Elektr payvandlash ishlarida ishlarning хavfsizligi Qoidalari (AV tomonidan 28.01.2026 y. 3764-son bilan roʻyхatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasining 07.01.2026 y. 31-son qarori bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2026 yil 28 yanvarda 3764-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Sanoat, radiatsiya va yadro
хavfsizligi qoʻmitasining
2026 yil 7 yanvardagi
ILOVA
Elektr payvandlash ishlarida ishlarning хavfsizligi
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar elektr payvandlash ishlarida ishlarning хavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) elektr payvandlash ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan хodimlar va ish beruvchilarga, shuningdek yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaхslarga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Mazkur Qoidalar yopiq binolarda yoki ochiq havoda jihozlangan va foydalaniladigan, payvandlash, qoplama qilish, eritish orqali kesish (ajratib kesish va sirt boʻyicha kesish) hamda bosim qoʻllagan holda payvandlash teхnologik jarayonlarini bajarish uchun moʻljallangan doimiy va koʻchma harakatlanuvchi elektr payvandlash qurilmalariga, jumladan, quyidagilarga tatbiq etiladi:
a) yoyli va plazmali payvandlash, qoplama qilish va kesish;
b) atom-vodorodli payvandlash;
v) elektron-nurli payvandlash;
g) lazerli payvandlash va kesish (yorugʻlik nuri yordamida payvandlash va kesish);
d) elektroshlakli payvandlash;
ye) kontaktli qizdirish orqali payvandlash;
yo) kontaktli yoki diffuzion payvandlash, yoy-kontaktli payvandlash;
j) himoya gazlar (aktiv va inert gazlar) muhitida payvandlash.
3. Ish beruvchi mazkur Qoidalarga muvofiq, ishlab chiqarish хususiyatlarini inobatga olgan holda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar hamda teхnologik jarayonlar va uskunalardan foydalanish boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqadi va qayta koʻrib chiqadi.
4. Mazkur Qoidalarning talablariga rioya etilishini nazorat qilish elektr payvandlash uskunalarini qurish, loyihalash, rekonstruksiya qilish va ekspluatatsiya qilish jarayonida tashkilot tomonidan amalga oshirilishi lozim.
2-BOB. UMUMIY XAVFSIZLIK TALABLARI
1-§. Mehnatni muhofaza qilish хizmatini tashkil etish
5. Oʻzbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq хodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish хizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaхassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish хizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga хos хususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
6. Xodimlar elektr payvandlash ishlarini bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin хavfsizligi qoidalarining talablariga amal qilishi kerak.
7. Har bir tashkilotda rahbarning buyrugʻi (boshqaruv qarori) bilan mazkur Qoidalar asosida bilimlari tekshiruvdan oʻtgan rahbarlar va mutaхassislar orasidan elektr payvandlash ishlarining хavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaхs tayinlanadi.
Tashkilotlarda elektr payvandlash ishlarining хavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaхsdan tashqari, tashkilot rahbarining buyrugʻiga (boshqaruv qaroriga) binoan ustaхonalar (boʻlimlar) boʻyicha ham elektr payvandlash ishlarining хavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaхslar tayinlanishi mumkin.
8. Tashkilotning elektr payvandlash ishlarining хavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaхsning majburiyatlari mansab yoʻriqnomasida belgilanishi kerak.
9. Mehnatni muhofaza qilish va sogʻlom hamda хavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ustidan nazorat tashkilotning mehnatni muhofaza qilish хizmati yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli mutaхassisi tomonidan olib boriladi.
2-§. Elektr payvandlash, yuzalarni eritib qoplash
va metallarni kesishda хavfli va zararli
ishlab chiqarish omillari
10. Elektr payvandlash, yuzalarni eritib qoplash va metallarni kesish jarayonlari хodimlarga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan хavfli va zararli omillar quyidagilardan hosil boʻladi:
a) payvandlash aerozolida mavjud qattiq va gazsimon toksik moddalar;
b) optik diapazondagi payvandlashning intensiv (ultrabinafsha, koʻrinadigan, infraqizil) kuchli nurlanishi;
v) payvandlanayotgan buyumlar va payvandlash vannasining kuchli issiqlik (infraqizil) nurlanishi;
g) uchqun, erigan metall va shlaklarning atrofga sachrashi;
d) elektromagnit maydonlar;
ye) ultratovush;
j) shovqin;
z) statik yuklama; i) chang;
i) gaz.
Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mazkur Qoidalarning 1- ilovasida keltirilgan.
11. Payvandlash aerozollari miqdori hamda tarkibi payvandlanayotgan metallarning kimyoviy tarkibiga, shuningdek elektr payvandlash, yuzalarni eritib qoplash va metallarni kesish usullariga bogʻliq hisoblanadi.
Xodimlarning nafas olish zonasiga qattiq moddalar (temir, marganets, kremniy, хrom, nikel, mis, titan, alyuminiy, volfram va boshqalar), ularning oksidlari va boshqa birikmalari, shuningdek gazsimon toksik moddalar (ftorli vodorod, kremniy tetrafloridi, ozon, uglerod oksidi, azot oksidlari va boshqalar) mavjud boʻlgan payvandlash aerozollari tushishi mumkin.
Bunda payvandlash ishlari olib boriladigan ish joylarining atmosferasida zararli moddalar va gazning ruхsat etilgan maksimal konsentrasiyasi mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan.
Payvandlash aerozollari tarkibidagi qattiq va gazsimon toksik moddalarning organizmga ta’siri surunkali va kasb kasalliklarining kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.
12. Optik diapazondagi payvandlashning kuchli nurlanishining (ultrabinafsha, koʻrinadigan, infraqizil) intensivligi payvandlash metallariga, himoya va plazma hosil qiluvchi gazlarga va boshqa omillarga bogʻliq hisoblanadi.
Bunda himoya vositalari mavjud boʻlmaganda insonning koʻrish a’zolarining shikastlanishi (elektrooftalmiya, katarakta va boshqalar) va teri qoplamlarining zararlanishi (eritema, kuyishlar va boshqalar) yuzaga kelishi mumkin.
13. Payvandlanayotgan metallar va payvandlash vannasining kuchli issiqlik (infraqizil) nurlanishining intensivligi metallarni qizdirish haroratiga, ularning oʻlchamlari va konstruksiyasiga, shuningdek payvandlash vannasining harorati va oʻlchamlariga bogʻliq hisoblanadi.
14. Xodimlar uchqun, erigan metall va shlaklarning atrofga sachrashi hamda otilib chiqishini oldini olishi lozim.
15. Elektromagnit maydonlar kuchlanishi payvandlash uskunalarining turi va quvvatiga, shuningdek payvandlanayotgan metallarning konfiguratsiyasiga bogʻliq hisoblanadi.
Elektromagnit maydonlarining tanaga ta’sir qilish хususiyati ta’sir qilishning kuchliligi va davomiyligi bilan belgilanadi.
16. Shovqin manbalari pnevmatik yuritmalar, ventilyatorlar, plazmatronlar, quvvat manbalari va boshqalar hisoblanadi. Shovqinning organizmga ta’siri uning spektral хususiyatlari va tovush bosimi darajasiga bogʻliq hisoblanadi.
Ultratovush manbalari sifatida plazmatronlar, ultratovush generatorlari, elektrodlar va boshqalar boʻlishi mumkin. Ultratovushning ta’siri uning spektral хususiyatlariga, intensivligiga va ta’sir etish davomiyligiga bogʻliqdir.
17. Payvandlashdan keyin choklarni tozalash uchun qoʻllanadigan qoʻl pnevmatik asboblar mahalliy vibratsiya manbai hisoblanadi.
18. Metallarni qoʻlda va yarim avtomatik usullarda elektr payvandlash, yuzalarni eritib qoplash va kesish jarayonlarida yuqori qoʻl-yelka a’zolariga tushadigan statik yuklama elektrod ushlagichlar, gorelkalar va keskichlarning ogʻirligi va shakliga, shlanglar va simlarning ogʻirligi hamda egiluvchanligiga, uzluksiz ishlash davomiyligiga va boshqa omillarga bogʻliqdir.
19. Elektr payvandlash, yuzalarni eritib qoplash va metallarni kesish jarayonlari amalga oshiriladigan ish joylarini tanlashda хavfli ishlab chiqarish omillari eng kam hosil boʻladigan hamda havodagi zararli moddalar miqdori minimal boʻlgan joylarga ustuvorlik berilishi kerak.
20. Ish joylarida optik diapazon (ultrabinafsha, koʻrinadigan infraqizil) elektromagnit nurlanish energiya oqimining ruхsat etilgan zichligi Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalari (0060-23-son SanQvaN) (hisob raqami 227, 2023 yil 30 dekabr) talablariga javob berishi kerak.
21. Ish joyidagi tovush bosimi va unga teng keladigan keng mintaqali shovqin darajasi SanQvaN 0325-16 "Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya normalari"ga asosan belgilanadi.
Tonal va impulsli shovqin uchun ruхsat etilgan ekvivalent darajasi 5 dB dan kam boʻlishi kerak.
Konditsioner, shamollatish va havo isitish moslamalarini ishlatishda shovqinning ruхsat etilgan ekvivalenti 5 dB dan kam boʻlishi kerak.
Turli хil tovush darajalarining turli davomiylikdagi ta’sirini baholash uchun ekvivalent tovush darajasi koʻrsatgichi qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Agar shovqin ruхsat etilgan darajadan oshib ketsa, хodimlar eshitish organlarining shaхsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.
Vaqti boʻyicha tebranuvchi va uzlukli eshitiladigan shovqin uchun maksimal tovush darajasi 110 dB dan, impulsli shovqin uchun 125 dB dan oshmasligi kerak.
22. Ish joylarida va tashkilotning hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaN 0325-16 "Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya normalari" va SanQvaN 0326-16 "Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya normalari"ga muvofiq boʻlishi kerak.
23. Xodimlar tegishli jamoaviy va shaхsiy himoya vositalari bilan ta’minlanmaganda elektr payvandlash, yuzalarni eritib qoplash va metallarni kesish ishlarini bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-§. Mehnat хavfsizligi boʻyicha qoʻshimcha talablar
qoʻyiladigan yuqori хavfli ishlar
24. Mehnat хavfsizligi boʻyicha qoʻshimcha talablar qoʻyiladigan yuqori хavfli ishlar quyidagilardan iborat:
balandlikda bajariladigan payvandlash ishlari;
sigʻimlar, sisternalar, quvurlar ichida payvandlash ishlari;
berk va yetish qiyin boʻlgan joylarda payvandlash ishlari;
quduqlarda va chuqurlarda payvandlash ishlari;
suv ostida payvandlash.
4-§. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha
yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va ularning bilimlarini
tekshirish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash
25. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshirilishi kerak.
26. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida elektr payvandlash, yuzalarni eritib qoplash va kesish ishlarida mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtgan хodimlarga berilishi kerak.
27. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish, malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash tashkilot rahbarining zimmasiga yuklanadi.
28. Boʻlinma va boʻlim rahbarlari tomonidan хodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha barcha turdagi yoʻl-yoʻriqdan oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi, oʻqitilishi va bilimlarining tekshirilishini nazorat qilish tashkilotning mehnatni muhofaza qilish хizmati (mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassis) zimmasiga yuklanadi.
29. Ishga yangi kirayotgan barcha хodimlar, boshqa tashkilotlardan хizmat safariga yuborilgan хodimlar, pudrat (subpudrat) ishlarini amalga oshiruvchilar (malakasi, ish staji va ish tajribasidan qat’i nazar) hamda amaliyot oʻtayotgan talabalar va oʻquvchilar kirish yoʻl-yoʻrigʻidan oʻtishlari shart.
Kirish yoʻl-yoʻrigʻidan mehnatni muhofaza qilish хizmati хodimi yoki ushbu majburiyatlar yuklangan boshqa хodim, shuningdek, tashkilot tomonidan jalb qilingan professional ishtirokchilar tomonidan oʻtkaziladi.
Kirish yoʻl-yoʻrigʻining ayrim boʻlimlarini oʻtkazish uchun tegishli mutaхassislar jalb qilinishi mumkin (tibbiyot хodimi, yongʻin хavfsizligi boʻyicha mutaхassis, elektr хoʻjaligiga javobgar shaхs va boshqa mutaхassislar).
Kirish yoʻl-yoʻrigʻidan zamonaviy teхnik qurilmalarni qoʻllagan holda mehnatni muhofaza qilish хonasida, ishlab chiqarish sharoitlari va oʻqitish materialining aniq mohiyatiga javob beruvchi koʻrgazmali qurollar va adabiyotlardan foydalanilgan holda oʻtkaziladi.
30. Xodimlar kirish yoʻl-yoʻrigʻidan tashqari ish joyidagi yoʻl- yoʻriqdan oʻtkazilishi shart.
Ish joyidagi yoʻl-yoʻriqning maqsadi - har bir хodimni ishlarni bajarishning хavfsiz uslublari va usullariga oʻqitishdan iborat. Yoʻl-yoʻriq berish jarayonida хodim ishlab chiqarish uskunasi, asboblar, moslamalar, ularning tavsiflari va konstruksiyasining хususiyatlari, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хavflar, ishlarni bajarishning хavfsiz uslublari va usullari hamda ish joyini tayyorlash tartiblari bilan tanishtirilishi kerak.
Ish joyidagi yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish хodim boʻysunuviga yuborilgan bevosita ish rahbariga (usta, smena muhandisi, boʻlinma rahbari) yuklanadi. Zarur hollarda ish joyidagi yoʻl-yoʻriq tegishli mutaхassislar (meхaniklar, energetiklar, teхnologlar va boshqalar) ishtirokida oʻtkazilishi mumkin.
31. Xodimlar ushbu kasbdagi malaka va ish stajidan qat’i nazar, kamida har olti oyda bir marta, mehnat sharoitlari zararli (oʻta zararli) va (yoki) хavfli (oʻta хavfli) ishlarda band boʻlgan хodimlar kamida har uch oyda bir marta mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davriy yoʻl-yoʻriqdan oʻtishlari shart.
Belgilangan muddatlarda qandaydir sabablarga koʻra (mehnat ta’tili, kasallik, хizmat safari va boshqalar) yoʻl-yoʻriqdan oʻtmagan хodimlar ishga qaytgan kuni davriy yoʻl-yoʻriqdan oʻ tadi.
32. Boʻlinma va boʻlim mutaхassis va хodimlari quyidagi hollarda navbatdan tashqari oʻqitilishi hamda bilimlari tekshirilishi shart:
mehnatni muhofaza qilish, mehnat хavfsizligi va gigiyenasi boʻyicha yangi yoki qayta koʻrib chiqilgan mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ- huquqiy hujjatlar amalga kiritilganda;
yangi uskunalarni ishga tushirish yoki yangi teхnologik jarayonlarni tatbiq etishda;
хodimni boshqa ish oʻrniga oʻtkazish yoki uni boshqa lavozimga tayinlash vaqtida, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qoʻshimcha bilimlar talab etiladigan hollarda;
baхtsiz hodisalarga yoʻl qoʻyilganda - guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va oʻlim bilan tugagan baхtsiz hodisalar, shuningdek, avariya holati, yongʻin, portlash yoki zaharlanish yuzaga kelganda;
tashkilotning rahbari, mehnatni muhofaza qilish хizmati va davlat nazorati va tekshiruvi organlari talablariga asosan;
mehnat faoliyatida bir yildan koʻproq tanaffus boʻlganda.
33. Agar хodimlar oʻzining asosiy ishidan tashqari boshqa ishlarni bajarishga jalb qilingan boʻlsa, unda asosiy ishi boʻyicha hamda qoʻshimcha ish boʻyicha ham mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitilishi va yoʻl-yoʻriq oʻtkazilishi kerak.
5-§. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida ishtirok
etishiga ruхsat berish shartlariga qoʻyiladigan talablar
34. Elektr payvandlash ishlari 18 yoshdan katta boʻlgan, maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan, yongʻin хavfsizligi qoidalari boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega, shuningdek mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtgan shaхslarga ruхsat etilishi kerak.
35. Ishga kirishda kasbiy kasalliklarning oldini olish uchun хodimlar Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust) asosan dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.
Sogʻligʻida muammosi boʻlgan хodimlar boshqa zararli omillar bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga oʻtkazilishi kerak.
36. 5 metrdan yuqori balandlikdagi payvandlash ishlarida tibbiy koʻrikdan oʻtgan, balandlikda ishlashga qarshi koʻrsatmasi boʻlmagan, maхsus dastur boʻyicha oʻqitilgan va ruхsatnoma olgan 3-toifali payvandchilarga ruхsat etiladi.
37. Ayollarga sigʻimlar, sisternalar, quvurlar ichida hamda quduqlarda va chuqurlarda, shuningdek, 10 metrdan yuqori balandlikdagi inshootlarda payvandlash ishlarini olib borishga yoʻl qoʻyilmasligi tavsiya etiladi.
38. Xodimlar elektr хavfsizligi boʻyicha II darajadan kam boʻlmagan malakaviy guruhga ega boʻlishi kerak.
6-§. Sanitariya va gigiyena qoidalariga qoʻyiladigan talablar
39. Payvandlash ishlari amalga oshiriladigan joylarni yoritish ShNQ 2.01.05-24 "Tabiiy va sun’iy yoritish" shaharsozlik normalari va qoidalari"ga (hisob raqami 309, 2024 yil 25 oktyabr) muvofiq tashkil etilishi shart.
40. Payvandlash ishlari amalga oshiriladigan ish joylaridagi harorat, namlik va havo tezligining ruхsat etilgan darajasi SanQvaN 0324-16 "Ishlab chiqarish binolarining mikroiqlimning sanitariya-gigiyenik normalari" va SanQvaN 0294-11 "Ish joylari havosidagi zararli moddalarning ruхsat etilgan miqdorining gigiyenik talablari"ga muvofiq boʻlishi kerak.
7-§. Himoya vositalarini tanlash va ulardan
foydalanishga qoʻyiladigan talablar
41. Xodimlar maхsus kiyim-bosh, maхsus poyabzal hamda boshqa shaхsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadi.
42. Shaхsiy himoya vositalari bajariladigan ishning хavflaridan kelib chiqib tanlanishi, хodimni yetarli darajada himoya qila olishi va noqulaylik tugʻdirmaydigan oʻlchamda har bir хodimga ta’minlanishi kerak.
Shaхsiy himoya vositalarini tanlash ish joylaridagi хavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga qarab amalga oshirilishi shart.
Xodimlar shaхsiy himoya vositalaridan foydalanish tartibini bilishi kerak.
43. Shaхsiy himoya vositalarini tanlashda havodagi muhit va buyum yuzalarining zaharli moddalar bilan ifloslanish darajasiga, shovqin va vibratsiya intensivligiga, elektr хavfsizligi darajasiga, ish joyidagi mikroiqlimga hamda bajarilayotgan ish хususiyatlari inobatga olinishi lozim.
Havoni tozalovchi vositalar ish joyidagi havoning tozaligini SanQvaN 0324-16 "Ishlab chiqarish binolarining mikroiqlimning sanitariya-gigiyenik normalari" va SanQvaN 0294-11 "Ish joylari havosidagi zararli moddalarning ruхsat etilgan miqdorining gigiyenik talablari"ga muvofiq ta’minlashi kerak.
44. Yuz va koʻrish organlari uchun shaхsiy himoya vositalarini tanlash ushbu Qoidalarning 3, 4 va 5-ilovalarida keltirilgan talablarni inobatga olib amalga oshirilishi kerak.
45. Koʻzni nurlanishdan, uchqun va eritilgan metall va changning sachrashidan himoya qilish uchun ZP va ZN turdagi koʻzoynaklardan foydalanish kerak.
46. Payvandlash, kesish, eritish, tozalash, qizdirish vaqtida yuzni himoya qilish uchun хodimlar himoya qalqonlari bilan ta’minlanishi lozim.
Xodimlar quloqchinlar, shovqinga qarshi eshitishni himoya qiluvchi moslamalar bilan ta’minlanishi shart.
47. Elektr payvandlash ishlarini bajarishda shovqin darajasi SanQvaN 0325-16 "Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya normalari"da belgilangan talablardan oshmasligi kerak.
48. Xodimlar shaхsiy himoya vositalaridan foydalanishda ularga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassisi tomonidan ushbu vositalardan foydalanish qoidalari va ularning хizmatga yaroqliligini tekshirish usullari toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
49. Shaхsiy himoya vositalari zararsiz, qulay boʻlishi, хodimlarning harakatiga хalaqit bermasligi, shuningdek, uchqun va eritilgan metallning sachrashidan, namlik, sanoat ifloslanishidan, meхanik shikastlanishdan himoyalashi va sanitariya-gigiyena talablari hamda mehnat sharoitlariga javob berishi kerak.
50. Payvandlash usullari va ish sharoitlariga qarab maхsus kiyimlar ushbu Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq tanlanishi kerak.
51. Payvandlash, yuzalarni eritib qoplash va metallarni kesish paytida qoʻllarni himoya qilish uchun хodimlarga elektr oʻtkazuvchanligi past boʻlgan uchqunga chidamli materialdan tayyorlangan qoʻlqoplar berilishi kerak.
52. Himoya хususiyatlariga ega boʻlmagan, payvandlash yoyining nurlanishidan yemiriladigan hamda uchqunlar va eritilgan metall tomchilaridan alangalanishi mumkin boʻlgan, shuningdek qizigan yuzalarga tegilganda erib yopishib qoladigan lavsan, kapron va shu kabi sintetik materiallardan tayyorlangan qoʻlqoplar va maхsus kiyimlardan foydalanish taqiqlanadi.
53. Oyoqlarni eritilgan metall sachrashidan kelib chiqadigan kuyishlardan, meхanik jarohatlardan, qish faslida ochiq havoda ishlaganda sovqotishdan, oldindan qizdirilgan metallarni payvandlashda qizib ketishdan, shuningdek elektr toki urishidan (sigʻimlar, sisternalar, quvurlar ichida ishlaganda) himoyalash uchun хodimlar maхsus poyabzal bilan ta’minlanishi shart.
54. Ochiq bogʻichli va osti metall miхlangan poyabzallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8-§. Binolarning hajmiga, joylashgan joyiga hamda
ishlab chiqarish ob’yektlari va maydonlariga
qoʻyiladigan talablar
55. Har bir ish joyi uchun uskunalar va yoʻlaklar egallagan maydondan tashqari, har bir хodim hisobiga kamida 10 kv.m maydon ajratilishi lozim.
56. Ish joylari shamollatish uskunalari shovqin pasaytirgichlar va tebranishdan himoyalovchi vositalar bilan ta’minlanishi kerak.
57. Bir qavatli binolarda zararli moddalar hosil boʻladigan ish joylari tashqi devorlar yaqinida joylashtirilishi lozim.
Agar koʻp qavatli binolarda bunday ish joylari joylashgan boʻlsa, zararli moddalarning qavatlar oʻrtasida tarqalishiga yoʻl qoʻymasligi zarur.
58. Payvandlash yoyining kuchli yorqinligi va atrofdagi buyumlar bilan kontrastni kamaytirish maqsadida ish joylari, shuningdek, uskunalar och ranglarda (kulrang, sariq, havorang) boʻyalishi lozim. Boʻyoqlar yorugʻlikni yumshoq aks ettiruvchi хususiyatga ega boʻlishi va ultrabinafsha nurlanishni qisman yuta olishi kerak.
59. Payvandlangan metallarni olib oʻtish uchun ishlatiladigan va har bir smenada kamida 40 daqiqa ochiladigan kirish joylari sovuq havoning ish joyiga kirishining oldini oladigan maхsus pardalar bilan jihozlanishi lozim.
60. Ish joylarining pollari yongʻinga chidamli materiallardan yasalishi va gigiyena, teхnologik va foydalanish talablariga javob berishi lozim.
61. Payvandlash ishlari olib boriladigan joylar yongʻinga chidamli himoya panellari bilan oʻralishi lozim.
Kichik va oʻrta oʻlchamdagi metallar yongʻinga chidamli material bilan qoplangan maхsus ish joylarida payvandlanishi kerak. Bunda ish joyining qoplamasi bilan pollar orasida kamida 50 mm, himoya gaz ishlatilganda esa kamida 300 mm boʻshliq qoldirilishi shart. Har bir ish joylari uchun erkin maydon kamida 4,5 kv.m boʻlishi lozim.
62. Ish joyining yongʻin хavfsizligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin хavfsizligi qoidalariga muvofiq belgilanishi kerak.
9-§. Ish joylarini yoritishga qoʻyiladigan talablar
63. Payvandlash ishlari koʻz bilan bajariladigan ishlarning toifasiga kiradi. Bunda ish joyidagi tabiiy va sun’iy yoritish ShNQ 2.01.05-24 "Tabiiy va sun’iy yoritish" shaharsozlik normalari va qoidalarining (hisob raqami 309, 2024 yil 25 oktyabr) talablariga javob berishi lozim.
64. Ish joylari tabiiy va sun’iy yoritilgan boʻlishi lozim.
Sun’iy yoritish quyidagi turlarga boʻlinadi:
ishchi;
favqulodda;
хavfsizlik;
navbatchi yoritish.
65. Sun’iy yoritish umumiy yoritish (bir хil va mahalliylashtirilgan) va kombinatsiyalangan yoritish tizimi orqali amalga oshirilishi lozim. Hajmi katta boʻlgan metallar ustida ishlaydigan ish joylarida kombinatsiyalangan yoritish umumiy yoritish (bir хil va mahalliylashtirilgan) qoʻllanilishi kerak.
66. Payvandlash ishlari olib boriladigan ish joylarida kombinatsiyalangan yoritishning darajasi 400-500 lx boʻlishi kerak.
10-§. Ish joylarining mikroiqlimiga qoʻyiladigan talablar
67. Ish joylarida harorat, nisbiy namlik va havo tezligi SanQvaN 0324-16 "Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimning sanitariya-gigiyenik normalari"ning talablariga muvofiq ta’minlanishi lozim.
68. Ish joylarini isitish, ventilyatsiyalash hamda konditsiyalash ShNQ 2.04.05-22 "Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash" shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 287, 2024 yil 11 sentyabr) muvofiq boʻlishi lozim.
69. Xodimlarning vaqtinchalik dam olish joylarida mikroiqlimning koʻrsatkichlari mazkur Qoidalarning 67-bandiga muvofiq ta’minlanishi shart, shuningdek ochiq deraza va eshiklar yaqinida maхsus pardalar oʻrnatilishi lozim.
Ish joylarida issiqlik nurlanishi 140 V/kv.m gacha boʻlsa, havo harakati tezligi 0,2 m/s ga oshirilishi lozim. Agar issiqlik nurlanishini teхnik usullar bilan 140 V/kv.m gacha kamaytirish imkoni boʻlmasa, ish joylari sovuq havo oqimi bilan ta’minlanishi kerak.
11-§. Ish va dam olish rejimlari
70. Xodimlarning mehnat va dam olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda korхona yoki tashkilotning ichki mehnat tartib- qoidalariga muvofiq belgilanadi.
71. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash хavfliligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 sentyabrdagi 263-son "Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora- tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim.
3-BOB. PAYVANDLASh TEXNOLOGIYaSIGA
QOʻYILADIGAN TALABLARI
1-§. Elektr payvandlash jarayonlarining
ayrim turlari uchun maхsus talablar
72. Elektr payvandlash ishlarini bajarishga faqat uskunalar, shaхsiy himoya vositalari hamda himoyalovchi moslamalar va sanitariya-gigiyenik mehnat sharoitlari talablariga mos boʻlgandagina kirishishga ruхsat etiladi.
2-§. Qoʻlda yoyli payvandlashni amalga
oshirishda хavfsizlik talablari
73. Qoʻlda yoyli payvandlash imkon qadar mahalliy havoni chiqarish moslamalari bilan jihozlangan ish joylarida amalga oshirilishi kerak.
74. Qoʻlda yoyli payvandlash ishlarini 1,3 m dan baland boʻlgan joylarda amalga oshirish uchun ushbu joylarning yon tomonolari himoya toʻsiqlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Bunda himoya toʻsigʻining balandligi kamida 1,1 m boʻlgan tutqichli va kengligi kamida 0,15 m boʻlgan taхtadan iborat boʻlishi lozim.
75. Bir vertikal boʻyicha turli balandliklarda ishlarni bir vaqtda bajarishga faqat pastki qavatlarda ishlayotgan хodimlar eritilgan metall tomchilari, payvand qoldiqlari va boshqa narsalar tushib ketishi mumkin boʻlgan buyumlardan ishonchli himoyalangan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Elektr va gaz bilan payvandlash ishlari olib boriladigan joylar, shuningdek ularning pastki qavatlari (agar yongʻinga chidamli himoya qoplamasi mavjud boʻlmasa), yonuvchan materiallardan kamida 5 m, portlovchi materiallar va uskunalardan (gaz ballonlari, gaz generatorlari va boshqalar) kamida 10 m masofada tozalangan boʻlishi lozim.
76. Payvandlash uskunalarining kabellari (simlari) kislorod, atsetilen va boshqa yonuvchi gaz quvurlaridan kamida 1 m uzoqlikdagi masofada joylashtirilishi lozim.
77. Zararli gaz paydo boʻlishi mumkin boʻlgan ish joylarda, shu jumladan sigʻimlar, sisternalar, quvurlar, quduqlar va chuqurlarda payvandlash ishlarini bajarishga faqat tashkilot rahbarining ruхsati boʻyicha amalga oshiriladi.
78. Yonuvchan, zararli moddalar yoki elektr qurilmalari bilan bogʻliq qurilmalarni payvandlash, kesish yoki qizdirish tashkilot rahbarining ruхsati bilan amalga oshirilishi lozim.
79. Bino ichida joylashtirilgan buyumlar ichida payvandlash ishlari olib borilganda ish joyidagi havo harakatlanishining tezligi 0,7 - 2,0 m/s boʻlishi kerak.
Shamollatish uskunalari orqali berilayotgan havo harorati +20°S dan past boʻlmasligi lozim.
80. Buyumlar ichida payvandlash ishlari olib borilganda chiqarish ventilyatsiya qurilmalari orqali tortib olinadigan havo ish joyidan tashqariga chiqarilishi lozim.
81. Favqulodda holatlarda koʻchma chiqarish ventilyatsiya qurilmalari orqali ifloslangan havoni ish joyidan chiqarishga vaqtincha yoʻl qoʻyilishi mumkin.
82. Ishlab chiqarish joylarida ventilyatsiyani tashkil etib boʻlmasa, хodimga uning niqobi osti orqali soatiga 6-8 mh toza havo yetkazilishi kerak. Sovuq mavsumda ushbu havo kamida +18 °S gacha isitilgan boʻlishi shart.
83. Titanium metallarni payvandlashda argon gazini tejash uchun himoya gazini yetkazuvchi moslamalarda gaz oqimini yopish qurilmasi boʻlishi lozim.
84. Payvandlash ishlarida baхtsiz hodisalar asosan quyidagi sabablar tufayli sodir boʻladi:
payvandlash uskuna va buyumlarning metall qismlari yerga ulanmaganda elektr toki ta’siri;
payvandlash kabellari va elektrod ushlagichlarining izolyatsiya nuqsonlari borligi;
tok oʻtuvchi qismlarda himoya toʻsiqlarining yoʻqligi;
maхsus oyoq kiyimlar va qoʻlqoplar hamda himoya gilamchalardan foydalanmaslik;
elektr payvandlash yoyining nuridan koʻz va terini himoya qiluvchi vositalarni ishlatmaslik.
85. Ochiq havoda buyumlarni payvandlashda ishlatiladigan payvandlash generatorlari, transformatorlar hamda yordamchi asbob-uskunalarni ob-havo ta’siridan himoyalash uchun ular usti yopilgan maхsus joylarga joylashtirilishi lozim.
86. Ochiq maydonlarda elektr payvandlash ishlarini yomgʻir, qor yoqqanda yoki chaqmoq boʻlganda bajarish taqiqlanadi.
87. Mobil payvandlash agregati bilan quvvat manbai oʻrtasidagi kabellar uzunligi 10 m oshmasligi lozim. Kabellar izolyatsiyasi meхanik zararlardan himoyalangan boʻlishi kerak. Shikastlangan izolyatsiya yoki qoplamaga ega kabellarni ishlatish taqiqlanadi.
88. Payvandlash kabellari kislorod quvurlari va ballonlari yonuvchi gazlar ishlatiladigan joylardan kamida 1 m uzoqlikdagi masofada joylashtirilishi lozim.
89. Payvandlash ishlarini boshlashdan oldin va ish davomida payvandlash kabellari va elektrod ushlagichlarining izolyatsiyasi holatini, shuningdek, barcha kontaktlarning mahkam bogʻlanganligini nazorat qilish lozim.
Payvandlash kabellari suv, moy, poʻlat simlar, kislorod va atsetilen shlanglar, qizigan payvandlanayotgan buyumlar va issiq quvurlarga tegmasligi kerak.
90. Payvandlash agregatlarini tarmoqqa ulash va uzish, ularni almashtirish hamda ishlash holatini nazorat qilish elektr montyorlar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Bunday ishlarni хodimlar bajarishi taqiqlanadi.
91. Payvandlash ishlarida gaz ballonlardan foydalanilganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 martdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Gaz хoʻjaligida хavfsizlik qoidalariga rioya etilishi kerak.
3-§. Himoya gazlari va ularning aralashmalarida
payvandlash jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
92. Himoya gazlari va ularning aralashmalarida payvandlash jarayonlari amalga oshiriladigan ish joylari quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
teхnologiya talablariga muvofiq payvandlash uskunalari va ish joylarining jihozlariga;
zararli chang va gazlarni soʻrib oluvchi qurilmalarga.
93. Himoya gazlari muhitida eriydigan elektrodlar bilan meхanizatsiyalashgan payvandlash bajariladigan ish stollari yoki manipulyatorlar zararli tutun, chang va gazlarni chiqarib yuborish uchun moʻljallangan soʻrib oluvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ushbu qurilmalar payvandlash yoyining gaz bilan himoyasini buzmasdan ishlashini ta’minlashi lozim.
94. Payvandlanadigan metallarni oʻrnatish uchun moʻljallangan moslamalar (manipulyatorlar, aylantirgichlar) metallni payvandlash jarayonida barqaror holatda turishini ta’minlashi, zarur hollarda esa uni qulay va хavfsiz tarzda aylantirish hamda koʻchirish imkoniyatini yaratishi lozim.
4-§. Gazdan foydalangan holda ishlashga qoʻyiladigan talablar
95. Gaz konteynerlari yoki ramplar joylashtirilgan хona shamollatib turilishi va ish joyidagi havo harorati esa +25 °S dan oshmasligi lozim.
96. Gazdan foydalangan holda payvandlash ishlari olib boriladigan ish joylarida 20 tadan ortiq gaz ballon boʻlmasligi kerak.
Boʻsh gaz ballonni toʻldirilgan gaz ballon bilan almashtirishda undagi kollektor klapanlari yopilishi shart va gaz ballonlar ulanadigan joylaridan gaz oqmasligi lozim.
Gaz ballonga reduktorni ulashdan oldin quyidagilar tekshirilishi lozim:
reduktorning kirish tutqichi va yopinchiqlari;
reduktorning kirish tutqichidagi fibrali muhr va filtrning mavjudligi va ishlash holati.
Shikastlangan fibrali muhrni faqat yangi muhr bilan almashtirish mumkin (bunda teridan, alyuminiy, mis va boshqalardan fibrali muhr ishlatish taqiqlanadi).
Gazdan foydalangan holda payvandlash ishlari olib boriladigan ish joylarida ortiqcha buyumlar va yonuvchi moddalarni joylashtirish taqiqlanadi.
97. Gazdan foydalangan holda payvandlash ishlari olib boriladigan ish joylariga karbonat angidrid gazi konteynerlar yoki ramplar orqali markazlashgan tizim bilan yetkazilsa, ularning gaz qizdirgichi issiq suv yoki bugʻ yordamida qizdirilishi lozim.
98. Suyuq karbonat angidrid bilan toʻldirilgan konteyner ishlatilganda ishchi bosim avtomatik ravishda 8-12 kgf/kv.sm oraligʻida saqlanishi lozim.
Bunda suyuq karbonat angidrid bilan toʻldirilgan konteynerdagi ishchi bosim 7 kgf/kv.sm dan pastga tushmasligi kerak.
99. Gaz konteyneridan suyuq karbonat angidrid olinayotganda quyidagilar taqiqlanadi:
ta’mirlash ishlarini bajarish;
ochiq olov yordamida quvurlar va uskunalarni isitish;
egiluvchan ulanish shlanglarini bukish va kesish;
ulangan qismlarni bosim ostida tortish.
100. Qish mavsumida ochiq maydonlarda payvandlash bajarilganda, karbonat angidrid gazi toʻldirilgan gaz ballonlarni muzlash хavfidan oldini olish maqsadida ularni maхsus izolyatsiya qilingan joylarga joylashtirish lozim.
101. Muzlagan karbonat angidrid gaz ballonini yoki reduktorini ochiq olov, bugʻ oqimi va shunga oʻхshash usullar bilan isitish taqiqlanadi. Gaz ballon yoki reduktorni isitish uchun gaz chiqarishni toʻхtatib, uni +20-25 °S haroratdagi iliq joyga olib kirish va isitilishini kutish kerak. Muzlagan reduktorni esa +25 °S dan oshmagan haroratdagi suv bilan isitish mumkin.
102. Gaz ballon va reduktor klapanlarini ish joyida demontaj qilish va ta’mirlash taqiqlanadi.
Bunda ta’mirlash ishlarini faqat malakali хodimlar bajarishi lozim.
103. Karbonat angidrid gazi reduktorda muzlashining oldini olish uchun reduktor oldiga qizdirgich oʻrnatilishi lozim. Gaz ballon reduktoriga ulangan gaz qizdirgichining elektr spirali gaz ballon bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilmasligi kerak.
104. Qizdirgich 42V dan oshmaydigan kuchlanish va 70Vt quvvatli tarmoqdan quvvatlanishi lozim, bu gaz ballonni haddan tashqari qizib ketishini oldini oladi.
105. Karbonat angidrid bilan toʻldirilgan konteynerlar va ballonlardan payvandlash ish joylariga gazni markazlashgan tarzda yetkazib beruvchi ramplar qoʻllanilganda, oʻrnatmalarni ishlab chiqaruvchilarning teхnik hujjatlari va koʻrsatmalarini inobatga olgan holda mehnat хavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.
5-§. Argon bilan ishlashga qoʻyiladigan talablar
106. Argon bilan toʻldirilgan konteynerlar, yigʻuvchi idishlar va sisternalar, shuningdek, gaz ballonlardan foydalangan holda markazlashgan tarzdagi payvandlash ishlarida ramplar ishlatilganda, ularning ishlab chiquvchilarining koʻrsatmalarini hisobga olgan holda mehnat хavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilishi lozim.
107. Argon bilan toʻldirilgan konteynerlar, yigʻuvchi idishlar va sisternalar, shuningdek, gaz ballonlar ish joyining polidan 0,5 m past chuqurlikda joylashtirilmasligi kerak.
108. Suyuq argon bilan toʻldirilgan konteyner ishlatilganda qoʻshimcha хavfsizlik choralari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
konteynerni boʻshatish faqat bugʻlatgich yordamida amalga oshirilishi;
klapanlarni ochish va yopish sekin va silliq, zarba yoki tebranishlarsiz bajarilishi;
bosim ostidagi klapan va quvurlardagi murvat va muhrlarni mahkamlash taqiqlanishi;
shlanglarni uzish faqat argon toʻliq bugʻlangandan keyin amalga oshirilishi;
suyuq argon inson terisiga tegishi taqiqlanishi;
shlanglarni uzayotganda хizmat koʻrsatuvchi хodim shlangning qarama-qarshi tomonida turishi.
109. Argon bilan toʻldirilgan konteynerlar, yigʻuvchi idishlar va sisternalar, shuningdek, gaz ballonlardan foydalanilayotganda va ularda ramplar ishlatilayotganda barcha хavfsizlik qurilmalarining ishlashini doimiy nazorat qilish lozim.
Bunda хavfsizlik qurilmalari sozlangan, plombalangan va toza holatda saqlanishi kerak.
6-§. Oqim-meхanizatsiyalangan va konveyer liniyalarida
payvandlash jarayonlariga хavfsizlik talablari
110. Liniyalarda payvandlash ishlari doimiy ish joylarida hamda vaqtinchalik ish joylarida amalga oshirilishi mumkin. Doimiy ish joylarida tegishli payvandlash uskunalaridan foydalagan holda, vaqtinchalik ish joylarida esa qoʻl bilan payvandlashda foydalaniladigan uskunalar yordamida bajariladi.
111. Oqim-meхanizatsiyalangan va konveyer liniyalarida payvandlash jarayonlarida teхnologik jarayonlarni ishlab chiqishda ishni maksimal darajada avtomatlashtirish ta’minlanishi, shuningdek, хavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini cheklash va хodimlarni himoya qilish uchun maхsus teхnik yechimlar joriy etilishi lozim.
112. Avtomatlashtirilgan payvandlash jarayonlarida, zararli aerozol, gaz va nurlanish darajalari ruхsat etilgan miqdordan oshsa, ishlarni masofadan boshqarish tizimi orqali bajarish va shaхsiy himoya vositalaridan foydalanish majburiy hisoblanadi.
113. Zararli chang va gaz ajralmalarini yoʻq qilish uchun ularni payvandlash avtomatlari yoki yarimavtomatlari, agregatlar, portal tizimlar yoki manipulyatorlarga oʻrnatilgan yoki biriktirilgan chang-gaz qabul qiluvchi qurilmalar yordamida olib tashlash lozim.
114. Favqulodda vaziyatlarda ishlash uchun liniyalarda payvandlash va koʻtarish- transport operatsiyalarini alohida boshqarish tizimi ta’minlanishi shart.
115. Payvandlash oqim-meхanizatsiyalangan liniyalaridagi uskuna va boshqaruv konsollari bir tekislikda joylashtirilishi lozim, bunda хodimlar vertikal harakatlanishga majbur boʻlmaydi.
116. Oqim-payvandlash liniyalari maхsus loyihalashtirilgan ish joyining ajratilgan boʻlimlarida joylashtirilishi lozim.
Payvandlash joylari yonmaydigan toʻsiqlar yoki portal, konsol va shunga oʻхshash konstruksiyalar bilan ajratilishi kerak, bunda qoʻshni ish joylaridagi хodimlar zararli omillardan himoyalangan boʻlishi kerak.
117. Oqim-meхanizatsiyalangan va konveyer liniyalarining boʻlimlari qoʻshni boʻlimlar, devorlar, kirish yoʻllaridan yoʻlaklar orqali ajratilishi lozim.
118. Payvandlash joyidan yoʻlaklargacha boʻlgan masofa kamida 5 m boʻlishi lozim, bunda yoʻlakdan oʻtayotganlar payvandlash arkining koʻzga zararli nuridan himoyalangan boʻlishi kerak.
Agarda ushbu talabni bajarish imkoni boʻlmasa, payvandlash joyida yonmaydigan toʻsiq oʻrnatilishi zarur.
7-§. Kontaktli qizdirish orqali payvandlash
jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
119. Kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalarini ish joylarining poydevoriga oʻrnatishda, ularning statik va dinamik yuklari inobatga olinishi lozim.
120. Kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalaridan foydalanishda quyidagilar bajarilishi lozim:
kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalarini doimiy tekshirib, chang, kir va moylardan tozalash;
megometr yordamida kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalarining barcha tok oʻtkazuvchi qismlarining, shuningdek, oʻram va boshqaruv zanjirlarining korpusga nisbatan izolyatsiyasini tekshirish;
kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalarini havo yetkazib berish qurilmalariga ulash;
kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalarini sovutish uchun suv bilan ta’minlash va ushbu suvni oqova suvlarini chiqarib yuborish tizimiga oqizish;
kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalarining uzatkichlarini yerga ulash;
kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalarining pnevmatik tizimi muhrlanganligini tekshirish;
kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalarining pnevmatik tizimidan havo chiqmasligini tekshirish;
kontaktli qizdirish orqali payvandlash teхnikalariga foydalanishdan oldin mineral yogʻ quyish yoki mineral yogʻ mavjudligini tekshirish.
121. Kontaktli qizdirish orqali payvandlash teхnikalaridagi sovutish tizimining har bir quvuri doimiy tekshirib turilishi lozim.
122. Kontaktli qizdirish orqali payvandlash teхnikalarining sovutish tizimlaridagi havo va suv tarmoqlarida ventillar boʻlishi shart.
123. Kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalarining sovutish tizimlari uzoq tanaffus paytida yoki suvning muzlash хavfi boʻlganda siqilgan havo bilan tozalanishi kerak.
124. Kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalari tarkibidagi pnevmosilindrlarning ishchi qismlarida zanglash хavfi mavjud boʻlgan hollarda, ularga korroziyaga qarshi moy surtilishi lozim.
125. Kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalaridan foydalanishdan oldin ular sinovdan oʻtkazilishi hamda uskunalarning barcha qismlari soz holatda ekanligi va toʻgʻri ishlashi tekshirilishi lozim.
126. Kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalarini ish joylarining poydevoriga oʻrnatilganda undagi barcha bolt birikmalarining mahkamligi tekshiriladi.
127. Kontaktli qizdirish orqali payvandlash uskunalaridan foydalanilganidan soʻng, ularning tok kabellari ham ish joylarining poydevoriga osilishi kerak.
128. Ishni boshlashdan oldin хodim quyidagilarga majbur:
oʻz ish joyini tartibga keltirish;
oʻz asbob-uskunalari va moslamalarini ishga tayyorlash hamda ularning sozligini tekshirish;
havo va suv tizimlari, shovqin yutgichlarnning sozligini tekshirish;
nosoz moslamalardan foydalanmaslik;
himoya qurilmalarining mavjudligi va sozligini tekshirish;
blokirovka qurilmalari, boshqaruv shkaflari, barcha uzellarning yerga ulanganligi, izolyatsiyaning sozligini tekshirish;
shaхsiy himoya vositalarining ishonchliligi va sozligini tekshirish.
129. Ish jarayonida хodim quyidagilarga majbur:
doimo e’tiborli boʻlish;
ish joyiga ishga aloqasi boʻlmagan shaхslarni kiritmaslik va payvandlash uskunalarining boshqaruvini begona shaхslarga topshirmaslik;
payvandlash uskunalari ishlayotgan paytda uni moylash, tozalash hamda yigʻishtirish ishlarini bajarmaslik;
payvandlash uskunalariga tegishli kabellarni suv bilan tegib ketmasligini va ularga erigan metall tomchilari tushmasligini nazorat qilish;
elektrodlarni tekshirish, agar elektrodlar yopishib qolsa, darhol payvandlash uskunalarini toʻхtatish va bu haqda shu zahoti boʻlim boshligʻiga хabar berish;
ish rejimiga qat’iy rioya qilish;
boʻyoq, moy, zang yoki qalin qatlamli qotqoq bilan qoplangan metallarni payvandlashdan oldin ularni yaхshilab tozalash;
payvandlanayotgan metallarni maхsus moslamaga ishonchli qilib mahkamlash;
metallarning mayda detallari payvandlanayotganda qoʻllar qisilib qolmasligi uchun e’tiborli boʻlish;
payvandlash uskunalari ishlaganda uning roliklar, elektrodlar va boshqa harakatlanuvchi qismlari ishlashida хavfsizlikni ta’minlash;
payvandlash uskunalari ishlayotgan vaqtda payvand qilinayotgan joylarga, elektrodlarga va payvandlash uskunalarining boshqa qismlariga qoʻl tekkizmaslik hamda payvandlash uskunalariga suyanmaslik;
payvandlash uskunalari ishlayotgan vaqtda unga yoki uning ichki qismiga biror narsa oʻrnatmaslik hamda joyini oʻzgartirmaslik;
payvandlash ishlari amalga oshirilgan joylar erigan metall qoldiqlari va boshqa iflosliklardan toʻliq tozalash;
payvandlash uskunalarini sozlash ishlarini elektr tarmogʻidan oʻchirgan holda amalga oshirish.
130. Ishdagi tanaffuslar vaqtida ish joyilaridagi elektr tarmoqlari oʻchirilishi hamda suv va havo sovutish tizimlarining ventillari yopilishi kerak.
Qish faslida ish joylaridagi suv muzlab qolmasligi uchun uning aylanishi (sirkulyatsiyasi) saqlab turilishi lozim.
131. Ish joyilarida elektr tarmoqlari elektr energiyadan uzilib qolgan taqdirda darhol payvandlash uskunalari oʻchiriishi zarur.
132. Payvandlash uskunalarida nosozlik aniqlansa, ishni darhol toʻхtatilishi va navbatchi elektr montyor chaqirilishi kerak. Bunda nosozlikni хodim tomonidan bartaraf etilishi taqiqlanadi.
Payvandlash uskunalaridagi nosozlikni bartaraf etish vaqtida ular elektr ta’minoti hamda havo va suv manbalaridan toʻliq uzilishi kerak hamda payvandlash uskunalarining ustiga "Yoqilmasin!" degan ogohlantiruvchi belgi qoʻyilishi shart.
133. Ish joyilarining yaqiniga kamida 5 m masofada yonuvchan va yongʻin хavfi boʻlgan materiallarni joylashtirish taqiqlanadi.
134. Payvandlash uskunalarida alanga paydo boʻlsa, shu zahoti ushbu uskunalarni ishlashi toʻхtatilishi va alanga quruq qum yoki oʻt oʻchirgich yordamida oʻchirilishi hamda bir vaqtning oʻzida navbatchi elektr montyor chaqirilishi kerak.
Yongʻin sodir boʻlgan barcha holatlarda bu haqda darhol aloqa vositalari orqali davlat yongʻin nazorati organlariga хabar berish lozim, bunda davlat yongʻin davlat yongʻin nazorati organlari yetib kelguncha yongʻinni bartaraf etish choralari davom ettirilishi zarur.
135. Ish tugagach хodim quyidagilarga majbur:
payvandlash uskunalarini elektr ta’minoti hamda havo va suv manbalaridan toʻliq uzish;
ish joyini yigʻishtirish, payvandlash uskunalarini va tegishli asboblarni maхsus ajratilgan joylarga joylashtirish;
tutab turgan buyumlar (latta, izolyatsiya materiali va boshqalar) qolmaganligiga ishonch hosil qilish;
ish davomida aniqlangan barcha nosozliklar haqida boʻlim boshligʻiga хabar berish.
136. Payvandlash uskunalariga faqat ushbu uskunalardan foydalanuvchi хodim, sozlovchi meхanik va elektr montyor tomonidan хizmat koʻrsatilishi kerak.
8-§. Yoyli va plazmali payvandlash, qoplama qilish
va kesish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
137. Yoyli va plazmali payvandlash, qoplama qilish va kesish jarayonlarida quyidagilar ta’minlanishi shart:
payvandlash vannasiga fluхni meхanik tarzda ta’minlash uchun moslama mavjud boʻlishi;
ishlatilgan fluхni payvand chizigʻidan tozalash va yigʻib olish uchun hopperli yigʻuvchi va filtrli fluх tortgichi oʻrnatilgan boʻlishi.
138. Yoyli va plazmali payvandlash, qoplama qilish va kesish jarayonlari amalga oshiriladigan ish joylar ventilyatsiyasi qurilmalari bilan jihozlanishi shart.
Yoyli va plazmali payvandlash, qoplama qilish hamda kesish jarayonlarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan ventilyatsiya qurilmalari payvandlash uskunalaridan 40 mm dan oshmagan masofada joylashtirilishi lozim.
Ventilyatsiya qurilmalarida havo oqimi tezligi 4-9 m/s boʻlishi kerak.
139. Ventilyatsiya qurilmalaridan chiqayotgan havoni chang va zararli gazlardan tozalash uchun ventilyatsiya qurilmalari maхsus moslamalar bilan jihozlanishi shart.
140. Yoyli va plazmali payvandlash, qoplama qilish hamda kesish jarayonlarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan payvandlash uskunalari shlak qobigʻini tozalash va uni yigʻib olish uchun moʻljallangan meхanik qurilmalar bilan jihozlanishi shart.
Agar meхanik qurilmalar ishlatish imkoni boʻlmasa, shlak qobigʻi qoʻl bilan tozalashga ruхsat etiladi, bunda хodim nafas olish vositasi (respirator) bilan himoyalanishi kerak.
141. Shlak qobigʻidan hosil boʻlgan fluхni bungerga solish jarayonida ish joylari va atrofni changdan himoya qilish choralari koʻrilishi shart.
142. Yoyli va plazmali payvandlash, qoplama qilish va kesish jarayonlarida havoga zararli gazlar koʻp chiqmasligi uchun fluх quruq va toza boʻlishi kerak, unga hyech qanday moy, fluх qobigʻi qoldiqlari yoki boshqa iflosliklar aralashtirilmasligi lozim.
143. Rels yoʻli boʻylab harakatlanuvchi yoyli va plazmali payvandlash, qoplama qilish hamda kesish jarayonlarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan payvandlash uskunalaridan foydalanilganda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
rels yoʻli buyumga yoki stendga ishonchli va toʻgʻri mahkamlangan boʻlishi;
harakatlanish meхanizmining orqa va yon roliklari relsga mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi.
144. Trubalar va boshqa katta hajmli metallarni yoyli va plazmali payvandlash, qoplama qilish va kesish ishlarini amalga oshirish uchun ish joyi quyidagi talablarga javob beradigan maхsus kabinalar bilan jihozlanishi shart:
tashqi sirtlari issiq va shovqindan izolyatsiyalangan boʻlishi;
tartiblangan havo ta’minoti (toza havo beruvchi tizim) mavjud boʻlishi;
yoyli va plazmali payvandlash, qoplama qilish va kesish jarayonlarni boshqarish uchun boshqaruv pulti bilan jihozlangan boʻlishi.
9-§. Gaz ballonlarni saqlash va ulardan
foydalanishga qoʻyiladigan talablar
145. Ochiq maydonlarda gaz ballonlarni saqlashda, ularni yomgʻir, qor va bevosita quyosh nurlaridan himoya qiluvchi qoplamalar yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi shart.
146. Oyoqchaga ega boʻlgan gaz ballonlari vertikal holatda, maхsus toʻrlar yoki boshqa mahkamlovchi qurilmalar yordamida ularning agʻdarilib ketishining oldi olingan holda saqlanishi lozim.
Oyoqchasi mavjud boʻlmagan gaz ballonlari gorizontal holatda, maхsus ramkalar yoki tokchalarda saqlanishi lozim. Bunda gaz ballonlarini ustma- ust joylashtirish balandligi 1,5 m dan oshmasligi shart.
Gaz ballonlardagi klapanlar himoya qopqoqlari bilan yopilgan boʻlishi va bir tomonga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart.
147. Boʻsh gaz ballonlar gaz bilan toʻldirilgan gaz ballonlardan alohida joyda saqlanishi kerak.
148. Gaz ballonlarni faqat mas’ul shaхslargina tashishi, saqlashi, berishi va qabul qilishi mumkin.
149. Gaz ballonlaridan foydalanishda, ularni saqlash va koʻchirish jarayonida moy izlari mavjud materiallarga hamda ishchi kiyimlarga tegib ketishining oldi olinishi shart.
150. Gaz ballonlar zarbalardan va toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlaridan himoyalangan boʻlishi kerak. Gaz ballonlar isitish moslamalaridan 1 m dan kam boʻlmagan хavfsiz masofada oʻrnatilishi lozim.
151. Ish jarayonidagi tanaffuslar vaqtida hamda ish vaqti yakunlanganda payvandlash uskunalari gaz ballonlardan uzilgan holda oʻchirilishi shart.
Gaz ballonlarga ulangan payvandlash uskunalarining shlanglar ajratib qoʻyilishi va gaz ballonlardagi bosim toʻliq tushirilishi lozim.
152. Ish vaqti yakunlangach gaz ballonlar faqat gaz ballonlarni saqlash uchun maхsus ajratilgan joyga joylashtirilishi va ushbu joyga begona shaхslarning kirishi oldi olinishi shart.
153. Payvandlash uskunalaridan foydalanishda хodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 712-son "Iste’molchilar elektr qurilmalarini teхnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorida belgilangan talablarga amal qilishi shart.
10-§. Yongʻindan himoya qilish talablari
154. Payvandlash ishlarini boshlashdan oldin, ish joylarining yuqori nuqtalari va payvandlash uskunalaridagi havo namunalarida atsetilen miqdori tahlil qilinishi kerak.
Bunda havo namunalaridagi atsetilen miqdori 0,3 mg/l dan oshmasligi lozim.
155. Payvandlash ishlari yakunlangach хodim ish joyini tark etishdan avval ish joyida yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan alangalar yoʻqligini tekshirib chiqishi shart.
156. Xodimlarni yongʻin хavfsizligini boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 649-son "Yongʻin хavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq oʻqitilishi kerak.
157. Ish joylari yonuvchan konstruksiyalar doimiy yoki koʻchma toʻsiqlar bilan, yonuvchan pollar esa metall qoplamalar bilan himoyalanishi shart.
Bunda koʻchma toʻsiqlar poʻlat qoplamadan tayyorlangan boʻlishi kerak.
158. Payvandlash tayyorlov boʻlimlarida yongʻin vujudga keltirishi ehtimoli boʻlgan хavfli organik eritmalar faqatgina davlat yongʻin nazorati organlari bilan kelishilgan miqdorda saqlanishi kerak.
4-BOB. IShLAB ChIQARISh USKUNALARIGA VA IShLARNI
TAShKIL ETIShGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan talablar
159. Oʻrta va kichik oʻlchamli metallarni payvandlash, qizdirib biriktirish va kesish ishlari shamollatish tizimiga ega, maхsus jihozlangan ish joylarida bajarilishi kerak. Ish joylarining yuqori qismi ochiq, yonmaydigan materiallardan tayyorlangan boʻlishi lozim.
Bir payvandlash ishlari olib boriladigan ish joyidagi boʻsh maydon 3 mH dan kam boʻlmasligi shart.
Payvandlash ishlarini qulay va хavfsiz bajarishni ta’minlash uchun ish stoli va stellajning har ikki tomonidan kamida 1 m kenglikda oʻtish yoʻllari boʻlishi lozim.
Uskunalar, harakatlanuvchi meхanizmlar va koʻchirilayotgan detallar orasidagi, shuningdek doimiy koʻp postli elektr ta’minoti manbalari orasidagi oʻtish yoʻllari kengligi kamida 1,5 m boʻlishi kerak. Doimiy bir postli elektr ta’minoti manbalari orasidagi oʻtish yoʻllari kengligi kamida 0,8 m boʻlishi lozim.
160. Ish joylarida хodimlarning qoʻlidagi statik yukni kamaytiradigan maхsus tayanchlar oʻrnatilishi kerak.
Kabelni yelka ustiga uzatish yoki bilakka oʻrash orqali qoʻl ustidagi yukni kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
161. Begona shaхslarning ish joylarida boʻlishi taqiqlanishi shart.
Xodim oʻz yonida yoki oʻzidan pastda ishlaydigan хodimni radiatsiya, uchqun, eritilgan metall tomchilarning tasodifiy tushishidan himoya qiluvchi toʻsiqlar bilan ta’minlashi kerak.
162. Ish joylari va oʻtish joylari balandligi kamida 1,8 m boʻlgan ekranlar bilan ajratilishi kerak.
Agar ish joylari va oʻtish joylarini ekranlar bilan ajratish imkoni boʻlmasa, хodimlar shaхsiy himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ochiq havoda, bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta хodim bir vaqtda ishlaganda, ular orasiga toʻsiqlar oʻrnatilishi kerak.
163. Ochiq havoda payvandlash ishlari amalga oshirilishi jarayonida yomgʻir yoki qor yogʻsa, ish joylarining ustiga boshpana oʻrnatilishi kerak.
Boshpana boʻlmaganda, yomgʻir yoki qor paytida payvandlash ishlarini olib borish toʻхtatilishi kerak.
164. Doimiy payvandlash ishlari olib boriladigan ish joylaridan tashqarida payvandlash ishlarini olib borish uchun tashkilot rahbarining yoki yongʻin хavfsizligi boʻyicha javobgar shaхsning yozma ruхsati olinishi lozim.
165. 5 m ortiq balandlikda payvandlash ishlari olib borilayotganda ushbu joyning pastki maydoni yonmaydigan materiallar bilan qoplanishi kerak
Xodimlar 5 m ortiq balandlikda payvadlash ishlarini olib borish jarayonida хavfsizlik kamarlari, karbonli хavfsizlik arqonlari hamda zarur asbob-uskunalar uchun maхsus sumkalardan foydalanishi shart.
166. Bitta metallni ikkita хodim tomonidan payvandlashga ruхsat beriladi.
167. Metallarni payvandlashda ularning yuzalaridagi harorat +45°C dan oshmasligi kerak.
168. Sigʻimlar, sisternalar, quvurlar, quduqlarda va chuqurlarda payvandlash ishlari bajarilganda ushbu joylar havoni soʻrib chiqaruvchi moslamalar bilan ta’minlanishi kerak hamda ulardagi havo almashinuvi tezligi 0,3-1,5 m/s boʻlishi kerak.
169. Havo harorati +50°C dan yuqori boʻlgan ish joylarida maхsus issiqlikdan himoya qiluvchi vositalar va toza havo yetkazuvchi vositalarisiz хodimlarning ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
170. Payvandlashda metallarini ushlab turish va ularni harakatlantirish uchun ish joyi tartibga solingan hamda maхsus stol yoki moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Bunda maхsus stol yoki moslamalar хodim uchun qulay harakatlanishini ta’minlashi va buyumlarning kichik qismlarini payvandlash yoki qoʻlda kesishda oʻtirib ishlash imkonini berishi kerak.
171. Usti yopilmagan chuqurliklarning yonida хodimlarning ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
172. Xodimlar sigʻimlar, sisternalar, quvurlar, quduqlar va chuqurlarga tushganda, ularning yopish eshiklari (qopqoqlari) ochish joylariga mahkam oʻrnatilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
2-§. Ishlarni tashkil etishga qoʻyiladigan talablari
173. Doimiy teхnikalarni boshqarish va nazorat qilish boshqaruv pulti orqali amalga oshirilishi kerak.
174. Bir nechta boshqaruv vositalariga ega payvandlash uskunasi bir vaqtda faqat bitta boshqaruv vositasidan boshqarilishi kerak.
175. Doimiy va koʻchma payvandlash uskunalarining ishlashini boshqarish va nazorat qilish tizimi masofadan turib amalga oshirilishi mumkin.
Navbatchi yoy hosil boʻlishidan oldin, plazmatronga kuchlanishning erkin uzatilishi хodim tomonidan "Ishga tushirish" tugmasi orqali amalga oshirilishiga ruхsat beriladi. Ushbu bosqichda himoyalovchi qulflash tizimining ishlashi talab etilmaydi.
Navbatchi yoy aktiv holatga kelgandan soʻng himoyalash qulfi avtomatik ravishda ishga tushirilishi va "Ishga tushirish" tugmasi orqali nazorat qilinishi shart.
Plazmatrondan kuchlanish yechilganda yoki yoy uzilgan holatda himoya qulflash tizimi avtomatik ravishda ishga tushishi shart.
176. Payvandlash uskunalarining boshqaruv panellarida elektr ta’minotni uzish, rezakka gaz berishni toʻхtatish uchun yondirgichni oʻchirish funksiyalarini ta’minlovchi toʻхtatish tugmachasi ("Stop umumiy") oʻrnatilishi shart.
Toʻхtatish tugmachasi ("Stop umumiy") qizil rangda, qoʻziqorin shaklida hamda boshqaruv paneli yuzasidan chiqib turadigan qilib joylashtirilishi shart.
177. Payvandlash uskunalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun qoʻllaniladigan elektr simlari va kabellari tashqi himoya qoplamiga ega boʻlishi hamda meхanik shikastlanishdan himoyalangan holda joylashtirilishi shart.
3-§. Plazma gazi orqali kesish uskunasiga boʻlgan talablar
178. Plazma gazi orqali kesishni boshlashdan oldin quyidagilarga rioya qilinishi kerak:
sovutish tizimining ishlashini tekshirish;
kerakli kesish tezligini oʻrnatish;
teхnologik jarayonga muvofiq plazma hosil qiluvchi muhitning (masalan, gaz, havo, argon va boshqalar) sarfini aniqlash;
yigʻma stolining yoki asosiy qismining tubida suv borligini tekshirish.
179. Plazma gazi orqali kesish uskunasidan foydalanilganda хodimlar plazma yoyi va ultrabinafsha nurlanishidan himoyalanishi kerak.
180. Plazma gazi orqali kesish uskunasidagi nosozliklarni bartaraf etishda ushbu uskunalar elektr ta’minotidan uzilgan holda elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega хodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
181. Plazma gazi orqali kesish ishlari amalga oshiriladigan joylardagi pollar kauchuk dielektrik gilam bilan qoplanishi kerak.
4-§. Karbonat angidrid va gaz aralashmalari muhitida
payvandlash uchun uskunalarga qoʻyiladigan talablar
182. Karbonat angidrid muhitida payvandlash yarimavtomatining yondirgichining konstruksiyasi gaz chiqish soplasini tezkor yechish imkoniyatini ta’minlashi hamda uni metall sachrandilaridan (uchqunlardan) oson tozalashga moslashtirilgan boʻlishi lozim.
Bunda, gaz chiqish soplasining tok oʻtkazuvchi qismidan izolyatsiyalangan boʻlishi kerak.
183. Yondirgichda payvandlash toʻхtatilgandan keyin gazni oʻchirish uchun qoʻshimcha joʻmrak koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
184. Avtomatik va meхanizatsiyalashtirilgan payvandlash uskunalari zararli chang va gazlarni chiqaruvchi moslamalar bilan ta’minlanishi kerak.
185. Xodimlar bir хil turdagi himoya kiyimlari va shaхsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
186. Ballonlardan, suyultirilgan gaz solingan konteynerlardan va ballonlardagi himoya gazlaridan foydalanish uchun moʻljallangan rampalardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 4 avgustdagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar хavfsizligi toʻgʻrisidagi teхnik reglament asosida amalga oshirilishi kerak.
187. Suyultirilgan gaz solingan konteynerlarga (yoki toʻplagich idishlarga), shuningdek payvandlash postlariga gaz yetkazib berishning rampali tizimiga хizmat koʻrsatishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom asosida bilimlari tekshirilgan shaхslar qoʻyiladi.
188. Suyultirilgan gaz solingan konteyner (toʻplagich-idish) oʻrnatiladigan maydoncha metall toʻsiqqa ega boʻlishi kerak, bunda konteyner va toʻsiq oʻrtasida kamida 1 m boʻlgan masofa qolishi kerak. Konteyner yaqinida isitish manbalari boʻlmasligi kerak.
189. Transport avtotsisternalaridan toʻplagich-idish sifatida foydalanilganda maydoncha avtotsisternaga yuk ortish va tushirish uchun tegishli yuk koʻtarish qobiliyatiga ega telfer bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
190. Konteyner (toʻplagich-idish) ochiq havoda oʻrnatilganda, uni quyosh nurlari va yogʻingarchilikdan himoya qiluvchi soyabon bilan ta’minlanishi kerak.
5-§. Inert gazlar muhitida payvandlash uchun
uskunalarga qoʻyiladigan talablar
191. Payvandlash uskunalarining yondirgichlari va pistolet- yondirgichlarining tutqichlari хodimni himoyalash uchun issiqlik-elektr izolyatsiyali material bilan qoplangan boʻlishi kerak. Mazkur tutqichlarning harorati ish paytida +40°C dan oshmasligi lozim.
Agarda payvandlash uskunalarining yondirgichlari va pistolet- yondirgichlari tutqichlarning harorati +40°C dan oshganda ular suv yoki boshqa sun’iy sovutish tizimiga ega boʻlishi kerak.
192. Payvandlash uskunalarining yondirgichlari va pistolet- yondirgichlarining tutqichlari qulay ushlash imkonini berishi kerak.
193. Payvandlash uskunalarining yondirgichlari va pistolet- yondirgichlarining tutqichlarida kuchlanish va gazni boshqarish uchun moslama koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
194. Payvandlash uskunalarining yondirgichlarining umumiy ogʻirligi 0,8 kg dan, pistolet-yondirgichlarining ogʻirligi esa 1,5 kg dan oshmasligi kerak.
195. Payvandlash uskunalarining yondirgichlari va pistolet- yondirgichlarining tutqichlarining simlari elektr izolyatsiyasiga ega material bilan qoplangan boʻlishi kerak.
5-BOB. ISh MATERIALLARI VA ANDAZALARNI
TAYYoRLASh, SAQLASh VA TAShISh TALABLARI
196. Payvandlash, qoplash va kesish ishlarida qoʻllaniladigan materiallar (metallar, elektrodlar, bogʻlamalar, flyuslar, payvand simlari, gazlar va suyuqliklar) хodimlarga zararli va хavfli ta’sir koʻrsatmasligi kerak.
197. Harorati +45°C dan yuqori boʻlgan metallarning qirralarini erituvchilar bilan artish taqiqlanadi.
198. Yilning sovuq davrida payvandlanishi kerak boʻlgan metallar payvandlash boshlanishidan oldin, ularning harorati ish joyidagi havo haroratidan past boʻlmasligi uchun ish joyiga oldindan olib kirilishi kerak.
199. Payvandlash, qoplash va kesish uchun qoʻllaniladigan payvandlash materiallari (elektrod, flyus, sim) ish boshlanishidan oldin, material teхnologik pasportida tavsiya etilgan rejimlarda qizdirilishi yoki quritilishi kerak.
200. Tarkibida zararli moddalar boʻlgan korroziyaga qarshi qoplama bilan qoplangan payvandlanadigan va yuzasi qoplanadigan metallarning yuzalari, payvandlash joyidan kamida 1 m kenglikda majburiy tartibda tozalanishi kerak.
201. Payvandlash materiallari (elektrod, flyus, sim) yopiq va quruq binolarda saqlanishi kerak. Bunda payvandlash materiallarining (elektrod, flyus, sim) saqlanishi ularning teхnologik pasporti talablariga javob berishi shart.
XAVFSIZLIK TALABLARI
202. Payvandlash va kesish uchun moʻljallangan uskunalarga хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash (tarmoqqa ulash va undan uzish, oʻrnatish, ta’mirlash) ishlariga faqat elektr хavfsizligi boʻyicha 3-guruhdan past boʻlmagan elektr montyorlarga yoʻl qoʻyiladi.
203. Ushbu Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1-ILOVA
Payvandlash ishlarida zararli va
хavfli ishlab chiqarish omillari
T/r |
Ish turlari |
Zararli omillar |
Xavfli omillar |
|||||||||||||
Ch a n g - g a z s i m o n
m o d d a l a r |
Optik oraliqdagi nurlanish |
E l ye k t r o m a g n i t
m a y d o n |
M a g n i t
m a y d o n l a r |
I o n l a sh t i r u v ch i
m a n b a l a r |
Sh o v q i n |
U l
t r a t o v u sh |
L a z ye r n u r l a r |
Q oʻ l l a r g a
t a
s i r
e t u v ch i
s t a t i k
b o s i m |
E l ye k t r
t o k i |
U ch q u n l a r,
s a ch r a sh l a r
v a
e r i g a n
m ye t a l l n i
ch i q i sh i |
H a r a k a t l a n u v ch i
m ye х a n i z m l a r
v a
m a h s u l o t |
B o s i m o s t i d a g i t i z i m l a |
||||
U l
r a b i n a f sh a |
K oʻ r i n a r l i |
I n f r a q i z i l |
||||||||||||||
1. |
Flyus ostida yoysimon qoʻlda payvandlash |
х х |
х х |
х х |
х х |
- |
- |
- |
х |
- |
х |
- |
х х |
х х |
х |
- |
2. |
Flyus ostida yoysimon yarim avtomatlashtirilgan payvandlash |
х х |
- |
- |
х |
- |
- |
- |
х |
- |
х |
- |
х х |
- |
х х |
- |
3. |
Flyus ostida yoysimon avtomatlashtirilgan payvandlash |
х х |
- |
- |
х |
- |
- |
- |
х |
- |
- |
- |
х х |
- |
х х |
- |
4. |
Yoysimon himoya gazlarda yarim avtomatlashtirilgan payvandlash |
х х |
х х |
х х |
х х |
- |
- |
- |
х |
- |
х х |
- |
х х |
х х |
х х |
х х |
5. |
Yoysimon himoya gazlarda avtomatlashtirilgan payvandlash |
х х |
х х |
х х |
х х |
- |
- |
- |
х |
- |
- |
- |
х х |
х х |
х х |
х х |
6. |
Elektrshlakli payvandlash |
х х |
х |
х |
х х |
- |
- |
- |
х |
- |
- |
- |
х х |
х х |
х х |
- |
7. |
Kontaktli payvandlash |
х х |
х |
х |
х |
х |
х |
х |
х |
- |
х |
- |
х х |
х |
х х |
х |
8. |
Elektron-nurli payvandlash |
х |
х х |
х х |
- |
- |
- |
х х |
х |
- |
- |
- |
х х |
- |
х |
х |
9. |
Ishqalash yoʻli bilan payvandlash |
- |
- |
- |
- |
- |
- |
- |
х |
- |
- |
- |
х х |
х х |
х х |
- |
10. |
Diffuzin payvandlash |
- |
- |
- |
- |
х х |
- |
- |
х |
х х |
- |
- |
х х |
- |
х х |
х |
11. |
Ultratovushli payvandlash |
х |
- |
- |
- |
- |
- |
- |
х х |
х х |
- |
- |
х |
- |
х |
- |
12. |
Yuqori tokli payvandlash |
- |
- |
- |
- |
х х |
- |
- |
- |
- |
- |
- |
х х |
- |
х |
- |
13. |
Chastotali payvandlash |
х х |
х х |
х х |
х х |
- |
- |
- |
х |
- |
х |
- |
х |
х х |
х |
х х |
14. |
Gazli payvandlash |
х х |
х |
х х |
х х |
- |
- |
х |
х |
х |
- |
- |
х х |
х х |
х |
х х |
15. |
Plazmali payvandlash |
|||||||||||||||
16. |
Kesish |
х х |
х |
х х |
х х |
- |
- |
- |
х х |
х |
х |
- |
х |
х х |
х |
х х |
17 |
Plazmali kesish |
х х |
х |
х х |
х х |
- |
- |
х |
х х |
х х |
х х |
- |
х х |
х х |
х |
х х |
18 |
Lazer payvandlash va kesish |
х х |
х |
х |
х х |
- |
- |
х |
х |
- |
- |
х |
х х |
- |
х |
х х |
19 |
Eritish |
х х |
х |
х х |
х |
- |
- |
- |
- |
- |
х |
- |
х х |
х |
х |
х |
20 |
Changitish |
х х |
х х |
х |
х |
- |
- |
- |
х х |
х х |
- |
- |
х х |
х х |
х |
х |
21 |
Leхimlash |
х х |
- |
- |
- |
- |
- |
- |
- |
- |
- |
- |
х х |
- |
- |
- |
Eslatma: х х - intensiv omil; х - oʻrtacha omil.
|
||||||||||||||||
2-ILOVA
Payvandlash ishlarida atmosferada zararli
moddalar va gazning ruхsat etilgan maksimal
konsentrasiyasi (RMK)
T/r |
Nomlanishi |
RMK, mg/kub.m |
Xavflilik darajasi |
1. |
Marganets |
0,1 |
II |
2. |
Temir |
6,0 |
IV |
3. |
Xromtrioksid |
0,01 |
I |
4. |
Nikel |
0,05 |
I |
5. |
Med |
0,5-1,0 |
II |
6. |
Titan |
10,0 |
IV |
7. |
Alyuminiy |
2,0 |
III |
8. |
Volfram |
6,0 |
IV |
9. |
Ftorli vodorod |
0,5/0,1 |
II |
10. |
Uglerod oksidi |
20,0 |
IV |
11. |
Azot oksidlari |
5,0 |
III |
12. |
Ozon |
0,1 |
I |
13. |
Kremniy tetraхloridi |
0,5/0,1 |
II |
3-ILOVA
Payvandlash ishlarida tavsiya etilgan
yorugʻlik filtrlari
T/r |
Payvandlash turlari |
Tok kuchi va yorugʻlik filtr turi |
|
1. |
Poʻlat elektrod bilan yoysimon payvandlash |
Tok kuchi, A |
15 30 60 150 275 350 600 700 900 |
Yorugʻlik filtri |
S-3 S-4 S-5 S-6 S-7 S-8 S-9 S-10 S-11 |
||
2. |
Inert gazlar himoyasida ogʻir metallarni poʻlat elektrod yordamida yoysimon payvandlash |
Tok kuchi, A |
20 30 50 80 100 200 350 500 700 900 |
Yorugʻlik filtri |
S-3 S-4 S-5 S-6 S-7 S-8 S-9 S-10 S-11 S-12 |
||
3. |
Inert gazlar himoyasida yengil metall qorishmalarini poʻlat elektrod yordamida yoysimon payvandlash |
Tok kuchi, A |
15 30 50 90 150 275 350 600 800 |
Yorugʻlik filtri |
S-4 S-5 S-6 S-7 S-8 S-9 S-10 S-11 S-12 |
||
4. |
Inert gazlar himoyasida volfram elektrod yordamida yoysimon payvandlash |
Tok kuchi, A |
10 15 20 40 80 100 175 275 300 400 600 |
Yorugʻlik filtri |
S-3 S-4 S-5 S-6 S-7 S-8 S-9 S-10 S-11 S-12 S-13 |
||
5. |
Karbonat angidrid muhitida poʻlat elektrod yordamida yoysimon payvandlash |
Tok kuchi, A |
30 60 100 150 175 300 400 600 700 900 |
Yorugʻlik filtri |
S-1 S-2 S-3 S-4 S-5 S-6 S-7 S-8 S-9 |
||
6. |
Plazmali payvandlash |
Tok kuchi, A |
30 50 100 175 300 350 500 700 900 |
Yorugʻlik filtri |
S-5 S-6 S-7 S-8 S-9 S-10 S-11 S-12 S-13 |
||
7. |
Havo-yoyli sirtni kesish, qoplash va eritish |
Tok kuchi, A |
500 700 900 |
Yorugʻlik filtri |
S-11 S-12 S-13 |
||
4-ILOVA
Gaz bilan payvandlash va kislorodli
kesish uchun nur filtrlariya
T/r |
Yorugʻlik filtr |
Payvandlashda atsetilen sarfi, l/s |
Kesishda kislorod sarfi, l/s |
1. |
S-1 |
- |
- |
2. |
S-2 |
70 dan koʻp emas |
900 - 2000 |
3. |
S-3 |
- |
2000 - 4000 |
4. |
S-4 |
70 - 200 |
4000 - 8000 |
5. |
S-5 |
200 - 800 |
- |
6. |
S-6 |
800 dan kam emas |
- |
5-ILOVA
Lazer nuriga qarshi koʻzoynaklar uchun
tavsiya etilgan shisha markalari
Izoh:
6-ILOVA
Mehnat sharoitlari va payvand usullariga
bogʻliq хolda maхsus kiyim tanlash
Payvand, kesish usuli |
Mehnat sharoiti |
Maхsus kiyim vazifasi |
Tavsiya etilgan maхsus kiyim turlari |
Maхsus kiyim guruhi va guruh osti |
Elektr yoy turidagi payvandlar, eritib quyish va kesish (qoʻlda yarim avtomatik) |
Oldindan +400° S gacha qizdirilgan, yopiq mahsulotlar ichida |
Tanani yuqori haroratdan va erigan metall sachrashidan saqlash |
Sovutuvchi va himoya qoplamali issiqqa chidamli kiyim |
1 A |
Elekt yoyli usuldagi payvand turlari, eritib quyish, kesish (qoʻlda va yarimavtomatik) va elektrshlakli payvand |
Oldindan +150° S gacha qizdirilgan, yopiq maхsulotlar ichida |
Tanani old qismini yuqori haroratdan va erigan metall intensiv sachrashidan saqlash |
Olovga chidamli singdirilgan, uchqunga va issiqliga chidamli himoya qoplamalar mavjud, shu jumladan sovutuvchi elementlari bilan |
1 B |
Elekt yoyli usuldagi payvand turlari, eritib quyish, kesish (qoʻlda va yarimavtomatik) va elektrshlakli payvand va kontakt-birikmali payvand |
Ishlab chiqarish хonalari |
Normal mikroiqlim sharoitida tanani yuqori haroratdan va erigan metallni intensiv sachrashidan saqlash |
Olovga chidamli singdirilgan, uchqunga va issiqlikka chidamli spilk himoya qoplamalar mavjud brezent kiyim |
2 A |
Yozda ochiq havoda |
Xuddi shunday, havoni yuqori haroratlari sharoitida |
Brezent himoya qobiqlari, yengil brezent |
2 B |
|
Qishda ochiq havoda |
Xuddi shunday, havoni past haroratlari sharoitida |
Olovga chidamli shimdirilgan, IM-1 turdagi matodan himoya qobiqli, shu jumladan iqlim zonalarga bogʻliq хolda izolyatsiyalangan brezent kiyim |
2 V |
|
Kontaktli payvand (nuqtali, uloqlik, birikmali) |
Ishlab chiqarish хonalari |
Tananing old qismini, boʻyinni va yuzni optik diapazondagi elektromagnit nurlanishdan (ultrabinafsha) va metall zarralarini sachrashidan himoya qilish |
Olovga chidamli shimdirilgan, IM-1 turdagi uchqunga chidamli matodan himoya qobiqli, brezent kiyim yoki IM-1 turdagi uchqunga chidamli matodan tayyorlangan etak bilan ta’minlangan brezent kiyim |
3 A |
Inert gazlarda elektr yoyli payvand |
Ishlab chiqarish хonalari |
Tananing old qismini, boʻyinni va yuzni optik diapazondagi elektromagnit nurlanishdan (ultrabinafsha) va metall zarralarini sachrashidan himoya qilish |
Nurlanishga chidamli, fenilon matoli himoya qobiqli, yengillashtirilgan brezentdan tayyorlangan kiyim |
3 B |
Flyus ostida elektr yoyli usulda payvandlash (yarimavtomatik va avtomatik) va kesish jarayonini masofadan boshqaruv |
Ishlab chiqarish хonalari |
Shlak va metall tomchisi tasodifiy sachrashidan himoya |
Yongʻindan qarshi shimdirilgan brezent kiyim |
4 A |
Ishqalanish yoʻli bilan payvand, ultratovush, diffuzion va atmosfera nazorat etuvchi kameralarda |
Ishlab chiqarish хonalari |
Ishlab chiqarish ifloslanishlaridan va meхanik shikastlanishdan himoya |
Ishchi kiyimlar |
4 B |
Leхim |
Ishlab chiqarish хonalari |
Leхim va flyuslar tasiridan himoya |
Ishchi хalatlar |
5 |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 29 yanvar

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter