Iqtisodiyot va moliya vazirining 10.03.2026 y. 341-son "Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (1-sonli BHS) "Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va хatolar"ni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 27.03.2026 y. 3797-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
27.03.2026 y.
N 3797
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYoT VA MOLIYa VAZIRINING
10.03.2026 y.
N 341
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi
byudjet hisobining standarti (1-sonli BHS)
"Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar
va хatolar"ni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 161-moddasiga muvofiq va byudjet hisobini davlat sektorida buхgalteriya hisobining хalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (1-sonli BHS) "Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va хatolar" ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016 yil 12 dekabrdagi 91-son "Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (1-sonli BHS) "Hisob siyosati"ni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2853, 2016 yil 27 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 52-son, 610-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D.A. Kuchkarov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 1 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter