Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 03.04.2026 y. 20-son "Issiqlik elektr stansiyalarida ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.04.2026 y. 2307-1-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
15.04.2026 y.
N 2307-1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
ELEKTR ENERGIYaSI, NEFT MAHSULOTLARI
VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT
QILISh INSPEKSIYaSI BOShLIGʻINING
03.04.2026 y.
N 20
BUYRUGʻI
Issiqlik elektr stansiyalarida ishga
tushirish-sozlash ishlarini bajarish va qabul
qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi va 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmonlariga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011 yil 25 noyabrdagi 25-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 2307, 2011 yil 28 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 52-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Issiqlik elektr stansiyalarida ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Inspeksiya boshligʻi D.A. Isaqulov
ILOVA
Issiqlik elektr stansiyalarida ishga tushirish-sozlash
ishlarini bajarish va qabul qilish qoidalariga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadan "Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi 96-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 yil, 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi ("Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq," degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 2-bandda:
ikkinchi хatboshidagi "yoʻq qilinishi" degan soʻzlar "bartaraf etilishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi хatboshidagi "montajdan oldingi" degan soʻzlar "montaj qilishdan oldingi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 16-bandda:
toʻrtinchi хatboshidagi "montajdan" degan soʻz "montaj qilingandan soʻng" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi хatboshidagi "orttirib" degan soʻz "oshirib" degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻninchi хatboshidagi "nazorat ostidagi yoki kafolatlangan ekspluatatsiya" degan soʻzlar "nazorat ostida yoki kafolatlangan ekspluatatsiya qilinishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 18-bandning ikkinchi хatboshisidagi "montajdan oldingi" va "montajdan" degan soʻzlar tegishli ravishda "montaj qilishdan oldingi" va "montaj qilingandan soʻng" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 24 va 49-bandlardagi "Qurilishi tugallangan ob’yektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish" ShNQ 3.01.04-04" degan soʻzlar "Qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish" ShNQ 3.01.04-19" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 25-bandning birinchi хatboshisi va 52-banddagi "Qurilishi tugallangan ob’yektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish" ShNQ 3.01.04-04ga" degan soʻzlar "Qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish" ShNQ 3.01.04-19ga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 28-bandning birinchi хatboshisidagi "montajdan oldin" degan soʻzlar "montaj qilinishidan oldin" degan soʻz bilan almashtirilsin.
8. 29-banddagi "Montajdan" degan soʻz "Montaj qilingandan soʻng" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 32-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi, 34-banddagi "montajdan" degan soʻz "montaj qilingandan soʻng" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 16 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter