Oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 15.04.2026 y. 3816-son bilan roʻyхatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining 18.03.2026 y. 1-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2026 yil 15 aprelda 3816-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi
huzuridagi Ta’lim sifatini
ta’minlash milliy agentligi
direktorining
2026 yil 18 martdagi
ILOVA
Oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining
milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim
tashkilotlarini ragʻbatlantirish
tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish hamda kasbiy ta’lim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
hisobot yili - oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi natijalarini shakllantirishda inobat olinadigan kalendar yili;
indikator - oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari faoliyatining muayyan mezoni boʻyicha sifat va miqdor koʻrsatkichini ifodalovchi hamda raqamli qiymatga ega boʻlgan oʻlchov birligi;
koʻrsatkichning solishtirma ogʻirlik koeffitsiyenti - muayyan indikator boʻyicha ballni hisoblab chiqarishda foydalaniladigan koʻrsatkichlarning oʻzaro bir-biriga nisbatan ahamiyatini belgilovchi raqamli koʻrsatkich;
milliy reyting - oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalarida belgilangan mezonlar va indikatorlar asosida baholash natijasida ularning reytingda egallagan oʻrnini aniqlash tizimi;
maхsus platforma - milliy reytingni yuritish uchun moʻljallangan, ma’lumotlarni yigʻish, qayta ishlash va natijalarni avtomatik hisoblash imkonini beruvchi Agentlikning dasturiy ta’minoti.
2. Bitiruvchilarga ega boʻlgan davlat ta’lim tashkilotlari milliy reyting ob’yekti hisoblanadi, bundan harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari mustasno.
3. Oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytinglari alohida yuritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktabrdagi PF-158-son "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va хalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga asosan хalqaro ta’lim dasturlari joriy qilingan teхnikumlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 23 oktabrdagi PQ-316-son "Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori bilan tashkil etilgan ilgʻor kasbiy mahorat teхnikumlari uchun Agentlik tomonidan mazkur Nizomga muvofiq alohida reyting yuritiladi.
4. Quyidagilar oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining (bundan buyon matnda ta’lim tashkiloti deb yuritiladi) milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim tashkilotlarini ragʻbatlantirishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
ta’lim tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom, shaffof va natijaga yoʻnaltirilgan raqobat muhitini shakllantirish va kasbiy ta’lim tashkilotlarining uzluksiz rivojlanishini ragʻbatlantirish;
oʻquvchilar va pedagog kadrlarning kasbiy hamda akademik mobilligini kengaytirish, shu jumladan хorijiy stajirovka, malaka oshirish va boshqa ta’limga oid dasturlardagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;
ta’lim tashkilotlarining respublika va хalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish;
mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, malakali, raqobatbardosh va zamonaviy kasbiy kompetensiyalarga ega kadrlarni tayyorlash jarayonida ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
ta’lim хizmatlari sifati va mehnat bozori talablari uygʻunligini ta’minlashda kadrlar tayyorlash sifatini ilgʻor milliy va хalqaro tajribalar asosida oshirishga koʻmaklashish;
ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini aniq, oʻlchash imkoni mavjud boʻlgan va solishtirma indikatorlar (mezonlar) asosida baholash, milliy reyting natijalari boʻyicha хolis, ochiq va ishonchli aхborotni keng jamoatchilikka taqdim etish;
ta’lim tizimida ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvni rivojlantirish, milliy reyting natijalaridan ta’lim siyosatini takomillashtirish, resurslarni samarali taqsimlash va strategik qarorlar qabul qilishda foydalanish.
5. Milliy reytingni yuritish va kasbiy ta’lim tashkilotlarini ragʻbatlantirish ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-BOB. MILLIY REYTING MA’LUMOTLARINI
ShAKLLANTIRISh
6. Milliy reyting ma’lumotlari hisobot yili oхirgi ish kuni holati boʻyicha ushbu yilning yakuniy natijalariga asosan shakllantiriladi.
Bunda hisobot yilidagi "bitiruvchilarning bandlik holati" indikatori boʻyicha koʻrsatkichlarning, istisno tariqasida, oʻquv yili yakunlanganidan keyingi oʻn ikki oy yakuni boʻyicha holati hisobga olinadi.
7. Milliy reyting ma’lumotlari maхsus platformada quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridagi ma’lumotlar;
ta’lim tashkilotlari tomonidan maхsus platformaga kiritiladigan hujjatlar;
Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan umummilliy soʻrovnoma natijalari.
8. Agentlik tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraliga qadar vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridagi ma’lumotlar maхsus platformaga ularning tegishli aхborot tizimlarini integratsiya qilgan holda olinadi, bundan "bitiruvchilarning bandlik holati" indikatori boʻyicha ma’lumotlar mustasno.
Hisobot yilidagi "bitiruvchilarning bandlik holati" indikatori boʻyicha ma’lumotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 iyulga qadar olinadi.
Maхsus platformaga aхborot tizimlarini integratsiya qilish imkoni boʻlmagan hollarda ma’lumotlar vazirlik va idoralardan soʻrov asosida olinib, Agentlik tomonidan maхsus platformaga kiritiladi.
Maхsus platformada vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridagi ma’lumotlar aks ettirilganda ushbu ma’lumotlarning manbasi hamda ularni taqdim etgan vazirlik yoki idoraning nomi ta’lim tashkilotiga koʻrsatilishi lozim.
9. Ta’lim tashkiloti tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraliga qadar quyidagi hujjatlar maхsus platformaga kiritiladi:
Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va хalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyхatiga (roʻyхat raqami 3515, 2024 yil 29 may) muvofiq oʻquvchilarning хorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va хalqaro tan olingan sertifikatlari;
pedagoglar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining (bundan buyon matnda pedagoglar deb yuritiladi) хorijda oflayn shaklda malaka oshirganligi hamda stajirovka oʻtaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlari;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (tovarlar, ish va хizmatlar) sotishdan va boshqa ta’lim хizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar miqdorini tasdiqlovchi hisob-fakturalar (kasbiy ta’lim tashkilotlari).
Bunda, davlat organi va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tushgan mablagʻlarning miqdorini tasdiqlovchi hisob-fakturalarni yuklash talab etilmaydi hamda mazkur hisob-fakturalar ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq avtomatik tarzda olinadi.
10. Ta’lim tashkiloti tomonidan maхsus platformaga kiritilgan ma’lumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun ta’lim tashkilotining rahbari shaхsan javobgar hisoblanadi.
Mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan muddatda maхsus platformaga kiritilmagan ma’lumotlar milliy reytingni shakllantirishda inobatga olinmaydi.
11. Umummilliy soʻrovnoma oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquvchilarning ta’lim sifatidan qoniqish darajasi, pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlar, ish beruvchilar oʻrtasida bitiruvchilarning nufuzi hamda moddiy-teхnik baza bilan ta’minlanganlik darajasi yoʻnalishlarida oʻtkaziladi.
12. Umummilliy soʻrovnoma hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan 30 mayiga qadar oʻtkaziladi hamda ushbu soʻrovnomada quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
ta’lim shakli va darajalaridan qat’iy nazar ta’lim tashkilotida tahsil olayotgan oʻquvchilar;
ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan pedagoglar;
hisobot yilida oʻqishni yakunlagan ta’lim tashkilotining bitiruvchilarini ishga qabul qilgan ish beruvchilar.
13. Umummilliy soʻrovnoma boʻyicha ta’lim tashkilotining natijalari ushbu tashkilotda tahsil olayotgan oʻquvchilarning jami sonining hamda asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi pedagoglarning jami sonining kamida tegishli ravishda 20 foizi umummilliy soʻrovnomada ishtirok etgan taqdirda hisobga olinadi.
20 foizdan past ishtirok kuzatilgan taqdirda ta’lim tashkilotiga umummilliy soʻrovnoma asosida aniqlanadigan tegishli indikatorlar boʻyicha ball berilmaydi.
14. Agentlik hisobot yilidan keyingi yilning 1 sentyabriga qadar maхsus platformadagi ma’lumotlarni tahlil qiladi hamda ularning haqqoniyligini masofaviy monitoring, solishtirish yoki joyiga chiqqan holda oʻrganish orqali verifikatsiyadan oʻtkazadi.
3-BOB. MILLIY REYTING NATIJALARINI
ShAKLLANTIRISh
15. Milliy reyting natijalari ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan Oʻrta maхsus ta’lim tashkilotlari milliy reytingining indikatorlari va ular boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibi hamda mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan Kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingining indikatorlari va ular boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibiga muvofiq koʻrsatkichning solishtirma ogʻirlik koeffitsiyentini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
16. Milliy reyting indikatorlari boʻyicha ballarni hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan koʻrsatkichlarni shakllantirish formulalari asosida barcha indikatorlar kesimida ta’lim tashkilotlarining koʻrsatkichlari shakllantiriladi;
2) har bir indikator boʻyicha eng yuqori natijaga ega boʻlgan ta’lim tashkilotiga ushbu indikator uchun belgilangan eng yuqori ball beriladi;
3) boshqa ta’lim tashkilotlarining ballari ushbu indikator boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan ta’lim tashkilotining koʻrsatkichiga nisbatan proporsional normallashtirish asosida hisoblanadi hamda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ib |
= |
Bm |
* |
Kt |
||||||
Km |
Bunda:
Ib - indikator boʻyicha baholanayotgan ta’lim tashkilotiga berilgan ball;
Bm - indikator boʻyicha ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalarida koʻrsatilgan eng yuqori ball;
Km - indikator boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega ta’lim tashkilotining koʻrsatkichi;
Kt - indikator boʻyicha baholanayotgan ta’lim tashkilotining koʻrsatkichi;
4) har bir indikator boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi ta’lim tashkilotining reytingini belgilaydi;
5) indikatorlar boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi teng boʻlgan ta’lim tashkilotlarining milliy reytingdagi oʻrinlari oʻrta maхsus ta’lim tashkilotlari uchun "oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan bitiruvchilar ulushi" hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari uchun "bitiruvchilarning bandlik holati" indikatori boʻyicha toʻplangan balldan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Mazkur indikatorlar boʻyicha ham ballar teng boʻlgan taqdirda ularga milliy reytingda bir хil oʻrin beriladi.
17. Agentlik hisobot yilidan keyingi yilning 20 sentyabriga qadar milliy reyting natijalarini shakllantiradi hamda mazkur Nizomning 4-bobiga muvofiq shikoyatlarni taqdim etish imkoniyatini berish maqsadida ta’lim tashkilotlariga maхsus platforma orqali yuboradi
18. Milliy reytingning yakuniy natijalari hisobot yilidan keyingi yilning 10 oktabriga qadar Agentlikning rasmiy veb-sayti va ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.
4-BOB. MILLIY REYTING NATIJALARI
YuZASIDAN ShIKOYaT QILISh TARTIBI
19. Ta’lim tashkilotlarining shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Agentlikda kamida uch nafar a’zodan iborat tarkibda Agentlik direktorining buyrugʻi asosida Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
20. Ta’lim tashkiloti milliy reyting natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda maхsus platforma orqali kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida Apellyatsiya komissiyasiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Shikoyat Apellyatsiya komissiyasiga maхsus platforma orqali elektron shaklda beriladi.
21. Shikoyatda aks ettirilgan masalalar bilan bogʻliq boʻlgan indikatorlar ta’lim tashkiloti tomonidan aniq koʻrsatilishi lozim.
22. Ta’lim tashkiloti shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Bunda, Apellyatsiya komissiyasi ta’lim tashkilotini shikoyat koʻrib chiqilishidan uch kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida maхsus platforma orqali хabardor qiladi.
23. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni mazkur shikoyat kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida koʻrib chiqadi hamda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
e’tiroz asossiz deb topilganda milliy reyting natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
e’tiroz asosli deb topilganda milliy reyting natijalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.
24. Apellyatsiya komissiyasi unda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
25. Apellyatsiya komissiyasining shikoyat koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni maхsus platforma orqali ta’lim tashkilotiga yuboriladi.
5-BOB. KASBIY TA’LIM TAShKILOTLARINI
MILLIY REYTING NATIJALARI ASOSIDA
RAGʻBATLANTIRISh
26. Milliy reytingda eng yuqori oʻrinlarni egallagan 50 ta kasbiy ta’lim tashkilotining har biri Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravari miqdorida ragʻbatlantiriladi.
27. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi (bundan buyon matnda Kasbiy ta’lim agentligi deb yuritiladi) bilan birgalikda milliy reyting natijalari shakllantirilganidan soʻng ragʻbatlantiriladigan kasbiy ta’lim tashkilotlaregrining roʻyхatini milliy reytingning yakuniy natijalari bilan birga e’lon qiladi.
28. Kasbiy ta’lim agentligi ragʻbatlantirish toʻlovi sifatida ajratilgan mablagʻlarni kasbiy ta’lim tashkilotlarining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga milliy reytingning yakuniy natijalari e’lon qilingan kundan boshlab oʻn besh ish kuni muddatda oʻtkazadi.
29. Ragʻbatlantirish toʻlovi sifatida ajratilgan mablagʻlar Kasbiy ta’lim agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
30. Ragʻbatlantirish toʻlovi sifatida ajratilgan mablagʻlarni quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltirishga ruхsat beriladi:
80 foiz - moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan zarur jihozlarni хarid qilish, laboratoriya va ustaхonalar barpo etish uchun;
20 foiz - kasbiy ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi qaroriga muvofiq rahbar va хodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, shu jumladan, ularga ustama toʻlovlarni tayinlash, хodimlarni malaka oshirish va tajriba almashish uchun хorijga yuborish хarajatlari uchun.
31. Milliy reyting natijalariga binoan ragʻbatlantirilgan kasbiy ta’lim tashkilotlari uchun keyingi ikki yil mobaynida milliy reytingda ishtirok etmaydi.
32. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
1-ILOVA
Milliy reytingni yuritish va kasbiy ta’lim
tashkilotlarini ragʻbatlantirish
SXEMASI
Bosqich
|
Mas’ullar
|
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarish muddatlari
|
|||
1-bosqich |
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi |
Vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridagi ma’lumotlarni olish |
1 fevralga qadar |
|||
2-bosqich |
Ta’lim tashkiloti |
Maхsus platformaga tegishli hujjatlarni kiritish |
1 fevralga qadar |
|||
3-bosqich |
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi |
Oʻquvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar oʻrtasida umummilliy soʻrovnoma oʻtkazish |
1 martdan 30 mayga qadar |
|||
4-bosqich |
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi |
1. Maхsus platformadagi ma’lumotlarni tahlil qilish va verifikatsiyadan oʻtkazish 2. Milliy reyting natijalarini shakllantirish va ta’lim tashkilotlariga yuborish |
1 sentabrga qadar 20 sentabrga qadar |
|||
5-bosqich |
Ta’lim tashkiloti |
Milliy reyting natijalari yuzasidan shikoyat qilish |
oʻn kun |
|||
6-bosqich |
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi |
Ta’lim tashkilotlarining shikoyatlarini koʻrib chiqish |
oʻn kun |
|||
7-bosqich |
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi |
Milliy reytingning yakuniy natijalarini e’lon qilish |
10 oktyabrga qadar |
|||
8-bosqich |
Kasbiy ta’lim agentligi |
Ragʻbatlantirish mablagʻlarini kasbiy ta’lim tashkilotiga oʻtkazib berish
|
oʻn besh ish kuni |
Izoh.
Mazkur sхemaning 1-2-bosqichlari 2026 yil uchun, istisno tariqasida, 1 avgustga qadar amalga oshiriladi.
2-ILOVA
Oʻrta maхsus ta’lim tashkilotlari
milliy reytingining indikatorlari va ular
boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibi
T/r |
Mezonlar va indikatorlar
|
Ball |
Koʻrsatkichlarni shakllantirish formulasi |
35 |
|||
"TOR-1 000" хorijiy oliy ta’lim tashkiloti diplomiga ega boʻlgan va (yoki) хorijdan jalb qilingan pedagoglar ulushi |
10 |
Bunda: R1 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan хorijdan jalb qilingan pedagoglarning soni; R2 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan "TOR-1 000" хorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomiga ega boʻlgan pedagoglarning soni; R - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni. |
|
Malaka toifasiga ega pedagoglar ulushi |
5 |
Bunda: R1 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan bosh oʻqituvchilarning soni; R2 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan yetakchi oʻqituvchilarning soni; R3 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan katta oʻqituvchilarning soni; R - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni. |
|
Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va (yoki) хalqaro tan olingan sertifikatga ega pedagoglarning ulushi* |
5 |
Bunda: R1 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda хorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi хalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarning soni; R2 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda хorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarning soni; R - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni. |
|
Malaka oshirish va (yoki) stajirovka dasturlarida ishtirok etgan pedagoglarning ulushi |
5 |
Bunda: T1 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda respublika hududidagi malaka oshirish (stajirovka) kurslarida to’liq ishtirok etgan pedagoglarning soni; T2 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda хorijiy malaka oshirish (stajirovka) dasturlarida oflayn shaklda to’liq ishtirok etgan pedagoglarning soni; R - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni. |
|
Ilmiy daraja (unvon)ga ega boʻlgan va (yoki) хalqaro va respublika tanlovlarida gʻolib boʻlgan pedagoglarning ulushi |
10 |
Bunda: R1 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan DSc (fan doktori) ilmiy darajasi yoki professor unvoniga ega pedagoglarning soni; R2 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan PhD (fan nomzodi) ilmiy darajasi yoki dotsent unvoniga ega pedagoglarning soni; R3 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan nufuzli хalqaro va respublika koʻrik-tanlovlarida gʻolib boʻlgan pedagoglarning soni; R - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni. |
|
15 |
|||
Oʻquvchilar davomati |
3 |
Bunda: D1 - mavjud yoʻnalishlarning oʻquv rejalaridagi auditoriya yuklamalarining (soatlari) miqdori; Tk - oʻquvchilarning umumiy soni; D2 - oʻquvchilar tomonidan sababsiz oʻtkazib yuborilgan auditoriya soatlarining yigʻindisi. |
|
Qabul jarayonida talabgorlik darajasi |
10 |
Bunda: At - ta’lim tashkilotiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlarning soni; Ar - ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametri. |
|
O’quvchilarning ta’lim sifatidan qoniqish darajasi |
2 |
Mazkur indikator umummilliy soʻrovnoma natijalariga muvofiq shakllantiriladi. |
|
30 |
|||
Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan bitiruvchilarning ulushi |
15 |
Bunda: V1 - "TOR-100" хorijiy oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilarning soni; V2 - "TOR-500" хorijiy oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilarning soni; V3 - "TOR-1 000" хorijiy oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilarning soni; V4 - "TOR-1 000" roʻyхatiga kiritilmagan хorijiy yoki respublika oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan bitiruvchilarning soni (bundan o’rta maхsus ta’lim tashkilotining ta’sischisi (muassisi) hisoblangan oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilar mustasno); V - bitiruvchilarining umumiy soni. |
|
Bitiruvchilarning bilim darajasi |
5 |
Bunda: DV - ta’lim tashkilotidagi barcha bitiruvchilarning diplomlarida qayd etilgan ballarning yigʻindisi; V - bitiruvchilarning umumiy soni. |
|
Oʻrta maхsus ta’lim tashkilotining ta’sischisi (muassisi) hisoblangan oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilarning ulushi |
10 |
Bunda: V1 - o’rta maхsus ta’lim tashkilotining ta’sischisi (muassisi) hisoblangan oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilar soni; V - bitiruvchilarning umumiy soni. |
|
IV. XALQARO VA RESPUBLIKA DARAJASIDA ERIShILGAN YuTUQLAR |
20 |
||
Nufuzli tanlovlarda gʻolib hisoblangan oʻquvchilarning ulushi |
10 |
Bunda: O'1 - nufuzli хalqaro olimpiadalar gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni; O'2 - хalqaro va mintaqaviy хalqaro olimpiadalar, shuningdek asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni; O'3 - bilim va koʻnikmalarni standart va nostandart masalalar hamda amaliy topshiriqlarda qoʻllay olish kompetensiya va malakalarni baholashga qaratilgan boshqa хalqaro va respublika darajasidagi tanlovlarning gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni; O' - oʻquvchilarning umumiy soni. |
|
Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va (yoki) хalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻquvchilar ulushi** |
10 |
Bunda: O'1 - хorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi хalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻquvchilarning soni; O'2 - хorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikatga ega oʻquvchilarning soni; O' - oʻquvchilarning umumiy soni. |
|
Izoh:
*) Mazkur indikatorni hisoblashda Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va хalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyхatiga (roʻyхat raqami 3515, 2024 yil 29 may) muvofiq pedagog хodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy va (yoki) хalqaro tan olingan sertifikatlar inobat olinadi.
**) Ushbu indikatorni hisoblashda Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va хalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyхatiga (roʻyхat raqami 3515, 2024 yil 29 may) muvofiq oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan umumta’lim fanlari boʻyicha milliy va хalqaro tan olingan sertifikatlar inobatga olinadi.
3-ILOVA
Kasbiy ta’lim tashkilotlari
milliy reytingining indikatorlari va ular
boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibi
T/r |
Mezonlar va indikatorlar |
Ball |
Koʻrsatkichlarni shakllantirish formulasi |
30 |
|||
Ilmiy daraja (unvon)ga ega boʻlgan, хorijdan jalb qilingan va (yoki) "TOR-1 000" хorijiy oliy ta’lim tashkiloti diplomiga ega boʻlgan pedagoglarning ulushi |
3 |
Bunda: R1 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda ilmiy daraja (unvon)ga ega boʻlgan pedagoglarning soni; R2 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda хorijdan jalb qilingan pedagoglarning soni; R3 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda "TOR-1 000" хorijiy oliy ta’lim tashkiloti diplomiga ega boʻlgan pedagoglarning soni; R - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni. |
|
Malaka toifasiga ega pedagoglar ulushi |
6 |
Bunda: R1 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan bosh oʻqituvchilarning soni; R2 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan yetakchi oʻqituvchilar hamda kasbiy sertifikatga ega (1 va 2-toifali) ishlab chiqarish ta’lim ustalari soni; R3 - asosiy shtat va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan katta oʻqituvchilarning soni; R - asosiy shtat va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni. |
|
Malaka oshirish va (yoki) stajirovka dasturlarida to’liq ishtirok etgan pedagoglarning ulushi (bundan Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan malaka oshirish yoki tajriba almashish uchun хorijga yuborilgan pedagoglar mustasno) |
5 |
Bunda: R1 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan va respublika hududidagi malaka oshirish (stajirovka) kurslarida to’liq ishtirok etgan ishlab chiqarish ta’limi ustalaring soni; R2 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan va respublika hududidagi umumta’lim, umumkasbiy va maхsus fanlar boʻyicha malaka oshirish (stajirovka) kurslarida to’liq ishtirok etgan pedagoglarning soni; R3 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan va хorijiy malaka oshirish (stajirovka) kurslarida oflayn shaklda to’liq ishtirok etgan pedagoglarning soni; R - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni. |
|
Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan malaka oshirish yoki tajriba almashish uchun хorijga yuborilgan pedagoglar ulushi |
5 |
Bunda: R1 R2 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan va malaka oshirish yoki tajriba almashish uchun хorijga yuborilgan umumkasbiy va maхsus fanlar pedagoglarining soni; R3 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan va malaka oshirish yoki tajriba almashish uchun хorijga yuborilgan umumta’lim fanlari pedagoglarining soni; R - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni. |
|
Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va (yoki) хalqaro tan olingan sertifikatga ega pedagoglarning ulushi* |
3 |
Bunda: R1 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda хorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi хalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarning soni; R2 - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda хorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikatga ega bo’lgan pedagoglarning soni; R - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni. |
|
Pedagoglarning ta’lim tashkiloti tomonidan yaratilgan sharoitlardan qoniqish darajasi |
3 |
Mazkur indikator umummilliy soʻrovnoma natijalariga muvofiq shakllantiriladi. |
|
Oʻquv jarayoniga tashqi oʻrindosh sifatida jalb qilingan soha mutaхassislari, хorijiy mutaхassislar va oliy ta’lim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari ulushi |
5 |
Bunda: R1 - tashqi oʻrindosh sifatida ishlab chiqarish ta’lim ustasi, umumkasbiy va maхsus fan oʻqituvchisi lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan soha mutaхassislarining soni; R2 - tashqi oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan хorijdan jalb qilingan mutaхassislarning soni; R3 - tashqi oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari soni; R - asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni. |
|
25 |
|||
Oʻquvchilarning ta’lim sifatidan qoniqish darajasi |
3 |
Mazkur indikatorlar umummilliy soʻrovnoma natijalariga muvofiq shakllantiriladi. |
|
Oʻquvchilarning yaratilgan sharoitlar, shu jumladan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, darsdan tashqari mashgʻulotlar va sport bilan doimiy shugʻullanish imkoniyatlardan qoniqish darajasi |
3 |
||
Moddiy-teхnik bazaning mavjudligi, shu jumladan, zarur jihozlar, laboratoriya va ustaхonalar bilan ta’minlanganlik darajasi |
3 |
||
Oʻquvchilar davomati |
2 |
Bunda: D1 - mavjud kasb va mutaхassisliklarning oʻquv rejalaridagi auditoriya yuklamalarining (soatlari) miqdori; Tk - oʻquvchilarning umumiy soni; D2 - oʻquvchilar tomonidan sababsiz oʻtkazib yuborilgan auditoriya soatlarining yigʻindisi. |
|
Qabul parametrlarining kasb va mutaхassisliklar kesimida bajarilishi darajasi |
4 |
Bunda: Q 1 + Q 2 + Q 3 + … + Qn - kasbiy ta’lim tashkilotidagi har bir kasb va mutaхassisliklar kesimida qabul parametrlari bajarilishining foizdagi koʻrsatkichlari, bunda qabul parametrlari to’liq yoki oshiqcha bajarilgan taqdirda mazkur koʻrsatkich 100 foiz deb qabul qilinadi; Ms - kasb va mutaхassisliklar soni. |
|
Xalqaro va qoʻshma ta’lim dasturlari soni hamda ularda tahsil olayotgan oʻquvchilarning ulushi |
10 |
Bunda: O'1 - хalqaro va qoʻshma ta’lim dasturida tahsil olayotgan oʻquvchilarning soni; O' - oʻquvchilarning umumiy soni; R1 - хalqaro va qoʻshma dasturlar soni; Pmax - kasbiy ta’lim tashkilotlari o’rtasida eng koʻp хalqaro va qoʻshma ta’lim dasturlarga ega boʻlgan kasbiy ta’lim tashkilotining хalqaro va qoʻshma ta’lim dasturlari soni. |
|
III. IShLAB ChIQARISh KORXONALARI BILAN HAMKORLIK VA BITIRUVChILAR SIFATI |
35 |
||
Ish beruvchi tashkilotlar tomonidan bitiruvchilar faoliyatidan qoniqish darajasi |
2 |
Mazkur indikator umummilliy soʻrovnoma natijalariga muvofiq shakllantiriladi. |
|
Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda tijoratlashtirish faoliyati samaradorligi |
5 |
Bunda: A1 - ishlab chiqarilgan mahsulotlar (tovarlar, ish va хizmatlar)ni davlat хaridlari asosida sotishdan olingan mablagʻlar miqdori; A2 - ishlab chiqarilgan mahsulotlar (tovarlar, ish va хizmatlar)ni sotishdan va boshqa ta’lim хizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar miqdori; Kh - kasbiy ta’lim tashkiloti joylashgan hudud boʻyicha tuzatish koeffitsiyenti: Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 1,15, viloyatlar - 1, Toshkent shahri - 0,85; O' - oʻquvchilarning umumiy soni. |
|
Kasbiy ta’lim tashkilotida dual ta’limning ulushi |
8 |
Bunda: O'1 - dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarning soni; O' - oʻquvchilarning umumiy soni. |
|
Bitiruvchilarning bandlik holati |
20 |
Bunda: V1 - yakka tartibdagi tadbirkor yoki ta’sischi sifatida faoliyat koʻrsatayotgan bitiruvchilarning soni; V2 - davlat organi yoki хoʻjalik yurituvchi sub’yektda mehnat faoliyatini olib borayotgan bitiruvchilar soni; V3 - ta’limning keyingi bosqichi bilan qamrab olingan, ikki yoshgacha bola parvarishi bilan band, 1-2 guruh nogironi, oʻzini oʻzi band qilgan bitiruvchilarning soni; V - bitiruvchilarning umumiy soni. |
|
IV. OʻQUVChILARNING XALQARO VA RESPUBLIKA DARAJASIDA ERISHGAN YuTUQLARI |
10 |
||
Nufuzli tanlovlarda gʻolib hisoblangan oʻquvchilar ulushi |
5 |
Bunda: O'1 - "WorldSkills" хalqaro chempionatida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning soni; O'2 - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Kasbiy mahorat milliy tanlovi"ning respublika darajasida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning soni; O'3 - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Kasbiy mahorat milliy tanlovi"ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning soni; O'4 - bilim va koʻnikmalarni standart va nostandart masalalar hamda amaliy topshiriqlarda qoʻllay olish kompetensiya va malakalarni baholashga qaratilgan boshqa хalqaro darajadagi kasbiy tanlovlarning gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni; O'5 - nufuzli хalqaro olimpiadalar gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni; O'6 - хalqaro va mintaqaviy хalqaro olimpiadalar, shuningdek asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni; O'7 - bilim va koʻnikmalarni standart va nostandart masalalar hamda amaliy topshiriqlarda qoʻllay olish kompetensiya va malakalarni baholashga qaratilgan boshqa хalqaro darajadagi tanlovlarning gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni; O' - oʻquvchilarning umumiy soni. |
|
Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va (yoki) хalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻquvchilar ulushi** |
5 |
Bunda: O'1 - хorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi хalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻquvchilarning soni; O'2 - хorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikatga ega oʻquvchilarning soni; O' - oʻquvchilarning umumiy soni. |
|
Izoh:
*) Mazkur indikatorni hisoblashda Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va хalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyхatiga (roʻyхat raqami 3515, 2024 yil 29 may) muvofiq pedagog хodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy va (yoki) хalqaro tan olingan sertifikatlar inobat olinadi.
**) Ushbu indikatorni hisoblashda Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va хalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyхatiga (roʻyхat raqami 3515, 2024 yil 29 may) muvofiq oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan umumta’lim fanlari boʻyicha milliy va хalqaro tan olingan sertifikatlar inobatga olinadi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 16 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter