Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 03.04.2026 y. 10-son "Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.04.2026 y. 1915-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.04.2026 y.

N 1915-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY

AGENTLIGI DIREKTORINING

03.04.2026 y.

N 10


BUYRUI



Qimmatli qoozlar bozori professional

ishtirokchisining qimmatli qoozlar bozorida

amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini

hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni

saqlash toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qoshidagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009 yil 11 fevraldagi 2009-12-son buyrui (roʻyхat raqami 1915, 2009 yil 7 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 10-11-son, 122-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qoozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Oʻzarхiv" agentligi bilan kelishilgan.


3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                         D.R. Li






Buyruqqa

ILOVA



Qimmatli qoozlar bozori professional

ishtirokchisining qimmatli qoozlar bozorida

amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini

hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni

saqlash toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom qonunchilik hujjatlariga muvofiq qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchisining (keyingi oʻrinlarda professional ishtirokchi deb yuritiladi) qimmatli qoozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi.".


2. Ilovada:


01-04-pozitsiyadan ", muhr va shtamp tayyorlashga ruхsatnoma, eskiz bilan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


01-17-pozitsiyadagi "malaka guvohnomasi" degan soʻzlar "malaka sertifikati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4-boʻlimning nomidagi "Depozitariyning professional faoliyatiga" degan soʻzlar "Depozitar operatsiyalarni amalga oshirish faoliyatiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 16 aprel