Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasining 25.03.2026 y. 37-son "Atom elektr stansiyalarida хavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 15.04.2026 y. 3815-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
15.04.2026 y.
N 3815
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
SANOAT, RADIATsIYa VA YaDRO XAVFSIZLIGI
QOʻMITASINING
25.03.2026 y.
N 37
QARORI
Atom elektr stansiyalarida хavfsizlik
qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining "Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi PF-224-son "Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi QAROR QILADI:
1. Atom elektr stansiyalarida хavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi, Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Qoʻmita raisi A.V. Rafiqov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 16 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter