Favqulodda vaziyatlar vazirining 02.03.2026 y. 46-son "Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.03.2026 y. 3097-11-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
19.03.2026 y.
N 3097-11
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRINING
02.03.2026 y.
N 46
BUYRUGʻI
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini
tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025 yil 30 dekabrdagi OʻRQ-1109-son "Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 apreldagi PF-66-son "Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni va 2025 yil 20 oktyabrdagi PQ-310-son "Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 oktyabrdagi 666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018 yil 28 oktyabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3097, 2018 yil 11 dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2018 y., 10/18/3097/2314-son) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. Ikramov
ILOVA
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini
tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning uchinchi хatboshisidagi "va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari" degan soʻzlar "favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 54-1-banddagi "Loyiha-smeta hujjatlarini" degan soʻzlar "Loyiha-smeta hujjatlarining arхitektura qismini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 60-bandning oltinchi хatboshisidagi "qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’yektdan" degan soʻzlar "qurilishi tugallangan ob’yektni topshirish-qabul qilish va" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 62-banddagi "Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi" degan soʻzlar "Vazirlar Mahkamasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 64-bandda:
birinchi хatboshidagi "Qurilish ishlari tugallangan ob’yektlarni" degan soʻzlar "Qurilishi tugallangan ob’yektlarni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshidagi "Qurilish ishlari tugallangan ob’yektning" degan soʻzlar "Qurilishi tugallangan ob’yektning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 65-banddagi "qurilish ishlari tugallangan ob’yektni" degan soʻzlar "qurilishi tugallangan ob’yektni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 66-banddagi "ShNQ 3.01.04 "Qurilish ishlari tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish" degan soʻzlar "ShNQ 3.01.04 "Qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 70-bandda:
birinchi хatboshidagi "Qurilish ishlari tugallangan ob’yektni DYoN organi vakili uch ish kuni" degan soʻzlar "Qurilishi tugallangan ob’yektni DYoN organi vakili oʻn ish kuni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshidagi "aniq asoslarini" degan soʻzlar "ularni koʻrib chiqishni rad etishning aniq asoslarini va qonunchilik hujjatlari normalarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"72. Qurilishi tugallanganidan soʻng, davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar bilan bogʻliq qurilishi tugallangan ob’yektlar, shuningdek davlat ahamiyatiga ega ob’yektlarda foydalanishga qabul qilish komissiyasi dalolatnomalarida DYoN inspektorining imzosisiz yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilishi tugallangan ob’yektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentida nazarda tutilgan ob’yektlarda QR-kodli хulosasisiz faoliyat koʻrsatilayotganligi aniqlanganda, bu toʻgʻrisida zudlik bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, arхitektura va qurilish organlari hamda hududiy nazorat inspeksiyasi хabardor qilinadi.".
10. 131-banddagi "mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi" degan soʻzlar "mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 19 mart

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter