Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 02.04.2026 y. 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 18.03.2026 y. 29-mh-son, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 16.03.2026 y. 29-mh-son "Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat ta’minotida boʻlmagan oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini "Mahalla" хayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 15.04.2026 y. 2779-2-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
15.04.2026 y.
N 2779-2
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATsIYaLAR VAZIRLIGINING 02.04.2026 y. N 18-q/q |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISh VA BANDLIK VAZIRLIGINING 18.03.2026 y. N 29-mh |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGAChA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGINING 16.03.2026 y. N 29-mh |
|
QARORI
"Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan,
toʻliq davlat ta’minotida boʻlmagan oʻrta maхsus va
professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini
"Mahalla" хayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish
hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni
tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar
kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 7 sentyabrdagi OʻRQ-957-son "Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktyabrdagi PF-158-son "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va хalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi, 2025 yil 23 oktyabrdagi PF-190-son "Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi, 2025 yil 25 noyabrdagi PF-231-son "Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida"gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 15 apreldagi 38/qq, 6/qq, 4-mh-son "Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat ta’minotida boʻlmagan oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini "Mahalla" хayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2779, 2016 yil 18 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 16-son, 170-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir
|
K.A. Sharipov |
Vazir
|
B.E. Zaхidov |
Vazir |
E.G. Karimova |
ILOVA
"Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan,
toʻliq davlat ta’minotida boʻlmagan oʻrta maхsus va
professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini
"Mahalla" хayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish
hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni
tasdiqlash haqida"gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi "professional ta’lim muassasalari" degan soʻzlar "kasbiy ta’lim tashkilotlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
1) nomidagi "professional ta’lim muassasalari" degan soʻzlar "kasbiy ta’lim tashkilotlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddimadagi "professional ta’lim muassasalari" va "ta’lim muassasasi" degan soʻzlar tegishli ravishda "kasbiy ta’lim tashkilotlari" hamda "ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 1-bandning toʻrtinchi хatboshisi va 2-banddagi "ta’lim muassasasida" degan soʻzlar "ta’lim tashkilotida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 3-banddagi "ta’lim muassasasini" degan soʻzlar "ta’lim tashkilotini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi хatboshidagi "ta’lim muassasasini" va "ta’lim muassasasi" degan soʻzlar tegishli ravishda "ta’lim tashkilotini" hamda "ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi хatboshidagi "ta’lim muassasasi" degan soʻzlar "ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 6-banddagi "Ta’lim muassasasi" va "ta’lim muassasasi" degan soʻzlar tegishli ravishda "Ta’lim tashkiloti" hamda "ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmalari boshliqlari - komissiya a’zosi;";
oltinchi хatboshidagi "ta’lim muassasasi" degan soʻzlar "ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 9-bandning birinchi хatboshisidagi "ta’lim muassasasi" degan soʻzlar "ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"10. Komissiya tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan holatlarni oʻrganish natijasida quyidagi omillar yoki ulardan biri aniqlangan taqdirda, bitiruvchi nafaqa olishga muhtoj deb topiladi:
a) bitiruvchining ota-ona qarovisiz qolishiga asos boʻlgan holatlarda (otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ularning ota-onalik huquqi cheklangan, ular muomalaga layoqatsiz deb topilgan, kasal boʻlgan, uzoq muddat boʻlmagan, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻхshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortgan, shuningdek boshqa sabablarga koʻra ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganda);
b) bitiruvchi turar joy bilan ta’minlanmaganda;
v) bitiruvchining tibbiy-ijtimoiy ahvoli ogʻir boʻlganda (nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizligi mavjud boʻlganda).";
10) 18-banddagi "Ta’lim muassasasi" degan soʻzlar "Ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 20-banddagi "ta’lim muassasasida" degan soʻzlar "ta’lim tashkilotida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 22-banddagi "Ta’lim muassasasi" degan soʻzlar "Ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 16 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter