Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 03.04.2026 y. 11-son "Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.04.2026 y. 3825-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
29.04.2026 y.
N 3825
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY
AGENTLIGI DIREKTORINING
03.04.2026 y.
N 11
BUYRUGʻI
Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 sentyabrdagi PF-161-son "Islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" Farmoni va 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3150-son "Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor D.R. Li
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 29 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter