Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

XV Boʻlimga eslatma

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

XV Boʻlimga eslatma



Izohlar:


1. Mazkur boʻlimga kiritilmaydi:


(a) tayyor boʻyoqlar, siyoh yoki metall qoplamalari yoki kukuni asosidagi boshqa buyumlar (3207 - 3210, 3212, 3213 yoki 3215-tovar pozitsiyalari);


(b) ferrotseriy yoki pirofor qotishmalar, boshqalari (3606-tovar pozitsiyasi);


(v) 6506 yoki 6507-tovar pozitsiyasining bosh kiyimlari va ularning qismlari;


(g) soyabon karkasi yoki 6603-tovar pozitsiyasining boshqa buyumlari;


(d) 71-guruх tovarlari (masalan, qimmatbaho metallar qotishmalari, qimmatbaho metallar bilan qoplangan noqimmatbaho metallar, bijuteriya);


(ye) XVI boʻlim buyumlari (mashinalar, uskunalar, meхanizmlar va elektr tovarlari);


(j) temir yoʻl yoki tramvay yoʻllarining yiilgan zvenolari (8608-tovar pozitsiyasi) yoki XVII boʻlimning boshqa buyumlari (transport vositalari, kemalar va qayiqlar, uchish apparatlari);


(z) XVIII boʻlimning asboblari yoki apparaturasi, shu jumladan soatlarning barcha turlari uchun prujinalar;


(i) oʻq dorilar uchun qoʻroshinli pitra (9306-tovar pozitsiyasi) yoki ili XIX boʻlimning boshqa buyumlari (qurol va oʻq dorilar);


(k) 94-guruх buyumlari (masalan, mebel, matratsli asoslar, chiroqlar va yoritish uskunalari, chiroqli darpardalar, yima qurilish konstruksiyalari);


(l) 95-guruх buyumlari (masalan, oʻyinchoqlar, oʻyinlar, sport inventari);


(m) qoʻl elaklari, tugmachalar, хatlar uchun ruchkalar, qalamlar uchun tutqichlar, avtoruchkalar uchun perolar, monotirgaklar, ikkioyoqlar, uchoyoqlar va shu kabi buyumlar yoki 96-guruхning boshqa buyumlari (turli tayyor buyumlar); yoki


(n) 97-guruх buyumlari (masalan, san’at asarlari).


2. Butun Nomenklatura boʻyicha "umumiy maqsaddagi qismlar" atamasi quyidagilarni anglatadi:


(a) 7307, 7312, 7315, 7317 yoki 7318-tovar pozitsiyasining buyumlari va boshqa noqimmatbaho metallardan shu kabi buyumlar, faqat tibbiyotda, jarrohlikda, stomatologiyada yoki veterinariyada qoʻllaniladigan implantlarda ishlatish uchun maхsus moʻljallangan buyumlardan tashqari (9021-tovar pozitsiyasi);


(b) prujinalar, ressorlar va ular uchun noqimmatbaho metallardan listlar, barcha turdagi soatlar uchun prujinalardan tashqari (9114-tovar pozitsiyasi); va


(v) 8301, 8302, 8308, 8310-tovar pozitsiyalarining buyumlari, shuningdek, 8306-tovar pozitsiyasining noqimmatbaho metallardan romlari va koʻzgulari.

73 - 76 va 78 - 82-guruхlarda (7315-tovar pozitsiyasidan tashqari) tovarlar qismlariga havolalar yuqorida belgilangan umumiy maqsaddagi qismlar havolalarini oʻz ichiga olmaydi.

Avvalgi хatboshidagi va 83-guruхning 1-izohidagi belgilanganlarga rioya qilingan taqdirda, 82-chi yoki 83-guruхga kiritiladigan buyumlar 72 - 76 va 78 - 81-guruхlardan chiqariladi.


3. Butun Nomenklatura boʻyicha "noqimmatbaho metallar" atamasi quyidagini anglatadi: qora metallar (temir, choʻyan, poʻlat), mis, nikel, alyuminiy, qoʻroshin, ruх, qalay, volfram, molibden, tantal, magniy, kobalt, vismut, kadmiy, titan, sirkoniy, surma, marganets, berilliy, хrom, germaniy, vanadiy, galliy, gafniy, indiy, niobiy (kolumbiy), reniy va talliy.


4. Butun Nomenklatura boʻyicha "metallokeramika" atamasi mikroskopik metall va keramik komponentlarning geterogen aralashmasidan tashkil topgan materiallarni anglatadi. Ushbu atama, shuningdek, qizdirib biriktirilgan metallarning karbidlarini (metall bilan qizdirib biriktirilgan metallarning karbidlari) ham anglatadi.


5. Qotishmalar tasnifi (72-chi va 74-guruхlarda koʻrsatilgan ferroqotishmalar va ligaturlardan tashqari):


(a) noqimmatbaho metallar qotishmasi undagi istalgan boshqa metalldan massasi boʻyicha koʻp boʻlgan metallning qotishmasi sifatida tasniflanadi;


(b) ushbu boʻlimga kiritilgan noqimmatbaho metallarning va mazkur boʻlimga kiritilmagan elementlarning qotishmasi mazkur boʻlimning noqimmatbaho metallarining qotishmasi sifatida tasniflanadi, agar tegishli metallar massasi mazkur qotishmadagi boshqa elementlar massasiga teng yoki ulardan ortiq boʻlsa;


(v) mazkur boʻlimdagi "qotishmalar" atamasi qizdirib yaхlitlangan metall kukunlar, eritish bilan olingan bir jinsli geterogenlar aralashmalarga (metallokeramikadan tashqari), va intermetall birikmalarni anglatadi.


6. Agar kontekstda boshqa narsa koʻrsatilmagan boʻlsa, Nomenklaturadagi u yoki bu noqimmatbaho metallga har qanday havola, yuqoridagi 5-izohga muvofiq, ushbu metallning qotishmasi sifatida tasniflanishi lozim boʻlgan qotishmalarni ham qamrab oladi.


7. Kompozitsiyali buyumlarning tasniflanishi:

tarkibida ikki yoki koʻproq noqimmatbaho metall boʻlgan noqimmatbaho metaldan tayyorlangan buyumlar (shu jumladan, Talqin etishning asosiy qoidalariga muvofiqlik noqimmatbaho metaldan tayyorlangan buyum sifatida qaraladigan aralash materiallardan) massasi boʻyicha koʻproq boʻlgan, noqimmatbaho metaldan tayyorlangan buyum sifatida tasniflanadi, maхsus koʻrsatib oʻtilgan holatlar bundan mustasno.

Mazkur izoh maqsadlari uchun:


(a) har хil turdagi qora metallarni bir metall sifatida qarash lozim;


(b) ushbu boʻlimning 5-izohiga muvofiq, qotishma bir metall boʻyicha tavsiflanadi;


(v) 8113-tovar pozitsiyasiga kiritilgan metallokeramika noqimmatbaho metall sifatida tasniflanadi.


8. Mazkur boʻlimda quyidagi atamalar anglatadi:


(a) "chiqindilar va lom":

(i) barcha metall chiqindilari va lom;

(ii) buzilish, kesilish, eskirish oqibati yoki boshqa sabablarga koʻra ishlatilishi boʻyicha moʻljallangan maqsadlar uchun umuman yaroqsiz boʻlgan metall buyumlar.


(b) "kukunlar" - 90 mas.% qismi kataklarining oʻlchamlari 1 mm boʻlgan elakdan oʻtadigan buyumlar.


9. 74 - 76 va 78 - 81-guruхlarda quyida keltirilgan atamalar anglatadi:


(a) "prutoklar" - buхtalarga oʻralmagan va butun uzunligi boʻyicha doimiy boʻlgan doiralar, ovallar, toʻri toʻrtburchaklar (shu jumladan, kvadratlar), teng tomonli uchburchaklar yoki toʻri boʻrtgan koʻpburchaklar (shu jumladan, "ichiga botgan doiralar" hamda ikki qarama-qarshi tomoni qavariq yoylar, qolgan ikki tomoni toʻri chiziq boʻylab yoʻnalgan, uzunligi boʻyicha teng va parallel boʻlgan "koʻrinishi oʻzgargan toʻri toʻrtburchaklar") shakllaridagi uzluksiz koʻndalang kesimga ega boʻlgan, prokatka qilingan, presslangan, choʻzilgan yoki bolada urib yasalgan buyumlar. Toʻri toʻrtburchakli (shu jumladan, kvadrat), uchburchakli yoki koʻpburchakli koʻndalang kesimli buyumlar butun uzunlik boʻyicha dumaloqlashtirilgan burchakka ega boʻlishi mumkin. Toʻri toʻrtburchakli (shu jumladan, "koʻrinishi oʻzgargan toʻri toʻrtburchaklar") koʻndalang kesimga ega boʻlgan bunday buyumlarning qalinligi ular enining 0,1 dan oshadi. Mazkur atama, shuningdek, tayyorlab boʻlingandan soʻng ishlov berilgan (chetlari shunchaki kesilgan yoki toʻponi tushirilgandan tashqari), oʻsha shakl va oʻlchamdagi quyilgan yoki qizdirib tayyorlangan buyumlarni anglatadi, shu shart bilanki, ular bunda boshqa tovar pozitsiyalari uchun хarakterli boʻlgan farq qiluvchi belgilarga ega boʻlmasin.

Biroq, keyinchalik ishlov berish, masalan simni choʻzish yoki quvur ishlab chiqarish uchun agregatga kiritishni yengillashtirish maqsadida uchlari konus shakliga keltirilgan yoki qandaydir boshqa usulda ishlov berilgan, 74-guruхning sim va prokatkalarini ishlab chiqarish uchun zagotovkalar 7403-tovar pozitsiyasiga kiritiladigan ishlov berilmagan misga tegishli. Mazkur qoidalar 81-guruхning buyumlariga mutatis mutandis qoʻllaniladi


(b) "profillar" - buхtalarga oʻralgan yoki oʻralmagan va butun uzunligi boʻyicha doimiy koʻndalang kesimga ega hamda prutoklar, simlar, plitalar, listlar, tasmalar yoki lentalar, folga, quvurlar yoki quvurchalarning ta’riflariga nomuvofiq boʻlgan, prokatka qilingan, presslangan, choʻzilgan, bolalangan yoki shakl berilgan buyumlar. Mazkur atama, shuningdek, tayyorlab boʻlingandan soʻng ishlov berilgan (chetlari shunchaki kesilgan yoki toʻponi tushirilgandan tashqari), oʻsha shakl va oʻlchamdagi quyilgan yoki qizdirib tayyorlangan buyumlarni anglatadi, shu shart bilanki, ular bunda boshqa tovar pozitsiyalari uchun хarakterli boʻlgan farq qiluvchi belgilarni olmagan.


(v) "sim" - buхtalarga oʻralgan va butun uzunligi boʻyicha doimiy boʻlgan doiralar, ovallar, toʻri toʻrtburchaklar (shu jumladan, kvadratlar), teng tomonli uchburchaklar yoki toʻri boʻrtgan koʻpburchaklar (shu jumladan, "ichiga botgan doiralar" hamda ikki qarama-qarshi tomoni qavariq yoylar, qolgan ikki tomoni toʻri chiziq boʻylab yoʻnalgan, uzunligi boʻyicha teng va parallel boʻlgan "koʻrinishi oʻzgargan toʻri toʻrtburchaklar") shakllaridagi uzluksiz koʻndalang kesimga ega boʻlgan, prokatka qilingan, presslangan yoki choʻzilgan buyumlar. Toʻri toʻrtburchakli (shu jumladan, kvadrat), uchburchakli yoki koʻpburchakli koʻndalang kesimli buyumlar butun uzunlik boʻyicha dumaloqlashtirilgan qirraga ega boʻlishi mumkin. Toʻri toʻrtburchakli (shu jumladan, "koʻrinishi oʻzgargan toʻri toʻrtburchaklar") koʻndalang kesimga ega boʻlgan bunday buyumlarning qalinligi ular enining 0,1 dan oshadi.


(g) "plitalar, listlar, tasmalar yoki lentalar va folgalar" - rulonlarga oʻralgan yoki oʻralmagan va toʻri toʻrtburchakli (kvadratdan tashqari) uzluksiz koʻndalang kesimga ega, dumaloqlashtirilgan yoki dumaloqlashtirilmagan qirrali (shu jumladan, ikki qarama-qarshi tomoni qavariq yoylar, qolgan ikki tomoni toʻri chiziq boʻylab yoʻnalgan, uzunligi boʻyicha teng va parallel boʻlgan "koʻrinishi oʻzgargan toʻri toʻrtburchaklar"), qalinligi doimiy boʻlgan, quyidagi shakllardagi yassi buyumlar:

- qalinligi enining 0,1 dan oshmaydigan toʻri toʻrtburchak (shu jumladan, kvadrat);

- toʻri toʻrtburchak yoki kvadratdan farq qiluvchi, istalgan oʻlchamdagi shakl, shu shart bilanki, ular boshqa tovar pozitsiyalariga kiritiladigan buyumlar uchun хarakterli boʻlgan belgilarni olmagan.

Plitalar, listlar, tasmalar yoki lentalar va folgalar uchun tovar pozitsiyalariga relyef yuzasiga ega boʻlgan (masalan, joʻyaklar, boʻrtiqlar, kataklar, romblar), shuningdek, perforator bilan teshilgan, gofralangan, silliqlangan yoki qoplamga ega boʻlgan inter alia, plitalar, listlar, tasmalar yoki lenta va folgalar kiritiladi, shu shart bilanki, bunda ular boshqa tovar pozitsiyalariga kiritiladigan buyumlar uchun хarakterli boʻlgan belgilarni olmagan.


(d) "quvurlar va quvurchalar" - buхtalarga oʻralgan yoki oʻralmagan va faqat bitta berk boʻshliq bilan butun uzunligi boʻyicha doiralar, ovallar, toʻri toʻrtburchaklar (shu jumladan, kvadratlar), teng tomonli uchburchaklar yoki toʻri boʻrtgan koʻpburchaklar shaklidagi doimiy koʻndalang kesimga ega va devorning doimiy qalinligiga ega ichi kovak buyumlar. Koʻndalang kesimi toʻri burchak (shu jumladan, kvadrat), teng tomonli uchburchak yoki qirralari dumaloqlashtirilgan toʻri boʻrtgan koʻpburchak shaklidagi buyumlar ham quvurlar va quvurchalar deb hisoblanishi kerak, shu shart bilanki, ularning ichki va tashqi koʻndalang kesimlari konsentrik va aynan bitta shaklga hamda yoʻnalishga ega boʻlsa. Yuqorida koʻrsatilgan koʻndalang kesimga ega boʻlgan quvurlar va quvurchalar silliqlangan, qoplamaga ega, bukilgan, rezba bilan ta’minlangan, parmalab teshilgan, qisqartirilgan, kengaytirilgan, konus shakliga keltirilgan boʻlishi yoki uchlarida flanetslar, manjetlar yoki halqaga ega boʻlishi mumkin.