Sport vazirining 31.03.2026 y. 16-mh-son "Sportchi" lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 03.04.2026 y. 3051-2-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
03.04.2026 y.
N 3051-2
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
SPORT VAZIRINING
31.03.2026 y.
N 16-mh
BUYRUGʻI
"Sportchi" lavozimiga qoʻyiladigan talablar,
ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash
toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruq,
shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini
yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 maydagi 272-son "Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrsida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018 yil 20 iyuldagi 11-mh-son "Sportchi" lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 3051, 2018 yil 10 avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018 y., 10/18/3051/1693-son);
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosat i va sport vazirining 2023 yil 1 noyabrdagi 16-mh-son "Sportchi" lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 3051-1, 2023 yil 22 noyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023 y., 10/23/3051-1/0871-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A.I. Ikramov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 6 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter