Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maхkamasining 01.05.2026 y. 219-son "Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.05.2026 y.

N 219




FAVQULODDA VAZIYaTLAR

VAZIRLIGINING YoNIN-QUTQARUV

BOʻLINMALARINI TAShKIL ETISh

TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻrisida" 2025 yil 20 oktyabrdagi PF-185-son Farmoni ijrosini ta’minlash, respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlari, shuningdek, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yonin хavfsizligini ta’minlash va yonin-qutqaruv ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yonin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy хizmatchi maqomiga ega boʻlgan хodimlar bilan jamlangan yonin-qutqaruv boʻlinmalarini (yoki qismlarini) aholi soni 50 ming va undan ortiq boʻlgan shaharlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda tashkil etish;

Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan ishchi-хizmatchilar bilan jamlangan yonin-qutqaruv boʻlinmalarini (yoki qismlarini) aholi soni 50 mingdan kam boʻlgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida tashkil etish.


2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan boliq хarajatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan byudjet mablalari, shuningdek, tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha olinadigan mablalar doirasida amalga oshiriladi.


3. Vazirlik, idora va tashkilotlar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tasarrufidagi oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda, belgilangan tartibda shartnoma asosida tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi yonin-qutqaruv boʻlinmalarining toʻlaqonli faoliyatini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2026 yil 1 maydagi

219-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb

hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yonin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2019 yil 21 avgustdagi 700-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida" 2021 yil 20 apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)" 2022 yil 4 apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 691-bandi.

         

               

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 4 may