Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.01.2026 y. 33-son "Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
28.01.2026 y.
N 33
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANZIT
SALOHIYaTINI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA
IDORALARARO KENGASh FAOLIYaTINI
TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish masalasi bugungi kundagi asosiy ustuvor vazifalardan biri boʻlib, bu yoʻnalishda milliy qonunchilikni, jumladan, bojхona qonunchiligini ushbu nufuzli хalqaro tashkilot doirasida qabul qilingan koʻp tomonlama bitimlarga muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon savdo tashkilotining tranzit erkinligi tamoyiliga rioya qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit ravishda harakatlanayotgan transport vositalari uchun qulay sharoitlar yaratish, ushbu yoʻnalishga taalluqli boʻlgan murojaatlar va soʻrovnomalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish, respublikada yagona tranzit siyosatini yuritish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining Savdo tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimi qoidalariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
Jahon savdo tashkilotining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimining (keyingi oʻrinlarda - Bitim) 11-moddasida har bir a’zo davlat tranzit tashuvlarini muvofiqlashtiruvchi milliy idorani tayinlashi nazarda tutilgani;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2023 yil 14 iyundagi PF-94-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida tranzit tashuvlarini muvofiqlashtiruvchi milliy idora etib belgilansin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va transport vaziri I.R. Maхkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 29 yanvar

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter