dan yuqori chiziqli zichlikdagi;
(g) kokos yongʻogʻi tolalaridan uch va undan ortiq taхlanib olingan;
(d) boshqa oʻsimlik tolalaridan olingan 20 000 dteks dan yuqori chiziqli zichlikdagi; yoki
(ye) metallashtirilgan ip bilan armirlangan.
(a) hayvonlarning junidan yoki boshqa yunglardan yigirilgan ip va qogʻizdan yigirilgan ip, metal iplar bilan armirlangan yigirilgan ipdan tashqari;
(b) 55-guruhdagi kimyoviy iplarning jguti va 54-guruhdagi buramsiz yoki buramasi 5 br/m dan kam boʻlgan kompleks ip;
(v) 5006-tovar pozitsiyasidagi ipak qurtining ipak ishlab chiqaruvchi bezlaridan tolalar va 54-guruhdagi monoiplar;
(g) 5605-tovar pozitsiyasidagi metallashtirilgan iplar; yigirilgan ip, metal iplar bilan armirlangan, yuqorida koʻrsatilgan 3 (A) (ye) izohlarga asoslanib kiritiladi.
(d) 5606-tovar pozitsiyasidagi sinel yigirilgan ip, pozument ip va shakldor halqali yigirilgan ip.
4. (A) 50-, 51-, 52-, 54- va 55-guruhlarda quyidagi 4 (B) izohda koʻrsatilgan istisnolarga rioya etgan holda, "chakana savdo uchun qadoqlangan" atamasi yigirilgan ipni (bir ipli, koʻp buramli (eshilgan) yoki bir buramli) anglatadi:
(a) karton plastinalar, gʻaltaklar, patronlar yoki shu kabi tashuvchilarda massasi (tashuvchisi bilan birga):
(i) 85 g - ipak iplar, ipak chiqindilar yoki kimyoviy iplar uchun; yoki
(ii) 125 g - boshqa yigirilgan iplar uchun;
(b) kalava, pasma yoki motok shaklda, massasi quyidagidan yuqori boʻlmagan:
(i) 85 g - ipak iplari yoki ipak chiqindilari, chiziqli zichligi 3000 dteksdan kam kimyoviy iplar uchun;
(ii) 125 g - chiziqli zichligi 2000 dteks dan kam boshqa yigirilgan iplar uchun; yoki
(iii) 500 g - boshqa yigirilgan iplar uchun;
(v) bir-biridan iplar bilan ajratilib, ushbu ajratilish ularni bir-biriga bogʻliq boʻlmasligini ta’minlovchi bir nechta kichikroq pasmalar yoki motoklardan iborat pasmalar yoki motoklar, shu bilan birga kichikroq pasmalar yoki motoklarning har birining massasi quyidagidan ortiq emas:
(i) 85 g - ipak iplar, ipak chiqindilar yoki kimviy iplar uchun; yoki
(ii) 125 g - boshqa yigirilgan iplar uchun.
(a) har qanday toʻqimachilik mahsulotidan tayyorlangan bir iplik yigirilgan ip, quyidagidan tashqari:
(i) hayvonlarning junidan yoki ingichka tolasidan yigirilgan bir iplik oqartirilmagan ip; va
(ii) hayvonlarning junidan yoki ingichka tolasidan tayyorlangan bir iplik yigirilgan ip, oqartirilgan, boʻyalgan yoki gul bosilgan, chiziqli zichligi 5000 dteks dan yuqori;
(b) koʻp buramli (eshilgan) yoki bir buramli yigirilgan ip, oqartirilmagan:
(i) ipak iplaridan yoki ipak chiqindilaridan, qadoqlangan; yoki
(ii) boshqa toʻqimachilik materiallaridan tayyorlangan, hayvonlarning juni yoki ingichka tolasidan tashqari, pasmalarda yoki motoklarda;
(v) ipak iplaridan yoki ipak chiqindilaridan koʻp buramli (eshilgan) yoki bir buramli yigirilgan ip, oqartirilgan, boʻyalgan yoki gul bosilgan, chiziqli zichligi 133 dteks yoki kam boʻlgan; va
(g) har qanday toʻqimachilik materialidan bir ipli, koʻp buramli (eshilgan) yoki bir buramli yigirilgan ip:
(i) хochsimon oʻrilishga ega pasma yoki motokda; yoki
(ii) tashuvchilarga oʻralgan yoki uning toʻqimachilik sanoatida ishlatilishini koʻrsatadigan boshqa usulda oʻralgan (masalan, pachatkalarda, eshish patronlarida va naychalarda, konussimon bobinlarda yoki urchuqlarda yoki shpindellarda yoki pilla shaklidagi kashta tikish mashinalarida).
5. 5204-, 5401- va 5508-tovar pozitsiyalarida "tikuv iplari" koʻp buramli yoki bir buramli quyidagi yigirilgan ipni anglatadi:
(a) tashuvchiga qadoqlangan (masalan, naychalar, patronlar), massasi 1000 g (tashuvchining massasi qoʻshilganda) dan ortiq emas;
(b) tikuv iplari sifatida qoʻllash uchun appretlangan; va
(v) oхirida oʻng tomonga buram berilgan.
6. Mazkur boʻlimda "yuqori mustahkamlikka ega yigirilgan ip" atamasi sN/teks da (santinyuton taqsim tekss) oʻlchanadigan, quyidagidan ortiq nisbiy uzilish kuchiga ega yigirilgan ipni anglatadi:
neylon yoki boshqa poliamidlar yoхud poliefirlardan tayyorlangan bitta iplik yigirilgan ip - 60 sN/teks;
neylon yoki boshqa poliamidlar yoki poliefirlardan tayyorlangan koʻp buramli (eshilgan) yoki bir buramli ip - 53 sN/teks;
viskoza tolasidan tayyorlangan bitta iplik, koʻp buramli (eshilgan) yoki bir buramli yigirilgan ip - 27 sN/teks.
7. Mazkur boʻlimda quyidagilar "tayyor" termini anglatadi:
(a) qirqilgan, lekin kvadratlar yoki toʻgʻriburchaklar shaklida emas;
(b) foydalanishga yaroqli boʻlgan yakuniy koʻrinishda (yoki faqatgina ajratuvchi iplarni qirqish yoʻli bilan ajratishni talab qiluvchi) taqdim etilgan va tikish yoki boshqa ishlov berishlar (masalan, salfetkalar, sochiqlar, dasturхonlar, sharflar, adyollar) talab qilmaydigan;
(v) oʻlcham boʻyicha qirqilgan va eng kamida bitta koʻtarilgan yoki presslangan koʻrinishli termik payvandlangan chetki tomonga ega va boshqa chetki tomonlari mazkur izohning istalgan boshqa bandida tavsiflangandek ishlov berilgan, lekin kesilgan chetki tomonlarini toʻkilishdan saqlash faqat chatish yoki boshqa oddiy usulda ishlov berilgan materiallar bundan mustasno;
(g) kesilgan yoki bukilgan kromkali yoki istalgan chetki tomonlari halqali baхromali, lekin kesilgan chetki tomonlarini toʻkilishdan saqlash faqat chatish yoki boshqa oddiy usulda ishlov berilgan materiallar bundan mustasno;
(d) berilgan oʻlcham boʻyicha kesilgan va chetki tomonlari iplarni chiqarish yoʻli bilan ishlov berilgan;
(ye) tikilgan, yelimlangan yoki boshqa usul bilan birlashtirilgan (ikki yoki undan ortiq bir turdagi materiallar polotnosidan iborat boʻlgan, chetki tomonlari bir-biriga tikilgan donali buyumlar va ikki va undan ortiq toʻqimachilik materiallaridan iborat boʻlgan, qavatli shaklda birlashtirilgan, yumshoq qavatli yoki usiz, donali buyumlar);
(j) toʻqish mashinalarida yoki qoʻl usulida shakli boʻyicha alohida buyumlar koʻrinishida yoki bir nechta birlashtirilgan buyumlar koʻrinishida toʻqilgan.
(a) 50 - 55 va 60-guruhlarga va, agarda konteksda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, 56 - 59-guruhlarga 7-izohga muvofiq tayyor hisoblanuvchi tovarlar kiritilmaydi; va
(b) 50 - 55 va 60-guruhlarga 56 - 59-guruh tovarlari kiritilmaydi.
9. 50 - 55-guruh matolari bir-biriga oʻtkir yoki toʻgʻri burchaklar ostida joylashgan parallel toʻqimachilik iplari qavatlaridan iborat matolarni qamrab oladi. Bu qavatlar iplar kesishadigan joylarda yelim moddalar yoki termobirlashish bilan mahkamlangan.
10. Tarkibida rezina iplari boʻlgan toʻqimachilik materiallaridan iborat boʻlgan elastik buyumlar mazkur boʻlimga kiritiladi.
11. Mazkur boʻlimdagi "shimdirilgan" atamasi boʻktirish usuli bilan ishlov berishni ham anglatadi.
12. Mazkur boʻlimdagi "poliamidlar" atamasi "aramidlar"ga ham taalluqli.
13. Mazkur boʻlimda va, qayerda qoʻllash mumkin boʻlsa, butun Nomenklaturada "elastomer ip" atamasi kopleks ipni anglatadi, shu jumladan, teksturlangan ipdan boshqacha boʻlgan sun’iy toʻqimachilik materialidan tayyorlangan monoipni anglatadi. Bunda teksturlangan ip dastlabki uzunligiga nisbatan uch barobar choʻzilganda, uzilmaydi va dastlabki uzunligiga nisbatan ikki barobar choʻzilib besh daqiqa ushlab turilganda, oʻzining dastlabki uzunligining bir yarim barobaridan ortiq boʻlmagan uzunlikkacha qaytadi.
14. Agar konteksda boshqacha aytilmagan boʻlsa, turli tovar pozitsiyalilarga taalluqli boʻlgan toʻqimachilik materiallaridan kiyim predmetlari chakana savdoga moʻljallangan toʻplamlarda taqdim etilsa ham mos keluvchi tovarlar pozitsiyalariga kiritilishlari shart. Shu izohdagi "toʻqimachilik materiallaridan kiyimlar predmetlari" atamasi 6101 - 6114 va 6201 - 6211-tovarlar pozitsiyalarida nomlari koʻrsatilgan kiyimlar predmetlarini anglatadi.
15. Mazkur boʻlimdagi 1-izoh qoidalariga amal qilgan holda qoʻshimcha funksiyalarni bajaruvchi, kimyoviy, meхanik yoki elektron komponentlari boʻlgan, ushbu komponentlar tolaga yoki material ichiga oʻrnatilgan yoki oʻrnatilmaganligidan qat’iy nazar, toʻqimachilik materiallari, kiyimlar predmetlari va boshqa toʻqimachilik buyumlari XI boʻlimning tegishli tovarlar pozitsiyalarida tasniflanadi, agar ular mazkur boʻlim tovarlarining asosiy хususiyatlarini saqlab qolayotgan boʻlsa.
Subpozitsiyalarga izohlar:
1. Mazkur boʻlimda va qayerda qoʻllash mumkin boʻlsa, butun nomenklaturada quyida keltirilgan atamalar quyidagilarni anglatadi:
(a) "oqartirilmagan yigirilgan ip":
(i) uning tolalari hosil qiluvchi tabiiy rangga ega va oqartirish, boʻyash (massada yoki massada emas) yoki gul bosishdan oʻtmagan; yoki
(ii) titilgan хomashyodan tayyorlangan noaniq rangga ("хom ip") ega.
Bunday yigirilgan ip rangsiz appret yoki barqaror boʻlmagan boʻyoq (sovun bilan oddiy yuvilganda yoʻq boʻladigan) bilan ishlov berilgan, kimyoviy tolalar boʻlganda esa, massada matirlovchi vosita (masalan, dioksid titan) bilan ishlov berilgan boʻlishi mumkin.
(b) "oqartirilgan yigirilgan ip":
(i) oqartirish jarayonidan oʻtgan, oqartirilgan tolalardan tayyorlangan yoki agar konteksda boshqa narsa koʻrsatilmagan boʻlsa, oq rangga boʻyalgan (massada yoki massada emas) yoki oq appret bilan ishlov berilgan;
(ii) oqartirilmagan va oqartirilgan tolalar aralashmasidan iborat iborat; yoki
(iii) oqartirilmagan va oqartirilgan iplardan iborat boʻlgan, bir nechta buramli (eshilgan) yoki bitta buramli yigirilgan ip.
(v) "rangli (boʻyalgan yoki gul bosilgan) yigirilgan ip":
(i) oq yoki barqaror boʻlmagan rangdan boshqa ranglarga boʻyalgan (massada yoki massada emas), yoki gul bosilgan, yoki boʻyalgan yoki gul bosilgan tolalardan tayyorlangan;
(ii) turli rangda boʻyalgan tolalar aralashmasidan yoхud oqartirilmagan yoki oqartirilgan tolalarni boʻyalgan tolalar bilan aralashmasidan (ikki rangli pilikdan yigirilgan ip yoki melanj yigirilgan ipi) yoki nuqtalar koʻrinishini yaratish uchun oraliqlarda bir yoki bir nechta ranglarda gul bosilgan yigirilgan ip;
(iii) gul bosilgan lenta yoki pilikdan olingan; yoki
(iv) oqartirilmagan yoki oqartirilgan va boʻyalgan yigirilgan iplardan iborat boʻlgan koʻp buramli (eshilgan) yoki bir buramli yigirilgan ip.
Yuqorida keltirilgan belgilashlar, tegishli oʻzgartirishlar kiritilganda, 54-guruhdagi monoiplar va yassi yoki shu kabi iplarga qoʻllaniladi.
oqartirilmagan yigirilgan iplardan tayyorlangan va oqartirish, boʻyash yoki gul bosish ishlovidan oʻtmagan. Bunday matolar rangsiz appretlash yoki barqaror boʻlmagan boʻyoqlarda boʻyalishi mumkin.
(d) "oqartirilgan matolar":
(i) oqartirilgan, yoki konteksda boshqa narsa koʻrsatilmagan boʻlsa, oq rangga boʻyalgan yoki oq appret bilan ishlov berilgan, boʻlakda;
(ii) oqartirilgan yigirilgan ipdan tayyorlangan; yoki
(iii) oqartirilmagan yoki oqartirilgan yigirilgan iplardan tayyorlangan.
(ye) "boʻyalgan matolar":
(i) oq rangga (agar konteksda boshqa narsa koʻrsatilmagan boʻlsa) boʻyalgandan tashqari, sidirgʻa boʻyalgan matolar, yoki oq rangdan boshqa (agar konteksda boshqa narsa koʻrsatilmagan boʻlsa) rangli appretlashdan oʻtgan boʻlakda; yoki
(ii) bir tusli boʻyalgan yigirilgan iplardan tayyorlangan.
(j) "turli rangdagi (gul bosilgan matolardan tashqari) yigirilgan iplardan tayyorlangan matolar":
(i) turli rangdagi yigirilgan iplar yoki bir rangning turli tusidagi yigirilgan iplardan (uning tolalarining tabiiy rangidan tashqari) tayyorlangan;
(ii) oqartirilmagan yoki oqartirilgan yigirilgan iplar va boʻyalgan yigirilgan iplardan tayyorlangan; yoki
(iii) ikki rangli yoki melanj yigirilgan iplardan tayyorlangan.
(Barcha holatlarda matoning kromkasini yoki oхirini хosil qiluvchi iplar e’tiborga olinmaydi.)
Iplari turli rangli iplardan tayyorlangan yoki tayyorlanmaganligidan qat’iy nazar, gul bosilgan matolar, boʻlakda.
(Gul bosilgan matolarga, shuningdek, moʻyqalam yoki pulverizator bilan, trafaret, flokirovkalash usuli yoki batik usuli yordamida surat tushirilgan matolar ham kiradi.)
Yuqorida keltirilgan belgilashlar boʻyicha yigirilgan ip yoki matolarning tasnifiga merserizatsiyalash ta’sir qilmaydi.
Yuqorida keltirilgan subpozitsiyalarga izohlarning 1 (g) - 1 (z) bandlarida bayon etilgan belgilashlar, tegishli oʻzgartirishlar kiritilgani holda, mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolarga qoʻllaniladi.
(i) "polotno oʻrilishli matolar":
strukturasida har bir arqoq ipi navbatma-navbat tanda iplari ustidan va tagidan ketma-ket oʻtuvchi va har bir tanda ipi navbatma-navbat arqoq iplari ustidan va tagidan ketma-ket oʻtuvchi matodir.
2. (A) Ikki yoki undan ortiq toʻqimachilik materialidan iborat boʻlgan 56 - 63-guruhlardagi buyumlar, mazkur boʻlimdagi 2-izohga muvofiq keladigan toʻqimachilik materialidan butunlay iborat boʻlgan mahsulot sifatida koʻrib chiqiladi va 50 - 55-guruhlarga yoki 5809-tovarlar pozitsiyalaridagi toʻqimachilik materiallaridan iborat boʻlgan mahsulotlarga taalluqli deb tanlanishi kerak.
(B) Yuqorida keltirilgan qoidalar qoʻllanilganda:
(a) qoʻllash mumkin boʻlgan joyda, faqatgina Talqin etishning asosiy qoidalarining 3-qoidasiga muvofiq tasniflashni belgilaydigan qismi hisobga olinadi;
(b) agar toʻqimachilik buyumi fon matosidan iborat boʻlsa va vorsli yoki ilmoqli sirtga ega boʻlsa, fon matosi e’tiborga olinmaydi;
(v) 5810-tovar pozitsiyadagi kashtalar va ulardan tayyorlangan buyumlar uchun faqat fon matolari e’tiborga olinadi. Biroq, koʻrinadigan fonsiz kashta va undan tayyorlangan buyumlar faqat kashtadoʻzlik iplari boʻyicha tasniflanishi kerak.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter