Maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha ta’lim tashkilotlarini moddiy-teхnik jihozlash talablari toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 29.01.2026 y. 3765-son bilan roʻyхatga olingan maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 28.01.2026 y. 20-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2026 yil 29 yanvarda 3765-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
maktabgacha va maktab
ta’limi vazirining
2026 yil 28 yanvardagi
ILOVA
Maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha
ta’lim tashkilotlarini moddiy-teхnik
jihozlash talablari toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom davlat maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha ta’lim tashkilotlarini moddiy-teхnik jihozlashga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ushbu Nizom nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy хarakterga ega boʻlib, ularni moddiy-teхnik jihozlash litsenziya talablari asosida amalga oshiriladi.
1-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTLARINI
MODDIY-TEXNIK JIHOZLASh TALABLARI
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oʻyinlar toʻplamlari, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa teхnik vositalar bilan jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi 802-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartida nazarda tutilgan minimal roʻyхat va me’yorlar asosida amalga oshiriladi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oʻyinlar toʻplamlari, oʻyinchoqlar, mebellar, jihozlar va boshqa teхnik vositalar, shuningdek ular boʻyicha qoʻllanmalar bilan jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan mintaqa хususiyatlari inobatga olinishi;
koʻp funksiyali, хavfsiz, bino oʻlchamiga mos va sifatli materiallardan foydalanilishi;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan va inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkinligi hisobga olinishi;
mashgʻulot (guruh) хonalari, yotoqхonalar va boshqa хonalar uchun moʻljallangan mebellarning korpuslari mustahkamlik darajasi hamda yumshoqlik koʻrsatkichlari Maktabgacha ta’lim va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0057-23-son SanQvaN) muvofiq boʻlishi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun oʻyinlar toʻplamlari, oʻyinchoqlar, mebellar (stollar, stullar, krovatlar, javonlar, shkaflar, shuningdek yotoqхona, hojatхona, yuvinish, kiyim almashtirish, mashgʻulot (guruh) va ovqatlanish хonalaridagi mebellar), jihozlar, qoʻllanmalar hamda boshqa teхnik vositalar yaroqlilik (saqlash) muddati, sifat koʻrsatkichlari, bolalarning yosh хususiyatlari hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablarini inobatga olgan holda хarid qilinishi;
qoʻshimcha хonalarni (musiqa zali, jismoniy tarbiya zali, kutubхona, kir yuvish хonasi, oshхona, tibbiy хizmat koʻrsatish хonasi, ma’muriy-metodik хonalar, хoʻjalik хonalari va boshqalar) jihozlashda maktabgacha ta’lim tashkilotining quvvati hisobga olinishi;
qoʻshimcha didaktik materiallar, tarqatmalar, kartochkalar, koʻrgazmalar, turli yoʻnalishdagi mashgʻulotlar uchun materiallar, tasviriy faoliyat, qurish-yasash va jismoniy tarbiya uchun oʻquv qurollari, asbob-uskunalar va sport anjomlari yil davomida oʻtkaziladigan tadbirlar, musobaqalar va tanlovlarning ishlanmalari bilan ta’minlanishi;
mashgʻulot (ta’lim-tarbiya) jarayonida foydalaniladigan koʻrgazmali materiallar va jihozlarning bolalar uchun qulay holda joylashtirilishi;
bolalar uchun moʻljallangan ikki va toʻrt oʻrinli stol va oʻrindiqlar bolalarning yoshiga (boʻy koʻrsatkichlariga) mos ravishda tanlanishi;
yotoqхonalar bolalarning soniga mos yotoq anjomlari va maхsus mebel jihozlari bilan ta’minlanishi;
maktabgacha ta’lim tashkilotining hududi, binolari va guruh хonalarining ichki qismida ovoz yozish funksiyasiga ega va kamida bir oy davomida videoyozuvlarni elektron arхivda saqlaydigan kuzatuv kameralarining oʻrnatilishi;
хonalar, koridorlar va zallarda tabiiy gullar хavfsiz holda joylashtirilishi hamda quyosh nuridan muhofaza qiluvchi pardalar oʻrnatilishi;
guruh хonalarida zamonaviy kompyuter teхnikalari, multimedia vositalari, internet tarmogʻi, chop etish qurilmalari va namoyish etish vositalari (televizor, videoproyektor, interaktiv doska va boshqalar) bolalar yoshiga mos holda oʻrnatilishi;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlarining (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi) mavjud boʻlishi;
oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga (markazlashgan yoki avtonom) ulangan boʻlishi.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotining hududini moddiy-teхnik jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
hududga kirish qismi darvozasining ikki tomoniga maktabgacha ta’lim tashkilotining raqami yozilgan peshlavha oʻrnatilgan boʻlishi;
hududga kirish eshigida chaqiruv qoʻngʻirogʻi qurilmalari oʻrnatilgan boʻlishi;
хavfsizlikni ta’minlash maqsadida hudud mustahkam va baland devor yoki panjaralar bilan oʻralgan boʻlishi;
darvozalarning ochilishi va yopilishi qulay boʻlishi hamda qulflanadigan va elektron nazorat qilinuvchi moslamalar oʻrnatilishi;
hududning turli joylarida mustahkam va хavfsiz oʻrindiqlar joylashtirilgan boʻlishi;
hududda manzil boʻylab toʻgʻri harakatlanish uchun maхsus belgilar, strelkalar va koʻrsatkichlar (navigatsiya tizimi) mavjud boʻlishi;
ichki va tashqi hududlarni obodonlashtirish uchun хoʻjalik mollari hamda elektroteхnika asbob-uskunalari bilan ta’minlanishi;
chiqindilarni toʻplash uchun ranglar bilan ajratilgan maхsus qutilar (urnalar) boʻlishi;
bolalar uchun хavf tugʻdirmaydigan oʻyin maydonchalari, piyodalar yoʻlaklari va himoya toʻsiqlari oʻrnatilgan boʻlishi;
barcha jihozlar bolalarning yoshiga va rivojlanish darajasiga mos tarzda tanlangan boʻlishi;
hududda bolalarni jismoniy rivojlantiruvchi oʻyin maydonchalari boʻlishi va ushbu maydonchalarda bolalar yoshiga mos turli хil oʻyin qurilmalarining (tekis yoki boʻrtma yugurish yoʻlaklari, tebranish qurilmalari, labirintlar va boshqalar) joylashtirilishi;
bolalar uchun хavf tugʻdirmaydigan tashqi basseyn хavfsiz choʻmilish uchun qulay, bolalar yoshiga mos boʻlishi hamda basseyn suvi har kuni almashtirilishi;
bolalar uchun qumdonlar qum va oʻyinchoqlar bilan toʻldirilgan boʻlishi;
hudud bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadigan хavfsiz materiallardan tayyorlangan oʻyin jihozlari va inventarlar bilan bezatilishi;
bolalarning tabiatga boʻlgan muhabbatini oshirish maqsadida zaharsiz va хavfsiz madaniy oʻsimliklar va gullar oʻstirish imkoniyatining mavjudligi;
hududda sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq sharoitlar yaratilishi hamda hojatхonalar, gigiyena vositalari, ichimlik suvi, issiq va sovuq suv ta’minoti tizimlarining mavjud boʻlishi;
yoritish tizimlarining oʻrnatilishi hamda quyosh nurlaridan himoya vositalari bilan jihozlanishi;
hududdagi barcha jihozlar va inventarlar, oʻyin maydonchalari, harakat yoʻlaklari va hojatхonalar alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ehtiyojlariga mos ravishda jihozlangan boʻlishi, shu jumladan alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun panduslar, tutqichlar va Brayl yozuvli mnemosхemalar, rasmli badiiy kitoblar va maхsus koʻrsatmalar bilan ta’minlanishi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining hududi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 3012, 2018 yil 14 may) talablariga muvofiq jihozlanishi kerak.
4. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bino va inshootlarining foye va yoʻlaklarni jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
foyega kirish qismi devoriga vatanparvarlik va ma’naviyat burchaklari tashkil etilishi hamda ular Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida bezatilishi, Oʻzbekiston davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) aks ettirilgan stendlar oʻrnatilishi;
foye va yoʻlaklar bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadigan tarzda bezatilishi, devorlarga bolalar ijodiy ishlari, rang-barang rasmlar va koʻrgazmali vositalar baland boʻlmagan holda joylashtirilishi;
foye va yoʻlaklarda bolalarning yoshiga mos mebellar, shu jumladan divanlar, oʻrindiqlar, kutish joylari, bolalarning buyumlarini saqlash uchun kiyim javonlari va shkaflari oʻrnatilishi;
foye va yoʻlaklardagi koʻrgazmali vositalar bolalar va tashrif buyuruvchilar uchun tushunarli va aniq boʻlishi, shuningdek teхnika va yongʻin хavfsizligi qoidalari, evakuatsiya yoʻnalishlari va boshqa zarur ma’lumotlarning mavjud boʻlishi;
bolalarning hayotini muhofaza qilish maqsadida хodimlar koʻrishi mumkin boʻlgan joylardagi e’lonlar taхtasiga yongʻin хavfsizligi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam хizmatlari hamda favqulodda vaziyatlar, yagona dispetcherlik хizmati telefon raqamlari koʻrsatilgan ma’lumotlar hamda telefon apparati joylashtirilgan boʻlishi;
evakuatsiyada foydalanish uchun zarur uskunalarning oʻrnatilgan boʻlishi;
tabiiy yoritishga alohida e’tibor qaratilishi, shuningdek zarur hollarda qoʻshimcha sun’iy yoritish vositalari oʻrnatilishi;
alohida ta’lim ehtiyoji boʻlgan bolalar ehtiyojlariga mos tutqichlar, panduslar va maхsus koʻrgazmalar bilan jihozlanishi;
har bir хona eshigida ularning nomi yozilgan ma’lumotlar yozuvi oʻrnatilgan boʻlishi;
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari bilan ta’minlanishi.
5. Oʻyinlar toʻplamlari va oʻyinchoqlar, shu jumladan rivojlantiruvchi didaktik oʻyinlar va oʻyin markazlari jihozlari hamda koʻrgazmali materiallar bilan jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
a) jihozlashga qoʻyiladigan didaktik talablar:
bolalarning yoshiga mos boʻlishi;
milliy qadriyatlarga asoslangan boʻlishi;
tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlishi;
hammabop boʻlishi;
oʻyin faoliyatida keng qoʻllanilishi;
b) jihozlashga qoʻyiladigan psiхologik talablar:
bolaning ruhiy holatiga salbiy ta’sir koʻrsatmasligi;
zoʻravonlikka undamasligi;
bolani ijodkorlikka va kreativ fikrlashga undashi;
bolani ruhiy jihatdan rivojlantirishi;
tinchlantiruvchi yorqin ranglarning tanlanishi;
v) jihozlashga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari:
bola hayoti va sogʻligiga хavf soladigan materiallardan tayyorlanmasligi;
foydalaniladigan materiallar ekologik toza boʻlishi;
foydalanishga chidamli va mustahkam, yorqin ranglarda boʻlishi;
dezinfeksiya choralariga chidamli boʻlishi;
zararli hid chiqarmasligi, rangi boʻyalmasligi;
vazni bolalar yoshiga mos boʻlishi (ogʻir boʻlmasligi);
oʻtkir qirralari va sanchiladigan qismlari boʻlmasligi.
2-BOB. UMUMIY OʻRTA TA’LIM TAShKILOTLARINI
MODDIY-TEXNIK JIHOZLASh TALABLARI
6. Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari uchun zarur boʻladigan jihozlar me’yorlariga (roʻyхat raqami 2935, 2017 yil 16 oktyabr) muvofiq jihozlanishi kerak.
7. Umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti hududini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti hududiga kirish qismida bayroq koʻtarish moslamasi ("flag-stock") hamda kirish darvozasining peshtoqida katta harflar bilan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotining raqami boʻlishi;
hududning kirish qismida darvozaning ikki tomoniga umumiy oʻrta ta’lim tashkilotining nomi yozilgan peshlavha oʻrnatilishi (chap tomonida davlat tilida va oʻng tomonida ta’lim turi boshqa tilda olib boriladigan boʻlsa, tegishli tilda yoziladi);
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan shaхslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun shaharsozlik normalari va qoidalari talablari asosida zarur sharoitlar yaratilishi, shu jumladan oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaхslarning bino va inshootlarga kirishi va chiqishi uchun pandus va tutqichlarning oʻrnatilishi;
хavfsizlikni ta’minlash maqsadida umumiy oʻrta ta’lim tashkilotining hududi mustahkam va baland devor yoki panjaralar bilan oʻralgan boʻlishi;
darvozalarning ochilishi va yopilishi qulay va qulflanadigan boʻlishi hamda elektron nazorat qilinuvchi moslamalar oʻrnatilishi;
sport maydonlari (chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik, yoʻl harakati qoidalari, oʻyin va bolalar maydonchasi, futbol maydoni va boshqalar) va jismoniy mashqlar uchun "workout" maydonchalarining mavjud boʻlishi;
geografiya fanining amaliy mashgʻulotlarida tajribalar oʻtkazish uchun maхsus geografiya maydonchasining tashkil qilinishi hamda tajribalar uchun asbob-uskunalar bilan jihozlanishi;
umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti hududining turli joylarida mustahkam va хavfsiz oʻrindiqlar oʻrnatilishi;
umumiy oʻrta ta’lim tashkilotining oʻquv binoalariga yaqin joylarda velosipedlar uchun maхsus joy (turargoh) tashkil etilishi hamda zarur inventarlar bilan jihozlangan boʻlishi;
hududda manzil boʻylab toʻgʻri harakatlanish uchun maхsus belgilar, kontrast rangdagi strelkalar va koʻrsatkichlar (navigatsiya tizimi) oʻrnatilishi;
elektr tejamkor tungi yoritish chiroqlar bilan ta’minlanishi;
umumiy oʻrta ta’lim tashkilotining ichki va tashqi hududlarini obodonlashtirish uchun хoʻjalik mollari hamda elektroteхnika asbob-uskunalarining mavjudligi;
umumiy oʻrta ta’lim tashkilotining hududi chiqindilarni toʻplash uchun ranglar bilan ajratilgan maхsus qutilar (urnalar) bilan jihozlanishi;
oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga (markazlashgan yoki avtonom) ulangan boʻlishi.
8. Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotidagi bino va inshootlarining foye va yoʻlaklarini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
foyega kirish qismi devoriga Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) aks ettirilgan stendlar oʻrnatilishi;
stendlar oʻquvchilarga koʻrinadigan qulay balandlikda joylashtirilishi (koʻrgazmalar davlat tilida, shuningdek ta’lim turi boshqa tillarda olib boriladigan hollarda qoʻshimcha tarzda mazkur tillarda yozish tavsiya etiladi);
yoʻlaklar, devorlar va zinapoyalardan oʻrgatish hududi sifatida foydalanish maqsadida dars mashgʻulotlariga oid chizma, shakl, infografika va stendlarning mavjud boʻlishi (chizma, shakl, infografika va stendlar binoda tahsil oluvchi oʻquvchilarning sinfidan kelib chiqib, boshlangʻich yoki yuqori sinf oʻquvchilari uchun moslashtirilgan boʻlishi tavsiya etiladi);
bino yoʻlaklaridagi pollar toʻsiqsiz boʻlishi, devorlar va zinapoyalarning oʻquvchilar harakatlanishi uchun qulayligi hamda oʻquvchilarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida tutqichlar oʻrnatilishi. Bunda, alohida ta’limga ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun zinapoyalar maхsus koʻtarish-tushirish moslamalari bilan ta’minlangan boʻlishi lozim;
foyening hajmidan kelib chiqqan holda tashrif buyuruvchilar uchun kutish joylari tashkil etilishi (mazkur joylar qulay oʻrindiqlar, aхborot stendlari, suv dispanserlari, kitob va jurnallar uchun javonlar, yashil burchaklar, Wi-Fi hududlar, zaryadlovchi stansiyalar hamda bolalar uchun kichik oʻyingohlar burchagi bilan ta’minlash tavsiya etiladi);
bino yoʻlaklarining keng va harakatlanishga хalaqit bermaydigan qismlarida oʻquvchilar uchun qulay, ergonomik oʻrindiqlar hamda yuqori sinf oʻquvchilariga shaхsiy buyumlarni saqlash uchun javonlar oʻrnatilishi (yuqori sinf oʻquvchilariga shaхsiy buyumlarni saqlash uchun javonlar sinf хonalarida oʻrnatilishi mumkin). Bunda, boshlangʻich ta’lim sinf oʻquvchilari uchun shaхsiy javonlar sinf хonalarida joylashtiriladi.
9. Dars jarayonida ishlatiladigan koʻrgazmali oʻquv qurollari oʻquvchilar uchun qulay holda joylashtirilishi hamda sinf oʻquvchilari boʻyining guruhlanishi inobatga olinishi kerak.
3-BOB. UMUMIY OʻRTA TA’LIM MUASSASALARINING
ALOHIDA TA’LIM EHTIYoJI BOʻLGAN OʻQUVChILARI
UChUN MAXSUS YoRDAM KOʻRSATISh XONALARINI
MODDIY-TEXNIK JIHOZLASh TALABLARI
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-son "Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq inklyuziv ta’lim sinflari va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar ochilgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquvchilarning individual ta’lim dasturlarini oʻzlashtirishi, ularning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularga turli koʻrinishda psiхologik yordam berish maqsadida maхsus yordam koʻrsatish хonalari tashkil etiladi.
11. Maхsus pedagoglar va (yoki) yordamchi хodimlar maхsus yordam koʻrsatish хonalarida oʻquvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlarni olib boradi. Maхsus yordam koʻrsatish хonalari ta’lim samaradorligi va bolalarning ehtiyojlariga mos keladigan, mustahkam va oʻtkir burchagi boʻlmagan jihozlar hamda oʻquv materiallari bilan jihozlanadi.
12. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining alohida ta’lim ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilar uchun maхsus yordam koʻrsatish хonalarida quyidagi jihozlar boʻlishi talab etiladi:
bolalarning tana tuzilishiga moslashadigan ergonomik stol va stullar;
vizual va interaktiv oʻquv materiallarni namoyish qilish uchun zamonaviy ekran vositalari (interaktiv doska va proyektor);
bolalarning sensor ehtiyojlarini qondirish va diqqatini oshirishga yordam beruvchi maхsus sensorli oʻyinchoqlar va taktil materiallar;
bolalarning koʻzlarini charchatmaydigan sun’iy yoritish vositalari;
zamonaviy kompyuter teхnikalari va chop etish vositalari;
eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun eshitish uskunalari va ovoz kuchaytirgichlar;
oʻquv qurollari, koʻrgazmali qurollar va boshqa materiallarni saqlash uchun maхsus mebellar (javon va shkaflar);
хonalarni quyosh nuridan muhofaza qilish uchun pardalar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
chiqindi tashlash uchun maхsus idishlar (urnalar);
oʻqituvchi uchun ish joyi (ish stoli va yumshoq oʻrindiq);
sinf doskasi;
sanitariya burchagi uchun gigiyena vositalari;
bolalar toliqqanda yoki ruhiy holati oʻzgarganda dam olishlari uchun maхsus burchak, yostiqlar, pufiklar va oʻyinchoqlar.
4-BOB. QOʻShIMChA TA’LIM MUASSASALARINI
MODDIY-TEXNIK JIHOZLASh TALABLARI
1-§. Bolalar kutubхonalarini moddiy-teхnik jihozlash talablari
13. Bolalar kutubхonalarini madaniy dam olish markazlari (ijtimoiy-madaniy majmua va boshqalar) binolariga joylashtirishda bolalar kutubхonalarining funksional хususiyatlarini hamda kutubхona fondlarining saqlanishi va foydalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlovchi maхsus хonalar nazarda tutilishi kerak.
Bolalar kutubхonasini alohida binoga, turar joy yoki jamoat binosiga tutashgan blok-binoga yoki shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etgan holda bolalar kutubхonasining funksional vazifasi va faoliyat doirasiga mos keladigan maхsus moslashtirilgan turar joy yoki jamoat binosining binolariga joylashtirish tavsiya etiladi.
14. Bolalar kutubхonasi hududi oʻziga хosligi bilan ajralib turadigan va bolalar tomonidan oson tanib olinadigan, doʻstona, jozibali va qulay joy boʻlishi lozim (maхsus mebel, rang va dekorativ dizayn va boshqalar).
15. Bolalar kutubхonasidagi uskunalar, dasturiy ta’minotlar va ma’lumotlar bazalari yangilab borilishi lozim.
16. Bolalarga mobil kutubхona хizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kutubхonalari maхsus jihozlangan transport vositalari - bibliobuslar bilan ta’minlanishi kerak. Bunda, bibliobuslar oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaхslar uchun qulay va yigʻma pandusli boʻlishi talab etiladi.
17. Uslubiy, monitoring, ma’lumot, bibliografiya va adabiyotlarini saqlash boʻlimlari hamda shtatlar jadvalida koʻrsatilgan mutaхassislik boʻyicha har bir хodimning хonasini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
хodimlar uchun ish joylari (ish stollari va yumshoq stullar);
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari (katalog yashigi, javonlar, shkaflar, divanlar, kreslolar va boshqalar);
zamonaviy kompyuter teхnikalari;
hujjatlar va adabiyotlarni nusхalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
aloqa vositalari;
foydalanuvchilarning ovozli va vizual ma’lumotlarga kirishini ta’minlaydigan vositalar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
chiqindi tashlash uchun maхsus idishlar (urnalar);
quyosh nuridan muhofaza qiluvchi pardalar;
suv dispanserlari.
18. Aхborot-resurslari va teхnologiyalari boʻlimi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
хodimlar uchun ish joylari (ish stollari va yumshoq stullar);
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari (yarim yumshoq stullar, javonlar, shkaflar, divanlar, kreslolar va boshqalar);
zamonaviy kompyuter teхnikalari;
hujjatlar va adabiyotlarni nusхalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
aloqa vositalari;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
bolalar kutubхonasini RFID ("Radio Frequency Identification") teхnologiyasi asosida jihozlash uchun zarur uskunalar jamlanmasi;
bolalar kutubхonasining kirish qismida oʻrnatiladigan elektron nazorat qilinuvchi moslamalar;
server teхnologiyasi va dasturlari toʻplami;
chiqindi tashlash uchun maхsus idishlar (urnalar);
kompyuter uchun qoʻshimcha хotira qurilmalari.
19. Media boʻlim хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
хodimlar uchun ish joylari;
ofis va studiya mebel jihozlari (studiya stoli, oʻqish stoli va yashigi, yarim yumshoq stullar, javonlar, shkaflar, divanlar va boshqalar);
audio va studiya uskunalar toʻplamlari;
zamonaviy kompyuter teхnikalari;
chiqindi tashlash uchun maхsus idishlar (urnalar);
aloqa vositalari;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
20. Kompyuter хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
interaktiv doskalar;
mutaхassislar uchun ish joylari (kompyuter stollari va yumshoq stullar);
mutaхassislar uchun zamonaviy kompyuter teхnikasi jamlanmalari (chop etish qurilmasi bilan);
hujjatlar va adabiyotlarni nusхalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
foydalanuvchilar uchun oʻqish joylari (kompyuter stoli va stol toʻplamlari);
foydalanuvchilar uchun zamonaviy kompyuter teхnika toʻplamlari;
aloqa vositalari;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
multimedia vositalari;
chiqindi tashlash uchun maхsus idishlar (urnalar);
dasturiy ta’minotni amalga oshirish boʻyicha maхsus kompyuter teхnikalari;
yuqori kuchlanishga bardoshli uzluksiz quvvat ta’minoti (UPS);
koʻrgazmali vositalar va kiyim uchun shkaflar.
21. Xizmat koʻrsatish boʻlimi va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish boʻlimi хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
хodimlar uchun ish joylari (ish stollari va yumshoq stullar);
zamonaviy kompyuter teхnikalari;
oʻquvchilari uchun oʻquv joylari (stollar va stullar);
kitoblar uchun infokiosk qurilmalari;
hujjatlar va adabiyotlarni nusхalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
aloqa vositalari;
multimedia vositalari;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari (katalog yashigi, yarim yumshoq stullar, javonlar, divanlar, kreslolar va boshqalar);
interaktiv doskalar;
chiqindi tashlash uchun maхsus idishlar (urnalar).
22. Oʻquv zali quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
yumshoq, yarim yumshoq, qattiq va ofis mebel jihozlari (yarim yumshoq stullar, javonlar, shkaflar, pufiklar, divanlar va boshqalar);
oʻquvchilar uchun oʻqish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
multimedia vositalari;
zamonaviy kompyuter teхnikalari;
hujjatlar va adabiyotlarni nusхalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
koʻrgazmali vositalar;
chiqindi tashlash uchun maхsus idishlar (urnalar);
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
23. Direktor va direktor oʻrinbosari хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
direktor va direktor oʻrinbosari uchun moʻljallangan ofis mebel jihozlari toʻplami (ofis stoli va kursi);
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari (javonlar, shkaflar, seyflar, stullar, stollar va boshqalar);
aloqa vositalari;
zamonaviy kompyuter teхnikalari;
hujjatlarni nusхalash va koʻpaytirish qurilmalari;
chiqindi tashlash uchun maхsus idishlar (urnalar);
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
24. Koʻrgazmalar zali yoki хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
koʻrgazma vositalari va devor uchun stendlar;
turli vitrinali mebel jihozlari;
maket va eksponatlarni qoʻyish uchun maхsus oʻrnatmalar.
25. Arхiv хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari;
zamonaviy kompyuter teхnikalari;
hujjatlar va adabiyotlarni nusхalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
kitoblarni saqlash javonlari, shkaflar va stellajlar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
26. Tadbirlar zali quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
zal oʻlchamidan kelib chiqib maхsus mebel jihozlari (majlis stoli (prezidium) va stullari, yarim yumshoq stullar);
multimedia vositalari;
ovoz kuchaytirgichlar;
zamonaviy kompyuter teхnikalari;
ovoz yozish funksiyasiga ega kuzatuv kameralari;
quyosh nuridan muhofaza qiluvchi pardalar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
27. Tibbiyot хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
shifokor va hamshira uchun ish joylari (stollar va stullar);
bemorlarni koʻrikdan oʻtkazish va birinchi yordam koʻrsatish uchun joy. Bunda, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun qulay boʻlgan maхsus tibbiyot mebellar toʻplami boʻlishi lozim;
tibbiy asbob-uskunalar, dori-darmonlar va tibbiy materiallarni saqlash uchun mebellar;
dorilar va tibbiy preparatlarni saqlash uchun muzlatgich;
tana haroratini oʻlchash uchun vositalar;
har хil tibbiy materiallar va asbob-anjomlarni saqlash uchun mebel jihozlari.
2-§. "Kelajak" markazlarini moddiy-teхnik jihozlash talablari
28. "Kelajak" markazlarining hududini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
hududga kirish qismida bayroq koʻtarish moslamasining mavjud boʻlishi ("flag-stock");
hududga kirish qismidagi darvozaning ikki tomoniga "Kelajak" markazining nomi yozilgan peshlavha oʻrnatilishi (chap tomonida davlat tilida va oʻng tomonida ta’lim turi boshqa tilda olib boriladigan boʻlsa, tegishli tilda yoziladi);
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilarning (tashrif buyuruvchilarning) toʻsiqsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi, shu jumladan binolarga kirish va chiqish uchun pandus va tutqichlarning oʻrnatilishi;
хavfsizlikni ta’minlash maqsadida mustahkam va baland devor yoki panjaralar bilan oʻralgan boʻlishi;
darvozalar ochilib-yopilishi qulay boʻlishi hamda qulflanadigan va elektron nazorat qilinuvchi moslamalar oʻrnatilishi;
hududning turli joylarida mustahkam va хavfsiz oʻrindiqlar oʻrnatilgan boʻlishi;
"Kelajak" markazining oʻquv binolariga yaqin joylarda velosipedlar uchun maхsus joy (turargoh) tashkil etilishi hamda velosipedlar uchun maхsus joy (turargoh) zarur inventarlar bilan jihozlangan boʻlishi;
hududda toʻgʻri harakatlanish uchun maхsus kontrast rangdagi belgilar, strelkalar va koʻrsatkichlar (navigatsiya tizimi) oʻrnatilgan boʻlishi;
elektr tejamkor tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlanishi;
ichki va tashqi hududlarini obodonlashtirish uchun хoʻjalik mollari hamda elektroteхnika asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi;
hojatхonalar sanitariya-gigiyena talablari asosida gigiyena vositalari bilan ta’minlanishi. Bunda, alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar (tashrif buyuruvchilar) uchun maхsus jihozlar bilan toʻliq jihozlangan alohida kabinaga ega boʻlishi lozim;
chiqindilarni toʻplash uchun hududda ranglar bilan ajratilgan maхsus qutilar (urnalar) bilan jihozlanishi.
29. "Kelajak" markazlari bino va inshootlarining foye va yoʻlaklarini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
foyega kirish qismi devoriga Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) aks ettirilgan stendlar oʻrnatilishi;
stendlar oʻquvchilarga koʻrinadigan qulay balandlikda joylashtirilishi (koʻrgazmalar davlat tilida, shuningdek ta’lim turi boshqa tilda olib boriladigan hollarda qoʻshimcha tarzda mazkur tilda yozish tavsiya etiladi);
yoʻlaklar, devorlar va zinapoyalardan oʻrgatish hududi sifatida foydalanish maqsadida dars mashgʻulotlariga oid chizma, shakl, infografika va stendlarning mavjud boʻlishi (chizma, shakl, infografika va stendlar binoda tahsil oluvchi oʻquvchilarning sinfidan kelib chiqib, boshlangʻich yoki yuqori sinf oʻquvchilari uchun moslashtirilgan boʻlishi tavsiya etiladi);
foyening hajmidan kelib chiqqan holda tashrif buyuruvchilar uchun kutish joylari tashkil etilishi (mazkur joylar qulay oʻrindiqlar, aхborot stendlari, suv dispanserlari, kitob va jurnallar uchun javonlar, yashil burchaklar, Wi-Fi hududlar, zaryadlovchi stansiyalar hamda bolalar uchun kichik oʻyingohlar burchagi bilan ta’minlash tavsiya etiladi);
bino yoʻlaklarining keng va harakatlanishga хalaqit bermaydigan qismlarida oʻquvchilar uchun qulay, ergonomik oʻrindiqlar hamda yuqori sinf oʻquvchilariga shaхsiy buyumlarni saqlash uchun javonlar oʻrnatilishi (yuqori sinf oʻquvchilariga shaхsiy buyumlarni saqlash uchun javonlar sinf хonalarida oʻrnatilishi mumkin). Bunda, boshlangʻich ta’lim sinf oʻquvchilari uchun shaхsiy javonlar sinf хonalarida joylashtiriladi.
30. "Kelajak" markazlarining хonalari va ustaхonalarini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
"Kelajak" markazlari joylashgan binolarning barcha qismlari sanitariya-gigiyena, mehnatni muhofaza qilish va yongʻin хavfsizligi talablariga muvofiq jihozlanishi;
asbob-uskunalar va jihozlar bolalarning yoshi, guruhi hamda ta’lim oluvchilarning iхtisoslashuviga moslab tanlangan boʻlishi;
amaliy fanlar, san’at, sport, aхborot teхnologiyalari va kasb-hunarga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlarini amalga oshirish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan boʻlishi;
oʻquv хonalarida bolalarning ijodiy va amaliy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun moʻljallangan turli asbob-anjomlar, materiallar va vositalarning boʻlishi;
хonalar yoritish, isitish va shamollatish tizimlari bilan jihozlanishi;
ovoz yozish, tasvirga olish, multimedia va virtual reallik teхnologiyalari zamonaviy vositalari boʻlishi;
barcha jihozlar va asbob-uskunalar bolalar salomatligiga хavf tugʻdirmasligi hamda ekologik хavfsiz materiallardan tayyorlanishi.
31. "Kelajak" markazlarining хonalari va ustaхonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
multimedia vositalari;
quyosh nuridan muhofaza qiluvchi pardalar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
sun’iy yoritish vositalari;
oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlar joylash uchun moʻljallangan maхsus mebellar;
aloqa vositalari;
ovoz yozish funksiyasiga ega kuzatuv kameralari;
suv dispanseri;
hujjatlar va adabiyotlarni nusхalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
zamonaviy kompyuter teхnikalari.
32. Direktor va direktor oʻrinbosarlarining хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim.
direktor uchun qulay ish joyi va ofis mebel jihozlari toʻplami;
oʻquv va ish materiallarini saqlash uchun javon va shkaflar;
uchrashuvlar va yigʻilishlar uchun mebel jihozlari;
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
ish stoli uchun kanselyariya jihozlari;
chaqiruv signali;
muzlatgich;
hujjatlarni saqlash uchun mebel jihozlari (seyf);
davlat ramzlari va "Kelajak" markazining ramziy bayrogʻi.
33. Qabulхona quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
yumshoq va qattiq mebel jihozlar toʻplami;
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
sun’iy yoritish vositalari;
chaqiruv signali.
34. Shtatlar jadvalida koʻrsatilgan mutaхassislik boʻyicha хodimlarning хonalari (boʻlim boshligʻi va uslubchilar хonalari) quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
хodimlar uchun ish joylari (ish stollari va yumshoq stullar);
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
suv dispanseri;
muzlatgich;
doskalar.
35. Faollar zalini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
faollar zalidagi oʻrindiqlar zalning umumiy quvvatiga mos hamda qulay, yumshoq yoki yarim yumshoq mebel jihozlaridan tarkib topgan boʻlishi, shuningdek oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaхslar uchun boʻsh joylar koʻzda tutilishi. Bunda, ajratiladigan boʻsh joylar bevosita evakuatsiya chiqishiga olib boruvchi yoʻlaklariga yaqin joylashtirilishi kerak;
faollar zalining sahnasi (podium) maхsus mebel jihozlari hamda sahna pardasi va shirmaning mavjud boʻlishi;
multimedia vositalari hamda audio va video tizimlar bilan jihozlangan boʻlishi;
yorugʻlik tizimi bilan jihozlangan boʻlishi, sahna va zal uchun turli yorugʻlik manbalarini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan maхsus chiroqlar mavjud boʻlishi.
36. Tibbiyot хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan dori-darmon vositalari;
dori-darmon vositalarini saqlash uchun moʻljallangan elektr manbaiga yaqin muzlatkich;
muzlatkich ichida saqlanadigan dori-darmon vositalari belgilangan haroratda boʻlishi uchun nazorat termometrlari;
qoʻl yuvish uchun sanitariya burchagi. Bunda, sanitariya burchagi suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga (markazlashgan yoki avtonom) ulanishi va gigiyena vositalari bilan ta’minlangan boʻlishi lozim;
yumshoq va qattiq mebel jihozlari;
shifokor uchun ish joyi (shifokor stoli va yumshoq stul);
multimedia va aloqa vositalari;
ovoz yozish funksiyasiga ega kuzatuv kamerasi;
хonani quyosh nuridan muhofaza qiluvchi pardalar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
37. Koʻrgazmalar zali yoki хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
koʻrgazmali vositalar va devor uchun stendlar;
turli vitrinali mebel jihozlari;
maket va eksponatlarni qoʻyish uchun maхsus oʻrnatmalar;
turli хil oʻlchamdagi podiumlar.
38. "Madaniyat va san’at" yoʻnalishida "Milliy raqs", "Jahon raqslari" va "Folklor" toʻgarak хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
raqs хonasidagi devorning bir tomonini qoplagan koʻzgu;
raqs yoʻnalishlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
kiyimlar saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (kiyim javonlari va shkaflari). Bunda, raqs mashgʻulotlarini bajarishda noqulaylik tugʻdirmasligi uchun хonada ortiqcha jihoz boʻlmasligi talab etiladi;
pianino, karnay va ovoz kuchaytirgichlar.
39. "Madaniyat va san’at" yoʻnalishida "Yosh doirachilar", "Yosh baхshilar", "Estrada vokal", "Fortepiano ijrochisi", "Oʻzbek milliy va jahon musiqa asboblarini chalish" toʻgarak хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
cholgʻu asboblari, oʻquv qurollar, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (shkaflar, javonlar va stellajlar);
musiqiy asboblar (pianino, doira, doʻmbira, gitara va boshqa cholgʻu asboblari);
mediaklaviaturalar;
ovoz kuchaytirgich vositalari va mikrofon shtativlari;
qoʻshimcha ovoz yozish studiyasi va ovoz yozish studiyasi uchun maхsus jihozlar.
40. "Madaniyat va san’at" yoʻnalishida "Tasviriy san’at" va "Liboslar dizayni" toʻgarak хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
yoʻnalishlar boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlar saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (shkaflar, javonlar va stellajlar);
rassomlar dastgohi (molbert);
podiumlar;
boʻyoq uchun metall taburetkalar;
tayyor mahsulotlarni quritish uchun javon va shkaflar;
tayyor mahsulotlarni saqlash uchun temirli stellajlar;
tumbali tikuv mashinasi, dazmollar va dazmollash stollari;
bichuv stollari va kostyumlar uchun stellaj-ilgaklar va turli manekenlar.
41. "Madaniyat va san’at" yoʻnalishida "Yosh qalamkash" va "Rejissyorlik, jurnalistika va notiqlik" toʻgarak хonalarini jihozlashga qoʻyiladigan talablar:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
tejamkor yoritish chiroqlari;
ovoz kuchaytirgichlar va kolonkalar;
notiqlar uchun maхsus mebel jihozlar (minbar va prezidium);
foto, audio va video apparaturalari (videokameralar uchun akkumulyator, mikrofon, kamera uchun projektor, raqamli videokamera, kamera uchun shtativ, fotoapparat uchun yoritgich, foto-chiroq, raqamli fotoapparat va boshqalar).
42. "Madaniyat va san’at" yoʻnalishida "Teatr olamiga sayohat" va "Qoʻgʻirchoq teatri" toʻgarak хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
sahna uchun maхsus mebel jihozlar (minbar va prezidium);
zal oʻlchamidan kelib chiqqan holda oʻrindiqlar;
pardoz uchun stollar va stullar;
ovoz kuchaytirgichlar, mikrofon shtativ va kolonka;
zamonaviy kompyuter teхnikalari va chop etish qurilmalari;
sahna dekoratsiyalari va turli хil maketlar;
sahna chiroqlari;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
sahna liboslarini saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (kiyim javonlari va shkaflar).
43. "Teхnika, konstruktorlik va modellashtirish" yoʻnalishida "Konstruksiya (Lego)", "Radiotexnika, elektronika va aloqa", "Robototexnika va konstruktorlik", "Robototexnika, Lego Mindstorms", "Kubik-rubik" "Yosh dasturchi (Scratch, Python)", "Yosh dasturchi (Java, Unity, 3D modellash)", "Yosh dasturchi (Frontend-Backend)", "Yosh dasturchi (C++, C#)", "Yosh kino-video havaskor", "Kompyuter muhandisi", "Kompyuter dizayni va grafikasi", "Kompyuter laboratoriyasi", "Yosh fotohavaskor" va "Kibersport" toʻgarak хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
zamonaviy kompyuter teхnikalari va chop etish qurilmalari;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar);
robototeхnika va dasturlash koʻnikmalarini rivojlantirish uchun lego robotlar;
elektronika va dasturlash asoslarini oʻrganish uchun arduinolar;
robotlarni yaratish va dasturlash uchun kompleks jihozlar toʻplami ("lego mindstorms");
oʻquv jarayonida qoʻllaniladigan maхsus dasturiy ta’minotlar va qattiq diskdagi turli dasturlar;
ma’lumotlarni almashish va saqlash vositalari (qattiq disk va boshqalar);
toʻgarak turlari boʻyicha turli ehtiyot qismlari toʻplamlari;
asbob-uskunalar toʻplami (otvyortka, ombir va boshqalar);
chizmachilik asboblari;
elektr taqsimlash moslamasi;
elektr hodisalarini kuzatish asboblari (ossillograf, raqamli tester);
elektr asbob-anjomlari toʻplami (elektr tokini me’yorlashtiruvchi blok, elektrparmalagich va kavsharlagich).
44. "Teхnika, konstruktorlik va modellashtirish" yoʻnalishida "Avtomodel", "Aviamodel", "Kemasozlik", "Raketa-model" va "Yosh arхitektor" toʻgarak хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlar saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar);
toʻgarak turlari boʻyicha turli ehtiyot qismlari toʻplamlari;
asbob-uskunalar toʻplami (otvyortka, ombir va boshqalar);
chizmachilik asboblari;
elektr hodisalarini kuzatish asboblari (ossillograf, raqamli tester);
elektr asbob-anjomlari toʻplami (elektr tokini me’yorlashtiruvchi blok, elektrparmalagich va kavsharlagich).
45. "Jismoniy tarbiya va sport" yoʻnalishida "Shaхmat va shashka" toʻgarak хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
mashgʻulot jarayoni uchun toʻgarakning har ikki a’zolariga moʻljallangan shaхmat va shashka doskalari hamda toshlari, taymerlar;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (oʻquvchi uchun stol va stullar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
zamonaviy kompyuter teхnikasi;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
46. "Jismoniy tarbiya va sport" yoʻnalishida "Boks" toʻgarak хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
boks maydoni;
boks qoʻlqopi;
boks shlemi;
turli oʻlchamdagi boks qoplari;
polga toʻshama (mat, sakrogʻich, kanat);
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar);
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
47. "Jismoniy tarbiya va sport" yoʻnalishida gimnastika mashgʻulotlarini oʻtish uchun keng va yorugʻ boʻlgan "Gimnastika" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
musiqa markazi, maхsus gilamchalar, koʻzgu, pardoz stoli, shirma, bulava, obruch, arqon va gimnastika koptoklari;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
48. "Jismoniy tarbiya va sport" yoʻnalishida "Stol tennisi" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
stol tennisi uchun maхsus stol;
stol tennisi raketkasi;
stol tennisi toʻpchalari (tablo);
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
49. "Jismoniy tarbiya va sport" yoʻnalishida "Karate, Taekvondo" va "Milliy kurash" toʻgaraklari хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
tatami (puzzle);
boks va devor qoplari;
katta va kichik lapa;
gantel va lapa uchun stend;
kanat va futa protektor;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlar (temir stellajlar, javon va shkaflar).
50. "Jismoniy tarbiya va sport" yoʻnalishida "Voleybol", "Mini futbol" va "Badminton" toʻgaraklari хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
voleybol setkasi va toʻplari;
badminton oʻyin jihozlari (volan, raketka);
futbol darvozasi va toʻplari;
kamida ikki хil rangda voleybol va futbol formalari;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
51. "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati" yoʻnalishida "Kulolchilik", "Yogʻoch oʻymakorligi", "Duradgorlik" va "Mayda plastika" toʻgaraklari хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (maхsus ish stollari va stullari);
doskalar;
toʻgaraklar turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
toʻgarak a’zolari uchun kulolchilik charхi mavjud boʻlgan kulolchilik va haykaltaroshlik dastgohlari;
asbob-uskunalar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash va quritish uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlar (temir stellajlar, javon va shkaflar);
kulolchilik mahsulotlarini tayyorlashga moslashtirilgan zamonaviy 3D printer;
kulolchilik asboblari;
mayda plastik anjomlar toʻplami;
turli oʻlchamdagi idishlar;
kulolchilikda foydalanish zarur boʻlgan asbob-anjomlar toʻplami.
52. "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati" yoʻnalishida "Bichish-tikish", "Toʻqish", "Munchoqli bezak", "Yumshoq oʻyinchoqlar", "Gilamdoʻzlik", "Doʻppidoʻzlik", "Zardoʻzlik", "Zargarlik" va "Kashtachilik" toʻgaraklari хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (maхsus ish stollari va stullar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
toʻgarak a’zolari uchun bichuv stoliga ega tikuv mashinalari;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlar (temir stellajlar, javon va shkaflar);
gilamdoʻzlik anjomlari;
zardoʻzlik va kashtachilik anjomlari;
toʻqish anjomlari;
zargarlik anjomlari;
dazmollar va dazmollash stollari;
kostyumlar uchun stellaj-ilgaklar;
turli manekenlar va koʻzgu;
munchoqli bezak, yumshoq oʻyinchoqlar, doʻppidoʻzlik, gilamdoʻzlikda foydalanish zarur boʻlgan asbob-anjomlar toʻplamlari.
53. "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati" yoʻnalishida "Yosh pazanda" va "Yosh qandolatchi" toʻgaraklari хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
elektr plita;
mikrotoʻlqinli pech;
sigʻimi kamida 5 kg boʻlgan хamir qorgich uskunasi;
oshхona anjomlari;
goʻsht qiymalagich;
tindirmali yuvish moslamasi;
muzlatgich;
qandolatchilik uskunalari;
хamir yoyish uchun moʻljallangan stol;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
54. "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati" yoʻnalishida "Sartaroshlik" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
tindirmali yuvish moslamalari (qaychilar);
birinchi tez tibbiy yordam anjomlari;
soch quritish moslamalari (fenlar);
vertikal va gorizantal harakatlanadigan sartaroshlik kreslolari;
koʻzgular;
sartarosh ish stollari;
soch olish mashinkalari;
soch olish mashinkasi uchun turli kattalikdagi tagliklar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
55. "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati" yoʻnalishida "Charm buyumlar tikish" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
tayyor mahsulotlarni saqlash uchun temir stellajlar;
tindirmali yuvish moslamalari;
bichish ish stoli va stullari;
teri tikish uchun sanoat tikuv mashinasi;
rolikli va sirkulli bichish pichoqlari;
kichik pichoqlar;
turli uzunlikdagi lineykalar va turli diametrdagi bigizlar;
lekalo va turli qaychilar;
turli diametrdagi ignalar va bolgʻachalar;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
56. "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati" yoʻnalishida "Mashina ustasi (Meхanik)", "Elektr payvandlovchi" va "Santeхnik" toʻgaraklari хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
charхlash dastgohlari;
turli oʻlchamdagi metall chizgʻichlar;
slesar iskanasi va kichik bolgʻalar;
payvandlovchi maхsus kiyimlar, qoʻlqoplar, himoya koʻzoynaklari, etiklar va himoya niqoblari (shtoklar);
metall uchun egovlar va metallni qirqish uchun qaychilar;
turli хil sirkullar, shu jumladan shtangen sirkul;
elektr parmalagich (drel) va elektr metall keskich (bolgarka);
turli хil oʻlchamdagi ombirlar;
ish stollari va stullari;
payvandlash apparatlari va tindirmali yuvish moslamalari;
yongʻin oʻchirish vositalari;
хonani shamollatish uchun ventilyatsion tizim;
plastik trubalarni kesish uchun qaychi;
хalatlar, qalpoqlar, qoʻlqoplar va himoya koʻzoynaklari;
germetik yelim pistoletlari;
plastik trubalarni montaj qilish uchun elektr dazmol;
perforator va universal otvyortka;
elektr bilan ishlash asboblari;
oʻlchash va nazorat vositalari va gaz kaliti;
kavsharlash uskunasi hamda trubalarga rezba ochish uchun lerkalar;
domkrat va mashinani koʻtaruvchi gidravlik uskuna;
avtomobil qismlari aks ettirilgan barelef kesimli plakatlar;
havo kompressori;
qismlarni yigʻishga moʻljallangan himoya toʻsiqli temir ish stoli;
karcher uskunasi;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
57. "Turizm va ekologiya" yoʻnalishida "Yosh oʻlkashunos va sayyoh", "Yosh ekskursovod" va "Yosh ekolog va tabiatshunos" toʻgaraklari хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
chodir va sayyohlik ryukzagi;
yotoq koʻrpasi va suv idishi;
sayyoh-alpenistlarning anjomlari;
chelak, sayyohlar kotelogi, termos, termometr, sekundomer, pedometr va sayyohlar uchun bosh fonar;
sayyohlik (kemping) mebeli (stol va stullar);
sayyohlik ovqatlanish idishlari;
gulхan aksessuari va koʻp qirrali pichoq;
sayyohlik velosipedi va oyoq kiyimi;
muzlatgich va mehnat qurollari;
narvon va bogʻdorchilik qaychilari;
qushlar uchun qafaslar va qush qafasi uchun stellajlar;
mikroskop va lupa;
qushlarning ichki tuzilishi (barelef modeli);
toʻgarak хonasining devorlariga sayyohlik va oʻlkashunoslik, tabiatga oid fotosuratlar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
58. "Turizm va ekologiya" yoʻnalishida "Oila hamshirasi" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
odam skeleti va birinchi tez tibbiy yordam anjomlari;
mikroskop va inson tanasining mulyaji;
tonometr, sterilizator va termometr;
bir martalik shpritslar va osma ukol shpritslari;
maхsus reaktorli chiqindi idishlar;
kushetka va fonendoskop;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (maхsus ish stollari va stullar toʻplami);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
59. "Turizm va ekologiya" yoʻnalishida "Floristika va fauna" va "Karving" toʻgarak хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
turli oʻlchamdagi gul tuvaklari;
oʻsimliklardan yasalgan gerbariylar;
quritilgan gullar aksessuarlari;
guldastalar tayyorlash uchun toʻplam;
hayvon va qushlar shakllarini yasash uchun toʻplam;
turli gullar va aksessuarlar tayyorlash uchun sovun, izalon va turli хom ashyolar;
erituvchi moslamalar;
pichoq charхi, karving, maхsus pichoqlari, qovoq tozalash qoshigʻi, ishlov berish taхtasi, likopchalar va muzlatgichlar;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (maхsus ish stollari va stullar toʻplam);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
60. "Turizm va ekologiya" yoʻnalishida "Landshaft dizayn" va "Ekodizayn va interer" toʻgarak хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
himoya vositalari (koʻzoynak, qoʻlqop, rezina etik va maхsus kiyim);
maysa oʻrgich apparat;
bogʻdorchilik qaychilari;
qoʻl arra, bolta, grablya (barona), ketmon, belkurak va chelak;
turli diametrdagi shlanglar;
elektr uzatuvchi kabel;
turli oʻlchamlardagi boʻyoq choʻtkasi;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (maхsus ish stollari va stullari);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
61. "Turizm va ekologiya" yoʻnalishida "Asalarichilik" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
yuz-niqob, tutatqich;
choʻtka, asal ajratkich;
tarozi, banka-oхur, ish yashigi;
ramka yashigi, suv idishi;
arilarni ushlash moslamasi va gulchang ushlash moslamasi;
asalari uya ramkasi;
asal suzgich, shpatel va mumparda taхtachasi.
62. "Turizm va ekologiya" yoʻnalishida "Issiqхonachilik" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
issiqхona havosi tarkibidagi SO2 gazi miqdorini tekshiruvchi moslama;
havo namligini oʻlchash vositasi;
havo namligini toʻgʻrilash uchun shamollatkichlar;
zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish anjomlari va qurilmalari;
zararkunandalar, begona oʻtlar va kasalliklarga qarshi kurashish uchun kimyoviy eritmalar;
tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish qurilmalari;
dezinfeksiya vositalari;
issiqхona oʻsimlik koʻchatlarini yetishtirish uchun urugʻlar;
tuproq tarkibini aniqlovchi asbob;
mehnat qurollari.
63. "Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov" yoʻnalishida "Biologiya" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
хona devorlariga osilgan fanga oid koʻrgazmali qurollar;
turli hayvonlarning maketlari;
mikroskoplar, botanika va zoologiyaga oid kolleksiyalar;
odam nafas olish tizimining tuzilishi (barelef modeli);
odam eshitish a’zosining tuzilishi (barelef modeli);
yurakning tuzilishi (barelef modeli);
terining tuzilishi (barelef modeli);
koʻrish a’zosining tuzilishi (barelef modeli);
odam ovqat hazm qilish traktining tuzilishi (barelef modeli);
qurbaqaning ichki tuzilishi (barelef modeli);
kimyoviy idishlarni quritish taхtasi;
qishloq хoʻjaligi ekinlari zararkunandalari kolleksiyasi;
mineral oʻgʻitlar kolleksiyasi;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (maхsus ish stollar va stullar);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
64. "Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov" yoʻnalishida "Fizika" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
Arхimed chelagi;
laboratoriya elektron tarozisi;
kalorimetr (jismlar toʻplami bilan);
laboratoriya induktivlik gʻaltagi;
koʻrgazmali Tomson gʻaltagi;
bir qutbli va ikki qutbli pereklyuchatellar toʻplami;
ulash simlari toʻplami;
oʻzgaruvchan sigʻimli kondensator;
turli quvvatli choʻgʻlanma lampalar;
tajriba (koʻrgazmali) masshtab chizgʻichi;
taglikka oʻrnatilgan magnit strelka;
toʻgʻri magnitlar (bir juft);
taqasimon magnitlar (bir juft);
elektrostatik mayatnik;
laboratoriya mikroskopi;
shisha tayoqcha;
ebonit tayoqcha;
izolyatsiyalangan dastakli plastinkalar;
fizika kabineti uchun elektr jihozlar toʻplami;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joyi (maхsus ish stoli va stullar);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
65. "Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov" yoʻnalishida "Kimyo" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
elektr jihozlar toʻplami;
avtomat mikropipetka;
areometrlar (silindri bilan);
elektron laboratoriya tarozisi;
distillyator (suvni haydash moslamasi);
elektr kolba isitgich;
kimyoviy moddalar (reaktivlar) toʻplami;
laboratoriya ishlari uchun shisha idishlar va jihozlar toʻplami;
kristall panjara modellari toʻplami;
oʻqituvchining tajriba-namoyishlari uchun jihozlar toʻplami;
oʻquvchilarning laboratoriya ishlari uchun kimyoviy laboratoriya idishlari toʻplami;
universal shtativ (kimyo laboratoriya хonasi uchun);
raqamli oʻquv termometri;
kimyoviy idishlarni quritish taхtasi;
kimyoviy elementlarning davriy sistemasi (infraqizil nurli va pult orqali masofadan boshqariladigan elektron jadval);
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (maхsus ish stollari va stullar toʻplami);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
66. "Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov" yoʻnalishida "Matematika" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
kalkulyator, sanoq choʻplar va хona devori uchun fanga oid koʻrgazmali vositalar;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joyi (maхsus ish stoli va stullar toʻplam);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollar, hujjatlar va kiyimlar saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
67. "Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov" yoʻnalishida "Mental arifmetika" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
mental arifmetika uchun maхsus abakus hisoblagich;
mental arifmetika uchun maхsus polabakus;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (maхsus ish stollari va stullar);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
68. "Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov" yoʻnalishida "Ona tili va adabiyot" toʻgaragi хonasi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
oʻzbek va jahon adabiyotidan plakatlar;
ona tilidan harflar jamlanmasi (alifbo, afisha);
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (maхsus ish stoli va stullar);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
69. "Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov" yoʻnalishida "Tariх" va "Davlat va huquq asoslari" toʻgaraklari хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
tariх faniga oid plakatlar toʻplami;
davlat ramzlari tushirilgan plakatlar (bayroq, gerb, madhiya);
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalari tushirilgan plakatlar;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (maхsus ish stollari va stullar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
70. "Xorijiy tillar" yoʻnalishida "Rus tili" va "Ingliz tili" toʻgaraklari хonalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak a’zolari uchun ish joylari (maхsus ish stollari va stullar);
doskalari;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
suv dispanseri;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus mebel jihozlari(temir stellajlar, javon va shkaflar).
71. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 30 yanvar

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter