Sogʻliqni saqlash vazirining 02.03.2026 y. 5-son "Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashхis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 12.03.2026 y. 3258-5-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
12.03.2026 y.
N 3258-5
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
02.03.2026 y.
N 5
BUYRUGʻI
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun
moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam
uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashхis qoʻyish va
ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar
roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020 yil 8 iyundagi 122-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3258, 2020 yil 30 iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020 y., 10/20/3258/1057-son) bilan tasdiqlangan Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashхis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyхati ilovaga muvofiq mazmundagi 176 - 180-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A.A. Xudayarov
ILOVA
"
176. |
Deflazakort |
Dyushenn yoki Bekkerning progressirlovchi mushak distrofiyasi |
1. Dyushenning progressirlovchi mushak distrofiyasi (asosiy nom) 2. Psevdogipertrofik mushak distrofiyasi 3. Distrofinopatiya 4. X-bogʻliq mushak distrofiyasi 5. Ogʻir irsiy mushak distrofiyasi 6. Yengil irsiy mushak distrofiyasi |
G71.0 |
177. |
Glitserolfenilbutirat |
Glitserolfenilbutirat |
1. Argininemiya (asosiy nom) 2. Argininosuksinaatsiduriya 3. Sitrullinemiya 4. Giperammonemiya 5. Ornitinemiya (tip I, II) 6. Giperammoniyemiya - giperornitinemiya - gomotsitrullinemiya 7. Defitsit ornitin - transkarbamilazi |
E72.2 va E72.4 |
178. |
Mikofenolat kislota |
Inson a’zolari koʻchirib oʻtkazilgandan keyingi holat |
Buyrak va jigar transplantatsiya jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan bemorlar |
Z94, Z94.0 va Z94.4 |
179. |
VIII qonning ivish faktori |
Gemofiliya A |
Gemofiliya A |
D66 |
180. |
IX qonning ivish faktori |
Gemofiliya B |
Gemofiliya B |
D67 |
".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 12 mart

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter