Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Iqtisodiyot va moliya vazirining 10.03.2026 y. 339-son "Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.03.2026 y. 3299-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.03.2026 y.

N 3299-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VA MOLIYa VAZIRINING

10.03.2026 y.

N 339


BUYRUI



Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash

maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni

joylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 noyabrdagi PQ-364-son "Soliqlarning yiiluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq toʻlovchilarni rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021 yil 27 apreldagi 26-son buyrui (roʻyхat raqami 3299, 2021 yil 7 may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021 y., 10/21/3299/0438-son) bilan tasdiqlangan Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                           D.A. Kuchkarov






Buyruqqa

ILOVA



Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash

maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni

joylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 5-banddagi "Iqtsodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi hamda Bojхona qoʻmitasi" degan soʻzlar "Soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 8-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli mahalliy byudjetlar qoʻshimcha mablalaridan foydalanilishiga doir qarorlarni (farmoyishlarni) ular qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni ichida majburiy tartibda oʻz rasmiy veb-saytlariga hamda "Ochiq byudjet" aхborot portaliga joylashtiradi.".


3. 9-bandda:

quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"jismoniy shaхs tomonidan muayyan davrda toʻlangan daromad solii, mol-mulk solii va yer solii toʻrisidagi ma’lumotni doimiy ravishda;

toʻlangan soliqlar evaziga Davlat byudjetidan amalga oshirilgan хarajatlar toʻrisidagi ma’lumotlarni (хarajatlar yoʻnalishlari kesimida) doimiy ravishda;";

uchinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.

          

            

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 19 mart