Markaziy bank Boshqaruvining 25.03.2026 y. 5/11-son "Toʻlovlarni amalga oshirishda yagona QR-kod orqali toʻlov хizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 15.04.2026 y. 3817-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
15.04.2026 y.
N 3817
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
25.03.2026 y.
N 5/11
QARORI
Toʻlovlarni amalga oshirishda yagona QR-kod
orqali toʻlov хizmatlarini koʻrsatish
qoidalarini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 10 dekabrdagi PF-246-son "Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni hamda 2025 yil 27 noyabrdagi PQ-359-son "Oʻzbekistonda moliyaviy teхnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:
1. Toʻlovlarni amalga oshirishda yagona QR-kod orqali toʻlov хizmatlarini koʻrsatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 16 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter