Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 28.01.2026 y. 20-mh-son "Maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha ta’lim tashkilotlarini moddiy-teхnik jihozlash talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.01.2026 y. 3765-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
29.01.2026 y.
N 3765
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGAChA VA MAKTAB
TA’LIMI VAZIRINING
28.01.2026 y.
N 20-mh
BUYRUGʻI
Maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha
ta’lim tashkilotlarini moddiy-teхnik
jihozlash talablari toʻgʻrisidagi
nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻgʻrisida"gi va "Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 sentyabrdagi PF-161-son "Islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni va 2022 yil 11 maydagi PQ-241-son "Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha ta’lim tashkilotlarini moddiy-teхnik jihozlash talablari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir E.G. Karimova
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 30 yanvar

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter