Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 06.04.2026 y. 13-son "Qimmatli qogʻozlar daromadlari (dividendlar, foizlar) toʻlovlarini "Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi" AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.04.2026 y. 3523-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.04.2026 y.

N 3523-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY

AGENTLIGI DIREKTORINING

06.04.2026 y.

N 13


BUYRUI



Qimmatli qoozlar daromadlari (dividendlar, foizlar)

toʻlovlarini "Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi"

AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali amalga

oshirish tartibi toʻrisidagi nizomning 2-bandiga

oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi PF-254-son "Kapital bozorida investitsiya muhitini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024 yil 6 maydagi 4-son buyrui (roʻyхat raqami 3523, 2024 yil 28 iyun) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2024 y., 10/24/3523/0454-son) bilan tasdiqlangan Qimmatli qoozlar daromadlari (dividendlar, foizlar) toʻlovlarini "Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi" AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Dividendlarni toʻlash Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilari orqali aksiyadorning mavjud bank hisobvaraiga avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bunda aksiyadorlik jamiyati aksiyadordan dividendlarni toʻlash toʻrisidagi arizani talab qilishga haqli emas.

Korporativ obligatsiyalar boʻyicha foizlarni (kuponlarni) toʻlash va ularni soʻndirish faqat Markaziy depozitariy orqali amalga oshiriladi.".


2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                           D.R. Li



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 17 aprel