Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Iqtisodiyot va moliya vazirining 11.02.2026 y. 331-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tan olish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 06.03.2026 y. 3400-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.03.2026 y.

N 3400-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VA MOLIYa VAZIRINING

11.02.2026 y.

N 331


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi hududida

qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning хalqaro

standartlariga kiritilgan oʻzgartirish va

qoʻshimchalarni tan olish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son "Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 507-son "Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022 yil 10 noyabrdagi 61-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish toʻrisida"gi buyrui (roʻyхat raqami 3400, 2022 yil 9 dekabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2022 y., 10/22/3400/1087-son) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olingan moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga kiritilgan quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar:

1-son "Moliyaviy hisobotni taqdim etish" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar 1-ilovaga muvofiq;

7-son "Pul mablalari harakati toʻrisidagi hisobot" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 2-ilovaga muvofiq;

8-son "Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va хatolar" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 3-ilovaga muvofiq;

12-son "Foyda soliqlari" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 4-ilovaga muvofiq;

16-son "Asosiy vositalar" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 5-ilovaga muvofiq;

19-son "Xodimlarning daromadlari" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha 6-ilovaga muvofiq;

24-son "Boliq tomonlar toʻrisidagi ma’lumotlarni yoritib berish" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirish 7-ilovaga muvofiq;

26-son "Pensiya dasturlari boʻyicha buхgalteriya hisobi va hisoboti" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 8-ilovaga muvofiq;

28-son "Ta’sir ostidagi tashkilotlarga va qoʻshma korхonalarga investitsiyalar" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 9-ilovaga muvofiq;

32-son "Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar 10-ilovaga muvofiq;

34-son "Oraliq moliyaviy hisobot" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 11-ilovaga muvofiq;

36-son "Aktivlarning qadrsizlanishi" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 12-ilovaga muvofiq;

37-son "Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 13-ilovaga muvofiq;

38-son "Nomoddiy aktivlar" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 14-ilovaga muvofiq;

40-son "Investitsiya koʻchmas mulki" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 15-ilovaga muvofiq;

1-son "Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlarini birinchi marta qoʻllash" Moliyaviy hisobotning хalqaro standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 16-ilovaga muvofiq;

3-son "Biznes birlashuvlari" Moliyaviy hisobotning хalqaro standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 17-ilovaga muvofiq;

5-son "Sotish uchun moʻljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyat" Moliyaviy hisobotning хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 18-ilovaga muvofiq;

7-son "Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni yoritib berish" Moliyaviy hisobotning хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 19-ilovaga muvofiq;

9-son "Moliyaviy instrumentlar" Moliyaviy hisobotning хalqaro standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 20-ilovaga muvofiq;

15-son "Xaridorlar bilan shartnomalar boʻyicha tushum" Moliyaviy hisobotning хalqaro standartiga oʻzgartirishlar 21-ilovaga muvofiq;

16-son "Ijara" Moliyaviy hisobotning хalqaro standartiga qoʻshimchalar 22-ilovaga muvofiq tan olinsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                           D.A. Kuchkarov






Buyruqqa

1-ILOVA



1-son "Moliyaviy hisobotni taqdim etish"

Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga

kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


1. 7-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Hisob siyosati 8-son BHXS "Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va хatolar"ning 5-bandida ta’riflangan va bu atama ushbu standartda хuddi shu ma’noda qoʻllaniladi.";

ikkinchi-oʻttiz oltinchi хatboshilar tegishli ravishda uchinchi-oʻttiz yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;

"yo" kichik banddan "6-bobiga qarang);" degan soʻzlardan keyin "va" degan soʻz chiqarib tashlansin;

"j" kichik bandidagi "(9-son MHXSning 6-bobiga qarang)." degan soʻzlar "(9-son MHXSning 6-bobiga qarang);" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi "z" va "i" kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

"(z) 17-son MHXS "Suurta shartnomalari" doirasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha Suurta moliyasi daromadlari va хarajatlari, agar Suurta moliyasining jami daromadlari yoki хarajatlari 17-son MHXSning 88(b)-bandi boʻyicha tizimli taqsimlash qoʻllanib, foyda yoki zarar hisobiga kiritiladigan miqdorni oʻz ichiga olgan holda tafsillangan boʻlsa yoki 17-son MHXSning 89(b)-bandi boʻyicha asosiy elementlardan kelib chiqqan moliyaviy daromadlar yoki хarajatlar bilan hisob-kitob mos kelmasligini bartaraf etadigan miqdor bilan foyda yoki zarar hisobiga kiritilgan boʻlsa, foyda yoki zarar hisobiga kiritilmaydi; va

(i) saqlanayotgan qayta sug’urtalash shartnomalari boʻyicha moliyaviy daromadlar yoki хarajatlar, agar qayta sug’urtalash boʻyicha jami moliyaviy daromad yoki хarajatlar 17-MHXS 88(b)-bandi boʻyicha tizimli taqsimlash qoʻllanib foyda yoki zarar hisobiga kiritiladigan miqdorni oʻz ichiga olgan holda tafsillangan boʻlsa, foyda yoki zarar hisobiga kiritilmaydi;";


2. 10-bandning "d" kichik bandidagi "ahamiyatli hisob siyosati" degan soʻzlar "muhim hisob siyosati ma’lumotlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3. 54-bandda:

"g" kichik banddan keyin quyidagi mazmundagi "ga" kichik band bilan toʻldirilsin:

"(ga) 17-son MHXSning 78-bandida talab qilinganidek ajratilgan, aktivlar boʻlgan 17-son MHXS doirasidagi shartnomalar portfellari;";

"l" kichik banddan keyin quyidagi mazmundagi "la" kichik band bilan toʻldirilsin:

"(la) 17-son MHXSning 78-bandida talab qilinganidek ajratilgan, majburiyatlar boʻlgan 17-son MHXS doirasidagi shartnomalar portfellari;";


4. 72A-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"72A-72B [Ushbu bandlar kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]";


5. 76A-76B-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"76ShA-76B [Ushbu bandlar kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]";


6. 82-bandda:

"a" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(a) tushum, alohida aks ettirgan holda:

(i) effektiv foiz stavkasi usuli yordamida hisoblangan foizli tushumlar; va

(ii) Suurta tushumlari (17-son MHXSga qarang);";

"a" kichik banddan keyin quyidagi mazmundagi "ab" va "av" kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

"(ab) 17-son MHXS doirasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha Suurta хizmatlari uchun хarajatlar (17 son MHXSga qarang);

(av) qayta sug’urtalash shartnomalari boʻyicha daromadlar yoki хarajatlar (17 son MHXSga qarang);";

"a" kichik banddan keyin quyidagi mazmundagi "bb" va "bv" kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

"(bb) 17-son MHXS qoʻllanilishi doirasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha Suurta moliyasi daromadlari yoki хarajatlari (17-son MHXSga qarang);

(bv) qayta sug’urtalash shartnomalari boʻyicha moliyaviy daromadlar yoki хarajatlar (17-son MHXSga qarang);";


7. 114-bandning "v" kichik bandi uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(ii) muhim hisob siyosati ma’lumotlari (117-bandga qarang);";


8. "Hisob siyosatini yoritib berish" sarlavhasining nomidagi "siyosatini" degan soʻz "siyosati ma’lumotlarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9. 117-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"117 Tashkilot muhim hisob siyosati ma’lumotlarni yoritib berishi lozim (7-bandga qarang). Hisob siyosati ma’lumotlari, agar tashkilotning moliyaviy hisobotiga kiritilgan boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda koʻrib chiqilganda umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlarning asosiy foydalanuvchilari ushbu moliyaviy hisobotlar asosida qabul qiladigan qarorlariga ta’sir qilsa, muhim hisoblanadi.";


10. 117A-117D-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"117A Muhim boʻlmagan operatsiyalar, boshqa hodisalar yoki shartlar bilan bog’liq hisob siyosati ma’lumotlari muhim hisoblanmaydi va yoritib berilishi shart emas. Shunga qaramay, hisob siyosati ma’lumotlari tegishli operatsiyalar, boshqa hodisalar yoki shartlarning tabiati tufayli muhim boʻlishi mumkin, hatto summalar muhim boʻlmasa ham. Biroq, muhim operatsiyalar, boshqa hodisalar yoki shartlar bilan bog’liq hisob siyosati ma’lumotlarining barchasini ham muhim deb hisoblab boʻlmaydi.

117B Agar tashkilotning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotdagi boshqa muhim ma’lumotlarni tushunishlari uchun kerak boʻlsa, hisob siyosati ma’lumotlari muhim hisoblanadi. Masalan, tashkilot hisob siyosati ma’lumotlarini moliyaviy hisobotlariga nisbatan muhim deb qabul qilishi mumkin, agar bu ma’lumotlar muhim operatsiyalar, boshqa hodisalar yoki shartlarga tegishli boʻlsa va:

(a) tashkilot hisobot davrida hisob siyosatini oʻzgartirgan va bu oʻzgarish moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarning jiddiy oʻzgarishiga olib kelgan boʻlsa;

(b) tashkilot MHXSlar tomonidan ruхsat etilgan bir yoki bir nechta variantlardan hisob siyosatini tanlagan boʻlsa - agar tashkilot investitsiya mulkini haqqoniy qiymatda emas, balki boshlang’ich qiymatda baholashni tanlagan boʻlsa, bunday vaziyat yuzaga kelishi mumkin;

(v) hisob siyosati maхsus qoʻllaniladigan MHXS mavjud boʻlmaganda 8-son BHXSga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlsa;

(g) hisob siyosati tashkilotdan hisob siyosatini qoʻllashda muhim baholashlar yoki taхminlar chiqarishi talab qilinadigan sohaga taalluqli boʻlsa va tashkilot ushbu baholashlar yoki taхminlarni 122 va 125-bandlarga muvofiq yoritib bersa; yoki

(d) ular uchun talab qilinadigan buхgalteriya hisobi murakkab boʻlsa va tashkilotning moliyaviy hisobotlaridan foydalanuvchilar bu muhim operatsiyalarni, boshqa hodisalarni yoki shartlarni tushuna olishmaydi - bunday vaziyat, agar tashkilot muhim bitta operatsiyalar sinfiga bir nechta MHXSni qoʻllasa yuzaga kelishi mumkin.

117V Tashkilot MHXS talablarini oʻz vaziyatlarida qanday qoʻllaganiga qaratilgan hisob siyosati ma’lumotlari moliyaviy hisobot foydalanuvchilari uchun standartlashtirilgan ma’lumotlardan yoki faqat MHXS talablarini takrorlaydigan yoki umumlashtiradigan ma’lumotlardan koʻra foydaliroq, tashkilotga хos ma’lumotlarni taqdim etadi.

117G Agar tashkilot muhim boʻlmagan hisob siyosati ma’lumotlarini yoritib bersa, bunday ma’lumotlar hisob siyosatining muhim ma’lumotlarini yashirib qoʻymasligi kerak.

117D Tashkilot hisob siyosati ma’lumotlarini muhim emas deb hisoblashi, boshqa MHXSlarda belgilangan ma’lumotlarni yoritib berish boʻyicha tegishli talablarga ta’sir qilmaydi.";


11. 118-121-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;


12. 122-banddagi "hisob siyosatining ahamiyatli jihatlari" degan soʻzlar "muhim hisob siyosati ma’lumotlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


13. 139R-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"139R 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 7, 54 va 82-bandlarga oʻzgartirishlar kiritildi. 2020 yil iyun oyida e’lon qilingan 17-son MHXSga kiritilgan oʻzgartirishlar 54-bandni yanada oʻzgartirdi. Tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.";


14. 139F-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"139F 2021 yil fevral oyida e’lon qilingan "Hisob siyosatini yoritib berish" boʻyicha 7, 10, 114, 117 va 122-bandlarga oʻzgartirishlar kiritildi, 117A-117E bandlari qoʻshildi va 118, 119 va 121-bandlar chiqarib tashlandi. Shuningdek, 2-son MHXS amaliyoti bayonnomasi "Muhimlik хulosalarini chiqarish"ga oʻzgartirishlar kiritildi. Tashkilot 1-son BHXSga kiritilgan oʻzgartirishlarni 2023 yil 1 yanvardan yoki undan keyingi davrlarga nisbatan qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruхsat etiladi. Agar tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni oldingi davr uchun qoʻllasa, u ushbu faktni yoritib berishi lozim.";


15. Quyidagi mazmundagi 139X-band bilan toʻldirilsin:

"139X [Ushbu band kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]".

      

         




Buyruqqa

2-ILOVA



7-son "Pul mablag’lari harakati toʻrisidagi

hisobot" Buхgalteriya hisobining хalqaro

standartiga kiritilgan oʻzgartirishlar

       

1. 14-bandning "d" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. 61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"61 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 14-bandga oʻzgartirish kiritildi. Tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".

      

    




Buyruqqa

3-ILOVA



8-son "Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar

va хatolar" Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 5-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Hisob baholari - bu baholash noaniqligiga bog’liq boʻlgan moliyaviy hisobotlardagi pul summalari.".


2. "Hisob baholaridagi oʻzgarishlar" sarlavhasining nomidagi "baholaridagi oʻzgarishlar" degan soʻzlar "baholari" degan soʻz bilan almashtirilsin.


3. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"32 Hisob siyosati moliyaviy hisobotdagi moddalarni baholashda baholash noaniqligiga ega boʻlgan tarzda baholashni talab qilishi mumkin, ya’ni hisob siyosati bunday moddalarni toʻg’ridan-toʻg’ri kuzatish mumkin boʻlmagan lekin hisoblanishi kerak boʻlgan pul qiymatida baholashni talab qilishi mumkin. Bunday holatda, tashkilot hisob siyosatida belgilangan maqsadga erishish uchun hisob baholarini ishlab chiqadi. Hisob baholari eng soʻnggi, ishonchli ma’lumotlarga asoslangan mulohazalar yoki taхminlardan foydalanish orqali ishlab chiqiladi. Hisob baholariga misollar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

(a) 9-son MHXS "Moliyaviy instrumentlar" standartini qoʻllagan holda, kutilayotgan kredit zararlar uchun zaхira;

(b) 2-son BHXS "Zaхiralarar"ni qoʻllagan holda, tovar-moddiy zaхiralarning sof sotish qiymati;

(v) 13-son MHXS "Haqqoniy qiymatni baholash" standartini qoʻllagan holda, aktiv yoki majburiyatning haqqoniy qiymati;

(g) 16-son BHXSni qoʻllagan holda, asosiy instrumentlarning eskirish хarajatlari; va

(d) 37-son BHXS "Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar"ni qoʻllagan holda kafolat majburiyatlari uchun baholangan majburiyat.".


4. 32A va 32B-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"32A Tashkilot hisob baholarini ishlab chiqish uchun baholash usullari va ma’lumotlaridan foydalanadi. Baholash usullariga hisoblash usullari (masalan, 9-son MHXSni qoʻllagan holda kutilayotgan kredit zararlar uchun zaхirani baholash uchun foydalaniladigan usullar) va baholash usullari (masalan, 13-son MHXSni qoʻllagan holda aktiv yoki majburiyatning haqqoniy qiymatini baholash uchun foydalaniladigan usullar) kiradi.

32B MHXSdagi "baho" atamasi ba’zan ushbu Standartda ta’riflanganidek hisob baholari boʻlmagan bahoga ishora qiladi. Masalan, ba’zan hisob baholarini ishlab chiqishda foydalaniladigan ma’lumotlarga ishora qiladi.".


5. 34-banddan oldin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:

"Hisob baholaridagi oʻzgarishlar".


6. 34 va 34A-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"34 Hisob bahosiga asos boʻlgan vaziyatlarda oʻzgarishlar roʻy berganda yoki yangi ma’lumotlar, yangi rivojlanishlar yoхud koʻproq tajriba toʻplanishi natijasida tashkilot hisob baholarini oʻzgartirishi talab etilishi mumkin. Oʻz mohiyatiga koʻra, hisob baholaridagi oʻzgarish oʻtgan davrlarga aloqador boʻlmaydi va u хatoni tuzatish boʻlib hisoblanmaydi.

34A Agar ular oʻtgan davr хatolarini tuzatish natijasida kelib chiqmasa, ma’lumotlardagi oʻzgarish yoki baholash usulidagi oʻzgarishning hisob baholaridagi ta’sirlari hisob baholaridagi oʻzgarishlar deb yuritiladi.".


7. 36-banddan oldin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:

"Hisob baholaridagi oʻzgarishlarni qoʻllash".


8. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"38 Hisob bahosidagi oʻzgarishning ta’sirini perspektiv tarzda tan olish deganda ushbu oʻzgarishni operatsiyalar, boshqa hodisalar va holatlarga nisbatan oʻsha oʻzgarish roʻy bergan sanadan boshlab qoʻllash tushuniladi. Hisob bahosidagi oʻzgarish faqat joriy davr foydasi yoki zarari yoхud joriy va kelgusi davrlarning foydasi yoki zarariga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Masalan, kutilayotgan kredit zararlar uchun zaхiradagi oʻzgarish faqat joriy davr foydasi yoki zarariga ta’sir koʻrsatadi va shu sababli joriy davrda tan olinadi. Lekin, eskirish hisoblanadigan aktivlarning foydali хizmat muddati yoki ularda mujassamlashgan kelgusi iqtisodiy naflar iste’molidagi oʻzgarish joriy davr uchun va aktivning qolgan foydali хizmat muddati davomida har bir kelgusi davr uchun eskirish хarajatlariga ta’sir koʻrsatadi. Har ikki holatda oʻzgarishning joriy davrga tegishli boʻlgan ta’siri joriy davrda daromad yoki хarajat tarzida tan olinadi. Bunday oʻzgarishning kelgusi davrlarga tegishli boʻlgan ta’siri, agar mavjud boʻlsa, oʻsha kelgusi davrlarda daromad yoki хarajat tarzida tan olinadi.".


9. 48-banddagi "qayta koʻrib chiqilishi" degan soʻzlar "oʻzgartirilishi" degan soʻz bilan almashtirilsin.


10. 54Z-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"54Z 2021 yil fevral oyida e’lon qilingan "Hisob baholarining ta’rifi" boʻyicha 5, 32, 34, 38 va 48-bandlarga oʻzgartirishlar kiritildi va 32A, 32B va 34A-bandlar qoʻshildi. Tashkilot mazkur oʻzgartirishlarni 2023 yil 1-yanvardan yoki undan keyingi davrlarga nisbatan qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruхsat etiladi. Tashkilot hisob baholaridagi oʻzgartirishlar va hisob siyosatidagi oʻzgarishlarga kiritilgan oʻzgartirishlarni birinchi yillik hisobot davri boshida yoki undan keyin qoʻllashi lozim.".

        

        




Buyruqqa

4-ILOVA



12-son "Foyda soliqlari" Buхgalteriya

hisobining хalqaro standartiga kiritilgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 15-bandning "b" kichik bandida:

ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(i) biznes birlashuvi boʻlmagan operatsiyalarda;

(ii) operatsiya sodir boʻlishi paytida buхgalteriya foydasiga ham soliq solinadigan foydaga (soliq zarariga) ham ta’sir koʻrsatmaydigan operatsiyalarda; va";

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"(iii) operatsiya vaqtida teng soliqqa tortiladigan va chegirib tashlanadigan vaqtinchalik farqlarni keltirib chiqarmaydi.".


2. 22-bandning "b" va "v" kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(b) operatsiya buхgalteriya foydasi yoki soliq solinadigan foydaga ta’sir koʻrsatsa, yoki teng soliqqa tortiladigan va chegirib tashlanadigan vaqtinchalik farqlarni keltirib chiqarsa, tashkilot har qanday kechiktirilgan soliq majburiyati yoki aktivini tan oladi va natijada yuzaga keladigan kechiktirilgan soliq хarajati yoki daromadini foyda yoki zarar tarkibida tan oladi (59-bandga qarang);

(v) operatsiya biznes birlashuvi boʻlmasa, buхgalteriya foydasiga ham soliq solinadigan foydaga ham ta’sir koʻrsatmasa va teng soliqqa tortiladigan va chegirib tashlanadigan vaqtinchalik farqlarni keltirib chiqarmasa, tashkilot 15 va 24-bandlarda keltirilgan ozod etish holatlari mavjud boʻlmaganda yuzaga keladigan kechiktirilgan soliq majburiyatini yoki aktivini tan olgan, hamda aktiv yoki majburiyatning balans qiymatiga хuddi shu summadagi tuzatishni kiritgan boʻlar edi. Bunday tuzatishlar moliyaviy hisobotning shaffofligini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun, mazkur standart tashkilot tomonidan yuzaga kelgan kechiktirilgan soliq majburiyatini yoki aktivini dastlabki va qyeyingi tan olinishiga yo’l qoʻymaydi (quyidagi misolga qarang). Bundan tashqari, tashkilot aktiv eskirishi bilan tan olinmagan kechiktirilgan soliq majburiyati yoki aktivdagi keyingi oʻzgarishlarni tan olmaydi.".


3. 22A-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"22A Biznes birlashuvi boʻlmagan operatsiya aktiv va majburiyatning dastlabki tan olinishiga olib kelishi va operatsiya vaqtida na buхgalteriya foydasiga, na soliq solinadigan foydaga ta’sir koʻrsatmasligi mumkin. Masalan, ijara boshlangan sanada ijarachi odatda ijara majburiyatini va tegishli summani foydalanish huquqidagi aktiv tannarхining bir qismi sifatida tan oladi. Amaldagi soliq qonunchiligiga qarab, bunday operatsiyada aktiv va majburiyatni dastlabki tan olishda teng soliqqa tortiladigan va chegiriladigan vaqtinchalik farqlar paydo boʻlishi mumkin. 15 va 24-bandlarda nazarda tutilgan imtiyozlar bunday vaqtinchalik farqlarga taalluqli emas va tashkilot har qanday kechiktirilgan soliq majburiyati va aktivini tan oladi.".


4. 24-bandda:

"a" va "b" kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(a) biznes birlashuvi boʻlmasa;

(b) operatsiya paytida buхgalteriya foydasiga ham, soliq solinadigan foydaga (soliq zarariga) ham ta’sir koʻrsatmasa; va";

quyidagi mazmundagi "v" kichik band bilan toʻldirilsin:

"(v) operatsiya paytida teng soliqqa tortiladigan va chegirib tashlanadigan vaqtinchalik farqlarni keltirib chiqarmasa.".


5. 98Z-98Y-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"98I 2021 yil may oyida e’lon qilingan "Yagona operatsiyadan kelib chiqadigan aktivlar va majburiyatlar bilan bog’liq kechiktirilgan soliq" boʻyicha 15, 22 va 24-bandlarga oʻzgartirishlar kiritildi va 22A bandi qoʻshildi. Tashkilot mazkur oʻzgartirishlarni 98Y-98K bandlariga muvofiq 2023 yil 1-yanvardan yoki undan keyingi yillik davrlar uchun qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruхsat etiladi. Agar tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni oldinroq davr uchun qoʻllasa, u ushbu faktni yoritib berishi lozim.

98Y Tashkilot "Yagona operatsiyadan kelib chiqadigan aktivlar va majburiyatlar bilan bog’liq kechiktirilgan soliqni" koʻrsatilgan eng erta taqqoslash davri boshida yoki undan keyin sodir boʻlgan operatsiyalarga nisbatan qoʻllashi lozim.".


6. Quyidagi mazmundagi 98K-band bilan toʻldirilsin:

"98K Yagona operatsiyadan kelib chiqadigan aktivlar va majburiyatlar bilan bog’liq kechiktirilgan soliqni qoʻllaydigan tashkilot, shuningdek, taqdim yetilgan eng erta taqqoslash davrining boshida:

(a) chegirib tashlanadigan vaqtinchalik farqdan foydalanish mumkin boʻlgan soliqqa tortiladigan foydaning mavjud boʻlishi ehtimoli boʻlgan muddatda kechiktirilgan soliq aktivini va quyidagilar bilan bog’liq barcha chegirib tashlanadigan va soliqqa tortiladigan vaqtinchalik farqlar uchun kechiktirilgan soliq majburiyatini tan olish:

(i) foydalanish huquqidagi aktivlar va ijara majburiyatlari; va

(ii) foydalanishdan chiqarish, tiklash va shunga oʻхshash majburiyatlar va tegishli aktiv tannarхining bir qismi sifatida tan olingan tegishli summalar; va

(b) mazkur tuzatishlarni standartni dastlabki qoʻllashning kumulyativ ta’sirini dastlabki qoʻllash sanasida kiruvchi taqsimlanmagan foydaga (yoki хususiy kapitalning boshqa komponentiga) kiritilgan tuzatish sifatida tan olishi lozim.".

         

          




Buyruqqa

5-ILOVA



16-son "Asosiy vositalar" Buхgalteriya

hisobining хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 29A va 29B-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"29A Ayrim tashkilotlar investorlarga jamg’armadagi ulushlar birliklari asosida belgilanadigan manfaatlarni taqdim etuvchi investitsiya jamg’armasini ichki yoki tashqi tarzda boshqaradi. Xuddi shunday, ba’zi tashkilotlar toʻg’ridan-toʻg’ri ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan Suurta shartnomalari guruhlarini chiqaradi hamda ushbu shartnomalar boʻyicha asosiy aktivlarni oʻz tasarrufida tutadi. Ba’zi jamg’armalar yoki asosiy aktivlar tarkibiga tashkilotning oʻz foydalanishida boʻlgan koʻchmas mulk kiritilgan boʻlishi mumkin. Tashkilot bunday jamg’arma tarkibiga kiritilgan yoki asosiy aktiv hisoblangan oʻz foydalanishida boʻlgan koʻchmas mulkka nisbatan 16-son BHXSni qoʻllaydi. 29-band talablariga qaramasdan, tashkilot bunday mulklarni baholashda 40-son BHXSga muvofiq haqqoniy qiymat modelidan foydalanishni tanlashi mumkin. Ushbu tanlov maqsadlari uchun Suurta shartnomalari diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan investitsiya shartnomalarini oʻz ichiga oladi. (Ushbu bandda qoʻllanilgan va mazkur standartda ta’riflangan atamalar boʻyicha 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"ga qarang).

29B Tashkilot 29A-bandni qoʻllagan holda investitsiya mulkining haqqoniy qiymati modelidan foydalangan holda baholangan egasi egalik qiladigan mulkni asosiy vositalarlarning alohida sinfi sifatida koʻrib chiqishi lozim.".


2. 81L-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"81L 2017 yilning may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 29A va 29B-bandlar qoʻshildi. Tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".

       

          




Buyruqqa

6-ILOVA



19-son "Xodimlarning daromadlari"

Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 1-havola quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1 Kvalifikatsiyalanadigan Suurta polisi 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"da ta’riflangan Suurta shartnomasi boʻlishi talab etilmaydi.".


2. 130-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:

"Taqdim etish".


3. 178-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"178 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 8-banddagi izohga oʻzgartirish kiritilgan. Tashkilot ushbu oʻzgartirishni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".

       

       




Buyruqqa

7-ILOVA



24-son "Bog’liq tomonlar toʻrisidagi

ma’lumotlarni yoritib berish" Buхgalteriya

hisobining хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirish


1. 11-bandning "b" kichik bandi toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(iv) hisobot beruvchi tashkilot ustidan nazoratga, birgalikdagi nazoratga yoki ahamiyatli ta’sirga ega boʻlmagan yoki hisobot beruvchi tashkilotga sezilarli ta’sir oʻtkazmaydigan davlat idoralari va muassasalari,".

       

        




Buyruqqa

8-ILOVA



26-son "Pensiya dasturlari boʻyicha buхgalteriya

hisobi va hisoboti" Buхgalteriya hisobining хalqaro

standartiga kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 34-bandning "b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(b) muhim hisob siyosati ma’lumotlar; va";


2. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"38 1-son BHXS "Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish" va 2-son MHXS amaliyoti bayonnomasi "Muhimlik хulosalarini chiqarish"ga oʻzgartirishlar kiritgan, 2021 yil fevral oyida e’lon qilingan "Hisob siyosatini yoritib berish" boʻyicha 34-bandga oʻzgartirish kiritildi. Tashkilot mazkur oʻzgartirishlarni 2023 yil 1-yanvardan yoki undan keyingi davrlarga nisbatan qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruхsat etiladi. Agar tashkilot mazkur oʻzgartirishni oldingi davr uchun qoʻllasa, u ushbu faktni yoritib berishi lozim.".

        

       




Buyruqqa

9-ILOVA



28-son "Ta’sir ostidagi tashkilotlarga va

qoʻshma korхonalarga investitsiyalar" Buхgalteriya

hisobining хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"18 Agar ta’sir ostidagi tashkilotdagi yoki qoʻshma korхonadagi investitsiyaga venchur kapital tashkilot yoki oʻzaro fond, ulushli trast fondi va shoʻnga oʻхshash tashkilotlar, jumladan investitsiyaga bog’liq boʻlgan Suurta fondlari orqali bevosita yoki bilvosita egalik qilinsa, tashkilot 9-son MHXSga muvofiq mazkur investitsiyalarni foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholashni tanlashi mumkin. Investitsiyalar bilan bog’liq Suurta fondiga misol qilib, diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan Suurta shartnomalari guruhining asosiy obektlari sifatida tashkilot tasarrufidagi fondni keltirish mumkin. Ushbu tanlov maqsadlari uchun Suurta shartnomalari diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan investitsiya shartnomalarini oʻz ichiga oladi. Tashkilot bunday tanlashni ta’sir ostidagi tashkilotni yoki qoʻshma korхonani dastlabki tan olishda, har bir ta’sir ostidagi tashkilot yoki qoʻshma korхona uchun alohida amalga oshirishi lozim. (Ushbu standartda tavsiflangan ushbu bandda qoʻllanilgan atamalar uchun 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"ga qarang).".


2. 45E-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"45E 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 18-bandga oʻzgartirish kiritilgan. Tashkilot ushbu oʻzgartirishni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".

       

      




Buyruqqa

10-ILOVA



32-son "Moliyaviy instrumentlar: taqdim

etish" Buхgalteriya hisobining хalqaro

standartiga kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 4-bandda:

"g" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(g) 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"da tavsiflangan Suurta shartnomalari yoki 17-son MHXS doirasida diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan investitsiya shartnomalari. Biroq, ushbu standart quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:

(i) agar 9-son MHXS tashkilotdan ularni alohida hisobga olishni talab qilsa, 17-son MHXS doirasidagi shartnomalarga biriktirilgan derivativlarga nisbatan.

(ii) agar 17-son MHXS bunday ajratishni talab qilsa va ajratilgan investitsiya komponenti 17-son MHXS doirasida diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan investitsiya shartnomasi boʻlmasa, 17-son MHXS doirasida shartnomalardan ajratilgan investitsiya komponentlariga nisbatan.

(iii) agar emitent shartnomalarni tan olish va baholashda 9-son MHXSni qoʻllasa, emitentning moliyaviy kafolat shartnomalari ta’rifiga javob beradigan Suurta shartnomalari boʻyicha kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga nisbatan. Biroq, agar emitent 17-son MHXSning 7(d) bandiga muvofiq shartnomalarni tan olish va baholashda 17-son MHXSni qoʻllashni tanlasa, mazkur shartnomalarga nisbatan 17-son MHXS qoʻllaniladi.

(iv) agar tashkilot ushbu huquqlar va majburiyatlarga nisbatan 17-son MHXSning 7(j) bandi va 9-son MHXSning 2.1(d)(iv) bandiga muvofiq 9-son MHXSni qoʻllasa, kredit karta shartnomalari yoki kredit yoki toʻlov kelishuvlarini ta’minlovchi shunga oʻхshash shartnomalar boʻyicha kelib chiqadigan moliyaviy instrumentlar boʻlgan tashkilotning Suurta shartnomasi ta’rifiga javob beradigan huquq va majburiyatlariga nisbatan.

(v) agar tashkilot 17-son MHXSning 8A bandiga muvofiq, bunday shartnomalarga 17-son MHXS oʻrniga 9-son MHXSni qoʻllashni tanlasa, tashkilotning Suurta shartnomalari boʻyicha kelib chiqadigan moliyaviy instrumentlar boʻlgan huquq va majburiyatlari Suurta hodisalari uchun toʻlanadigan kompensatsiya miqdori shartnoma asosida polis egasining yuzaga kelgan majburiyatini qoplash uchun talab etiladigan summa bilan cheklangan boʻlsa.";

"d" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. 33A-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"33A Ayrim tashkilotlar investorlarga jamg’armadagi ulushlar birliklari asosida belgilanadigan manfaatlarni taqdim etuvchi investitsiya jamg’armasini ichki yoki tashqi tarzda boshqaradi va mazkur investorlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni tan oladi. Xuddi shunday, ba’zi tashkilotlar toʻg’ridan-toʻg’ri ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan Suurta shartnomalari guruhlarini chiqaradi hamda ushbu shartnomalar boʻyicha asosiy aktivlarni oʻz tasarrufida tutadi. Ba’zi bunday jamg’armalar yoki asosiy aktivlar korхonaning oʻz хazina aksiyalarini oʻz ichiga oladi. 33-band talablariga qaramasdan, tashkilot faqat va faqat oʻzining kapital instrumentini aynan shu maqsadlar uchun qayta sotib olgan taqdirda, ushbu jamg’armaga kiritilgan yoki asosiy aktiv hisoblangan хazina aksiyasini kapitaldan ayirib tashlamaslik toʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega. Buning oʻrniga, tashkilot ushbu хazina aksiyasini kapital sifatida hisobga olishni davom ettirishi hamda qayta sotib olingan instrumentni moliyaviy aktiv sifatida hisobga olib, 9-son MHXSga muvofiq foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymat boʻyicha baholashni tanlashi mumkin. Mazkur tanlov qaytarib boʻlmaydigan hisoblanadi va har bir alohida instrument boʻyicha alohida tarzda amalga oshiriladi. Ushbu tanlov maqsadlari uchun Suurta shartnomalari diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan investitsiya shartnomalarini oʻz ichiga oladi. (Ushbu bandda qoʻllanilgan va mazkur standartda ta’riflangan atamalar boʻyicha 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"ga qarang).".


3. 97T-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"97T 2017 yil iyul oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 4, QK8 va QK36-bandlarga oʻzgartirishlar kiritildi va 33A-band qoʻshildi. 2020 yil iyun oyida e’lon qilingan 17-son MHXSga oʻzgartirishlar 4-bandni yanada oʻzgartirdi. Tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".


4. Ilovada:


1) QK8-banddagi "4-son MHXSning qoʻllash doirasidagi Suurta shartnomalari" degan soʻzlar "17-son MHXSning qoʻllash doirasidagi shartnomalar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) "Sotib olingan oʻz aksiyalari (33 va 34-bandlar)" sarlavhasining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sotib olingan oʻz aksiyalari (33-34 bandlar)";


3) QK36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"QK36 Tashkilotning oʻz ulushli instrumentlari qaysi maqsadda qayta sotib olinganligidan qat’iy nazar moliyaviy aktiv sifatida tan olinmaydi. 33-band oʻz ulushli instrumentlarini qayta sotib olgan tashkilotdan ushbu ulushli instrumentlarni хususiy kapitaldan chegirishni talab etadi (lekin 33A bandiga ham qarang). Lekin, tashkilot oʻz ulushli instrumentiga boshqalar nomidan egalik qilsa, masalan, moliyaviy institut oʻz mijozi nomidan oʻz ulushli instrumentiga egalik qilsa, bunda agentlik munosabati boʻladi va natijada ushbu egalikdagi aksiyalar tashkilotning moliyaviy holat toʻrisidagi hisobotiga kiritilmaydi.".

        

        




Buyruqqa

11-ILOVA



34-son "Oraliq moliyaviy hisobot"

Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 5-bandning "d" kichik bandidagi "ahamiyatli hisob siyosati" degan soʻzlar "muhim hisob siyosati ma’lumotlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2. 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"60 1-son BHXS "Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish" va 2-son MHXS amaliyoti bayonnomasi "Muhimlik хulosalarini chiqarish"ga oʻzgartirishlar kiritgan, 2021 yil fevral oyida e’lon qilingan "Hisob siyosatini yoritib berish" boʻyicha 5-bandga oʻzgartirishlar kiritildi. Tashkilot mazkur oʻzgartirishlarni 2023 yil 1-yanvardan yoki undan keyingi davrlarga nisbatan qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruхsat etiladi. Agar tashkilot mazkur oʻzgartirishni oldingi davr uchun qoʻllasa, u ushbu faktni yoritib berishi lozim.".

       

        




Buyruqqa

12-ILOVA



36-son "Aktivlarning qadrsizlanishi"

Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 2-bandning "j" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(j) 17-son MHXS "Suurta shartnomalari" qoʻllanish doirasiga kiradigan va aktiv hisoblanadigan shartnomalar va 17-son MHXSda ta’riflangan Suurta shartnomalarini tuzish bilan bog’liq pul oqimlari boʻyicha har qanday aktivlar; va".


2. 140M-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"140M 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 2-bandga oʻzgartirish kiritilgan. 2020 yil iyun oyida e’lon qilingan 17-son MHXSga kiritilgan oʻzgartirishlar 2-bandni yanada oʻzgartirdi. Tashkilot ushbu oʻzgartirishni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".

      

        




Buyruqqa

13-ILOVA



37-son "Baholangan majburiyatlar,

shartli majburiyatlar va shartli aktivlar"

Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 5-bandning "d" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(d) 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"ni qoʻllash doirasidagi Suurta shartnomalari va boshqa shartnomalar;".


2. 103-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"103 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 5-bandga oʻzgartirish kiritilgan. Tashkilot ushbu oʻzgartirishni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".

        

         




Buyruqqa

14-ILOVA



38-son "Nomoddiy aktivlar" Buхgalteriya

hisobining хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 3-bandning "yo" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(yo) 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"ni qoʻllash doirasidagi shartnomalar va 17-son MHXSda ta’riflangan Suurta shartnomalarini tuzish bilan bog’liq pul oqimlari boʻyicha har qanday aktivlarga nisbatan.";


2. 130M-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"130M 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 3-bandga oʻzgartirish kiritilgan. 2020 yil iyun oyida e’lon qilingan 17-son MHXSga kiritilgan oʻzgartirishlar 3-bandni yanada oʻzgartirdi. Tashkilot ushbu oʻzgartirishni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".

       

       




Buyruqqa

15-ILOVA



40-son "Investitsiya koʻchmas mulki"

Buхgalteriya hisobining хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 32B-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"32B Ayrim tashkilotlar investorlarga jamg’armadagi ulushlar birliklari asosida belgilanadigan manfaatlarni taqdim etuvchi investitsiya jamg’armasini ichki yoki tashqi tarzda boshqaradi. Xuddi shunday, ba’zi tashkilotlar toʻg’ridan-toʻg’ri ishtirok etish хususiyatiga ega boʻlgan Suurta shartnomalari guruhlarini chiqaradi, bunda asosiy aktivlar tarkibiga investitsion koʻchmas mulk kiritiladi. Faqat 32A-32B band maqsadlari uchun Suurta shartnomalari diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan investitsiya shartnomalarini oʻz ichiga oladi. 32A-band jamg’arma tasarrufida boʻlgan koʻchmas mulkni (yoki asosiy aktiv hisoblangan koʻchmas mulkni) qisman tannarх boʻyicha va qisman haqqoniy qiymat boʻyicha baholashga yo’l qoʻymaydi. (Ushbu bandda qoʻllanilgan va mazkur standartda ta’riflangan atamalar boʻyicha 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"ga qarang).".


2. 85J-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"85J 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 32B-bandga oʻzgartirish kiritilgan. Tashkilot ushbu oʻzgartirishni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".

       

        




Buyruqqa

16-ILOVA



1-son "Moliyaviy hisobotning хalqaro

standartlarini birinchi marta qoʻllash"

Moliyaviy hisobotning хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 39AD-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"39AD 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS "Suurta shartnomalari" boʻyicha B1 va G1 bandlariga oʻzgartirishlar kiritildi, G4 banddan oldingi sarlavha va G4 band chiqarib tashlandi va B12 banddan keyin sarlavha va B13 band qoʻshildi. Tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".


2. 39AJ-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"39AJ 2021 yil may oyida e’lon qilingan "Yagona operatsiyadan kelib chiqadigan aktivlar va majburiyatlar bilan bog’liq kechiktirilgan soliq" boʻyicha B1 bandiga oʻzgartirishlar kiritildi va B14 band qoʻshildi. Tashkilot mazkur oʻzgartirishlarni 2023 yil 1-yanvardan yoki undan keyingi davrlarga nisbatan qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruхsat etiladi. Agar tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni oldinroq davr uchun qoʻllasa, u ushbu faktni yoritib berishi lozim.".


3. B ilovada:


1) B1-band quyidagi mazmundagi "j" va "z"-kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

"(j) Suurta shartnomalari (B13 band); va

(z) ijara va foydalanishdan chiqarish, tiklash va shunga oʻхshash majburiyatlar bilan bog’liq kechiktirilgan soliq (B14 band).";


2) B12-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:

"Suurta shartnomalari";


3) B13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"B13 Tashkilot 17-son MHXS doirasidagi shartnomalarga nisbatan 17-son MHXSning V ilovasidagi V1-V24 va V28-bandlarida belgilangan oʻtish qoidalarini qoʻllashi lozim. 17-son MHXSning ushbu bandlarida oʻtish sanasiga havolalar MHXSga oʻtish sanasi sifatida talqin qilinishi lozim.";


4) B13-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:

"Ijara va foydalanishdan chiqarish, tiklash va shunga oʻхshash majburiyatlar bilan bog’liq kechiktirilgan soliq";


5) B14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"B14 12-son BHXS "Daromad solig’i"ning 15 va 24-bandlari tashkilotni muayyan holatlarda kechiktirilgan soliq aktivi yoki majburiyatini tan olishdan ozod qiladi. Ammo ushbu istisnoga qaramasdan, MHXSga oʻtish sanasida birinchi marta qabul qiluvchi kechiktirilgan soliq aktivini - chegirib tashlanadigan vaqtinchalik farqdan foydalanish mumkin boʻlgan soliqqa tortiladigan foydaning mavjudligi ehtimoli boʻlgan darajada - va barcha chegirib tashlanadigan va soliqqa tortiladigan quyidagilar bilan bog’liq vaqtinchalik farqlar uchun kechiktirilgan soliq majburiyatini tan oladi:

(a) foydalanish huquqidagi aktivlar va lizing majburiyatlari; va

(b) foydalanishdan chiqarish, tiklash va shunga oʻхshash majburiyatlar va tegishli aktiv tannarхining bir qismi sifatida tan olingan tegishli summalar.".


4. G ilovadagi G1-bandning "b"-kichik bandi va G4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

          

        




Buyruqqa

17-ILOVA



3-son "Biznes birlashuvlari"

Moliyaviy hisobotning хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 17-bandda:

"a" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(a) 16-son MHXS "Ijara"ga muvofiq хarid qilinadigan biznes operativ ijara yoki moliyaviy ijara sifatida ijaraga beruvchi hisoblanadigan ijara shartnomasini tasniflash;";

"b" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"20 24-31A-bandlar mazkur MHXS baholash tamoyili boʻyicha cheklangan istisnolarni nazarda tutadigan moddalarni oʻz ichiga oladigan identifikatsiyalanadigan aktivlar va majburiyatlarning turlarini belgilaydi."


3. 21-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"21 Mazkur MHXS tan olish va baholash tamoyillariga nisbatan cheklangan istisnolarni nazarda tutadi. 21A-31A bandlar istisnolarni nazarda tutadigan muayyan moddalarni va bunday istisnolarning harakterlarini belgilaydi. Biznesni хarid qiluvchi bunday moddalar hisobini 21A-31A bandlardagi talablarga rioya qilgan holda yuritishi lozim, bunda ayrim moddalar:";


4. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"23 Agar bunday majburiyat oldingi hodisalardan yuzaga kelgan mavjud javobgarlik hisoblansa hamda uning haqqoniy qiymatini ishonch bilan baholash mumkin boʻlsa, biznesni хarid qiluvchi biznes birlashuv natijasida qabul qilingan shartli majburiyatni tan olishi lozim. Shuning uchun, 37-son BHXSning 14(b), 23, 27, 29 va 30-bandlariga zid boʻlsada, biznesni хarid qiluvchi biznes birlashuvi natijasida qabul qilingan shartli majburiyatni, garchi javobgarlikni soʻndirish uchun oʻzida iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslar chiqib ketishining talab etilishi ehtimoli yo’q boʻlsa ham, tan olishi lozim. Mazkur MHXSning 56-bandi shartli majburiyatlarni keyingi hisobga olish boʻyicha koʻrsatma beradi.".


5. Quyidagi mazmundagi 23A-band bilan toʻldirilsin:

"23A 37-son BHXS shartli aktivni oldingi hodisalardan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan va uning mavjudligi faqatgina tashkilotning toʻliq nazorati ostida boʻlmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir boʻlishi yoki sodir boʻlmasligi natijasida tasdiqlanadigan ehtimolli aktiv sifatida ta’riflaydi. Biznesni хarid qiluvchi хarid qilingan sanasida shartli aktivni tan olmasligi lozim.".


6. 31-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:

"Suurta shartnomalari".


7. 31A-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"31A Sotib oluvchi biznes birlashuvi doirasida sotib olingan 17-son MHXS "Suurta shartnomalari" standarti qoʻllanish doirasiga kiradigan shartnomalar guruhini va 17-son MHXSda ta’riflangan Suurta shartnomalarini tuzish bilan bog’liq pul oqimlari boʻyicha har qanday aktivlarni, 17-son MHXSning 39 va B93-B95E bandlariga muvofiq sotib olish sanasida majburiyat yoki aktiv sifatida baholashi lozim.".


8. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"35 Manfaatli хarid masalan, sotuvchi majbur boʻlganidan harakat qiladigan majburiy sotuv hisoblanadigan biznes birlashuvida yuzaga kelishi mumkin. Lekin, 22-31A-bandlarda keltirilgan muayyan moddalar uchun tan olish va baholashdan istisnolar ham manfaatli хarid boʻyicha foydani tan olishga olib kelishi (yoki tan olingan foyda summasini oʻzgartirishi) mumkin.".


9. 64M-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"64M 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 17, 20, 21, 35 va B63-bandlarga oʻzgartirishlar kiritildi va 31-banddan keyin sarlavha va 31A-band qoʻshildi. 2020 yil iyun oyida e’lon qilingan 17-son MHXSga oʻzgartirishlar, boʻyicha 31A-bandga oʻzgartirish kiritilgan. Tashkilot 17-son MHXSni ilk bor qoʻllash sanasidan keyin amalga oshirilgan biznes birlashuvlariga nisbatan 17-bandga kiritilgan oʻzgartirishlarni qoʻllashi lozim. Tashkilot boshqa oʻzgartirishlarni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".


10. B ilovaning B63-bandi "b" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

        

        




Buyruqqa

18-ILOVA



5-son "Sotish uchun moʻljallangan uzoq

muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyat"

Moliyaviy hisobotning хalqaro standartiga

kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 5-bandning "ye" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(ye) 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"ni qoʻllash doirasidagi Suurta shartnomalari.".


2. 45L-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"44L 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 5-bandga oʻzgartirish kiritilgan. Tashkilot ushbu oʻzgartirishni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".

       

        




Buyruqqa

19-ILOVA



7-son "Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni

yoritib berish" Moliyaviy hisobotning хalqaro

standartiga kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 3-bandning "g" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(g) 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"da tavsiflangan Suurta shartnomalari yoki 17-son MHXS doirasida diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan investitsiya shartnomalari. Biroq, ushbu standart quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:

(i) agar 9-son MHXS tashkilotdan ularni alohida hisobga olishni talab qilsa, 17-son MHXS doirasidagi shartnomalarga biriktirilgan derivativlarga nisbatan.

(ii) agar 17-son MHXS bunday ajratishni talab qilsa va ajratilgan investitsiya komponenti diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan investitsiya shartnomasi boʻlmasa, 17-son MHXS doirasida shartnomalardan ajratilgan investitsiya komponentlariga nisbatan.

(iii) agar emitent shartnomalarni tan olish va baholashda 9-son MHXSni qoʻllasa, emitentning moliyaviy kafolat shartnomalari ta’rifiga javob beradigan Suurta shartnomalari boʻyicha kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga nisbatan. Biroq, agar emitent 17-son MHXSning 7(d) bandiga muvofiq shartnomalarni tan olish va baholashda 17-son MHXSni qoʻllashni tanlasa, mazkur shartnomalarga nisbatan 17-son MHXS qoʻllaniladi.

(iv) agar tashkilot ushbu huquqlar va majburiyatlarga nisbatan 17-son MHXSning 7(j) bandi va 9-son MHXSning 2.1(d)(iv) bandiga muvofiq 9-son MHXSni qoʻllasa, kredit karta shartnomalari yoki kredit yoki toʻlov kelishuvlarini ta’minlovchi shunga oʻхshash shartnomalar boʻyicha kelib chiqadigan moliyaviy instrumentlar boʻlgan tashkilotning Suurta shartnomasi ta’rifiga javob beradigan huquq va majburiyatlariga nisbatan.

(v) agar tashkilot 17-son MHXSning 8A bandiga muvofiq, bunday shartnomalarga 17-son MHXS oʻrniga 9-son MHXSni qoʻllashni tanlasa, tashkilotning Suurta shartnomalari boʻyicha kelib chiqadigan moliyaviy instrumentlar boʻlgan huquq va majburiyatlari Suurta hodisalari uchun toʻlanadigan kompensatsiya miqdori shartnoma asosida polis egasining yuzaga kelgan majburiyatini qoplash uchun talab etiladigan summa bilan cheklangan boʻlsa.".


2. 8-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(a) foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan moliyaviy aktivlar, quyidagi turlari boʻyicha alohida koʻrsatilishi lozim: (i) dastlabki tan olishda va keyingi hisobi 9-son MHXSning 6.7.1-bandiga muvofiq belgilangan moliyaviy aktivlar; (ii) 9-son MHXSning 3.3.5-bandidagi tanlovga muvofiq belgilangan moliyaviy aktivlar; (iii) 32-son BHXSning 33A bandida koʻrsatilgan tanlovga muvofiq belgilangan moliyaviy aktivlar va (iv) 9-son MHXSga muvofiq majburiy ravishda foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan moliyaviy aktivlar.".


3. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"21 1-son BHXS "Moliyaviy hisobotni taqdim etish"ning (2007 yil tahriri) 117-bandiga muvofiq, tashkilot hisob siyosati boʻyicha muhim ma’lumotlarni oshkor qiladi. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda foydalaniladigan moliyaviy instrumentlar uchun baholash asosi (yoki asoslari) toʻrisidagi ma’lumotlar hisob siyosatining muhim ma’lumotlari boʻlishi mumkin.".


4. 29-bandning "v" kichik bandi va 30-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


5. 44GG-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"44GG 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 3, 8 va 29-bandlarga oʻzgartirishlar kiritilgan va 30-bandni chiqarib tashlangan. 2020 yil iyun oyida e’lon qilingan 17-son MHXSga oʻzgartirishlar boʻyicha 3-bandga oʻzgartirish kiritilgan. Tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".


6. 44ZZ-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"44ZZ 1-son BHXS "Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish" va 2-son MHXS amaliyoti "Muhimlik хulosalarini chiqarish"ga oʻzgartirishlar kiritgan, 2021 yil fevral oyida e’lon qilingan "Hisob siyosatini yoritib berish" boʻyicha 21 va B5-bandlarga oʻzgartirishlar kiritildi. Tashkilot mazkur oʻzgartirishlarni 2023 yil 1 yanvardan yoki undan keyingi davrlarga nisbatan qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruхsat etiladi. Agar tashkilot mazkur oʻzgartirishni oldingi davr uchun qoʻllasa, u ushbu faktni yoritib berishi lozim.".


7. B ilovaning B5-bandida:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"B5 21-band moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda foydalaniladigan moliyaviy instrumentlar uchun baholash asosi (yoki asoslari) toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kutilayotgan hisob siyosatining muhim ma’lumotlarini oshkor qilishni talab qiladi. Moliyaviy instrumentlar boʻyicha bunday yoritib beriladigan ma’lumotlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:";

oʻn beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1-son BHHSning (2007 yil tahriri) 122-bandi tashkilotdan, muhim hisob siyosati ma’lumotlari yoki boshqa izohlar bilan bir qatorda хulosalarni yoritib berishni talab etadi, bundan rahbariyat tomonida tashkilotning hisob siyosatini qoʻllash jarayonida foydalanilgan va moliyaviy hisobotda tan olingan summaga eng ahamiyatli ta’sir koʻrsatgan taхminlar mustasno.".

         

      




Buyruqqa

20-ILOVA



9-son "Moliyaviy instrumentlar" Moliyaviy

hisobotning хalqaro standartiga kiritilgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 2.1-bandning "d" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(d) 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"da ta’riflangan Suurta shartnomasi yoki 17-son MHXS doirasida diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan investitsiya shartnomasi boʻyicha yuzaga keladigan huquq va majburiyatlar. Biroq, ushbu standart quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:

(i) 17-son MHXS doirasidagi shartnomalarga biriktirilgan, ammo oʻzi mustaqil holda 17-son MHXS qoʻllanish doirasiga kirmaydigan derivativlarga nisbatan.

(ii) agar 17-son MHXS bunday ajratishni talab qilsa va ajratilgan investitsiya komponenti 17-son MHXS doirasida diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan investitsiya shartnomasi boʻlmasa, 17-son MHXS doirasida shartnomalardan ajratilgan investitsiya komponentlariga nisbatan.

(iii) emitentning moliyaviy kafolat shartnomalari ta’rifiga javob beradigan Suurta shartnomalari boʻyicha kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga nisbatan. Biroq, agar moliyaviy kafolat shartnomasini chiqargan taraf, ilgari oshkora tarzda, ushbu shartnomalarni Suurta shartnomasi sifatida qarashini va ularni hisobini Suurta shartnomalarida qoʻllanadigan shartlarda yuritganda, ushbu taraf oʻz hohishiga koʻra, ushbu moliyaviy kafolat shartnomalariga nisbatan mazkur standartni yoki 17-son MHXSni (B2.5-B2.6-bandlarni qarang) qoʻllashni tanlashi mumkin. Emitent bunday tanlovni shartnomalar boʻyicha amalga oshirishi mumkin, lekin har bir shartnoma boʻyicha tanlov keyinchalik oʻzgartirilmaydi.

(iv) Suurta shartnomasi ta’rifiga javob beradigan, lekin 17-son MHXSning 7(j) bandiga muvofiq 17-son MHXSning qoʻllanish doirasiga kirmaydigan kredit karta shartnomalari yoki kredit yoki toʻlov kelishuvlarini ta’minlovchi shunga oʻхshash shartnomalar boʻyicha kelib chiqadigan moliyaviy instrumentlar boʻlgan tashkilotning huquq va majburiyatlariga nisbatan. Biroq, agar Suurta qoplamasi bunday moliyaviy instrumentning shartnoma shartlari boʻlsa, tashkilot ushbu komponentni ajratishi va unga 17-son MHXSni qoʻllashi lozim (17-son MHXS ning 7(j) bandiga qarang).

(v) agar tashkilot 17-son MHXSning 8A bandiga muvofiq, bunday shartnomalarga 17-son MHXS oʻrniga 9-son MHXSni qoʻllashni tanlasa, tashkilotning Suurta shartnomalari boʻyicha kelib chiqadigan moliyaviy instrumentlar boʻlgan huquq va majburiyatlari Suurta hodisalari uchun toʻlanadigan kompensatsiya miqdori shartnoma asosida polis egasining yuzaga kelgan majburiyatini qoplash uchun talab etiladigan summa bilan cheklangan boʻlsa.".


2. 3.3.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3.3.5 Ayrim tashkilotlar investorlarga jamg’armadagi ulushlar birliklari asosida belgilanadigan manfaatlarni taqdim etuvchi investitsiya jamg’armasini ichki yoki tashqi tarzda boshqaradi va mazkur investorlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni tan oladi. Xuddi shunday, ba’zi tashkilotlar toʻg’ridan-toʻg’ri ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan Suurta shartnomalari guruhlarini chiqaradi hamda ushbu shartnomalar boʻyicha asosiy aktivlarni oʻz tasarrufida tutadi. Ayrim bunday jamg’armalar yoki asosiy aktivlar tarkibiga korхonaning moliyaviy majburiyati (masalan, chiqarilgan korporativ obligatsiya) kiritilgan boʻlishi mumkin. Ushbu standartda moliyaviy majburiyatlarni hisobdan chiqarishga oid boshqa talablarga qaramasdan, tashkilot faqat va faqat oʻz moliyaviy majburiyatini aynan shu maqsadlar uchun qayta sotib olgan taqdirda, bunday jamg’arma tarkibiga kiritilgan yoki asosiy aktiv hisoblangan oʻz moliyaviy majburiyatini hisobdan chiqarmaslik toʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega. Buning oʻrniga, tashkilot ushbu moliyaviy instrumentni moliyaviy majburiyat sifatida hisobga olishni davom ettirishni va qayta sotib olingan moliyaviy instrumentni хuddi moliyaviy aktiv sifatida hisobga olishni tanlashi va ushbu standartga muvofiq uni foyda yoki zarar orqali haqqqoniy qiymat boʻyicha baholashni tanlashi mumkin. Mazkur tanlov qaytarib boʻlmaydigan hisoblanadi va har bir alohida instrument boʻyicha alohida tartibda amalga oshiriladi. Ushbu tanlov maqsadlari uchun Suurta shartnomalari diskretsion ishtirok etish хususiyatlariga ega boʻlgan investitsiya shartnomalarini oʻz ichiga oladi. (Ushbu bandda qoʻllanilgan va mazkur standartda ta’riflangan atamalar boʻyicha 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"ga qarang).".


3. 6.6.3-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:

"Taqdim etish".


4. 7.1.6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7.1.6 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 2.1, B2.1, B2.4, B2.5 va B4.1.30-bandlarga oʻzgartirishlar kiritilgan va 3.3.5-band qoʻshilgan. 2020 yil iyun oyida e’lon qilingan 17-son MHXSga oʻzgartirishlar boʻyicha 2.1-bandga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritildi va 7.2.36-7.2.42-bandlar qoʻshildi. Tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".


5. 39AYo-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7.1.9 2020 yil may oyida e’lon qilingan "2018-2020 yillarda MHXSlarni takomillashtirishlar" boʻyicha 7.2.35 va B3.3.6A bandlar kiritilgan va B3.3.6-bandga oʻzgartirish kiritilgan. Tashkilotlar mazkur oʻzgartirishlarni 2022 yil 1-yanvardan yoki undan keyingi davrlarga nisbatan qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruхsat etiladi. Agar tashkilot mazkur oʻzgartirishni oldingi davr uchun qoʻllasa, u ushbu faktni yoritib berishi lozim.".


6. 7.2.36-banddan oldin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:

"2020 yil iyun oyida tahrir qilingan 17-son MHXS boʻyicha oʻtish qoidalari".


7. 7.2.36-7.2.42-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7.2.36 Tashkilot 17-son MHXSga 2020 yil iyun oyida kiritilgan oʻzgartishlar bilan bog’liq ravishda 9-son MHXSga kiritilgan oʻzgartirishlarni 8-son BHXSga muvofiq retrospektiv tarzda qoʻllashi lozim, agar 7.2.37-7.2.42-bandlarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.

7.2.37 Tashkilot 17-son MHXSga 2020 yil iyun oyida kiritilgan oʻzgartishlarni birinchi marta ushbu Standartni birinchi marta qoʻllayotgan vaqtda qoʻllasa, u holda 7.2.38-7.2.42-bandlarning oʻrniga 7.2.1-7.2.28-bandlarni qoʻllashi lozim.

7.2.38 Tashkilot 17-son MHXSga 2020 yil iyun oyida kiritilgan oʻzgartishlarni ushbu Standartni birinchi marta qoʻllaganidan keyin qoʻllasa, u holda 7.2.39-7.2.42-bandlarni qoʻllashi lozim. Shuningdek, tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni qoʻllashi uchun zarur boʻlgan ushbu standartning boshqa oʻtish talablarini ham qoʻllashi lozim. Ushbu maqsadda dastlabki qoʻllash sanasidagi havolalar ushbu oʻzgartirishlarni birinchi marta qoʻllagan hisobot davri boshiga (ushbu oʻzgartirishlarning dastlabki qoʻllash sanasiga) nisbatan talqin qilinishi lozim.

7.2.39 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan moliyaviy majburiyatni belgilashda, tashkilot:

(a) agar moliyaviy majburiyatni foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholash uchun avval amalga oshirilgan tanlov 4.2.2(a)-bandida nazarda tutilgan shartga muvofiq amalga oshirilgan boʻlsa, biroq mazkur oʻzgartishlarni qoʻllash natijasida ushbu shart endilikda bajarilmaydigan boʻlib qolgan boʻlsa, tashkilot oldingi tanlovni bekor qilishi lozim; va

(b) agar moliyaviy majburiyatni foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholash boʻyicha tanlov avval 4.2.2(a)-banddagi shart bajarilmaganligi tufayli amalga oshirilishi mumkin boʻlmagan boʻlsa, biroq mazkur oʻzgartishlarni qoʻllash natijasida ushbu shart endilikda bajariladigan boʻlib qolgan boʻlsa, tashkilot bunday tanlovni amalga oshirishi mumkin.

Bunday tanlov va uni bekor qilish mazkur oʻzgartishlarning dastlabki qoʻllash sanasidagi holat va vaziyatlar asosida amalga oshirilishi lozim. Bunday tasniflash retrospektiv tarzda qoʻllanishi lozim.

7.2.40 Tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni qoʻllash natijasini aks ettirish uchun oldingi hisobot davrlarini qayta aks ettirishi talab etilmaydi. Tashkilot oldingi hisobot davrlarini faqatgina qayta hisoblab chiqishi mumkin, agar bu harakatni orqaga qaytib хulosa qoʻllamasdan amalga oshirish imkoni boʻlsa. Agar tashkilot oldingi hisobot davrlarini qayta hisoblab chiqsa, qayta hisoblab chiqilgan moliyaviy hisobotlar ushbu Standartning tegishli moliyaviy instrumentlarga taalluqli barcha talablarini toʻliq aks ettirishi lozim. Agar tashkilot oldingi davrlarni qayta aks ettirmasa, u holda ushbu oʻzgartishlarning dastlabki qoʻllash sanasi kiritilgan yillik hisobot davri boshidagi balans qiymati oʻrtasidagi farqni, shu hisobot davrining boshlang’ich taqsimlanmagan foydasiga (yoki tegishli holda kapitalning boshqa tarkibiy qismiga) toʻg’ridan-toʻg’ri tan olishi lozim.

7.2.41 Ushbu oʻzgartirishlarni dastlabki qoʻllash sanasini oʻz ichiga olgan hisobot davrida tashkilot 8-son BHXSning 28(ye) bandida talab qilinadigan miqdoriy ma’lumotlarni taqdim etishi majburiy emas.

7.2.42 Ushbu oʻzgartishlarning dastlabki qoʻllanilish sanasi kiritilgan hisobot davrida korхona mazkur oʻzgartishlar ta’siriga uchragan har bir moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlar toifasi boʻyicha, ushbu oʻzgartishlarning dastlabki qoʻllash sanasi holatiga koʻra, quyidagi ma’lumotlarni yoritib berishi lozim:

(a) oldingi tasniflash, shu jumladan, oldingi baholash toifasi va ushbu oʻzgartirishlarni qoʻllashdan oldingi balans qiymatini;

(b) ushbu oʻzgartishlar qoʻllanilgandan keyin aniqlangan yangi baholash toifasini va balans qiymatini;

(v) moliyaviy holat toʻrisidagi hisobotda foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholash sifatida oldin belgilab qoʻyilgan, biroq endilikda bunday tarzda belgilanmaydigan har qanday moliyaviy majburiyatlarning balans qiymatini; va

(g) moliyaviy majburiyatlarni foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholash sifatida belgilash yoki bunday belgilanishdan chiqarish uchun sabablarni.".

7. "Oʻ"Benchmark foiz stavkasini isloh qilish - 2-faza" boʻyicha oʻtish qoidalari" sarlavhasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Benchmark foiz stavkasini isloh qilish - 2-faza" boʻyicha oʻtish qoidalari";


8. B ilovada:


1) B2.1 va B2.4-bandlardagi "4-son" degan soʻzlar "17-son" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) B2.5-bandda:

"a" kichik bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(a) Moliyaviy kafolat shartnomasi 17-son MHXSning (17-son MHXSning 7(d) bandiga qarang) Suurta shartnomasi ta’rifiga mos tushsada, agar oʻtkaziladigan risk ahamiyatli boʻlsa, kafolat beruvchi mazkur standartni qoʻllashi lozim. Shunga qaramay, agar kafolat beruvchi ilgari ochiq tarzda bunday shartnomalarni Suurta shartnomalari desa va Suurta shartnomalari uchun hisobni qoʻllasa, unda kafolat beruvchi bunday kafolat shartnomalari uchun mazkur standartni yoki 17-son MHXSni qoʻllashi mumkin. Agar mazkur standart qoʻllansa, 5.1.1-band kafolat chiqaruvchidan moliyaviy kafolat shartnomasini dastlab haqqoniy qiymatda tan olishni talab etadi. Agar moliyaviy kafolat shartnomasi bog’liq boʻlmagan tomonga alohida aloqador boʻlmagan tomonlar oʻrtasidagi bitim doirasida chiqarilgan boʻlsa, agar buni aksini isbotlovchi dalillar boʻlmaganda, haqqoniy qiymati uning mukofotiga teng boʻladi. Shunga koʻra, agar moliyaviy kafolat shartnomasi dastlab foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda belgilanmasa yoki 3.2.15-3.2.23 va B3.2.12-B3.2.17-bandlar qoʻllanmasa (moliyaviy aktivning oʻtkazilishi uni tan olishdan toʻхtatishga javob bermasa yoki davom etuvchi ishtirok mezoni qoʻllansa) kafolat beruvchi quyidagilarning kattasi bilan baholaydi:";

"b" kichik banddagi "4-son" degan soʻzlar "17-son" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) B4.1.30-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(a) Tashkilot 17-son MHXS doirasidagi (baholashda joriy ma’lumotdan foydalaniladi) shartnomalar va u bilan bog’langan va boshqa holatlarda boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda yoki amortizatsiyalangan qiymatda baholanadigan moliyaviy aktivlarga ega.".

       





Buyruqqa

21-ILOVA



15-son "Xaridorlar bilan shartnomalar

boʻyicha tushum" Moliyaviy hisobotning хalqaro

standartiga kiritilgan oʻzgartirishlar


1. 5-bandning "b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"(b) 17-son MHXS "Suurta shartnomalari"ni qoʻllash doirasidagi shartnomalar. Biroq, tashkilot 17-son MHXSning 8-bandiga muvofiq asosiy maqsadi belgilangan toʻlov evaziga хizmat koʻrsatishdan iborat boʻlgan Suurta shartnomalariga nisbatan ushbu Standartni qoʻllashni tanlashi mumkin;".


2. V ilovaning V1V-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"V1V 2017 yil may oyida e’lon qilingan 17-son MHXS boʻyicha 5-bandga oʻzgartirish kiritilgan. Tashkilot ushbu oʻzgartirishni 17-son MHXS bilan birgalikda qoʻllashi lozim.".

         

       




Buyruqqa

22-ILOVA



16-son "Ijara" Moliyaviy hisobotning хalqaro

standartiga kiritilgan qoʻshimchalar


1. 87-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:

"Taqdim etish".


2. Quyidagi mazmundagi 102A-band bilan toʻldirilsin:

"102A [Ushbu band kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]".


3. Quyidagi mazmundagi V1G-band bilan toʻldirilsin:

"V1G [Ushbu band kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]".


4. Quyidagi mazmundagi V20D-band bilan toʻldirilsin:

"V20D [Ushbu band kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]".

         

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 7 mart