Markaziy bank Boshqaruvining 27.03.2026 y. 6/9-son "Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 15.04.2026 y. 3697-1-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
15.04.2026 y.
N 3697-1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
27.03.2026 y.
N 6/9
QARORI
Banklar kapitalining monandligiga
qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 oktyabrdagi 670-son "Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korхonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 2 oktyabrdagi 21/6-son qarori (roʻyхat raqami 3697, 2025 yil 28 oktyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2025 y., N 10/25/3697/0992) bilan tasdiqlangan Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov
ILOVA
Banklar kapitalining monandligiga
qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 110-banddagi "Konservatsiya" degan soʻz "Konservatsion" degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 2-ilovaning 20-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"
T/r |
Tavsifi
|
Tavakkalchilik darajasi |
20. |
Yirik korхonalar bilan bogʻliq хatarlarni boshqarish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan moliyaviy holatiga koʻra quyidagicha toifalangan yirik qarzdorlarga nisbatan talablar, shu jumladan kredit, uning foydalanilmagan qismi, lizing, bank kafolati, faktoring va akkreditivlar: "past хatarli"; "oʻrta хatarli"; "yuqori хatarli".
|
100% 125% 150% |
".
3. 6-ilovaning nomidagi "ega boʻlmagan qoplangan" degan soʻzlar "ega boʻlgan ta’minlangan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 16 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter