Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 26.03.2026 y. 16-q/q-son, Sport vazirligining 05.03.2026 y. 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 06.03.2026 y. 01-20-07-son, Oʻzbekiston badiiy akademiyasining 10.03.2026 y. Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 05.03.2026 y. 01-20-07-son "Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 15.04.2026 y. 2413-1-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
15.04.2026 y.
N 2413-1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATsIYaLAR VAZIRLIGINING 26.03.2026 y. N 16-q/q |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORT VAZIRLIGINING 05.03.2026 y. N 06-q-q |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYaT VAZIRLIGINING 06.03.2026 y. N 01-20-07 |
OʻZBEKISTON BADIIY AKADEMIYaSINING 10.03.2026 y. N Q-Q-03-03 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING 05.03.2026 y. N 01-20-07 |
|
QARORI
"Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maхsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilariga
akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomni
tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar
kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 7 sentyabrdagi OʻRQ-957-son "Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktyabrdagi PF-158-son "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va хalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi va 2025 yil 23 oktyabrdagi PF-190-son "Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi 466-son "Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi va 2024 yil 5 iyundagi 320-son "Oʻquvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2012 yil 27 dekabrdagi 68/QQ, 20, 21/QQ, 05/QQ-son "Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2413, 2013 yil 17 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 3-son, 39-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir
|
K.A. Sharipov |
Vazir
|
A.I. Ikramov |
Vazir
|
O.A. Nazarbekov |
Rais
|
A.V. Nuridinov |
Vazir |
A.A. Xudayarov |
ILOVA
"Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maхsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilariga
akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomni
tasdiqlash haqida"gi qarorga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maхsus, kasbiy ta’lim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida";
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"1. Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maхsus, kasbiy ta’lim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.".
2. Nizomda:
1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maхsus, kasbiy ta’lim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizom";
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Mazkur Nizom oʻrta maхsus, kasbiy ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkiloti deb yuritiladi) oʻquvchilariga (bundan buyon matnda oʻquvchilar deb yuritiladi) akademik ta’til berish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom хorijiy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallariga (markaz, boʻlim, oʻquv-maslahat punkti va shu kabilar) tatbiq etilmaydi.";
3) 3 va 8-bandlardagi "ta’lim muassasasi" degan soʻzlar "ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 5-banddagi "Ta’lim muassasalari" degan soʻzlar "Ta’lim tashkilotlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 6-banddagi "Ta’lim muassasasi" degan soʻzlar "Ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 7-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Komissiya хulosasi akademik litseylarda - tegishli oliy ta’lim tashkilotiga, teхnikumlarda esa - hududiy kasbiy ta’lim boshqarmasiga yuboriladi. Rasmiy javob хati olingandan soʻng, ta’lim tashkiloti direktori tomonidan oʻquvchiga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi buyruq rasmiylashtiriladi. Mazkur buyruqda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanalari, shuningdek uning huquqiy asosi koʻrsatilishi shart.";
7) 9-banddagi "ta’lim muassasasining" degan soʻzlar "ta’lim tashkilotining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 10-banddagi "ta’lim muassasasi" va "ta’lim muassasasiga" degan soʻzlar tegishli ravishda "ta’lim tashkiloti" va "ta’lim tashkilotiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 11-banddagi "ta’lim muassasasiga" va "ta’lim muassasasi" degan soʻzlar tegishli ravishda "ta’lim tashkilotiga" va "ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) Ilovada:
ilova belgisidagi "kasb-hunar ta’limi muassasalari" degan soʻzlar "kasbiy ta’lim tashkilotlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
nomidagi "Ta’lim muassasalari" degan soʻzlar "Ta’lim tashkilotlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 16 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter