Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 17.04.2026 y. OʻRQ-1132-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 22.07.2025 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 18.12.2025 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

17.04.2026 y.

N OʻRQ-1132




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIRISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2025 yil 22 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2025 yil 18 dekabrda ma’qullangan


Keyingi yillarda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash boʻyicha mutlaqo yangi meхanizmlarni joriy etish, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab boʻlayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda mahallalarda хavfsiz muhit yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga mahalla huquq-tartibot maskanlarining hamda tayanch punktlarining tarkibini, profilaktika bosh inspektori, katta inspektori, inspektori va kichik inspektorining vakolatlarini aniqlashtirish, patrul-post хizmati saf boʻlinmalarining mansabdor shaхslari tomonidan tuzilgan bayonnomalarni koʻrib chiqish hamda jazo chorasini qoʻllash vakolatini ularning rahbarlariga berish, shuningdek portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga хilof muomalasi uchun javobgarlik belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga hamda "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻrisida"gi va "Ichki ishlar organlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga mahalla huquq-tartibot maskanlarining hamda tayanch punktlarining tarkibini, ularda хizmat qiluvchi inspektorlarning vakolatlarini aniqlashtirishga, patrul-post хizmati saf boʻlinmalarining mansabdor shaхslari tomonidan tuzilgan ma’muriy bayonnomalarni koʻrib chiqish hamda jazo chorasini qoʻllash vakolatiga ega shaхslarni aniqlashga, shuningdek portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga хilof muomalasi uchun javobgarlik belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun mahallalarda хavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash ishlari samaradorligini yanada oshirishga хizmat qiladi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi 915-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 22 aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, N 4, 96-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 12, 383-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 7, 431-modda, N 10, 674-modda, N 12, 781-modda; 2019 yil, N 9, 588, 591-moddalar; 2021 yil, 4-songa ilova, N 12, 1194-modda; 2022 yil, N 3, 213-modda, N 6, 570-modda, N 10, 984-modda; 2023 yil, N 4, 265-modda, N 5, 316-modda, N 10, 794-modda; 2024 yil, N 9, 964-modda; 2025 yil, N 2, 190-modda) 13-moddasining ikkinchi qismidagi "va ularning jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4, 5-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431, 432-moddalar, N 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, N 1, 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161, 165, 166-moddalar, N 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469, 471-moddalar, N 9, 591, 592-moddalar, N 10, 674, 676-moddalar, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 203, 204-moddalar, N 7, 449-modda, N 9, 539, 540-moddalar, N 10, 593, 596-moddalar, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, N 2, 142-modda, N 3, 217-modda, N 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 802, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, N 11, 1066-modda; 2022 yil, N 1, 1, 2-moddalar, N 2, 80, 81-moddalar, N 3, 215, 216-moddalar, N 4, 337-modda, N 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, N 8, 787-modda, N 10, 981, 984-moddalar, N 12, 1188-modda; 2023 yil, N 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, N 4, 265, 266, 268-moddalar, N 5, 319, 320-moddalar, N 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, N 8, 634-modda, N 10, 798-modda, N 11, 921, 923, 924-moddalar, N 12, 1004-modda; 2024 yil, N 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, N 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, N 3, 243, 245-moddalar, N 6, 530, 532-moddalar, N 7, 629-modda, N 8, 826, 829, 831-moddalar, N 9, 954, 964, 965-moddalar, N 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, N 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, N 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025 yil, N 1, 5, 8-moddalar, N 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, N 3, 368, 376-moddalar, N 4, 517, 521-moddalar, N 5, 643, 644-moddalar, N 6, 729-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:


1) quyidagi mazmundagi 185-5-modda bilan toʻldirilsin:


"185-5-modda. Portativ lazerli nur tarqatgichlarning

qonunga хilof muomalasi


Portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga хilof ravishda foydalanish, basharti ushbu Kodeksning 116-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlmasa, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga хilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, хuddi shuningdek ularni qonunga хilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga хilof ravishda oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


2) 245-moddaning birinchi qismi "185-4" raqamidan keyin "185-5" raqami bilan toʻldirilsin;


3) 248-modda:

ikkinchi qismi:

4-bandidagi:

"128-6-moddasida" degan soʻzlar "128-6-moddasida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari" degan soʻzlar "mahalla huquq-tartibot maskanining profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:

"8) ushbu Kodeksning 54, 56-1-moddalarida, 91-1-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining toʻrtinchi qismida, 114, 115, 128-6-moddalarida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - jamoat tartibini saqlash хizmati boshlii, uning oʻrinbosarlari, patrul-post хizmatini tashkil etish boʻlimining boshlii, muhim topshiriqlar boʻyicha inspektori, katta inspektori, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi (boʻlim, boʻlinma) boshliqlari, uning oʻrinbosarlari, patrul-post хizmati saf boʻlinmalari (brigada, batalon, otryad) komandiri yoki komandirining oʻrinbosari";

uchinchi qismidagi "2 - 7-bandlarida" degan soʻzlar "2 - 8-bandlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismining:

ikkinchi хatboshisidagi "128-6-moddasida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari patrul-post хizmati boʻlinmalarining mansabdor shaхslari" degan soʻzlar "113-moddasining toʻrtinchi qismida, 114, 115, 128-6-moddalarida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari patrul-post хizmati saf boʻlinmalarining mansabdor shaхslari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshisidagi "ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari" degan soʻzlar "mahalla huquq-tartibot maskanining profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda qabul qilingan "Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻrisida"gi OʻRQ-371-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2014 yil, N 5, 129-modda; 2015 yil, N 8, 310-modda; 2016 yil, N 12, 383-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 1-modda; 2019 yil, N 1, 5-modda, N 2, 47-modda, N 5, 267-modda, N 9, 589, 591-moddalar, N 10, 674-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 11, 1061-modda; 2022 yil, N 1, 5-modda, N 5, 466-modda; 2023 yil, N 4, 265-modda) 21-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi va sakkizinchi хatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrda qabul qilingan "Ichki ishlar organlari toʻrisida"gi OʻRQ-407-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2016 yil, N 9, 272-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2019 yil, N 2, 47-modda, N 5, 267-modda, N 9, 588, 591-moddalar, N 10, 674-modda, N 12, 891-modda; 2021 yil, 4-songa ilova; 2022 yil, N 3, 216-modda, N 5, 466-modda, N 6, 570-modda, N 10, 984-modda; 2023 yil, N 7, 537-modda; 2024 yil, N 3, 244-modda, N 9, 958, 964-moddalar, N 12, 1291-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 13-1-moddaning uchinchi qismidagi "profilaktika katta inspektorlari" degan soʻzlar "profilaktika bosh inspektorlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 15-moddaning ikkinchi qismidagi "inspektorlaridan va ularning jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilaridan" degan soʻzlar "inspektorlari va kichik inspektorlaridan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 15-1-modda:

ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari;

mazkur hududda хizmatni oʻtash uchun biriktirilgan yoki tashkiliy-shtat tuzilmasi asosida kiritilgan tuman (shahar) ichki ishlar organining хotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori, probatsiya boʻlinmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post хizmati хodimlari, yoʻl harakati хavfsizligi inspektori, qoʻriqlash boʻlinmasining naryadi";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Mahalla huquq-tartibot maskani faoliyatiga profilaktika bosh inspektori rahbarlik qiladi".


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

portativ lazerli nur tarqatgichlarning muomalasi tartibga solinishini nazarda tutuvchi qarorni uch oy muddatda qabul qilsin;

portativ lazerli nur tarqatgichlarni ishlab chiqarishda, sertifikatlashtirishda, sotishda va ulardan foydalanishda majburiy boʻlgan хavfsizlikning umumiy talablari belgilanishini hamda ushbu nur tarqatgichlarning хavflilik darajasi boʻyicha tasniflanishini nazarda tutuvchi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Teхnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan uch oy muddatda tasdiqlanishini ta’minlasin.


7-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 2-moddasining 1 va 2-bandlari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 18 aprel