Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 14.11.2025 y. 20-son "Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning oʻz mablagʻlari miqdori va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 18.12.2025 y. 3729-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.12.2025 y.

N 3729




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY

AGENTLIGI DIREKTORINING

14.11.2025 y.

N 20


BUYRUGʻI



Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning

oʻz mablagʻlari miqdori va investitsiya aktivlarining

oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi

toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida"gi, "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3150-son "Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning oʻz mablagʻlari miqdori va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


4. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                                        D.R. Li






Buyruqqa

2-ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy

normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2003 yil 30 dekabrdagi 2003-19-son "Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrugʻi (roʻyхati raqami 1322, 2004 yil 5 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 9-son, 111-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009 yil 1 iyundagi 2009-30-son "Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхati raqami 1322-1, 2009 yil 20 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 26-son, 302-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019 yil 5 martdagi 2019-12-son "Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхati raqami 1322-2, 2019 yil 12 mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019 y., 10/19/1322-2/2768-son).


4. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020 yil 20 yanvardagi 2020-03-son "Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхati raqami 1322-3, 2020 yil 5 fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2020 y., 10/20/1322-3/0128-son).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2025 yil 22 dekabr