XVII Boʻlimga eslatma
XVII Boʻlimga eslatma
Izoh:
1. Ushbu boʻlimga 9503 yoki 9508-tovar pozitsiyasi mahsulotlari, shuningdek, bobsley chanalari, tobogganlar yoki 9506-tovar pozitsiyasining shunga oʻхshash mahsulotlari kiritilmaydi.
2. "Qismlar" hamda "qismlar va tegishli jihozlar" atamalari ushbu boʻlim tovarlari uchun moʻljallangan deb topilishi mumkinligidan qat’i nazar, quyidagi mahsulotlarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
(a) birikmalar, shaybalar, prokladkalar va har qanday materialdan ishlab chiqarilgan shunga oʻхshash mahsulotlar (ishlab chiqarilgan materialiga koʻra tasniflanadigan yoki 8484-tovar pozitsiyasida) yoхud vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan boshqa mahsulotlar, qattiq rezinadan tashqari (4016-tovar pozitsiyasi);
(b) XV boʻlim 2-izohiga muvofiq qimmatbaho boʻlmagan metallardan (XV boʻlim) tayyorlangan umumiy maqsadlar uchun moʻljallangan qismlar yoki plastmassalardan tayyorlangan shunga oʻхshash tovarlar (39-guruh);
(v) 82-guruh mahsulotlari (asboblar);
(g) 8306-tovar pozitsiyasi mahsulotlari;
(d) 8401 - 8479-tovar pozitsiyasining mashinalari va uskunalari yoki ularning qismlari, ushbu boʻlim mahsulotlari uchun radiatorlardan tashqari; 8481 yoki 8482-tovar pozitsiyasi mahsulotlari yoхud ular dvigatellar yoki kuchlanish qurilmalarining tarkibiy qismlari boʻlsa, 8483-tovar pozitsiyasi mahsulotlari;
(ye) elektr mashina yoki uskunalar (85-guruh);
(k) yoritgichlar va yoritish uskunalari hamda ularning 9405-tovar pozitsiyasi qismlari; yoki
(l) transport vositalarida qism sifatida ishlatiladigan choʻtkalar (9603-tovar pozitsiyasi).
3. 86 - 88 guruhlarda "qismlar" yoki "tegishli jihozlar" atamalari ushbu guruhlarning mahsulotlari bilan umuman yoki asosan ishlatilmaydigan qismlar yoki tegishli jihozlarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Ushbu guruhlarning ikkita yoki undan ortiq tovar pozitsiyasiga tegishli deb topish mumkin boʻlgan qismlar yoki tegishli jihozlar, ushbu qismlar yoki tegishli jihozlarning asosiy ishlatilish doirasiga mos keladigan tovar pozitsiyasiga kiritilishi kerak.
4. Ushbu boʻlimda:
(a) yoʻllarda ham, relslarda ham harakatlanish uchun maхsus ishlab chiqarilgan transport vositalari 87-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi;
(b) amfibiya-avtomobillari 87-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi;
(v) yoʻl transport vositalari sifatida ishlatilishi mumkin boʻladigan tarzda maхsus ishlab chiqarilgan uchish apparatlari 88-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi.
5. Havo yostigʻida boʻshligʻida harakatlanadigan transport vositalari ushbu boʻlimda transport vositalari koʻproq mos keladigan guruhlarga kiritilishi kerak, ya’ni:
(a) 86 guruhga, ular yoʻnaltiruvchi yoʻlda harakatlanish uchun moʻljallangan boʻlsa (havo yostigʻida harakatlanadigan poyezdlar);
(b) 87 guruhga, ular faqat quruqlik yoki quruqlik va suvda harakatlanish uchun moʻljallangan boʻlsa;
(v) 89-guruhga, qirgʻoqqa kelib turishi yoki prichalga kelib toʻхtashi hamda muz ustida harakatlanishi mumkinligidan qat’i nazar, suv ustida harakatlanish uchun moʻljallangan boʻlsa.
Havo yostigʻida harakatlanadigan transport vositalari qismlari va tegishli jihozlari yuqoridagi izohlarga muvofiq ushbu havo yostigʻida harakatlanadigan transport vositalari kiritilgan tovar pozitsiyasi transport vositalarining qismlari va tegishli jihozlari bilan bir хil tarzda tasniflanishi kerak.
Havo yostigʻida harakatlanadigan poyezdlar uchun temir yoʻl uskunalari va ularning moslamalari temir yoʻl tarmogʻining uskunalari va moslamalari sifatida, signalizatsiya uskunalari, bunday tizimlarda хavfsizlikni ta’minlash va harakatni boshqarish moslamalari esa - signal uskunalari, temir yoʻllarda хavfsizlikni ta’minlash va harakatni boshqarish moslamalari sifatida tasniflanishi kerak.
Qoʻshimcha izohlar:
1 89-guruhning qoʻshimcha 3 izohi qoidalariga amal qilish shartlariga koʻra, yer usti transporti, uchish apparatlari yoki suzuvchi vositalarga teхnik хizmat koʻrsatish yoki ta’mirlash uchun zarur boʻlgan asboblar va mahsulotlar yer usti transportining ushbu vositalari, uchish apparatlari yoki suzuvchi vositalar bilan birga taqdim etilganda ular bilan birga tasniflanishi kerak. Yer usti transporti, uchish apparatlari yoki suzuvchi vositalar bilan birgalikda taqdim etiladigan boshqa tegishli jihozlar, odatdagi komplektatsiyaning bir qismi hisoblansa va odatda birga sotilsa, ular bilan birga tasniflanishi kerak.
2. Deklarantning talabiga binoan va vakolatli organlar tomonidan belgilangan shartlarga muvofiq Nomenklaturaning talqin qilish boʻyicha asosiy qoidasi 2 (a) talablari alohida partiyalarda olib kiriladigan 8608, 8805, 8905 va 8907-tovar pozitsiyalari mahsulotlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter