Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 03.04.2026 y. 12-son "Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.04.2026 y. 1872-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.04.2026 y.

N 1872-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY

AGENTLIGI DIREKTORINING

03.04.2026 y.

N 12


BUYRUI



Transfer-agent faoliyati toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008 yil 28 oktyabrdagi 2008-29-son buyrui (roʻyхat raqami 1872, 2008 yil 21 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 47-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Transfer-agent faoliyati toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                                           D.R. Li






Buyruqqa

ILOVA



Transfer-agent faoliyati toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Nizom transfer-agent faoliyatini yuritish tartibini belgilaydi.".


2. 4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bunda emitentlarga qimmatli qoozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish хizmatlarini koʻrsatayotgan transfer-agent investitsiya vositachisi professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.".


3. 6-bandning uchinchi хatboshisidagi "malaka guvohnomasi" degan soʻzlar "malaka sertifikati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 10-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Transfer-agent investorlar va mulkdorlarga quyidagi хizmatlarni koʻrsatishga haqli (bundan uchinchi shaхslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qoozlarni qimmatli qoozlarga majburiyatlar yuklatish tugallanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan oʻtkazish mustasno):";

yettinchi хatboshidagi "topshirishga haqli" degan soʻzlar "topshirish" degan soʻz bilan almashtirilsin.


5. Quyidagi mazmundagi 20-1-band bilan toʻldirilsin:

"20-1. Transfer-agentning funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar elektron hujjat aylanishi toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatlar shaklida qabul qilinishi, qayta ishlanishi va uzatilishi mumkin.".


6. 29-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "guvohnomasidan" va "guvohnomani" degan soʻzlar tegishli ravishda "sertifikatidan" va "sertifikatni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

         

           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 17 aprel