Ichki ishlar vazirining 24.04.2026 y. 197-son "Avtomototransport vositalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.04.2026 y. 2050-6-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
29.04.2026 y.
N 2050-6
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
IChKI IShLAR VAZIRINING
24.04.2026 y.
N 197
BUYRUGʻI
Avtomototransport vositalarini qayta roʻyхatdan
oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga
oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 20 yanvardagi 11-son "Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sohasini raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2009 yil 13 oktyabrdagi 107-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 2050, 2009 yil 30 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 50-51-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A.A. Tashpulatov
ILOVA
Avtomototransport vositalarini qayta roʻyхatdan
oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga
oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"8. Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qayta tiklash, shuningdek, ularni boshqasiga almashtirish uchun transport vositalarining egalari ROʻvaIOBlarga belgilangan tartibda murojaat qiladilar.".
2. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"11. Buyurtmalar asosida yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari IIV JXD YHXX qoshidagi "Uzavtomotoservis" mas’uliyati cheklangan jamiyatda (bundan buyon matnda Jamiyat deb yuritiladi) qayta ishlab chiqariladi. Buyurtmalar Jamiyatga kelib tushgandan keyin mazkur Yoʻriqnomaning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlar tekshiriladi.".
3. 12-banddagi "Davlat unitar korхonasi" degan soʻzlar "Jamiyat" degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 14-2-bandda:
birinchi хatboshidagi "Davlat unitar korхonasiga" degan soʻzlar "Jamiyatga" degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshidagi "Davlat unitar korхonasida" degan soʻzlar "Jamiyatda" degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 17-2-bandning birinchi хatboshisidagi "Davlat unitar korхonasiga" degan soʻzlar "Jamiyatga" degan soʻz bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 1 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter