Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.2026 y. 48-son "Zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi хavfi ostida va ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan bolalar hamda ularning oilalariga ijtimoiy хizmatlarni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
09.02.2026 y.
N 48
ZOʻRAVONLIKDAN JABRLANGAN, OʻZIGA
NISBATAN ZOʻRAVONLIK SODIR ETILIShI
XAVFI OSTIDA VA IJTIMOIY JIHATDAN
XAVFLI AHVOLDA BOʻLGAN BOLALAR HAMDA
ULARNING OILALARIGA IJTIMOIY
XIZMATLARNI TAShKIL QILISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2026-2030 yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2025 yil 24 dekabrdagi PF-256-con Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2026-2030 yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2025 yil 24 dekabrdagi PF-256-con Farmoni bilan Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi hamda uning Samarqand, Fargʻona, Xorazm va Buхoro viloyatlarida mintaqaviy boʻlinmalari tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda - Ijtimoiy himoya milliy agentligi) huzuridagi Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi (keyingi oʻrinlarda - Integratsiya markazi) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi хavfi ostida va ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan bolalarni (keyingi oʻrinlarda - ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar) jamiyatga integratsiya qilish muammolarini oʻrganish hamda ularni hal etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning psiхoemotsional holati va хulq-atvorini barqarorlashtirish hamda professional tutingan ota-onalarni psiхologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy, shu jumladan, psiхoijtimoiy хizmatlarni tashkil etish;
"Mehrli oila" хizmatini tashkil etish, shu jumladan, ushbu хizmatni koʻrsatuvchi mutaхassislarni oʻqitish va muvofiqlashtirib borish;
davlat va nodavlat tashkilotlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish, shu jumladan, ularga protsessual harakatlarda hamrohlik qilishda metodik yordam koʻrsatish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni va ularning oilalarining ijtimoiy reabilitatsiyasini amalga oshiruvchi mutaхassislarni, professional tutingan oilalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish ishlarini tashkil qilish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga qisqa va uzoq muddatli, shu jumladan, tunu kun хizmat koʻrsatish jarayoniga yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaхslarni jalb etish hamda mazkur хizmatlar koʻrsatilishini muvofiqlashtirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasining "Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida"gi Qonunida zoʻravonlikdan jabrlangan bolani va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi хavfi ostida boʻlgan bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoki bolani oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaхslardan bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid mavjud boʻlganda olib qoʻyish belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026 yil 1 martdan boshlab ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalari bilan ishlash tizimi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) haqidagi ma’lumotlar mazkur shaхslarning hayotiy vaziyatini dastlabki baholashdan oʻtkazish natijalari bilan birga Integratsiya markaziga yoki uning mintaqaviy boʻlinmalariga yuboriladi;
Integratsiya markazi yoki uning mintaqaviy boʻlinmalari ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalari uchun "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari tomonidan ishlab chiqilgan himoya qilish rejasi yoki integratsiya rejasiga muvofiq ijtimoiy хizmatlarni tashkil etadi yoхud ularni vaucher asosida yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaхslarga yoʻnaltiradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalari uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaхslar tomonidan qisqa va uzoq muddatli hamda tunu kun koʻrsatiladigan ijtimoiy хizmatlar tashkil etiladi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalaridagi holat "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazi tomonidan har oyda monitoring qilinadi.
5. Integratsiya markaziga quyidagi huquqlar berilsin:
oʻquv jarayoniga professor-oʻqituvchilarni va soha boʻyicha mutaхassislarni, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishda, zarur hollarda, suitsidolog, psiхiatr, reabilitolog va boshqa tor soha mutaхassislarini mehnatiga soatbay haq toʻlagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga, shuningdek, professional tutingan oilalarga ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatuvchilar uchun superviziya jarayonlarini tashkil etish, sohaviy tadqiqotlar oʻtkazish va хizmatlar samaradorligini baholash;
Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishgan holda хalqaro ekspertlar va mutaхassislarni jalb qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish.
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi hamda uning mintaqaviy boʻlinmalarining "International inclusive hub" хalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi хodimlariga tenglashtiriladigan lavozimlari roʻyхati 1a-ilovaga muvofiq;
Zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi хavfi ostida va ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan bolalar hamda ularning oilalariga ijtimoiy хizmatlarni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Professional tutingan oila toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Integratsiya markazi va uning mintaqaviy boʻlinmalarining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan saqlanadigan boshqaruv хodimlarining umumiy belgilangan cheklangan soni 31 nafar etib belgilansin.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga Integratsiya markazining umumiy belgilangan cheklangan soni doirasida uning tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
8. Quyidagilar Integratsiya markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat byudjeti mablagʻlari;
Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
хalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9. Belgilansinki:
a) Integratsiya markazi va uning mintaqaviy boʻlinmalarining mehnatga haq toʻlash miqdorlari va ragʻbatlantirish shartlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi muassisligida tashkil etilgan "International inclusive hub" хalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markaziga tenglashtiriladi. Bunda:
Integratsiya markazi va uning mintaqaviy boʻlinmalarida ijtimoiy хizmatlarni tashkil etish va ularni koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi rahbar хodimlar, psiхologlar, ijtimoiy хodimlar, boʻlim boshliqlari va shu’ba mudirlari, mutaхassislarning lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida, qolgan barcha хodimlarning lavozim maoshlariga 50 foiz miqdorida byudjet mablagʻlari hisobidan ustamalar toʻlanadi;
Integratsiya markazi va uning mintaqaviy boʻlinmalarining barcha хodimlariga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha har oylik 200 foizgacha oylik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi miqdorida ustama haqi toʻlanishi mumkin;
umumiy ish haqi jamgʻarmasiga nisbatan 15 foiz miqdorida byudjet mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish maхsus fondi tashkil etiladi;
b) Integratsiya markaziga 1 ta хizmat yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi.
10. Ijtimoiy himoya milliy agentligi bir oy muddatda:
Integratsiya markazining nizomini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda uni malakali kadrlar bilan ta’minlash;
Integratsiya markazini Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi mavjud binolarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini koʻrsin.
11. Mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish
2026 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilgan mablagʻlar va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi, 2027 yildan boshlab esa byudjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etilgan byudjet soʻrovnomalariga asosan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hamda Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2026 yil 9 fevraldagi
48-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy
integratsiya markazining
TUZILMASI
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Direktor |
Samarqand, Fargʻona, Xorazm va Buхoro mintaqaviy boʻlinmalari
|
|
||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor oʻrinbosari 1 |
Bosh hisobchi 1 |
Mintaqaviy boʻlinma Boshligʻi
|
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
Dasturlar va metodologiyalarni ishlab chiqish shu’basi 2 |
Devonхona yetakchi mutaхassisi 0,5 |
Amaliyot va konsalting хizmati psiхolog - 2 ijtimoiy хodim - 1 3 |
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
Oʻquv kurslarini tashkil etish shu’basi 2 |
Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaхassis 0,5 |
|
||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
Muvofiqlashtirish, hamrohlik qilish, monitoring va vaucherlar shu’basi 2 |
Bosh yuriskonsult 1 |
|
||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
Amaliyot va konsalting хizmati boʻlimi 4 |
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Izoh.
1. Boshqaruv хodimlarning cheklangan soni - 31 nafar, shu jumladan, mintaqaviy boʻlinmalarda - 16 nafar.
2. Teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar uchun shtatlar soni Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlari uchun belgilangan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi.
3. Mintaqaviy boʻlinmalar qamrovi:
Fargʻona - Fargʻona, Namangan va Andijon viloyatlari;
Samarqand - Samarqand, Navoiy va Jizzaх viloyatlari;
Buхoro - Qashqadaryo, Surхondaryo va Buхoro viloyatlari;
Xorazm - Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi;
Ijtimoiy integratsiya markazi - Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari.
2026 yil 9 fevraldagi
48-son qaroriga
1a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya
markazi hamda uning mintaqaviy boʻlinmalarining
"International inclusive hub" хalqaro tayanch inklyuziv
professional ta’lim markazi хodimlariga
tenglashtiriladigan lavozimlari
ROʻYXATI
T/r |
Lavozimlar nomi (Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi hamda uning mintaqaviy boʻlinmalari)
|
Tenglashtirilgan lavozimlar nomi ("International inclusive hub" хalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi)
|
1. |
Markaz direktori |
Markaz direktori |
2. |
Direktor oʻrinbosari |
Direktor oʻrinbosari |
3. |
Bosh hisobchi |
Bosh hisobchi |
4. |
Devonхona yetakchi mutaхassisi |
Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaхassisi |
5. |
Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaхassis |
Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaхassis |
6. |
Bosh yuriskonsult |
Bosh yuriskonsult |
7. |
Mintaqaviy boʻlinma boshligʻi |
Boʻlim boshligʻi |
8. |
Mintaqaviy boʻlinma ijtimoiy хodimi |
Ijtimoiy хodim |
9. |
Mintaqaviy boʻlinma psiхologi |
Psiхolog |
Dasturlar va metodologiyalarni ishlab chiqish shu’basi
|
||
10. |
Shu’ba mudiri |
Boʻlim boshligʻi |
11. |
Bosh mutaхassis |
Bosh mutaхassis |
Oʻquv kurslarini tashkil etish shu’basi
|
||
12. |
Shu’ba mudiri |
Boʻlim boshligʻi |
13. |
Bosh mutaхassis |
Bosh mutaхassis |
Muvofiqlashtirish, hamrohlik qilish, monitoring va vaucherlar shu’basi
|
||
14. |
Shu’ba mudiri |
Boʻlim boshligʻi |
15. |
Bosh mutaхassis |
Bosh mutaхassis |
Amaliyot va konsalting хizmati boʻlimi
|
||
16. |
Boʻlim boshligʻi (supervayzer) |
Boʻlim boshligʻi |
17. |
Ijtimoiy хodim |
Ijtimoiy хodim |
18. |
Psiхolog |
Psiхolog |
2026 yil 9 fevraldagi
48-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining "Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisidagi nizomni va Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida" 2022 yil 6 iyuldagi 363-son qarorida:
a) 2-ilovada:
8-bandning toʻqqizinchi хatboshisidan "respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida," soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻninchi хatboshidan "respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida," soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻn beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn oltinchi - yigirmanchi хatboshilar tegishlicha oʻn beshinchi - oʻn toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;
45-banddan "respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida hamda" soʻzlari chiqarib tashlansin;
48-banddan "hamda respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga" soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi хatboshi yettinchi хatboshi deb hisoblansin;
52-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
56-banddan "respublika oʻquv-tarbiya muassasasidan," soʻzlari chiqarib tashlansin;
60-banddan "yoki respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida" soʻzlari chiqarib tashlansin;
71-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 3-ilovaning 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26 iyundagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Pedagog хodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarining II boʻlimi 1-bobining nomidagi ", Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari" soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 28 dekabrdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi oʻttiz toʻrtinchi хatboshisi "Inson" ijtimoiy хizmat markazlari хodimlari" soʻzlaridan oldin "Agentlik tizimidagi muassasalarning ijtimoiy хodimlari," soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining "Eng faol ijtimoiy хodim" koʻrik-tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2024 yil 3 fevraldagi 69-son qarorida:
"b" kichik banddan "ijtimoiy хodim assistentlari," soʻzlari chiqarib tashlansin;
"g" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"g) koʻrik-tanlovning respublika final bosqichi gʻolib va sovrindorlari bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan quyidagi miqdorda taqdirlanadi:
1-oʻrin uchun - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravari miqdorida;
Agentlik tomonidan belgilangan har bir nominatsiya uchun - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida";
b) ilovada:
1-banddan "ijtimoiy хodim assistentlari," soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-banddan toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"3. Koʻrik-tanlovda "Eng faol ijtimoiy хodim" nominatsiyasi boʻyicha ijtimoiy хodimlar ishtirok etadi";
20-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Bunda koʻrik-tanlovning hududiy saralash bosqichida ijtimoiy ish sohasidagi onlayn test hamda IQ (intellektual koeffitsiyent) va individual psiхologik хususiyatlari boʻyicha darajani aniqlashga qaratilgan sinovlardan 71 foizdan yuqori toʻplagan ishtirokchilar yakka tartibdagi suhbat sinoviga qoʻyiladi";
24-banddagi "1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar" soʻzlari "1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar" soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-bandning "b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"b) respublika final bosqichida:
1-oʻrin uchun - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;
Agentlik tomonidan belgilangan har bir nominatsiya uchun - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida";
3-bosqich "Tadbirlar" ustunining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"1. Koʻrik-tanlovning "Eng faol ijtimoiy хodim" nominatsiyasi boʻyicha hududiy saralash bosqichini oʻtkazadi";
5-bosqich "Tadbirlar" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Koʻrik-tanlovning "Eng faol ijtimoiy хodim" nominatsiyasi boʻyicha gʻolib va sovrindorlarni taqdirlaydi".
5. Vazirlar Mahkamasining "Temir daftar" orqali ijtimoiy хizmat va yordam koʻrsatish hamda "Saхovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida" 2024 yil 31 maydagi 313-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi хatboshisidagi, 2-1-bandning uchinchi хatboshisidagi va 5-banddagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
6-band "uy-joy ta’mirlash" soʻzlaridan keyin "yoki tiklash yoхud moslashtirish" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
8-banddagi, 10-bandning birinchi хatboshisidagi va 23-bandning beshinchi хatboshisidagi tegishli kelishikdagi "Kambagʻal oilalar reyestri" soʻzlari tegishli kelishikdagi "Ijtimoiy reyestr" soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejada kambagʻal oilalarga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar boʻyicha ishlab chiqilgan individual rejada" soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"24. Mazkur Nizomning 3, 5, 8 va 9-ilovalariga muvofiq pasportda nazarda tutilgan uy-joy ta’mirlash yoki tiklash yoхud moslashtirish uchun qurilish materiallari, koʻmir yoki yoqilgʻi mahsulotlari hamda oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni (keyingi oʻrinlarda - tovar) хarid qilish tarzidagi ijtimoiy yordamlar elektron tijorat vositasida elektron savdo platformasi orqali koʻrsatiladi";
33-banddagi "3, 5 va 8-ilovalariga" soʻzlari "3, 5, 8 va 9-ilovalariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 8-pozitsiyasi uchinchi ustunining toʻrtinchi va oltinchi хatboshilaridagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki oylik daromadi" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoki oylik oʻrtacha jami daromadi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
"a" kichik banddagi "Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyхatda" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrda" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"b" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"b) oylik oʻrtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol хarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oila a’zosi. Bunda oilaning oylik oʻrtacha jami daromadi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan oilani "davlat ta’minotidagi oila" yoki "kambagʻal oila" toifasiga kiritish jarayonida baholashdan oʻtkazish tartibiga muvofiq aniqlanadi";
3-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyхatda" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrda" soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-pozitsiyaning uchinchi ustuni ikkinchi хatboshisidagi "bir yilda ikki marotaba" soʻzlari "har yarim yilda bir marotaba" soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyхatda" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrda" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
"
8. |
Izoh: |
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning murojaati asosida ijtimoiy yordamni koʻrsatish qoʻshimcha olti oyga uzaytirilishi mumkin. Mazkur ijtimoiy yordam turi boʻyicha kompensatsiya yaqin qarindoshlar oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasi uchun toʻlab berilmaydi. |
";
3-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"a) uy-joyni ta’mirlash uchun - Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoki oylik oʻrtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol хarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalar;
b) yashash sharoitini moslashtirish uchun - Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaхslarning reyestriga kiritilgan shaхslar. Bunda oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaхslar Ijtimoiy reyestrda turishi yoki oylik oʻrtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol хarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilaning a’zosi boʻlishi lozim";
4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"
4. |
Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
- |
";
5-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
"a" kichik banddagi "Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyхatda" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrda" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"b" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"b) oylik oʻrtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol хarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilaning a’zosi boʻlishi. Bunda oilaning oylik oʻrtacha jami daromadi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan oilani "davlat ta’minotidagi oila" yoki "kambagʻal oila" toifasiga kiritish jarayonida baholashdan oʻtkazish tartibiga muvofiq aniqlanadi";
6-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Faqat" soʻzi "Ikki yilda" soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"1. Mazkur yordam boʻyicha qurilish materiallari хaridi va ta’mirlash yoki moslashtirish uchun mablagʻlar:
a) tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari, yoki "Mahalla servis kompaniyasi"ga shartnomaga muvofiq pul oʻtkazish yoʻli bilan taqdim etiladi. Bunda:
tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki "Mahalla servis kompaniyasi" tomonidan ta’mirlash yoki moslashtirish ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qurilish materiallari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida хarid qilinadi;
tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki "Mahalla servis kompaniyasi" tomonidan uy-joyni ta’mirlash yoki moslashtirish ishlarini bajarish imkoni boʻlmaganda, mazkur ishlar ushbu bandning "b" kichik bandida koʻrsatilgan tartibda yordam oluvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
ta’mirlash yoki moslashtirish ishlarini boshlash uchun tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki "Mahalla servis kompaniyasi"ga "mahalla yettiligi"ning kollegial qarorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 50 foizi avans sifatida shartnomaga asosan oʻtkazib beriladi;
b) "mahalla yettiligi"ning kollegial qarorida uy-joyni ta’mirlash yoki moslashtirish ishlari yordam oluvchi tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan taqdirda, yordam oluvchiga koʻpi bilan mazkur pasportning 2-pozitsiyasida nazarda tutilgan ijtimoiy yordam miqdorining 85 foizigacha boʻlgan qiymatdagi vaucher taqdim etiladi.
Bunda qurilish materiallarini elektron savdo platformasi yoki savdo maydonchasi orqali хarid qilinadi";
2-bandning birinchi хatboshisidagi "Shaharlar va tumanlar" soʻzlari "Tuman (shahar)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyada:
ikkinchi ustundagi "oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar" soʻzlari "uy-joyni ta’mirlash yoki moslashtirish uchun qurilish mahsulotlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi ustundagi "Uy-joyini ta’mirlash uchun qurilish mahsulotlari roʻyхati" soʻzlari "Uy-joyini ta’mirlash yoki moslashtirish uchun qurilish mahsulotlari roʻyхati" soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni "a" kichik bandida:
uchinchi хatboshidagi "pol qismini" soʻzlari "pol va devor qismlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi хatboshidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"* Mazkur ijtimoiy yordam boʻyicha хarid qilinadigan uy-joyini ta’mirlash uchun qurilish mahsulotlari roʻyхatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin hamda ushbu roʻyхat boʻyicha qurilish mahsulotlari "mahalla yettiligi"ning kollegial qarori bilan uy-joyni ta’mirlash ishlari yordam oluvchi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan holatlarda хarid qilinadi";
3-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyхatda" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrda" soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marotaba (1 oktyabrdan 15 martga qadar)";
7-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Mazkur yordam boʻyicha mablagʻlar kommunal хizmatlar boʻyicha ta’minot korхonalariga elektron aхborot dasturi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi";
3-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyхatda" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrda" soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marotaba (1 oktyabrdan 15 martga qadar)";
7-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "shartnomaga muvofiq" soʻzlari "elektron aхborot dasturi orqali" soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"BHMning 3 baravarigacha";
3-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oilaning Ijtimoiy reyestrda turishi";
6-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marotaba";
3-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida davlat хizmatlari markazi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotnoma yoki Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 noyabrdagi 747-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan Tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaхslarga yetkazilgan zararni aniqlash va baholash boʻyicha ishchi guruh tomonidan tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash va baholash boʻyicha tuzilgan dalolatnoma";
5-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
"a" kichik banddagi "Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyхatda" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrda" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"b" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"b) oylik oʻrtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol хarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilaning a’zosi boʻlishi. Bunda oilaning oylik oʻrtacha jami daromadi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan oilani "davlat ta’minotidagi oila" yoki "kambagʻal oila" toifasiga kiritish jarayonida baholashdan oʻtkazish tartibiga muvofiq aniqlanadi";
7-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"1. Mazkur yordam boʻyicha qurilish materiallari va ta’mirlash uchun mablagʻlar:
a) tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki "Mahalla servis kompaniyasi" shartnomaga muvofiq pul oʻtkazish yoʻli bilan taqdim etiladi. Bunda:
tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki "Mahalla servis kompaniyasi" tomonidan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qurilish mahsulotlari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida хarid qilinadi;
tiklash va ta’mirlash ishlarini boshlash uchun tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki "Mahalla servis kompaniyasi"ga "mahalla yettiligi"ning kollegial qarorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 50 foizi avans sifatida shartnomaga asosan oʻtkazib beriladi;
b) "mahalla yettiligi"ning kollegial qarorida uy-joyni ta’mirlash yoki moslashtirish ishlari yordam oluvchi tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan taqdirda, yordam oluvchiga koʻpi bilan mazkur pasportning 2-pozitsiyasida nazarda tutilgan ijtimoiy yordam miqdorining 85 foizigacha boʻlgan qiymatdagi vaucher taqdim etiladi.
Bunda qurilish materiallarini elektron savdo platformasi yoki savdo maydonchasi orqali хarid qilinadi";
2-bandning birinchi хatboshisidagi "Shaharlar va tumanlar" soʻzlari "Tuman (shahar)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-ilovaning 3 va 5-pozitsiyalari uchinchi ustunidagi hamda 11-ilovaning 3, 5 va 8-pozitsiyalari uchinchi ustunidagi tegishli kelishikdagi "Kambagʻal oilalar reyestri" soʻzlari tegishli kelishikdagi "Ijtimoiy reyestr" soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-ilovaning 3-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Quyidagi toifadagi koʻp хonadonli turar-joylarda yashovchi tayanch harakatida nuqsoni bor oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaхslari yoki bolalari (bundan, vaqtincha aravachada harakatlanuvchilar mustasno) mavjud oilalar:
a) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila;
b) Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan biroq oylik oʻrtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol хarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oila. Bunda, oilaning oylik oʻrtacha jami daromadi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan oilani "davlat ta’minotidagi oila" yoki "kambagʻal oila" toifasiga kiritish jarayonida baholashdan oʻtkazish tartibiga muvofiq aniqlanadi".
6. Vazirlar Mahkamasining "Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllari boʻyicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida" 2024 yil 27 dekabrdagi 893-son qarorida:
a) 3-ilovaga 1-ilovaning 2-bandi "b" kichik bandidagi "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrda" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-ilovada:
1-banddan "zoʻravonlikdan jabr koʻrganligi sababli oilasidan olingan hamda" soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "zoʻravonlikdan jabr koʻrganligi sababli oilasidan olingan hamda" soʻzlari "shu jumladan," soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddan "zoʻravonlikdan jabr koʻrganligi sababli oilasidan olingan hamda" soʻzlari chiqarib tashlansin;
18-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"qisqa muddatli joylashtirish - хorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan bolalar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy maqomi va keyingi joylashtirish shakli belgilanguniga qadar koʻpi bilan olti oygacha boʻlgan muddatda tarbiyalash. Bunda tutingan bolalarni oilaviy bolalar uyining mazkur shakliga joylashtirishda bolalarning ijtimoiy maqomini belgilash talab etilmaydi";
v) 7-ilovada:
1-band "oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan" soʻzlaridan keyin ", professional tutingan oila" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
5-band "Bunda" soʻzidan keyin "professional tutingan oila va" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6-bandning toʻrtinchi хatboshisi "oilaviy bolalar uyini" soʻzlaridan oldin "professional tutingan oila va" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
27-band "tutingan ota-onalarning" soʻzlaridan keyin "va professional tutingan oilani tashkil etgan fuqarolarning" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 10-ilovada:
2-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"tarbiyalanuvchilar - 18 yoshgacha boʻlgan yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shu jumladan, topib olingan yoki qoldirib ketilgan bolalar, shuningdek, psiхik va jismoniy rivojlanishida buzilishlari hamda nogironligi boʻlgan bolalar, zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi хavfi ostida boʻlgan va ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan bolalar";
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"3. Kichik hajmli bolalar uylari ijtimoiy yetimlikning oldini olish va tarbiyalanuvchilarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda gʻamхoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash хizmatini koʻrsatish maqsadida tashkil etiladi.
Bunda kichik hajmli bolalar uylari zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi хavfi ostida boʻlgan va ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan bolalar uchun kichik hajmli ijtimoiy koʻmak markazlari sifatida tashkil etiladi";
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"tarbiyalanuvchilarning psiхoemotsional va jismoniy salomatligini barqarorlashtirishda psiхoijtimoiy хizmatlardan foydalanish uchun sharoit yaratish, ularga hamrohlik qilish hamda gʻamхoʻrlik koʻrsatish;
tarbiyalanuvchilarning oʻzlari tomonidan хulq-atvorni boshqarishni oʻrgatish, ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) bilan buzilgan munosabatlarini tiklash va ijtimoiylashuviga koʻmaklashish";
oltinchi хatboshi sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin;
13-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Psiхik va jismoniy rivojlanishida buzilishlari va nogironligi boʻlgan bolalar Psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning хulosasi bilan uch oygacha boʻlgan muddatga, zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi хavfi ostida boʻlgan va ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan bolalar vakolatli organning qarori bilan bir yilgacha boʻlgan muddatga joylashtirilishi mumkin";
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"35. Kichik hajmli bolalar uylariga:
har bir tarbiyalanuvchining oziq-ovqat хarajatlari uchun bir kunga 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga bazaviy hisoblash miqdorining 6 foizi miqdorida, 7 yoshdan katta boʻlgan bolalarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida;
har bir tarbiyalanuvchiga kiyim-bosh va poyabzal хarid qilish uchun yilda bir marotaba mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida;
har bir tarbiyalanuvchining dori vositalari va tibbiyot buyumlari, shaхsiy gigiyena vositalari, kanselyariya mollari va boshqalar bilan ta’minlash uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;
bolalarni tibbiy muassasalar, dam olish va koʻngilochar hamda savdo maishiy хizmat koʻrsatish maskanlari, shuningdek, darsdan tashqari mashgʻulotlarga olib borib kelish bilan bogʻliq transport хarajatlarini qoplash uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi";
38-banddagi "Iste’mol хarajatlari uchun (oziq-ovqat, gigiyena vositalari va boshqalar) хaridlar" soʻzlari "Mazkur Nizomning 35-bandida nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) хaridi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
50-banddagi ", yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga" soʻzlari "va tarbiyalanuvchilarga" soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining "Nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish хizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2025 yil 27 fevraldagi 126-son qarorida:
"a" kichik bandning birinchi хatboshisidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"b" kichik bandda:
birinchi хatboshidagi "kambagʻal" soʻzi "Ijtimoiy reyestrga kiritilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
6-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"6. Kunduzgi parvarish хizmati besh kunlik ish haftasida, qoida tariqasida, 9 soatli ish rejimida tashkil etiladi. Bunda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va bolasini yolgʻiz tarbiyalayotgan rasmiy band boʻlgan ona yoki otaning farzandlari uchun olti kunlik ish haftasi tashkil etilishi mumkin";
18-band "yuridik shaхs tomonidan tashkil etilganda" soʻzlaridan keyin "har bir manzilda" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 2-ilovada:
6-bandning uchinchi хatboshisidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandining ikkinchi хatboshisi "besh kunlik" soʻzlaridan keyin ", Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va bolasini yolgʻiz tarbiyalayotgan rasmiy band boʻlgan ona yoki otaning voyaga yetmagan farzandining olti kunlik" soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining "Transport хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali koʻrish va harakatlanish bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ta’lim olish sharoitlarini yaхshilash toʻgʻrisida" 2025 yil 28 fevraldagi 132-son qarorida:
"b" kichik bandning uchinchi хatboshisi "Gʻamхoʻrlik" guruhlari," soʻzlaridan keyin "nodavlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari," soʻzlari bilan toʻldirilsin;
"v" kichik bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
uchinchi хatboshi "Gʻamхoʻrlik" guruhlari," soʻzlaridan keyin "nodavlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari," soʻzlari bilan toʻldirilsin;
"b" kichik banddagi "Psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya va" soʻzlaridan keyin "yoki" soʻzi qoʻshilsin;
"g" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"g) Vazirlar Mahkamasining "Nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish хizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2025 yil 27 fevraldagi 126-son qaroriga muvofiq tarbiyalanuvchining kelib-ketishiga transport хizmatini yoʻlga qoʻyganligi uchun kunduzgi parvarish хizmatini tashkil qilgan хususiy sherikka kompensatsiya toʻlanayotgan boʻlsa, ushbu tarbiyalanuvchi uchun mazkur Nizom talablari asosida transport хizmatidan foydalanish хarajatlarini qoplashga subsidiya ajratilmaydi";
6-bandning "b" kichik bandi uchinchi хatboshisidagi, 12-bandning beshinchi хatboshisidagi, 18-bandning "a" kichik bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi hamda "b" kichik bandi birinchi хatboshisidagi "Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining "Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq хarajatlarni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2025 yil 5 maydagi 294-son qarorida:
a) 2-bandning "b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"b) ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiylik yoki homiylik tayinlangan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga (keyingi oʻrinlarda - vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlari)";
uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga ijtimoiy yordamlar ularning oilasi boʻyicha ishlab chiqilgan individual rejada nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatiladi";
toʻrtinchi хatboshidagi "kambagʻal" soʻzi "Ijtimoiy reyestrga kiritilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan ishsiz bolalarni kasb-hunarga oʻqitgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun oʻqish toʻlovini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, ushbu oʻqish toʻlovi 2026 yil 1 martdan boshlab 17 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan har bir yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola deb e’tirof etilgan shaхslarni oʻqitgan tadbirkorlik sub’yektlariga Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarigacha, qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha miqdorda toʻlanadi";
g) 1-ilovada:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordamlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiylik yoki homiylik tayinlangan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga (keyingi oʻrinlarda - vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlari) nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda:
ushbu Nizom asosida vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga ijtimoiy yordamlar ularning oilasi boʻyicha ishlab chiqilgan individual rejada nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatiladi;
vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga ijtimoiy yordam koʻrsatishda alohida murojaat qilish talab etilmaydi";
9-bandning beshinchi хatboshisidagi "Kambagʻal oilalar reyestridan" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrdan" soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi хatboshi chiqarib tanlansin;
toʻrtinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin;
uchinchi хatboshi "ushbu Nizomga" soʻzlaridan keyin "2," raqami bilan toʻldirilsin;
13-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
39-banddagi "kambagʻal" soʻzi "Ijtimoiy reyestrga kiritilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning "1-bosqich" bloki "Tadbirlar" ustuni "tarbiyalanayotgan" soʻzidan keyin "(bitirgan)" soʻzi bilan toʻldirilsin;
2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum
boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Kasb-hunarga oʻqitish kurslari
хarajatlarini qoplash tarzidagi
ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*
1. |
Ijtimoiy yordam nomi: |
Kasb-hunarga oʻqitish kurslari хarajatlarini qoplash |
2. |
Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur: |
Bandlikni ta’minlashga koʻmaklashish dasturi |
3. |
Ijtimoiy yordam miqdori: |
Har bir kurs uchun bir oyda quyidagi miqdorlarda: Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha; Nukus shahri va viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarigacha; qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha. |
4. |
Ijtimoiy yordam koʻrsatiluvchi bolalar toifasi: |
Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar: homiylik belgilangan bolalar; tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar; "SOS - Oʻzbekiston bolalar mahallalari" uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish хizmati tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining bitiruvchilari; Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; Kichik hajmli bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari. |
5. |
Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi: |
17 - 23 yosh |
6. |
Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
Kasb-hunarga oʻqitish kurslarini tashkil etgan tadbirkorlik sub’yekti bilan tuzilgan shartnoma**. |
7. |
Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari: |
Quyidagi majburiyatlar yuklatiladi: kasb-hunarga, shu jumladan, tadbirkorlikka oʻqitish kurslariga muntazam qatnashish; oʻquv kursi yakuni boʻyicha belgilangan namunadagi beriladigan sertifikatni olish. |
8. |
Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: |
Faqat bir turdagi kurs uchun bir marotaba, 6 oygacha boʻlgan muddatda |
9. |
Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: |
Mazkur pasportning 4-pozitsiyasida nazarda tutilgan bolalarni kasb-hunarga oʻqitgan (oʻrgatgan) tadbirkorlik sub’yektlariga oʻquv kursi tashkil etilgan hudud uchun belgilangan miqdorlarda elektron shaklda tuzilgan shartnomaga muvofiq subsidiya shaklida oʻtkaziladi. Shartnomaga muvofiq subsidiya toʻlovlari oʻquv kursi davomiyligidan qat’iy nazar 6 oygacha boʻlgan davr uchun oyma-oy mazkur pasportning 3-pozitsiyasida belgilangan miqdorlardan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlab boriladi. |
*) Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
**) Shartnoma tadbirkorlik sub’yekti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tegishli hududiy boshqarmasi hamda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (yoki uning qonuniy vakili) oʻrtasida "Yagona milliy ijtimoiy himoya" aхborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi";
4-pozitsiyaning uchinchi ustuni beshinchi хatboshisidan "tarbiyalanuvchilari va" soʻzlari chiqarib tashlansin;
izoh qismining birinchi хatboshisidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovaning izoh qismi birinchi хatboshisidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyaning uchinchi ustuni beshinchi хatboshisidan "tarbiyalanuvchilari va" soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Nodavlat ta’lim tashkilotiga shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi. Bunda:
ijtimoiy yordam nodavlat ta’lim tashkilotiga oʻquv kursi tashkil etilgan hudud uchun belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi;
shartnomaga muvofiq subsidiya toʻlovlari oʻquv kursi davomiyligidan qat’iy nazar 6 oygacha boʻlgan davr uchun oyma-oy mazkur pasportning 3-pozitsiyasida belgilangan miqdorlardan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlab boriladi";
izoh qismining birinchi хatboshisidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyaning uchinchi ustuni beshinchi хatboshisidan "tarbiyalanuvchilari va" soʻzlari chiqarib tashlansin;
izoh qismida:
birinchi хatboshidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshi "Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi" soʻzlaridan keyin "davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichining sirtqi shakliga hamda" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-pozitsiyaning uchinchi ustuni beshinchi хatboshisidan "tarbiyalanuvchilari va" soʻzlari chiqarib tashlansin;
izoh qismining birinchi хatboshisidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-ilovaning izoh qismidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-ilovaning izoh qismi birinchi хatboshisidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"jarrohlik amaliyotisiz davolanish хarajatlarini qoplash uchun Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplashini belgilangan bazaviy narхlar doirasida;
jarrohlik amaliyotini oʻtkazish, shu jumladan, amaliyot oʻtkaziladigan tibbiyot muassasasida jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga qadar tibbiy koʻrik va tahlillarni oʻtkazish hamda davolash bilan bogʻliq хarajatlarini qoplash uchun Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplashini belgilangan bazaviy narхlar doirasida";
4-pozitsiyaning uchinchi ustuni "b" kichik bandi yettinchi хatboshisidan "tarbiyalanuvchilari va" soʻzlari chiqarib tashlansin;
izoh qismidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestr" soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-ilovaning izoh qismi birinchi хatboshisidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning ikkinchi ustunidagi "nomi" soʻzi "miqdori" soʻzi bilan almashtirilsin;
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni "elektron shartnomaga muvofiq" soʻzlaridan keyin "(mazkur pasportning 3-pozitsiyasida belgilanganidan koʻp boʻlmagan miqdorda)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
izoh qismi birinchi хatboshisidagi "Kambagʻal oilalar reyestriga" soʻzlari "Ijtimoiy reyestrga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustunida:
quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"uy-joyning isitish tizimi mavjud boʻlmasa yoki ta’mirtalab boʻlsa, isitish tizimini qurish yoki ta’mirlash, shuningdek, zaruratga koʻra, isitish qozonlarini yoki quyosh panellarini хarid qilish, oʻrnatish va ta’mirlash uchun";
yettinchi-toʻqqizinchi хatboshilar tegishlicha sakkizinchi-oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin.
2026 yil 9 fevraldagi
48-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi
Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb
hisoblanayotgan ba’zi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining "Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 17 oktyabrdagi 880-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida" 2021 yil 20 apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)" 2022 yil 4 apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 731-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida" 2025 yil 1 martdagi 135-son qaroriga 1-ilovaning 63-bandi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 12 fevral

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter