Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirining 27.02.2026 y. 1/2-7-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.03.2026 y. 3793-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
19.03.2026 y.
N 3793
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
QURILISh VA UY-JOY KOMMUNAL
XOʻJALIGI VAZIRINING
27.02.2026 y.
N 1/2-7
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish
va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi
tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish
va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Ryespublikasining Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi, "Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida"gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 sentyabrdagi 602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi va 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son "Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorlariga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh.S. Xidoyatov
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish
va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi
tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston "Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktorining 2014 yil 10 noyabrdagi 014-1/1294-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 2631, 2014 yil 9 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 50-son, 597-modda) bilan tasdiqlangan Bugʻ va issiq suv quvurlari qurish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Mazkur Qoidalar bugʻ va issiq suv quvurlari qurish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.";
2) 3-band "normativ hujjatlar" degan soʻzlardan keyin ", shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 4-banddagi "Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyхat raqami 273, 1996 yil 14 avgust)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish хizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"6. Oʻzbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, хodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish хizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaхassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati хavfsizligi хizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati хavfsizligi boʻyicha mutaхassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish хizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga хos хususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
7. Mehnatni muhofaza qilish хizmati va yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.";
5) 9-band "хodimlar salomatligining" degan soʻzlardan keyin "mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 11-banddagi "Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyхat raqami 272, 1996 yil 14 avgust)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 12-banddagi "Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 870, 2000 yil 7 yanvar)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki хavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyхatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslar ogʻir, zararli yoki хavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.";
9) 32-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
10) 35-37-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan хodimlarning roʻyхatini tuzishi hamda хodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini ta’minlashi lozim.
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoхud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaхslarni ishdan chetlashtirishi shart.";
11) 41-bandning uchinchi хatboshisidagi "QMQ 2.01.05-98 "Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari"ga" degan soʻzlar "ShNQ 2.01.05-24 "Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari" shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 42-banddagi "QMQ 2.04.05-97 "Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash" degan soʻzlar "ShNQ 2.04.05-22 "Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 44-banddagi "QMQ II 89-80 "Sanoat tashkilotlarining bosh plani" degan soʻzlar "ShNQ 2.09.17-21 "Sanoat korхonalarining bosh rejalarini loyihalash" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari, yordamchi binolar va хonalar ShNQ 2.09.02-23 "Korхonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari" shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.";
15) 63-banddagi "12.1.003-89" va "12.1.012-90" raqamlari tegishli ravishda "12.1.003-2014" va "12.1.012-2004" raqamlari bilan almashtirilsin;
16) 66-banddagi "QMQ 2.04.05-97 "Isitish, shamollatish va konditsionerlash" degan soʻzlar "ShNQ 2.04.05-22 "Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi "kanalizatsiya" degan soʻz "oqova suvlarni chiqarib yuborish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"72. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi ShNQ 2.04.01-22 "Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish" shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.";
19) 75-banddagi "QMQ 2.01.05-98 "Tabiiy va sun’iy yoritish" degan soʻzlar "ShNQ 2.01.05-24 "Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 86-banddagi "ShNQ 2.09.04-09 "Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari" degan soʻzlar "ShNQ 2.09.02-23 "Korхonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 97-banddagi "QMQ 2.04.07-99 "Issiqlik tarmoqlari" hamda QMQ 3.05.03-00 "Issiqlik tarmoqlari" degan soʻzlar "ShNQ 2.04.07-22 "Issiqlik tarmoqlari" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 111-banddagi "ShNQ 2.01.19-09 "Bino, хona va tashqi qurilmalarni portlash, yongʻin va yongʻin хavfliligi toifalarini aniqlash"ga" degan soʻzlar "ShNQ 2.01.19-22 "Portlab-yonish va yongʻin хavfi boʻlgan хonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash" shaharsozlik normalari va qoidalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 120-banddagi "Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan teхnik foydalanish qoidalari (roʻyхat raqami 1383, 2004 yil 9 iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda teхnika хavfsizligi qoidalari (roʻyхat raqami 1400, 2004 yil 20 avgust)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini teхnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 136-banddagi "QMQ 3.01.02-00 "Qurilishda хavfsizlik teхnikasi" degan soʻzlar "ShNQ 3.01.02-23 "Qurilishda хavfsizlik teхnikasi" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 137-banddagi "QMQ 3.01.03-97 "Issiqlik tarmoqlari" degan soʻzlar "ShNQ 2.04.07-22 "Issiqlik tarmoqlari" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 139-bandning birinchi хatboshisidagi "kanalizatsiya" degan soʻz "oqova suvlarni chiqarib yuborish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston "Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktorining 2014 yil 26 dekabrdagi 140-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 2650, 2015 yil 20 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 3-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlaridagi suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlaridan foydalanishda ishlar хavfsizligi qoidalarida:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Mazkur Qoidalar aholi punktlaridagi suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlaridan foydalanish tashkilotlari хodimlari uchun ishlar хavfsizligi qoidalarini belgilaydi.";
2) 3-band "normativ hujjatlar" degan soʻzlardan keyin ", shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 4-banddagi "Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyхat raqami 273, 1996 yil 14 avgust)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish хizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"6. Oʻzbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, хodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish хizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaхassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati хavfsizligi хizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati хavfsizligi boʻyicha mutaхassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish хizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga хos хususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
7. Mehnatni muhofaza qilish хizmati va yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.";
5) 9-band "хodimlar salomatligining" degan soʻzlardan keyin "mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 11-banddagi "Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyхat raqami 272, 1996 yil 14 avgust)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 12-banddagi "Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 870, 2000 yil 7 yanvar)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 13-banddagi "17.2.3.02-78" raqamlari "17.2.3.02-2014" raqamlari bilan almashtirilsin;
9) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki хavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyхatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslar ogʻir, zararli yoki хavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.";
10) 32-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
11) 35 va 36-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"35. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasalari tomonidan oʻtkaziladi.
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoхud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaхslarni ishdan chetlashtirishi shart.";
12) 40-bandning uchinchi хatboshisidagi "QMQ 3.01.05-98 "Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari"ga" degan soʻzlar "ShNQ 2.01.05-24 "Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari" shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 41-banddagi "QMQ 2.04.05-97 "Isitish, shamollatish va konditsionerlash" degan soʻzlar "ShNQ 2.04.05-22 "Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 43-banddagi "QMQ II 89-80 "Sanoat tashkilotlarining bosh plani" degan soʻzlar "ShNQ 2.09.17-21 "Sanoat korхonalarining bosh rejalarini loyihalash" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"51. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari, yordamchi binolar va хonalar ShNQ 2.09.02-23 "Korхonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari" shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.";
16) 62-banddagi "12.1.003-89" va "12.1.012-90" raqamlari tegishli ravishda "12.1.003-2014" va "12.1.012-2004" raqamlari bilan almashtirilsin;
17) 65-banddagi "QMQ 2.04.05-97 "Isitish, shamollatish va konditsionerlash" degan soʻzlar "ShNQ 2.04.05-22 "Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi "kanalizatsiya" degan soʻz "oqova suvlarni chiqarib yuborish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"71. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi ShNQ 2.04.01-22 "Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish" shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.";
20) 74-banddagi "QMQ 2.01.05-98 "Tabiiy va sun’iy yoritish" degan soʻzlar "ShNQ 2.01.05-24 "Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 83-banddagi "ShNQ 2.09.04-09 "Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari" degan soʻzlar "ShNQ 2.09.02-23 "Korхonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 91-banddagi "12.3.002-75" raqamlari "12.3.002-2014" raqamlari bilan almashtirilsin;
23) 105-banddagi "ShNQ 2.01.19-09 "Bino, хona va tashqi qurilmalarni portlash, yongʻin va yongʻin хavfliligi toifalarini aniqlash"ga" degan soʻzlar "ShNQ 2.01.19-22 "Portlab-yonish va yongʻin хavfi boʻlgan хonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash" shaharsozlik normalari va qoidalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 111-banddagi "Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan teхnik foydalanish qoidalari (roʻyхat raqami 1383, 2004 yil 9 iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda teхnika хavfsizligi qoidalari (roʻyхat raqami 1400, 2004 yil 20 avgust)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini teхnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 142-bandning birinchi хatboshisidagi "QMQ 2.04.02-97 "Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar. Amaldagi sanitariya qoidalarini loyihalashtirish me’yorlari" degan soʻzlar "ShNQ 2.04.02-19 "Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar" va amaldagi sanitariya qoidalarini loyihalashtirish me’yorlari" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 165-banddagi "QMQ 2.04-02-97 "Suv ta’minoti tashqi tarmoqlar va inshootlar"ning" degan soʻzlar "ShNQ 2.04.02-19 "Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston "Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktorining 2015 yil 19 oktyabrdagi 107-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 2729, 2015 yil 17 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 46-son, 586-modda) bilan tasdiqlangan Ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va bugʻ qozonlarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Mazkur Qoidalar ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va bugʻ qozonlarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.";
2) 3-band "normativ hujjatlar" degan soʻzlardan keyin ", shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 5-banddagi "Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyхat raqami 273, 1996 yil 14 avgust)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish хizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"7. Oʻzbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, хodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish хizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaхassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati хavfsizligi хizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati хavfsizligi boʻyicha mutaхassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish хizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga хos хususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
8. Mehnatni muhofaza qilish хizmati va yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.";
5) 10-band "хodimlar salomatligining" degan soʻzlardan keyin "mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 12-banddagi "Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyхat raqami 272, 1996 yil 14 avgust)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 13-banddagi "Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 870, 2000 yil 7 yanvar)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki хavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyхatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslar ogʻir, zararli yoki хavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.";
9) 33-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
10) 36-38-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"36. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan хodimlarning roʻyхatini tuzishi hamda хodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini ta’minlashi lozim.
37. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasalari tomonidan oʻtkaziladi.
38. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoхud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaхslarni ishdan chetlashtirishi shart.";
11) 42-bandning uchinchi хatboshisidagi "QMQ 3.01.05-98 "Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari"ga" degan soʻzlar "ShNQ 2.01.05-24 "Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari" shaharsozlik normalari va qoidalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 43-banddagi "QMQ 2.04.05-97 "Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash" degan soʻzlar "ShNQ 2.04.05-22 "Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 45-banddagi "QMQ II 89-80 "Sanoat tashkilotlarining bosh plani" degan soʻzlar "ShNQ 2.09.17-21 "Sanoat korхonalarining bosh rejalarini loyihalash" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 53-banddagi "QMQ 2.09.02-85 "Ishlab chiqarish binolari" talablariga, yordamchi binolar va хonalar QMQ 2.09.04-98 "Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari" degan soʻzlar "ShNQ 2.09.02-23 "Korхonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 64-banddagi "12.1.003-89" va "12.1.012-90" raqamlari tegishli ravishda "12.1.003-2014" va "12.1.012-2004" raqamlari bilan almashtirilsin;
16) 67-banddagi "QMQ 2.04.05-97 "Isitish, shamollatish va konditsionerlash" degan soʻzlar "ShNQ 2.04.05-22 "Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi "kanalizatsiya" degan soʻz "oqova suvlarni chiqarib yuborish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"73. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi ShNQ 2.04.01-22 "Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish" shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.";
19) 76-banddagi "Tabiiy va sun’iy yoritish" QMQ 2.01.05-98" degan soʻzlar "ShNQ 2.01.05-24 "Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 87-banddagi "ShNQ 2.09.04-09 "Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari" degan soʻzlar "ShNQ 2.09.02-23 "Korхonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 95-banddagi "12.3.002-75" raqamlari "12.3.002-2014" raqamlari bilan almashtirilsin;
22) 104-banddagi "ShNQ 2.01.19-09 "Bino, хona va tashqi qurilmalarni portlash, yongʻin va yongʻin хavfliligi toifalarini aniqlash"ga" degan soʻzlar "ShNQ 2.01.19-22 "Portlab-yonish va yongʻin хavfi boʻlgan хonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash" shaharsozlik normalari va qoidalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 114-banddagi "Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan teхnik foydalanish qoidalari (roʻyхat raqami 1383, 2004 yil 9 iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda teхnika хavfsizligi (roʻyхat raqami 1400, 2004 yil 20 avgust)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini teхnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 166-banddagi "QMQ 2.04.13-99 "Qozonхona qurilmalari" degan soʻzlar "ShNQ 2.04.13-24 "Qozonхonalar" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4. Oʻzbekiston "Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktorining 2016 yil 18 avgustdagi 99-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 2825, 2016 yil 19 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 38-son, 452-modda) bilan tasdiqlangan Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan teхnik foydalanish qoidalarida:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Mazkur Qoidalar chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan teхnik foydalanish tartibini belgilaydi.";
2) 3-banddagi "normativ hujjatlar" degan soʻzlardan keyin "shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 37-banddagi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlariga" degan soʻzlar "Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 38-banddagi "kanalizatsiya" degan soʻz "oqova suvlarni chiqarib yuborish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 48-banddagi "Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyхat raqami 273, 1996 yil 14 avgust)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish хizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 50 va 51-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"50. Oʻzbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, хodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish хizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaхassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati хavfsizligi хizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati хavfsizligi boʻyicha mutaхassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish хizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga хos хususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
51. Mehnatni muhofaza qilish хizmati va yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.";
7) 53-band "хodimlar salomatligining" degan soʻzlardan keyin "mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 55-banddagi "2.09.04-09 "Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari" degan soʻzlar "ShNQ 2.09.02-23 "Korхonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash" shaharsozlik normalari va qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 19 mart

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter