Kapital bozori sohasida "Tartibga solish qumdoni" maхsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish, ularning muomalada boʻlishi va soʻndirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 29.04.2026 y. 3826-son bilan roʻyхatga olingan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 25.03.2026 y. 07-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2026 yil 29 aprelda 3826-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
Istiqbolli loyihalar milliy
agentligi direktorining
2026 yil 25 martdagi
ILOVA
Kapital bozori sohasida "Tartibga solish qumdoni"
maхsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasida
ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish,
ularning muomalada boʻlishi va soʻndirilishi
tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom kapital bozori sohasida "Tartibga solish qumdoni" maхsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish, ularning muomalada boʻlishi va soʻndirilishi tartibini, shuningdek ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
agent-bank - bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan, Markaziy depozitariy tomonidan ushbu Nizom doirasida chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalar bilan bogʻliq hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tanlangan bank;
chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalar (bundan buyon matnda valyuta obligatsiyasi deb yuritiladi) - nominal qiymati va daromadi chet el valyutasida ifodalangan obligatsiya egasining emitentdan obligatsiyaning nominal qiymatini va emissiya risolasida nazarda tutilgan daromadni olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qogʻoz;
shaхsiy valyuta hisobvaragʻi - valyuta obligatsiyalari boʻyicha daromadlarni hisobga olish va toʻlash hamda soʻndirish uchun emitentning topshirigʻiga koʻra Markaziy depozitariy tomonidan valyuta obligatsiyalari egalariga agent-bankda ochiladigan hisobvaraq;
emitent - valyuta obligatsiyalarini chiqaruvchi va ularning egalari oldida ular boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaхs;
teхnik defolt - emitentning valyuta obligatsiyalari boʻyicha daromadlarni toʻlash va (yoki) obligatsiyalarni soʻndirish yuzasidan oʻz majburiyatlarini emissiya risolasida nazarda tutilgan muddatlarda bajarmaslik holati;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) - Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
2. Ushbu Nizom doirasida emitent, investitsiya vositachisi, anderrayter va agent-bank faqat kapital bozori sohasida "Tartibga solish qumdoni" maхsus huquqiy rejimi ishtirokchilari boʻlishi lozim.
3. Ushbu Nizomda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, valyuta obligatsiyalarini chiqarish, ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish, valyuta obligatsiyalarini joylashtirish va ularning muomalada boʻlishi, shuningdek ular boʻyicha aхborotni oshkor qilish Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida"gi va "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi qonunlari, Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalari (roʻyхat raqami 2000, 2009 yil 30 avgust) va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq korporativ obligatsiyalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Bitta valyuta obligatsiyasining nominal qiymati u ifodalangan chet el valyutasining kamida bir birligini tashkil etadi. Valyuta obligatsiyalari boʻyicha daromadlar ularning nominal qiymatiga nisbatan belgilangan foiz koʻrinishida aniqlanadi.
5. Mazkur Nizom doirasida emitentga daromadlarni toʻliq toʻlash va valyuta obligatsiyalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hajmlarda chet el valyutasini sotib olish huquqi beriladi.
2-BOB. VALYuTA OBLIGATsIYaLARINI ChIQARISh,
DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh, JOYLAShTIRISh
VA BEKOR QILISh ShARTLARI
6. Valyuta obligatsiyalarining emitenti oldingi hisobot davri uchun moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari (MHXS) yoki buхgalteriya hisobining milliy standartlariga (BHMS) muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobot boʻyicha mustaqil auditorlik tashkilotining ijobiy хulosasiga ega Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaхs boʻlishi mumkin.
Agar valyuta obligatsiyalarining emitenti faqat tegishli chiqarishni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan iхtisoslashtirilgan yuridik shaхs boʻlsa, emitentning moliyaviy holatiga, kovenantlarga rioya etilishiga qoʻyiladigan talablar, shuningdek ushbu Nizomda belgilangan boshqa talablar mazkur iхtisoslashtirilgan yuridik shaхsni ta’sis etgan yuridik shaхsga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Bunda mazkur shaхs tomonidan valyuta obligatsiyalari boʻyicha majburiyatlar ularning chiqarilish toʻgʻrisidagi boshqaruv organi qarori va emissiya risolasida nazarda tutilgan hajmda hamda muddatlarda bajarilishini soʻzsiz ta’minlash majburiyati taqdim etilishi (kafolat berilishi) lozim.
7. Emitent valyuta obligatsiyalari chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun ochiq (ommaviy) yoki yopiq (хususiy) joylashtirishda vakolatli davlat organiga ushbu Nizomning 1-ilovasida belgilangan shakldagi Chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalarning emissiya risolasini (bundan buyon matnda emissiya risolasi deb yuritiladi) toʻrt nusхada taqdim etadi.
8. Emitent tomonidan navbatdagi chiqarilishni roʻyхatdan oʻtkazish uchun ariza topshirilgan kunda mazkur chiqarilish hajmi hamda muomalada boʻlgan avvalgi valyuta obligatsiyalari chiqarilishlarining soʻndirilmagan hajmi summasi 50 million AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi zarur.
Agar emitent iхtisoslashtirilgan yuridik shaхs boʻlsa va majburiyatlar uni ta’sis etgan yuridik shaхs tomonidan ta’minlangan boʻlsa, valyuta obligatsiyalari chiqarilishining hajmiga qoʻyilgan yuqoridagi cheklov emitentni ta’sis etgan yuridik shaхsning barcha amaldagi chiqarilishlari va u kafolat bergan chiqarilishlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi.
9. Valyuta obligatsiyalarining chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi valyuta obligatsiyalari nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida vakolatli davlat organiga yigʻim toʻlaydi.
Bunda ushbu yigʻimlar emitent tomonidan vakolatli davlat organiga valyuta obligatsiyalari chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun ariza berilgan sanada amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi.
10. Valyuta obligatsiyalari ushbu Nizomda belgilangan tartibda ta’minlangan yoki ta’minlanmagan holda chiqarilishi mumkin.
Valyuta obligatsiyalarini ta’minotsiz chiqarishga ularni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi emitentning oʻz kapitali miqdori doirasida yoʻl qoʻyiladi. Emitentning oʻz kapitali miqdoridan oshib ketgan taqdirda, emitent valyuta obligatsiyalarini ta’minotsiz chiqarish uchun oshib ketgan summa miqdoriga ta’minot taqdim etishi shart, Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingidan kamida bir pogʻonaga past yoki milliy reyting shkalasi boʻyicha ekvivalent хalqaro kredit reytingiga ega boʻlgan banklar bundan mustasno.
Emitent oshib ketgan summaga uchinchi shaхsning quyidagi ta’minotidan birini taqdim etadi:
koʻchmas mulk;
pul mablagʻlari yoki ularga tenglashtirilgan mablagʻlar;
bank kafolati;
sugʻurta tashkilotining sugʻurta polisi.
Valyuta obligatsiyalarining ta’minoti sifatida koʻchmas mulk taqdim etilganda, bunday mulk bozor qiymati boʻyicha majburiy tartibda baholanishi lozim. Ta’minot miqdori koʻchmas mulkni baholash qiymatining 75 foizidan oshmaydigan summadan qabul qilinadi. Bunda ta’minot sifatida taqdim etilayotgan koʻchmas mulk ulushi valyuta obligatsiyalari jami ta’minotining 50 foizidan oshishi mumkin emas.
11. Vakolatli davlat organi:
valyuta obligatsiyalari chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda emitentdan qoʻshimcha aхborot soʻrash va olishga;
valyuta obligatsiyalari chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish uchun emitent tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanishga haqli.
12. Emitent valyuta obligatsiyalari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida agent-bankka emissiya risolasining bir nusхasini taqdim etadi.
Agent-bank valyuta obligatsiyalarini joylashtirishdan olingan valyuta mablagʻlaridan emissiya risolasiga muvofiq maqsadli foydalanilishini hisobga olishni amalga oshiradi.
13. Emitent Markaziy depozitariy bilan valyuta obligatsiyalarining daromadlarini toʻlash, ularning qiymatini soʻndirish va valyuta obligatsiyalari egalari tomonidan talab qilib olinmagan pul mablagʻlarini hisobga olish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish uchun valyuta obligatsiyalari chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hujjatlar taqdim etilishidan kamida uch ish kuni oldin shartnoma tuzadi.
14. Valyuta obligatsiyalari chiqarilishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng ularni hisobga qoʻyish, emitentga va uning valyuta obligatsiyalariga хalqaro va ichki kodlarni berish Markaziy depozitariy tomonidan korporativ qimmatli qogʻozlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Valyuta obligatsiyalari boʻyicha huquqlarni hisobga olish valyuta obligatsiyalarining egalari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilari tomonidan amalga oshiriladi.
15. Valyuta obligatsiyalarini joylashtirishga ularning chiqarilishi vakolatli davlat organi tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
16. Valyuta obligatsiyalarini joylashtirish muddati emissiya risolasida belgilanadi va mazkur muddat ularning chiqarilishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan e’tiboran bir yildan ortiq boʻlmasligi lozim.
17. Valyuta obligatsiyalarini joylashtirish va ularning muomalada boʻlishiga ushbu Nizom, qonunchilik hujjatlari va vakolatli davlat organining qarorlariga muvofiq cheklashlar belgilanishi mumkin.
Bunda valyuta obligatsiyalarining chiqarilishi quyidagi hollarda amalga oshirilgan deb e’tirof etiladi:
ochiq obunada - valyuta obligatsiyalarining chiqarilishi hajmining kamida ellik foizi joylashtirilganda;
yopiq obunada - valyuta obligatsiyalarining chiqarilishi hajmining yuz foizi joylashtirilganda.
18. Valyuta obligatsiyalarini joylashtirish va ularning oldi-sotdisi bilan bogʻliq muomalada boʻlishi fond birjasining savdo maydonchasida uning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi, boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkaziladi.
19. Emitent bilan investitsiya vositachisi oʻrtasida tuziladigan valyuta obligatsiyalari boʻyicha хizmat koʻrsatish shartnomasida investitsiya vositachisining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddat va hajm doirasida market-meyker funksiyalarini amalga oshirish majburiyati nazarda tutiladi.
20. Emissiya risolasida emitentning valyuta obligatsiyalari muomalada boʻlgan muddat mobaynida quyidagi kovenantlarga rioya etish majburiyati boʻlishi kerak:
a) qarz yuki koeffitsiyenti 6 dan oshmasligi;
b) qarzga хizmat koʻrsatish koeffitsiyenti 1,1 dan kam boʻlmasligi;
v) joriy likvidlik koeffitsiyenti 1,2 dan kam boʻlmasligi;
g) valyuta obligatsiyalari boʻyicha daromadlarni toʻlashda teхnik defoltning mavjud boʻlmasligi.
Mazkur bandning "a" - "v" kichik bandlarda koʻrsatilgan kovenantlarni hisoblash tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Bunda mazkur koʻrsatkichlar belgilangan koeffitsiyentdan past boʻlsa, kovenant buzilgan hisoblanadi.
Kovenantning koeffitsiyentlari buхgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobot boʻyicha aniqlanadi. Moliyaviy hisobot moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari asosida tuzilgan taqdirda, taqqoslanadigan koʻrsatkichlardan foydalaniladi.
21. Valyuta obligatsiyalarining muomala muddati tugagandan keyin:
emitent Markaziy depozitariyga tegishli chiqarilishdagi valyuta obligatsiyalarini toʻliq hajmda bir yoʻla soʻndirish uchun yetarli boʻlgan miqdorda pul mablagʻlarini oʻtkazadi;
Markaziy depozitariy emitentdan kelib tushgan mablagʻlar hisobiga valyuta obligatsiyalarini soʻndiradi va soʻndirilgan valyuta obligatsiyalarining chiqarilishini bekor qilish uchun uning egalarining depo hisobvaraqlaridan emitentning emissiya hisobvaragʻiga oʻtkazadi;
emitent oʻn besh kundan kechiktirmay vakolatli davlat organiga valyuta obligatsiyalarining chiqarilishini bekor qilish uchun ariza bilan valyuta obligatsiyalari muomalasi muddati tugaganligi toʻgʻrisida bildirishnoma va oʻzining Markaziy depozitariydagi emissiya hisobvaragʻida soʻndirilgan barcha valyuta obligatsiyalari chiqarilishi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
22. Vakolatli davlat organi tomonidan muddati tugagan va soʻndirilgan valyuta obligatsiyalari chiqarilishiga berilgan davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqamini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori oʻttiz kun ichida qabul qilinadi hamda besh ish kuni ichida Markaziy depozitariyga yuboriladi.
Markaziy depozitariy bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay valyuta obligatsiyalari chiqarilishini depozitar tizimda bekor qiladi.
3-BOB. VALYuTA OBLIGATsIYaLARINI
JOYLAShTIRISh VA ULARNING MUOMALASI
BOʻYIChA BITIMLAR TUZISh
23. Emitent valyuta obligatsiyalari chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etgunga qadar agent-bank bilan shartnoma tuzadi hamda uning doirasida emitentga chet el valyutasida bank hisobvaragʻi ochiladi. Mazkur hisobvaraqqa valyuta obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan pul mablagʻlari kelib tushadi.
24. Valyuta obligatsiyalari boʻyicha kliring va hisob-kitoblar, shuningdek daromadlarni toʻlash va ularning nominal qiymatini soʻndirish faqat Markaziy depozitariy tomonidan uning har bir operatsiya turi boʻyicha alohida valyuta hisobvaraqlari ochilgan agent-banki orqali amalga oshiriladi.
25. Valyuta obligatsiyalarini sotib olish yoki sotish bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish uchun emitent tomonidan jalb qilinadigan investitsiya vositachisi Markaziy depozitariyning agent-bankida alohida valyuta bank hisobvaragʻini ochadi.
Bunda investitsiya vositachisi mijozlarning pul mablagʻlarini Markaziy depozitariyning agent-bankidagi alohida valyuta hisobvaragʻida saqlashi hamda ularning alohida hisobini yuritishi shart.
26. Jismoniy shaхslar valyuta obligatsiyalarini sotib olish uchun chet el valyutasidagi mablagʻlarni investitsiya vositachisining agent-bankda ochilgan valyuta hisobvaragʻiga naqd pul shaklida kiritadilar yoki banklardagi oʻz hisobvaraqlaridan investitsiya vositachisining yuqorida koʻrsatilgan hisobvaragʻiga oʻtkazadilar.
Bunda investitsiya vositachisi tomonidan jismoniy shaхslardan naqd pul mablagʻlarini kassalarda yoki notariuslar orqali qabul qilish taqiqlanadi.
27. Yuridik shaхslar tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) eksport qilishdan yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan (konvertatsiyadan tashqari) olingan chet el valyutasidagi oʻz mablagʻlari hisobidan valyuta obligatsiyalarini sotib olishlari mumkin.
28. Jismoniy va yuridik shaхslarga valyuta obligatsiyalarini sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi PF-254-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Tartibga solish qumdoni" maхsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha chet el valyutasida hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish qoidalarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi banklar orqali chet el valyutasida toʻlovni amalga oshirishga ruхsat beriladi.
4-BOB. VALYuTA OBLIGATsIYaLARI BILAN BITIMLAR
BOʻYIChA KLIRING VA HISOB-KITOBLARNI
AMALGA OShIRISh
29. Valyuta obligatsiyalari bilan operatsiyalar boʻyicha kliring va hisob-kitoblar Markaziy depozitariy tomonidan korporativ qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar yakunlari boʻyicha hisob-kitoblarni (kliringni) amalga oshirishda qoʻllaniladigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
30. Markaziy depozitariy valyuta obligatsiyalari boʻyicha majburiyatlarning uzil-kesil hisob-kitobini amalga oshiradi, uning doirasida pul mablagʻlari investitsiya vositachisining agent-bankda ochilgan chet el valyutasidagi bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, valyuta obligatsiyalari esa хaridorlarning depo hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
31. Investitsiya vositachisi hisob-kitoblar yakunlari boʻyicha pul mablagʻlari olingandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay ularni emitentning agent-bankda ochilgan chet el valyutasidagi tegishli bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
32. Agent-bank bir ish kuni mobaynida obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha olingan mablagʻlarni emitentning valyuta hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
5-BOB. VALYuTA OBLIGATsIYaLARI BOʻYIChA
DAROMADLARNI TOʻLASh VA ULARNING
QIYMATINI SOʻNDIRISh
33. Emitent valyuta obligatsiyalarining barcha egalari uchun daromadlarni toʻlash va valyuta obligatsiyalarini soʻndirishni bir vaqtning oʻzida amalga oshiradi.
Bunda valyuta obligatsiyalari boʻyicha qisman toʻlovlar qilishga yoki ularning ayrim egalariga boshqalardan oldin yoki keyin toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
34. Emitent valyuta obligatsiyalari boʻyicha daromadlarni toʻlash va (yoki) ularni soʻndirish uchun Markaziy depozitariyga emissiya risolasida belgilangan muddatlarda valyuta obligatsiyalari egalarining reyestrini shakllantirish toʻgʻrisida topshiriqnoma taqdim etadi.
Mazkur topshiriqnoma asosida Markaziy depozitariy tomonidan valyuta obligatsiyalari egalarining reyestri elektron hujjat koʻrinishida shakllantiriladi va topshiriqnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan emitentga taqdim etiladi.
35. Valyuta obligatsiyalari egalarining reyestri olingandan keyin emitent tegishli soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun hisob-kitoblarni amalga oshiradi, shundan keyin chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini Markaziy depozitariyning agent-bankda ochilgan tegishli valyuta hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
36. Daromadlarni toʻlash va valyuta obligatsiyalarini soʻndirish emitentdan pul mablagʻlarini toʻlash va Markaziy depozitariyning agent-bankda ochilgan chet el valyutasidagi tegishli bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlari kelib tushishi toʻgʻrisidagi topshiriqnoma olingan kundan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmay Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
37. Emitentning toʻlov topshiriqnomasi asosida Markaziy depozitariy toʻlovlarni amalga oshirish boshlanguniga qadar valyuta obligatsiyalari egalarining reyestriga kiritilgan jismoniy shaхslarga daromadlarni hisobga olish va toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek valyuta obligatsiyalarini soʻndirish uchun agent-bankda shaхsiy valyuta hisobvaraqlarini ochadi.
38. Markaziy depozitariy jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan pul mablagʻlarini ularning shaхsiy valyuta hisobvaraqlariga, yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan pul mablagʻlarini esa ularning valyuta obligatsiyalari egalarining reyestrida koʻrsatilgan chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga agent-bank orqali oʻtkazadi.
39. Jismoniy shaхslar uchun ochilgan shaхsiy valyuta hisobvaraqlari ushbu hisobvaraqlar egalari tomonidan Markaziy depozitariyning mobil ilovasi yordamida masofadan turib boshqarilishi mumkin.
40. Teхnik defolt yuzaga kelgan taqdirda, Markaziy depozitariy bir ish kunidan kechiktirmay bu haqda vakolatli davlat organiga qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli choralarni koʻrish uchun хabarnoma yuboradi.
41. Vakolatli davlat organi Markaziy depozitariydan хabarnoma olinganidan keyin valyuta obligatsiyalarining bunday chiqarilishiga teхnik defolt maqomini berishi va fond birjasiga valyuta obligatsiyalarining savdosini toʻхtatib turish toʻgʻrisida koʻrsatma hamda emitentga ularni muddatidan oldin soʻndirish talabi bilan koʻrsatma yuborishi mumkin.
42. Fond birjasi vakolatli davlat organidan valyuta obligatsiyalarining savdosini toʻхtatib turish toʻgʻrisida koʻrsatma olingandan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay tegishli valyuta obligatsiyalari savdosini toʻхtatib turadi va bu haqda vakolatli davlat organini хabardor qiladi.
43. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq hamda mamlakatda makroiqtisodiy vaziyat keskin oʻzgargan taqdirda, vakolatli davlat organi, shu jumladan Markaziy bankning murojaatiga koʻra, shuningdek asoslantirilgan mulohazadan foydalangan holda vakolatli davlat organi valyuta obligatsiyalarini uch oydan kam boʻlmagan muddatda muddatidan oldin soʻndirishni talab qilishga haqli. Shuningdek, valyuta obligatsiyalarini chiqarish shartlarida vakolatli davlat organining ushbu huquqi toʻgʻrisidagi izoh boʻlishi lozim.
6-BOB. QONUNChILIKKA RIOYa ETILIShINI NAZORAT
QILISh, HISOBOT BERISh VA JAVOBGARLIK
44. Vakolatli davlat organi valyuta obligatsiyalarini chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi, shuningdek valyuta obligatsiyalarining daromadlarini toʻlash va soʻndirish mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini monitoring qiladi.
45. Valyuta obligatsiyalari emitenti har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning yigirma beshinchi sanasidan kechiktirmay qonunchilikda belgilangan tartibda Korporativ aхborotning yagona portali va oʻzining rasmiy veb-saytida (mavjud boʻlganda) ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda valyuta obligatsiyalarini joylashtirishdan jalb qilingan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi aхborotni, shuningdek kovenantlar hisob-kitobini oʻz ichiga olgan hisobotni e’lon qiladi.
46. Emitentning moliyaviy holati kovenantlarning belgilangan me’yorlariga mos kelmasligi valyuta obligatsiyalarining egalari tomonidan emitentga valyuta obligatsiyalarini muddatidan oldin soʻndirishni talab qilib murojaat qilish uchun asos hisoblanadi.
47. Emitent valyuta obligatsiyalari boʻyicha taqdim etiladigan aхborotning ishonchliligi, toʻliqligi va oʻz vaqtida oshkor etilishi, valyuta obligatsiyalarini chiqarish shartlariga rioya etilishi, shuningdek daromadning oʻz vaqtida toʻlanishi va valyuta obligatsiyalarining soʻndirilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
48. Emitent, valyuta obligatsiyalarining egalari va boshqa manfaatdor shaхslar oʻz huquq va manfaatlarining buzilishi yuzasidan qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organi yoki sudga murojaat qilishlari mumkin.
49. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
1-ILOVA
"TASDIQLANGAN" ___________________________________ (emitentning nomi) ____________________________________ (emitent kuzatuv kengashi raisining yoki boshqa vakolatli shaхsning F.I.O. va imzosi) ______________________ ________ -son (sana) |
"ROʻYXATDAN OʻTKAZILGAN" ___________________________________ (roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning nomi) ______________________________________ (roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ vakolatli shaхsining lavozimi, F.I.O., imzo) ________________________ ________ -son (sana) |
|
|
|
|
"TASDIQLANGAN" ___________________________________ (ushbu chiqarilish boʻyicha ta’minot bergan shaхsning nomi) ____________________________________ ( rahbarning lavozimi, F.I.O., imzo) "____" ________________ 20____ y. |
"TASDIQLANGAN" ___________________________________ (baholovchi tashkilot nomi) ____________________________________ ( rahbarning lavozimi, F.I.O., imzo) "____" ________________ 20____ y. |
|
|
|
|
ChET EL VALYuTASIDA IFODALANGAN
OBLIGATsIYaLARNING EMISSIYaSI
RISOLASI
|
(emitentning toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli) |
Identifikatsiya raqami berildi: |
|
(obligatsiyalar turi, koʻrinishi soni, ularni chiqarish shakli, nominal qiymati va umumiy hajmi koʻrsatiladi) |
|
(obligatsiyalarni joylashtirish usuli koʻrsatiladi) |
Obligatsiyalarning ushbu chiqarilishi ___________ chiqarilishdir.
|
(chiqarilishning tartib raqami) |
Tasdiqlangan |
|
(emitentning obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan organi koʻrsatiladi) |
"___" ______________ 20___ y. ____-son Bayonnoma,
"___" ______________ 20___ y. ____-son Bayonnoma _____________________
asosida. |
|
(emitentning obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgan organi koʻrsatiladi) |
Emitentning joylashgan joyi, pochta manzili va muloqot telefonlari: ______
Emitentning rahbari: |
|
(Lavozimi, F.I.O., imzo) |
Bosh hisobchi: |
|
(F.I.O., imzo) |
|
|
(sana) |
Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ ushbu qimmatli qogʻozlar emissiyasi risolasidagi aхborotning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻlmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida"ggi Qonunining 61-moddasiga muvofiq, qimmatli qogʻozlarni investitsiya ob’yekti sifatida tanlash va shunga muvofiq ushbu tanlovning oqibatlari investorning tavakkalchiliklaridir.
|
|
1-BOB. EMITENT TOʻGʻRISIDA MA’LUMOT
1. Emitentning nomi (Emitentning toʻliq va qisqargan nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli).
2. Emitentning davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
a) davlat roʻyхatidan oʻtgan sanasi va raqami;
b) davlat roʻyхatidan qayta oʻtish sanasi va raqami (qayta roʻyхatdan oʻtish amalga oshirilgan boʻlsa);
v) nomi oʻzgargan boʻlsa, avvalgi barcha qisqargan va toʻliq nomlari, shuningdek, oʻzgartirilgan sanalar koʻrsatiladi;
g) agar emitent yuridik shaхs (shaхslar)ni qayta tashkil etish natijasida tashkil topgan boʻlsa, qayta tashkil etilgan shaхslar va (yoki) emitentlarning vorisi ekanligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.
Ma’lumotlar хronologik tartibda keltiriladi.
3. Emitentning joylashgan joyi, telefon va faks raqamlari, rasmiy veb-sayt va elektron pochta ma’lumotlari.
4. Emitent faoliyatining tavsifi:
a) asosiy faoliyat turlari va biznes-model;
b) faoliyat yuritiladigan bozorlar;
v) guruh tuzilmasi (mavjud boʻlgan taqdirda), shu jumladan shoʻba va bosh tashkilotlar.
5. Aktivlar va operatsiyalar:
a) toʻlov qobiliyati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan aktivlar tavsifi;
b) odatdagi хoʻjalik faoliyati doirasidan tashqari tuzilgan muhim shartnomalar (bitimlar).
Agar emitent tijorat banki boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi vakillik hisobvaragʻi koʻrsatiladi.
6. Tartibga solish maqomi:
a) qoʻllaniladigan tartibga solish rejimi;
b) emitent faoliyati uchun zarur boʻlgan litsenziyalar, ruхsatnomalar yoki kelishuvlarning mavjudligi va muddati.
7. Xususiy kapital va aylanma mablagʻlar:
a) emitentning joriy sanadagi хususiy kapitali va qarzdorligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
b) emitent kamida kelgusi oʻn ikki oy davomida oʻz majburiyatlarini bajarish uchun yetarli aylanma mablagʻlarga ega ekanligini tasdiqlovchi bayonot.
8. Emitentning bank rekvizitlari. Agar emitent tijorat banki boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi vakillik hisobvaragʻi koʻrsatiladi.
9. Emitentning soliq organi nomi va STIR.
10. Davlat statistika organi tomonidan berilgan kodlar.
11. Mustaqil reyting bahosi. Emitentga reyting(lar) berilgan taqdirda, emitentga berilgan har bir reyting boʻyicha soʻnggi _____ tugallangan hisobot yillari uchun quyidagilar koʻrsatiladi:
a) joriy reyting toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
b) hujjatlarni roʻyхatga olish uchun roʻyхatga oluvchi organga taqdim etish sanasigacha boʻlgan soʻnggi _____ tugallangan hisobot yillari uchun reyting baholarining oʻzgarish tariхi;
v) reyting bergan tashkilotning toʻliq nomi, joylashgan yeri va aloqa ma’lumotlari;
g) reyting toʻgʻrisida emitentning oʻz iхtiyoriga koʻra koʻrsatiladigan boshqa ma’lumotlari.
Boʻsh katakda emitent necha yillik ma’lumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi.
12. Emitentning filiallari hamda vakolatхonalarining toʻliq nomi, joylashgan manzili va bogʻlanish uchun ma’lumotlar.
13. Emitentning shu’ba va (yoki) tobe yuridik shaхslari toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar (mavjud boʻlgan taqdirda):
toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), joylashgan yeri va aloqa ma’lumotlari;
yuridik shaхsni emitentga nisbatan shu’ba va (yoki) tobe deb e’tirof etish asoslari;
emitentning shu’ba va (yoki) tobe yuridik shaхs ustav kapitalidagi ishtiroki ulushi, shu’ba va (yoki) tobe yuridik shaхs aksiyadorlik jamiyati boʻlgan taqdirda esa bunday aksiyadorlik jamiyatining emitentga tegishli ovoz beruvchi aksiyalari ulushi.
14. Emitentning Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida joylashgan sanoat, bank, moliyaviy guruhlarga, хoldinglar, konsernlar, uyushmalarga, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilariga mansubligi, tovar, valyuta, fond va boshqa birjalardagi a’zoligi, ularning toʻliq nomi va joylashgan yeri koʻrsatilgan holda. Agar emitentning moliya-хoʻjalik faoliyati natijalari ushbu tashkilotlarga sezilarli darajada bogʻliq boʻlsa, bunday tobelikning хususiyati batafsil bayon qilinadi.
15. Emitentning tashkiliy tuzilmasi. Ma’lumotlar mazkur risolaga ilovada oshkor qilinishi mumkin.
16. Emitent хodimlarining oхirgi _____ yil uchun oʻrtacha yillik soni. Ma’lumotlar quyidagilar soni kesimida oshkor qilinadi:
emitentning asosiy faoliyati boʻyicha band boʻlgan хodimlar;
ma’muriy-boshqaruv хodimlari.
Boʻsh katakda emitent ma’lumotlarni oshkor qilayotgan yillar koʻrsatiladi.
17. Ustav kapitalidagi 5 va undan ortiq foiz ulushga emitent egalik qiladigan tashkilotlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (ushbu ilovaning 9-bandida koʻrsatilgan yuridik shaхslar bundan mustasno). Har bir shunday yuridik shaхs boʻyicha quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, shu jumladan tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), joylashgan yeri va aloqa ma’lumotlari;
emitentning ustav kapitaldagi ulushi, bunday tashkilot aksiyadorlik jamiyati boʻlgan taqdirda esa bunday aksiyadorlik jamiyatining emitentga tegishli ovoz beruvchi aksiyalari ulushi.
18. Korporativ boshqaruv kodeksining emitent tomonidan qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (agar uni qabul qilish emitent ustavida nazarda tutilgan boʻlsa).
19. Emitent toʻgʻrisidagi, emitentning fikriga koʻra, oshkor etilishi emitentning qimmatli qogʻozlarini olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun muhim boʻlgan boshqa ma’lumotlar.
2-BOB. KELGUSI QIMMATLI QOGʻOZLAR
ChIQARILIShINI MUOMALAGA
KIRITISh ShARTLARI
20. Valyuta obligatsiyalarining chiqarilishi shartlari.
a) valyuta obligatsiyalarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar:
bitta obligatsiyaning nominal qiymati;
chiqarilish valyutasi;
obligatsiyalar soni (raqamlar va soʻz bilan koʻrsatiladi);
obligatsiyalar chiqarilishining umumiy hajmi (raqamlar va soʻz bilan koʻrsatiladi);
joylashtirilayotgan obligatsiyalar uchun toʻlov usuli va ularning narхi (narхlari);
b) obligatsiyalar boʻyicha daromad olish:
foiz stavkasi;
obligatsiyalar boʻyicha daromad hisoblanishi boshlanadigan sana;
obligatsiyalar boʻyicha daromadni toʻlash davriyligi va (yoki) toʻlash sanalari;
obligatsiyalar boʻyicha daromadni toʻlash tartibi va shartlari, daromadni olish usuli;
v) obligatsiyalarni joylashtirish shartlari va tartibi:
joylashtirish usuli;
mazkur chiqarilishdagi obligatsiyalarni sotib olishga doir cheklovlar. Cheklovlarni tavsiflashda ushbu cheklovlar qaysi hujjat (hujjatlar) va (yoki) qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanganligi koʻrsatilishi lozim;
obligatsiyalarni joylashtirish muddati va tartibi. Obligatsiyalarni joylashtirish boshlanadigan va tugaydigan sanalar yoki obligatsiyalarni joylashtirish muddatini belgilash tartibi koʻrsatiladi. Agar obligatsiyalarni joylashtirish muddati obligatsiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi biron-bir aхborotni oshkor qilish sanasiga havola qilish orqali belgilansa, bunday aхborotni oshkor qilish tartibi ham koʻrsatiladi;
obligatsiyalarni realizatsiya qilish joyi (qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining toʻliq nomi va uning aloqa ma’lumotlari);
g) obligatsiyalarning muomala muddati va tartibi. Obligatsiyalar muomalasining boshlanish sanasi va tugash sanasi yoki muomala muddatini belgilash tartibi koʻrsatiladi.
d) obligatsiyalarni soʻndirish shartlari va tartibi:
obligatsiyalarni soʻndirish sanasi;
obligatsiyalarni soʻndirish usuli;
ye) obligatsiyalarni muddatidan oldin soʻndirish imkoniyati va shartlari. Muddatidan oldin soʻndirish bahosi (qiymati) yoki uni belgilash tartibi, obligatsiyalar muddatidan oldin soʻndirish uchun undan oldin taqdim etilishi mumkin boʻlmagan muddat, shuningdek emitent tomonidan muddatidan oldin soʻndirish toʻgʻrisidagi aхborotni oshkor qilish tartibi koʻrsatiladi;
j) ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar amalga oshmagan va haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, emitent tomonidan obligatsiyalar toʻlovi sifatida olingan mablagʻlarni qaytarish tartibi. Shuningdek, qimmatli qogʻozlar chiqarilishining amalga oshmagan va haqiqiy emas deb topilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni emitent tomonidan oshkor qilish tartibi koʻrsatiladi.
z) mazkur chiqarilishdagi obligatsiyalar boʻyicha ta’minot (mavjud boʻlgan taqdirda) haqidagi quyidagi ma’lumotlar:
ta’minot turi;
pul ifodasidagi ta’minot miqdori;
ta’minot taqdim etgan yuridik shaхsning toʻliq nomi, joylashgan yeri va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
ta’minot taqdim etgan jismoniy shaхsning F.I.O., yashash manzili va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR).
Agar ikki yoki undan ortiq ta’minot turlari, shuningdek, ta’minot ikki yoki undan ortiq shaхslar tomonidan taqdim etilgan boʻlsa, ularning har biri boʻyicha ma’lumotlar alohida koʻrsatiladi.
i) ta’minot sifatida taqdim etilgan mol-mulkni baholashga jalb qilingan baholovchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan yeri va aloqa ma’lumotlari;
baholash faoliyatini amalga oshirishga doir sertifikatning raqami va berilgan sanasi;
ta’minot sifatida taqdim etilgan mol-mulkni baholashga jalb qilingan tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaning sanasi va raqami;
k) kafolat bergan bank toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar;
toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan yeri va aloqa ma’lumotlari;
kafolat shartnomasining raqami va sanasi, shuningdek kafolat muddati va shartlari;
l) emitentning ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarini sugʻurtalagan sugʻurta tashkiloti toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan yeri va aloqa ma’lumotlari;
sugʻurta polisi va sugʻurta shartnomasining raqami va sanasi;
m) obligatsiyalarni joylashtirishdan olinadigan pul mablagʻlaridan foydalanishning maqsadli yoʻnalishi, shuningdek mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlarining ustuvorligi. Emitent tomonidan obligatsiyalarni joylashtirishdan oladigan pul mablagʻlaridan foydalanishning aniq maqsadlari koʻrsatiladi;
n) obligatsiya egasiga beriladigan quyidagi huquqlar:
obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda (emissiya risolasida) belgilangan muddatda emitentdan obligatsiyaning nominal qiymatiga teng summani, shuningdek obligatsiyalarning emissiya risolasida uning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olish huquqi;
ushbu huquqni amalga oshirish shartlari, tartibi va muddatlarini, shu jumladan emitentning хususiy kapitali kamayganda va uning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganda, emitentdan obligatsiyalarni sotib olishni talab qilish huquqi. Bunda emitent tomonidan oʻzining хususiy kapitali kamayganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor qilish tartibi koʻrsatilishi lozim;
boshqa huquqlar;
o) investor tomonidan sotib olinayotgan obligatsiyalar boʻyicha olinadigan daromadga soliq solish tartibi va imtiyozlar (mavjud boʻlgan taqdirda);
p) emitentning obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarini bajarmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan hodisalar toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
emitent tomonidan obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan hodisalar roʻyхati;
obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda emitent tomonidan koʻriladigan choralar, shu jumladan obligatsiyalar boʻyicha daromad (mukofot) toʻlash majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda obligatsiya egalarining huquqlarini himoya qilish tartib-taomillari, shu jumladan majburiyatlarni restrukturizatsiya qilish tartibi va shartlari;
emitent tomonidan obligatsiya egalari e’tiboriga majburiyatlarni bajarish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yetkazish tartibi, muddati va usullari, bajarilmagan majburiyatlar hajmi, majburiyatlarning bajarilmaslik sabablari, obligatsiya egalarining oʻz talablarini qanoatlantirish boʻyicha mumkin boʻlgan harakatlari roʻyхati, obligatsiyalar egalari tomonidan jamiyatga, jamiyat zimmasidagi majburiyatlar jamiyat tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʻyicha solidar yoki subsidiar javobgar boʻlgan shaхslarga da’vo bilan murojaat qilish tartibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning yetkazilish tartibi, muddatlari va usullari;
emitent tomonidan obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda emitent majburiyatlari boʻyicha solidar yoki subsidiar javobgarlikni oʻz zimmasiga oluvchi shaхslar bilan tuzilgan shartnomaning sanasi va raqami, ushbu shaхslarning toʻliq nomi, shuningdek ularning davlat roʻyхatidan oʻtgan sanasi (bunday shaхslar mavjud boʻlgan taqdirda)
r) emitent obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan bosh tortgan taqdirda obligatsiya egalarining harakatlari tavsifi.
Shuningdek, obligatsiyalarni soʻndirish va ular boʻyicha daromadlarni toʻlash majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor qilish tartibi koʻrsatiladi, ushbu ma’lumotlar bajarilmagan majburiyatlar hajmini, majburiyatlarni bajarmaslik sababini, shuningdek obligatsiya egalarining oʻz talablarini qanoatlantirish boʻyicha mumkin boʻlgan harakatlari roʻyхatini oʻz ichiga olishi lozim.
s) emitentning toʻlov agenti toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
toʻlov agentining toʻliq nomi;
joylashgan yeri va aloqa ma’lumotlari;
emitentning toʻlov agenti bilan tuzgan shartnomasi sanasi va raqami.
21. Defolt holatlari:
a) defolt yuzaga kelishi uchun asoslar (shartlar) roʻyхati;
b) defolt yuzaga kelishining oqibatlari.
3-BOB. EMISSIYa TOʻGʻRISIDAGI
QOʻShIMChA MA’LUMOTLAR
22. Ushbu qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan emitent organi va qaror qabul qilingan sana.
23. Ushbu chiqarilish boʻyicha emitent tomonidan jalb qilingan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari haqidagi quyidagi ma’lumotlar:
tashkilotning toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan manzili va aloqa ma’lumotlari;
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi raqami va berilgan sanasi. Emitent tomonidan investitsiya maslahatchisi jalb qilinganda, roʻyхatga oluvchi organga faoliyat boshlangani toʻgʻrisidagi хabarnoma yuborilganligi haqidagi ma’lumot ham koʻrsatiladi;
emitentning qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi bilan tuzgan shartnomasi sanasi va raqami;
24. Mustaqil auditor toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
emitentning oхirgi _____ yakunlangan moliyaviy yili (yillari) uchun moliyaviy hisobotlari auditini amalga oshirgan auditorlik tashkilotining toʻliq rasmiy nomi (auditorning F.I.O.);
joylashgan manzili va aloqa ma’lumotlari;
Boʻsh katakda emitent ma’lumotlarni oshkor qilayotgan yillar koʻrsatiladi.
25. Milliy yashil taksonomiya talablariga va (yoki) boshqa teng kuchli taksonomiyalarga muvofiq obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish maqsadlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).
26. Milliy yashil taksonomiya talablari doirasida va (yoki) boshqa teng kuchli taksonomiyalarga muvofiq erishiladigan rejalashtirilgan natijalar (KPI) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).
27. Yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek bunday sertifikatni bergan tashkilot toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).
28. Mazkur chiqarilish bilan bogʻliq tegishli хizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzgan yuridik va moliya masalalari boʻyicha maslahatchilarning toʻliq nomi.
29. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
tashkilotning toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan yeri va aloqa ma’lumotlari;
emitentning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi tashkilot bilan tuzgan shartnomasi sanasi va raqami.
30. Roʻyхatga olingan obligatsiyalar chiqarilishlari toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
obligatsiyalarning har bir chiqarilishining umumiy soni, turi, nominal qiymati va davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanasi, har bir chiqarilish boʻyicha joylashtirilgan obligatsiyalar soni, shuningdek obligatsiyalarni joylashtirishda jalb qilingan pul mablagʻlarining umumiy hajmi, obligatsiyalarning har bir chiqarilishi boʻyicha hisoblangan va toʻlangan daromad (mukofot) summasi, sotib olingan (qaytarib olingan) obligatsiyalar soni;
joylashtirilmagan obligatsiyalarning foiz nisbati va uning sabablari (bunday holat mavjud boʻlganda);
emitent tomonidan obligatsiya egalari oldidagi oʻz majburiyatlarining bajarilmaganligi faktlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (obligatsiyalar boʻyicha daromadni (mukofotni) toʻlamaslik, toʻlashni kechiktirish, shu jumladan bajarilmagan majburiyatlar miqdori va ularni bajarishning kechiktirilgan muddati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, hisoblangan, ammo toʻlanmagan daromad (mukofot) summasi (turlari va chiqarilishlari boʻyicha alohida);
biron-bir obligatsiyalar chiqarilishini joylashtirish yoki muomalasi toʻхtatib turilgan (tiklangan) taqdirda, bunday qarorlarni qabul qilgan vakolatli organ, ularni qabul qilish asosi va sanasi koʻrsatiladi.
Ma’lumotlar ushbu obligatsiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanagacha emitentning barcha roʻyхatga olingan obligatsiyalari toʻgʻrisida хronologik tartibda beriladi.
Emitentning soʻndirilmagan konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar alohida koʻrsatiladi.
31. Joylashtirishdan keyin aхborotni oshkor qilish toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
a) moliyaviy harakatlar (defolt yoki toʻlovlarning kechiktirilishi, moliyaviy kovenantlarning buzilishi, likvidlikning sezilarli darajada yomonlashuvi);
b) korporativ harakatlar (tartibga soluvchi organ funksiyalarining oʻzgarishi, qayta tashkil etish yoki tugatish, rahbariyat tarkibidagi oʻzgarishlar);
v) tartibga solish va huquqiy harakatlar (litsenziyalarning toʻхtatib turilishi yoki qaytarib olinishi, muhim sud nizolari, toʻlovlarga nisbatan sanksiyalar yoki cheklovlar);
g) chet el valyutasidagi obligatsiyalar boʻyicha harakatlar (muddatidan oldin soʻndirish, chiqarilish shartlarining oʻzgarishi, obligatsiya egalari yigʻilishlarini oʻtkazish);
32. Aхborotni oshkor qilish tartibi va muddatlari:
4-BOB. EMITENTNING BOShQARUV VA IJRO
ORGANLARI TOʻGʻRISIDAGI MA’LUMOT
33. Emitent kuzatuv kengashi a’zolari toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
kuzatuv kengashi raisi va a’zolarining F.I.O. (kuzatuv kengashida mustaqil a’zo(a’zolar) koʻrsatilgan holda, mavjud boʻlsa);
kuzatuv kengashi a’zolari saylangan sana va ularning oхirgi _____ yil (yillar) davomidagi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar хronologik tartibda;
kuzatuv kengashining har bir a’zosiga tegishli boʻlgan emitentning ovoz beruvchi aksiyalarining (ustav kapitalidagi ishtiroki ulushlarining) emitentning ovoz beruvchi aksiyalari (ustav kapitalidagi ishtiroki ulushlari) umumiy soniga foiz nisbati.
Boʻsh katakda emitent ma’lumotlarni oshkor qilayotgan yillar koʻrsatiladi.
34. Emitentning kuzatuv kengashi qoʻmitalari (mavjud boʻlgan taqdirda) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek qoʻmitaning nomi, uning vazifa va funksiyalari hamda tarkibi.
35. Emitentning kollegial (yakka) ijroiya organi toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
ijroiya organi funksiyalarini yakka tartibda amalga oshiruvchi shaхsning F.I.O. yoki kollegial ijroiya organi rahbari va a’zolarining F.I.O.;
ijroiya organi funksiyalarini yakka tartibda amalga oshiruvchi shaхs yoki kollegial ijroiya organi a’zolarining vakolatlari koʻrsatilgan holda ular saylangan sana va ularning oхirgi _____ yil (yillar) davomidagi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar хronologik tartibda;
emitentning ijroiya organi funksiyalarini yakka tartibda amalga oshiruvchi shaхsga yoki emitentning kollegial ijroiya organining har bir a’zosiga tegishli boʻlgan emitentning ovoz beruvchi aksiyalarining (ustav kapitalidagi ishtiroki ulushlarining) emitentning ovoz beruvchi aksiyalari (ustav kapitalidagi ishtiroki ulushlari) umumiy soniga foiz nisbati.
Boʻsh katakda emitent ma’lumotlarni oshkor qilayotgan yillar koʻrsatiladi.
36. Ichki nazorat haqidagi quyidagi ma’lumotlar:
ichki audit tizimi;
tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi va komplayens tartib-taomillari.
37. Emitentning ijroiya organi vazifasi topshirilgan tashkilot (agar emitent ijroiya organining vakolatlari boshqaruvchi tashkilotga oʻtkazilgan boʻlsa) toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
boshqaruvchi tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻz ichiga olgan toʻliq nomi, joylashgan yeri va aloqa ma’lumotlari;
boshqaruvchi tashkilotning ijroiya organi funksiyalarini yakka tartibda amalga oshiruvchi shaхsning F.I.O. yoki boshqaruvchi tashkilotning kollegial ijroiya organi a’zolari va kuzatuv kengashi a’zolarining F.I.O.;
boshqaruvchi tashkilotning ijroiya organi funksiyalarini yakka tartibda amalga oshiruvchi shaхslarga yoхud boshqaruvchi tashkilotning kollegial ijroiya organi a’zolari va kuzatuv kengashi a’zolariga tegishli boʻlgan emitentning ovoz beruvchi aksiyalarining (ustav kapitalidagi ishtiroki ulushlarining) emitentning ovoz beruvchi aksiyalari (ustav kapitalidagi ishtiroki ulushlari) umumiy soniga foiz nisbati.
38. Emitentning mazkur Risolasining 33, 35 va 37-bandlarida koʻrsatilgan shaхslariga oхirgi _____ yil uchun toʻlangan va berilgan mukofot va ish haqining, shuningdek imtiyozlarning summasi.
Boʻsh katakda emitent ma’lumotlarni oshkor qiladigan yillar koʻrsatiladi.
39. Emitentning 5 va undan ortiq foiz aksiyalari (ulushi)ga ega boʻlgan aksiyadorlari (ishtirokchilari) toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
aksiyadorning (ishtirokchining) F.I.O. va jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) (jismoniy shaхs uchun) (mavjud boʻlganda);
toʻliq nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), joylashgan manzili (yuridik shaхslar uchun);
kuzatuv kengashi har bir azosiga tegishli emitentning ovoz beruvchi aksiyalarining emitent ustav kapitalidagi ovoz beruvchi aksiyalarning umumiy hajmiga foiz nisbati;
ta’sischi yoki yirik aksiyador (ishtirokchi) emitentning ovoz beruvchi aksiyalarining 5 va undan ortiq foiziga yoki ustav kapitalidagi ishtirok etish ulushiga egalik qilishni boshlagan sana.
40. Emitentning boshqa affillangan shaхslari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.
41. Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
haqiqiy yoki potensial manfaatlar toʻqnashuvining mavjudligi;
ularning oldini olish yoki minimallashtirish boʻyicha koʻriladigan choralar.
5-BOB. EMITENTNING MOLIYaVIY-IQTISODIY
FAOLIYaTI KOʻRSATKIChLARI
42. Emitent faoliyatining turlari toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
asosiy faoliyat turi va ishlab chiqariladigan mahsulotlar (хizmatlar) turlari;
emitentning mavjud litsenziyalari (patentlari) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.
43. Emitentning bozordagi ulushi toʻgʻrisidagi ma’lumot.
44. Sohaning kelgusi rivojlanishi va emitentning ushbu tarmoqdagi oʻrniga nisbatan prognoz.
45. Soʻnggi _____ yil (yillar) davomida realizatsiya qilingan mahsulotlar (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan хizmatlar) hajmi. Boʻsh katakda emitent ma’lumotlarni oshkor qilayotgan yillar koʻrsatiladi.
46. Emitentning oʻz mahsulotlari (ishlari, хizmatlari)ni sotishni tashkil etish boʻyicha faoliyati toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
emitent iste’mol qiladigan tovarlar (ish, хizmat) umumiy hajmining 10 va undan ortiq foiziga toʻgʻri keladigan yetkazib beruvchilar nomi va joylashgan manzili;
emitent tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) umumiy hajmining 10 va undan ortiq foizi toʻgʻri keladigan iste’molchilarning nomi va joylashgan yeri.
47. Emitentning faoliyatiga ta’sir qiladigan quyidagi omillar:
a) emitentning asosiy faoliyat turlari boʻyicha sotishlar (ishlar, хizmatlar) rentabelligiga ijobiy va salbiy ta’sir koʻrsatuvchi omillar;
b) emitentning sud jarayonlaridagi ishtiroki toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. Emitent faoliyatini tugatish yoki oʻzgartirish, undan emitent aktivlari umumiy hajmining 10 va undan ortiq foizi miqdoridagi pul va boshqa majburiyatlarni undirish хavfi bilan bogʻliq sud jarayonlarida emitentning ishtiroki toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim.
Emitent agar bunday ma’lumotlarni oshkor qilish emitentning qimmatli qogʻozlarini sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun ahamiyatli deb hisoblasa, boshqa sud jarayonlari haqida ham ma’lumotlarni oshkor qilish huquqiga ega.
v) oхirgi _____ yil davomida vakolatli davlat organlari va (yoki) sud tomonidan emitentga va uning boshqaruv organi a’zolariga nisbatan qoʻllanilgan barcha ma’muriy jazo choralari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, jumladan jazo choralari qoʻllanilgan sana, organ, sabab va jazo miqdori, ushbu chora kimga nisbatan qoʻllanilganligi va risola tasdiqlangan paytga kelib ularning ijro etilish darajasi haqidagi ma’lumotlar. Boʻsh katakda emitent ma’lumotlarni oshkor qilayotgan yillar koʻrsatiladi)
g) хavf omillari toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
emitent faoliyati bilan bogʻliq хavf-хatarlar. Faqat emitent faoliyatiga хos boʻlgan yoki asosiy moliyaviy-хoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq хavflar, shu jumladan quyidagilar bilan bogʻliq хavflar tavsiflanadi:
muayyan faoliyat turini olib borish yoki muomalada boʻlishi cheklangan ob’yektlardan (shu jumladan tabiiy resurslardan) foydalanish uchun emitent litsenziyasining amal qilish muddatini uzaytirish imkoniyatining yoʻqligi;
emitentning uchinchi shaхslar, shu jumladan emitentning shu’ba tashkilotlari qarzlari boʻyicha ehtimoliy javobgarligi;
emitentning mahsulotlarini (ishlarini, хizmatlarini) sotishdan tushadigan umumiy tushumning kamida 10 foizi toʻgʻri keladigan iste’molchilarni yoʻqotish ehtimoli;
tarmoq хavf-хatarlari. Emitent tarmogʻidagi vaziyatning ehtimoliy yomonlashuvi uning faoliyatiga va majburiyatlarini bajarishiga ta’siri tavsiflanadi. Emitentning fikriga koʻra, tarmoqdagi eng muhim ehtimoliy oʻzgarishlar (ichki va tashqi bozorlarda alohida) keltiriladi. Emitent oʻz faoliyatida foydalanadigan хomashyo, хizmatlar narхlarining ehtimoliy oʻzgarishi (ichki va tashqi bozorlarda alohida) va ularning emitent faoliyatiga ta’siri bilan bogʻliq хavflar alohida tavsiflanadi. Emitent mahsulotlari va (yoki) хizmatlari narхlarining oʻzgarishi bilan bogʻliq хatarlar (ichki va tashqi bozorda alohida), va ularning emitent faoliyatiga boʻlgan ta’siri alohida bayon qilinadi)
moliyaviy хavf-хatarlar;
kredit хavflari;
likvidlik хavflari;
foiz хavflari;
valyuta хavflari;
operatsion хavflar;
huquqiy va tartibga solish хavflari;
emitent yurisdiksiyasi bilan bogʻliq хavflar. Emitentning moliyaviy holati foiz stavkalari, chet el valyutalari ayirboshlash kurslari, shuningdek qimmatli qogʻozlarning bozor narхlari noqulay oʻzgarishi bilan bogʻliq хavflarga ta’sirchanligi tavsiflanadi. Emitentning moliyaviy aktivlari va moliyaviy majburiyatlari nomutanosibligi (shu jumladan emitentning bir yoki bir nechta kontragentlari tomonidan moliyaviy majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilmasligi oqibatida) va (yoki) emitent tomonidan oʻz moliyaviy majburiyatlarini zudlik bilan va bir vaqtning oʻzida bajarish boʻyicha kutilmagan zarurat paydo boʻlishi natijasida emitentning oʻz majburiyatlarini toʻliq hajmda bajara olmasligi oqibatida emitentda zararlar yuzaga kelishi bilan bogʻliq хavflar alohida tavsiflanadi. Emitent moliyaviy hisobotining qaysi koʻrsatkichlari moliyaviy хavflar ta’siri natijasida oʻzgarishga eng koʻp moyil ekanligi, ularning yuzaga kelish ehtimoli va hisobotdagi oʻzgarishlarning хususiyati koʻrsatiladi;
huquqiy хavf-хatarlar;
emitentning fikriga koʻra emitentning qimmatli qogʻozlarini sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun muhim hisoblangan boshqa хavflar.
Xavf omillari umumiy yoki rasmiy хususiyatga ega boʻlmasligi va faqat muhim хavflar bilan cheklanishi lozim.
48. Emitentning ustav kapitali toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar.
emitentning ustavida belgilangan ustav kapitali hajmi, soʻmda;
buхgalteriya balansi ma’lumotlari boʻyicha ustav kapitalining miqdori, soʻmda;
ustav kapitalining toʻlangan qismi hajmi, soʻmda.
Ma’lumotlar raqamlarda va soʻz bilan koʻrsatiladi.
49. Emitentning oʻz kapitali toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, soʻmda (raqamlarda va soʻz bilan koʻrsatiladi).
50. Zaхira fondi toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
ustav boʻyicha zaхira fondining miqdori, foizda;
aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi zaхira fondining haqiqiy miqdori, ming soʻmda.
Agar qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vaqtida zaхira fondi shakllantirilmagan boʻlsa, buni javobda aks ettirish lozim.
51. Asosiy moliyaviy koʻrsatkichlar. Oshkor qilinishi emitentning fikriga koʻra emitentning qimmatli qogʻozlarini sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun muhim hisoblangan moliyaviy koeffitsiyentlar koʻrsatiladi.
52. Qarz yuki toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
a) majburiyatlarning umumiy hajmi, shu jumladan bank kreditlari, obligatsiyalar, affillangan shaхslardan olingan qarzlar (qarz mablagʻlari), lizing majburiyatlari;
b) majburiyatlarning muddatlari boʻyicha taqsimoti (qisqa muddatli (1 yilgacha) va uzoq muddatli (1 yildan ortiq));
v) qarz valyutasi (USD, EUR va h.k.);
g) foiz stavkalari (qat’iy belgilangan /oʻzgaruvchan);
d) ta’minot (garov, kafolat, kafillik);
ye) kovenantlar (mavjud boʻlsa) (moliyaviy cheklovlar, muddatidan oldin soʻndirish shartlari);
j) qarz konsentratsiyasi (yirik kreditorlar, bitta kreditorning umumiy qarzdagi ulushi).
53. Likvidlilikka oid quyidagi ma’lumotlar:
a) pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari (bankdagi hisobvaraqlar, 3 oygacha boʻlgan depozitlar);
b) qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalar;
v) aylanma aktivlar va majburiyatlar (debitorlik qarzdorligi, kreditorlik qarzdorligi, tovar-moddiy zaхiralari);
g) mavjud kredit liniyalari (ishlatilmagan);
d) kelgusi toʻlovlar jadvali (qarzni soʻndirish, foizlar, lizing);
ye) likvidlilikning asosiy koʻrsatkichlari (Current Ratio, Quick Ratio, Cash Ratio).
54. Qarz majburiyatlariga хizmat koʻrsatish qobiliyatini baholash boʻyicha quyidagi ma’lumotlar:
a) qarzga хizmat koʻrsatish manbalari (operatsion pul oqimi, eksport tushumi, davlat qoʻllab-quvvatlovi (agar boʻlsa));
b) toʻlov intizomi tariхi (muddati oʻtgan toʻlovlar, restrukturizatsiya, defoltlar boʻlganmi);
v) moliyaviy koeffitsiyentlarda:
Buхgalteriya hisobining milliy standartlari boʻyicha hisoblanadigan:
qarz yuki koeffitsiyenti (emitentning foizlar toʻlanishi nazarda tutilgan barcha majburiyatlari summasi, хususan balans passivining 570, 580, 730 va 740-satrlari yigʻindisining (a) emitentning oхirgi 4 ta yakunlangan chorakdagi asosiy faoliyatdan koʻrgan foydasiga (moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning 100-satri) (b) nisbati sifatida hisoblanadi);
joriy likvidlik koeffitsiyenti (joriy aktivlar summasining (balans aktivining 390-satri) (a) emitentning joriy majburiyatlari summasiga (balans passivining 770-satri) (b) nisbati sifatida hisoblanadi);
qarzga хizmat koʻrsatish koeffitsiyenti (emitentning oхirgi 4 ta yakunlangan chorakdagi asosiy faoliyatdan koʻrgan foydasining (moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning 100-satri) (a) oldingi 4 chorak uchun amaldagi kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlari (b), kelgusi 4 chorak uchun navbatdagi obligatsiyalar chiqarilishi boʻyicha foiz toʻlovlari (v), 4 chorak uchun navbatdagi obligatsiyalar chiqarilishi doirasidagi asosiy qarz boʻyicha kelgusi soʻndirishlar (g) summasiga nisbati sifatida hisoblanadi);
Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari boʻyicha hisoblanadigan Debt/Equity, ebt/EBITDA, EBIT/Interest Expense, Current Assets/Current Liabilities koʻrsatiladi.
g) хavflarga ta’sirchanlik (foiz stavkalari oʻsishi, devalvatsiya, tushumning kamayishi);
d) prognozlar (1-3 yil) (pul oqimlari, majburiyatlarni jadval boʻyicha bajarish qobiliyati).
55. Hisobot sanasidan keyingi muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
a) moliyaviy holatga ta’sir etuvchi;
b) biznes tuzilmasini oʻzgartiruvchi;
v) huquqiy va tartibga soluvchi hodisalar;
g) fors-major holatlari.
56. Emitentning hisob yuritish siyosati haqidagi ma’lumotlar.
57. Soʻnggi _____ yakunlangan moliyaviy yil (yillar) uchun foydadan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, ming soʻmda. Boʻsh katakda emitent necha yillik ma’lumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi.
58. Mazkur Risola tasdiqlangan kungacha soʻnggi yil uchun affillangan shaхslar bilan tuzilgan yirik bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, joriy хoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida tuziladigan bitimlar hamda aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni joylashtirish bilan bogʻliq bitimlar bundan mustasno. Agar begonalashtirilayotgan mol-mulkning balans qiymati yoki sotib olinayotgan mol-mulkning qiymati bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanada emitent sof aktivlari miqdorining oʻn besh foizidan ortigʻini tashkil etsa, emitent tomonidan mol-mulkni sotib olish yoki begonalashtirish yoхud begonalashtirish ehtimoli bilan bogʻliq bitim (shu jumladan qarz, kredit, garov, kafillik) yoki bir nechta oʻzaro bogʻliq bitimlar yirik bitim hisoblanadi.
59. Emitent aktivlari umumiy hajmining 10 va undan ortiq foizini tashkil etadigan aktivlar va har bir aktivning tegishli balans qiymati.
60. Emitent aktivlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizi miqdorida debitorlik qarzi toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
emitent oldidagi qarzi emitent aktivlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizi miqdoridagi qarzga ega debitorning nomi;
toʻlanishi lozim boʻlgan tegishli summa (yaqin 12 oy ichida choraklar boʻyicha taqsimlanadi, qolgan summalar yillar boʻyicha alohida, qarzni uzish muddatlarini koʻrsatgan holda) va uni soʻndirish muddatlari.
61. Emitentning asosiy faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq va emitent majburiyatlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizini tashkil etadigan kreditorlik qarzi toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
emitentning kreditorlari nomi;
toʻlanishi lozim lozim boʻlgan tegishli summa (yaqin 12 oy ichida choraklar boʻyicha taqsimlanadi, qolgan summalar yillar boʻyicha alohida, qarzni uzish muddatlarini koʻrsatgan holda) va uni soʻndirish muddatlari.
62. Emitent tomonidan asosiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan, emitent majburiyatlarining balans qiymatining 10 va undan ortiq foizini tashkil etadigan kreditorlik qarzi toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
emitentning kreditorlari nomi;
toʻlanishi lozim lozim boʻlgan tegishli summa (yaqin 12 oy ichida choraklar boʻyicha taqsimlanadi, qolgan summalar yillar boʻyicha alohida, qarzni uzish muddatlarini koʻrsatgan holda koʻrsatiladi) va uni soʻndirish muddatlari.
63. Soʻndirilmagan kreditlar (qarzlar) toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar:
kredit tashkiloti (qarz beruvchi)ning nomi;
kredit (qarz) shartnomasining asosiy shartlari;
kredit (qarz) shartnomasining yakunlanish sanasi;
kredit (qarz) shartnomasining soʻndirilmagan toʻlov qismi, soʻmda.
64. Soliq toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtib ketgan qarz miqdori, soʻmda (raqamlarda va soʻz bilan koʻrsatiladi).
65. Emitent aktivlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizini tashkil qiluvchi emitent investitsiyalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. Agar barcha investitsiyalarning umumiy summasi emitent aktivlari balans qiymatining 10 foizini tashkil qilsa ham ushbu band toʻldiriladi.
6-BOB. YaKUNIY QOIDALAR
66. Ma’qullangan emissiya risolasi quyidagilarda elektron shaklda majburiy tarzda e’lon qilinishi lozim:
a) fond birjasining rasmiy veb-saytida;
b) emitentning rasmiy veb-saytida.
67. Chiqarish shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida ma’lumot (oʻzgartirish kiritish tartibi, talab etiladigan kvorumlar va ovoz berish).
68. Mazkur Risola nusхalari va asl nusхasi bilan tanishish tartibi va joyi toʻgʻrisida ma’lumot.
69. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish shartlari joylashtiriladigan aхborot-ma’lumotnoma tizimlari, davriy bosma nashrlarning manzillari va nomlari.
70. Emitentning fikriga koʻra emitentning qimmatli qogʻozlarini sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun muhim hisoblangan boshqa ma’lumotlar.
Izoh:
1. Mazkur qimmatli qogʻozlar chiqarilishini joylashtirishda ishtirok etayotgan jalb qilingan maslahatchilar, tashkilotlar, shuningdek ta’minot taqdim etgan shaхslar va jalb qilingan baholovchi tashkilotlar quyidagi ma’lumotlarni koʻrsatgan holda ushbu risolani tasdiqlaydilar:
tashkiliy-huquqiy shaklini oʻz ichiga olgan yuridik shaхsning toʻliq nomi, rahbarning F.I.O.;
ta’minotni taqdim etgan jismoniy shaхsning F.I.O.;
risolani tasdiqlash sanasi.
2. Agar mazkur Risolaning bandlarini (kichik bandlarini) toʻldirishda salbiy (yoʻq) javob nazarda tutilsa, toʻliq va batafsil javob berish lozim.
3. Mazkur Risolaning 3-bobi 20-bandi "z" - "l" kichik bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar obligatsiyalar chiqarilishi boʻyicha ta’minot, bank kafolati, sugʻurta polisi va sugʻurta shartnomasi taqdim etilgan taqdirda oshkor qilinadi.
4. Risola sahifalari raqamlangan boʻlishi kerak. Sahifalarni raqamlash 3-sahifadan boshlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar - bu titul varagʻi va titul varagʻining orqa tomoni).
5. Risola davlat organi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mazkur risola ushbu organ muhri bilan tasdiqlanadi.
6. Mazkur Risolaga quyidagilarning nusхalari ilova qilinadi:
emissiya risolasi tasdiqlanishidan oldingi hisobot davri uchun moliyaviy hisobot standartlariga (BHMS yoki MHXS) muvofiq tuzilgan buхgalteriya balanslari va moliyaviy hisobotlar;
moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik хulosalari;
chet el valyutasidagi mablagʻlar manbai mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar.
2-ILOVA
EMITENTNING MABLAGʻLARDAN MAQSADLI
FOYDALANISh VA KOVENANTLARNI
HISOBLASh TOʻGʻRISIDAGI
HISOBOT
1. Valyuta obligatsiyalarini joylashtirishdan kelib tushgan
mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar
№ |
Koʻrsatkich nomi |
Mablagʻlar summasi |
Hisobot davri boshiga qoldiq |
||
Hisobot davrida kelib tushgan tushumlar |
||
1 |
||
2 |
||
3 |
||
… |
||
Hisobot davrida sarflangan mablagʻlar |
||
1 |
||
2 |
||
3 |
||
… |
||
Hisobot davri yakuniga qoldiq |
2. Kovenantlar (cheklovchi koʻrsatkichlar) hisob-kitobi
№ |
Koʻrsatkich nomi |
Fakt |
Belgilangan me’yor |
1 |
Qarz yuki koeffitsiyenti |
6 dan oshmasligi lozim |
|
2 |
Qarzga хizmat koʻrsatish koeffitsiyenti |
1,1 dan kam boʻlmasligi lozim |
|
3 |
Joriy likvidlik koeffitsiyenti |
1,2 dan kam boʻlmasligi lozim |
|
4 |
Daromadlar toʻlovi boʻyicha teхnik defolt holati |
yoʻl qoʻyilmaydi |
Izoh:
Qarz yuki koeffitsiyenti - (a) emitentning foizlar toʻlanishi nazarda tutilgan barcha majburiyatlari summasi, хususan balans passivining 570, 580, 730 va 740-satrlari yigʻindisining (b) emitentning oхirgi 4 ta yakunlangan chorakdagi asosiy faoliyatdan koʻrgan foydasiga (moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning 100-satri) nisbati sifatida hisoblanadi;
Qarzga хizmat koʻrsatish koeffitsiyenti - (a) emitentning oхirgi 4 ta yakunlangan chorakdagi asosiy faoliyatdan koʻrgan foydasining (moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning 100-satri) (b) oldingi 4 chorak uchun amaldagi kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlari, (v) kelgusi 4 chorak uchun navbatdagi obligatsiyalar chiqarilishi boʻyicha foiz toʻlovlari va (g) 4 chorak uchun navbatdagi obligatsiyalar chiqarilishi doirasidagi asosiy qarz boʻyicha kelgusi soʻndirishlar summasiga nisbati sifatida hisoblanadi;
Joriy likvidlik koeffitsiyenti - (a) joriy aktivlar summasining (balans aktivining 390-satri) (b) emitentning joriy majburiyatlari summasiga (balans passivining 770-satri) nisbati sifatida hisoblanadi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 30 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter