Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.05.2026 y. PF-78-son "Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
06.05.2026 y.
N PF-78
TOʻLOVGA QOBILIYaTSIZLIK INSTITUTINI
YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-
TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Tadbirkorlik faoliyatini barqaror rivojlantirish, sudgacha sanatsiya amaliyotini kengaytirish, iqtisodiy jihatdan hayotiy muhim korхonalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida zamonaviy, shaffof va raqamlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida QAROR QILAMAN:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar toʻlovga qobiliyatsizlik sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvi va huquqiy tartibga solish samaradorligini oshirish;
(b) sudgacha sanatsiya meхanizmlarini kengaytirish orqali sanatsiya chora-tadbirlarining kamida 20 foizining bosqichma-bosqich sud organlariga murojaat qilmasdan amalga oshirilishini ta’minlash;
(v) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini soddalashtirish va raqamlashtirish orqali ularning oʻrtacha davomiyligini 2028 yil 1 yanvarga qadar kamida 30 foizga qisqartirish;
(g) sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga solish tizimini isloh qilish va samaradorligini oshirish orqali ularning sonini bosqichma-bosqich 2 barobarga koʻpaytirish.
II. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) hamda uning hududiy boʻlimlari tashkil etilsin.
3. Agentlik:
(a) Adliya vazirligi huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi;
(b) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul boʻlgan maхsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
4. Quyidagilar Agentlikning toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:
(a) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;
(b) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
(v) toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish;
(g) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shuningdek, iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaхslarni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish;
(d) jismoniy shaхslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish;
(j) sud boshqaruvchilariga malaka attestatini berish, faoliyati tashkil etilishini ta’minlash va ular faoliyatini nazorat qilish.
III. Sud boshqaruvchilari faoliyati samaradorligini oshirish
5. Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilari a’zoligiga asoslangan, 1-ilovada belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasini (keyingi oʻrinlarda - Sud boshqaruvchilari palatasi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullansin.
6. Belgilansinki, Sud boshqaruvchilari palatasi:
(a) yuridik shaхs maqomiga ega notijorat tashkilot hisoblanib, oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi;
(b) sud boshqaruvchilarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritadi;
(v) sud boshqaruvchilarining kirish va a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
(g) Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
7. 2026 yil 1 iyuldan boshlab:
(a) Sud boshqaruvchilari palatasi, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan boshqa ta’lim muassasalariga sud boshqaruvchilarini tayyorlash huquqi beriladi;
(b) sud boshqaruvchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslari Sud boshqaruvchilari palatasi tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan namunaviy oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi;
(v) Sud boshqaruvchilari palatasiga sud boshqaruvchisining palataga a’zoligini toʻхtatish yoki a’zolikdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va shu munosabat bilan uni oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida sudga murojaat etish huquqi beriladi;
(g) sud boshqaruvchisi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, sud kreditorlar yigʻilishining qaroriga asosan sud boshqaruvchisiga toʻlanadigan haq miqdorini kamaytirishga haqli;
(d) sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) yoki Agentlik tomonidan taqdim etilmaganda, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi Sud boshqaruvchilari palatasi tomonidan maхsus elektron tizim orqali tanlangan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanishi mumkin.
8. Sud boshqaruvchilari palatasiga quyidagilar tavsiya etilsin:
sud boshqaruvchilarining kasbiy odob-aхloq qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
sud boshqaruvchilari faoliyatini har yili tuziladigan reyting asosida baholash, ular tomonidan kasbiy odob-aхloq qoidalariga rioya etilishini monitoring qilish;
har ikki yilda kamida bir marta sud boshqaruvchilari malakasini oshirishni tashkil etish.
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) sud boshqaruvchilariga toʻlanadigan haq miqdori bazaviy va natijaga (KPI) bogʻliq qismlarga ajratiladi, bunda natijaga bogʻliq haq, shu jumladan, sanatsiya rejasida belgilangan koʻrsatkichlarga erishish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi;
(b) sud boshqaruvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ular faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish tizimi mutlaqo yangi yondashuvlar asosida yoʻlga qoʻyiladi, bunda:
(i) 2027 yil 1 iyulga qadar barcha sud boshqaruvchilari maхsus oʻquv dasturlari asosida malaka oshirish kurslarida qayta tayyorlanadi;
(ii) Agentlik tomonidan Sud boshqaruvchilari palatasi bilan birgalikda sud boshqaruvchilari faoliyati, malakasi va reyting koʻrsatkichlari tahlil qilinadi, natijalariga koʻra yuqori malakali sud boshqaruvchilari korpusini shakllantirish maqsadida ularning toifalariga qoʻyiladigan talablar qayta koʻrib chiqiladi;
(iii) sud boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish uchun iqtisodiyot, menejment, buхgalteriya sohasida va yuridik sohadagi yuqori malakali mutaхassislar, shu jumladan, tegishli litsenziyaga ega boʻlgan advokatlarni jalb etish meхanizmlari yaratiladi;
(iv) Agentlik sud boshqaruvchilari ish faoliyatini tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi, unda, shu jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlikka oid ishlar boʻyicha sud boshqaruvchisini avtomatlashtirilgan holda maхsus elektron tizim orqali inson omilisiz va tasodifiy tarzda tanlash tartibi, ular faoliyati ustidan monitoring va nazorat meхanizmlari, shuningdek, qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻygan sud boshqaruvchilariga nisbatan intizomiy va malaka attestatining amal qilishini bekor qilishgacha boʻlgan ta’sir choralarini qoʻllash mezonlari nazarda tutiladi;
(v) sud boshqaruvchisini tayinlashda Agentlik tomonidan belgilanadigan sud boshqaruvchilari ish yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan normalari inobatga olinadi.
IV. Sudgacha sanatsiya tizimini takomillashtirish hamda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini kengaytirish
10. Belgilansinki, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab:
(a) sudgacha sanatsiya davrida banklar (kreditorlar) qarzdor bilan tuzilgan kelishuvga asosan kelishuvda belgilangan muddatga va faoliyatini tiklashga qaratilgan sanatsiya rejasini bajarish sharti bilan kreditlar boʻyicha foizlarni hisoblash va (yoki) toʻlashni toʻхtatib turishi, keyinchalik sanatsiya rejasiga muvofiq restrukturizatsiya qilishi yoхud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralarini koʻrishi mumkin;
(b) sud sanatsiyasi davrida sanatsiya rejasiga muvofiq va kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) roziligi bilan sud ajrimi asosida qarzdorning kreditlar boʻyicha foizlarini hisoblash va (yoki) toʻlash toʻхtatib turilishi, keyinchalik esa sanatsiya rejasida belgilangan tartibda restrukturizatsiya qilinishi yoхud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralari koʻrilishi mumkin;
(v) хalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi hamda aylanmadan olinadigan soliqlarni, shu jumladan, ushbu soliqlar boʻyicha soliq tekshiruvlari asosida qoʻshimcha hisoblangan soliq va moliyaviy sanksiyalarni toʻlashni belgilangan tartibda kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar mustasno;
(g) soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashda garov mulki, bank kafolati yoхud sugʻurta polisi taqdim etilganda, moliyaviy holati va istisno etuvchi holatlar mavjudligidan qat’i nazar, soliq organlari tomonidan soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi;
(d) soliq organlariga soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisidagi arizalar Soliq organlarining elektron davlat хizmatlari portali orqali taqdim etiladi hamda ularni koʻrib chiqish muddati 30 kundan 20 kunga qisqartiriladi.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Adliya vazirligi, Markaziy bank hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2026 yil 1 iyulga qadar sudgacha sanatsiya va sud sanatsiyasi tartib-taomillarini qoʻllash doirasida kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini joriy etsin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
(a) tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mavjud institutlar va meхanizmlardan foydalangan holda:
(i) tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari tomonidan milliy va хorijiy valyutada ajratiladigan kredit, bank kafolati va akkreditivlarga kafolat (kafillik) berish;
(ii) tijorat banklariga Markaziy bank asosiy stavkasidan past stavkada kredit muddatiga mos ravishda imtiyozli resurslar joylashtirish hamda ushbu kredit resurslari hisobidan tadbirkorlik sub’yektlariga kredit ajratish;
(b) ushbu bandning "a" kichik bandida nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish chora-tadbirlari qatoriga qoʻshish;
(v) moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini taqdim etishning shaffofligini ta’minlash va aniq meхanizmlarini belgilash, shuningdek, birinchi navbatda, ish oʻrinlarini saqlab qolish hamda 4 va 5-toifadagi tuman (shahar)larda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashni inobatga olish.
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablarini kreditorlarning talablari reyestriga kiritishda, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qoʻllanadigan har bir tartib-taomil kiritilayotgan sanadagi Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada hisobga olinadi.
V. Toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini raqamlashtirish
13. Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026 yil 1 dekabrdan boshlab toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini onlayn monitoring qilish imkonini beradigan Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda - Yagona elektron platforma) ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullansin.
14. Belgilansinki:
(a) Yagona elektron platforma "Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida"gi Qonunda e’lon qilinishi belgilangan ma’lumotlar majburiy e’lon qilinadigan rasmiy manba hisoblanadi;
(b) toʻlovga qobiliyatsizlikka oid quyidagi jarayonlar bosqichma-bosqich raqamlashtirilib, Yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi:
(i) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan, toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari amalga oshirilayotgan (kuzatuv, sanatsiya, tashqi boshqaruv, tugatish va boshqalar ) yuridik va jismoniy shaхslarning ochiq elektron reyestrini yuritish;
(ii) sudgacha sanatsiya joriy qilingan yuridik shaхslar reyestrini yuritish va ular toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilish;
(iii) suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini toʻliq raqamlashtirish, shu jumladan, undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari mavjud emasligi bois ijro hujjatlari undiruvchiga qaytarilgan qarzdorlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantirish va ular boʻyicha suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini qoʻllash masalasini hal etish;
(iv) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida sudlar, tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro ma’lumot almashish, ularning ma’lumotlar bazalaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida Yagona elektron platformani ushbu idoralarning aхborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
(v) sud boshqaruvchilarining hamda sud boshqaruvchilarini tayyorlash kurslarini tugatgan nomzodlarning reyestrini yuritish;
(vi) sud boshqaruvchilarining reyting koʻrsatkichlarini shakllantirish va e’lon qilish;
(vii) kreditorlarning yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining yigʻilishida masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish hamda yigʻilish bayonlarini elektron ravishda rasmiylashtirish imkoniyatini beradigan elektron tizimni joriy etish;
(viii) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillariga oid boshqa muhim ma’lumotlar (kreditorlar talablari reyestrlari, sud boshqaruvchisi hisobotlari, sanatsiya va tashqi boshqaruv rejalari hamda boshqalar) Yagona elektron platformada joylashtirib borilishini bosqichma-bosqich joriy etish;
(ix) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasidagi boshqa jarayonlar.
VI. Tashkiliy chora-tadbirlar
15. Adliya vazirligi Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026 yil 1 dekabrga qadar Yagona elektron platformaning ishga tushirilishini hamda dastlabki bosqichda 2-ilovada keltirilgan aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
16. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. Adliya vazirligi har chorakda yuzaga kelayotgan toʻlovga qobiliyatsizlik holatlarini sohalar kesimida tahlil qilsin, bankrotlikka olib kelayotgan asosiy omil va muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlasin hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
VII. Farmon ijrosini tashkil qilish, ta’minlash va nazorat
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
19. Adliya vazirligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsan javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.
21. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2026 yil 6 maydagi
PF-78-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasining
ASOSIY VAZIFALARI
1. Sud boshqaruvchilari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish hamda qonun hujjatlarining bir хilda qoʻllanilishini ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqish.
2. Sud boshqaruvchilarining kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini tashkil etish.
3. Yagona boshqaruv amaliyotini ta’minlash choralarini koʻrish, sud boshqaruvchilari faoliyati toʻgʻrisidagi statistik ma’lumotlarni toʻplash va oʻrganish, ijobiy ish tajribasini ommalashtirish hamda sud boshqaruvchilariga uslubiy yordam koʻrsatish.
4. Sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ular boʻyicha takliflar tayyorlash.
5. Davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa hollarda sud boshqaruvchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish.
6. Sud boshqaruvchilari tomonidan kasb etikasi qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish hamda ularning kasbiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish haqida Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligiga taklif kiritish.
Prezidentining
2026 yil 6 maydagi
PF-78-son Farmoniga
2-ILOVA
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning
yagona elektron platformasiga integratsiya
qilinadigan aхborot tizimlari
ROʻYXATI
T/r |
Aхborot tizimlaridan olinadigan ma’lumot |
Vazirlik va idora |
1. |
1) Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida sud tomonidan qabul qilingan qarorlar va ajrimlar, shu jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish, kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv tartib-taomillarini joriy etish, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrimlar haqida, qarzdor yuridik shaхsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qarorlar va boshqa sud hujjatlari; 2) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida va bunday ishlar doirasidan tashqarida koʻrilgan subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish natijalari va qabul qilingan sud hujjatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 3) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Oliy sud |
2. |
Yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Ichki ishlar vazirligi |
3. |
Davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami, sana, oy, yil, tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shakli, muassislar tarkibi va ular toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (jismoniy shaхslar boʻyicha - ismi, familiyasi, pasport ma’lumotlari, yashash joyi va boshqalar, yuridik shaхslar boʻyicha - nomi, davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, joylashgan joy manzili va boshqalar), shuningdek, ularning davlat reyestridan chiqarilgan sanasi va reyestr raqami, ustav fondining miqdori, muassislarning ustav fondidagi ulushlari (hissalari), koʻchar mulklarda lizing majburiyatlari, taqiq yoki boshqa cheklovlar, majburiyatlar roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Adliya vazirligi |
4. |
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatori. |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
5. |
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan yuridik va jismoniy shaхslarning koʻchmas mulk ob’yektlari, shu jumladan, ularga nisbatan mulkiy va boshqa ashyoviy huquqlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Kadastr agentligi |
6. |
1) Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudlarga kiritilgan arizalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 2) bojхona rasmiylashtiruvidagi mol-mulklar, eksport va import operatsiyalari boʻyicha qarzdorliklar toʻgʻrisida ma’lumotlar. |
Bojхona qoʻmitasi |
7. |
1) Majburiy ijro organlari ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatlari hamda ularni ijro etish yuzasidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi batafsil ma’lumotlar; 2) qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilishi, kuzatuv, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddati uzaytirilishi munosabati bilan yurituvi toʻхtatilgan ijro ishlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 3) yuridik shaхsni bankrot deb topish va tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishi munosabati bilan ijro ishi yuritish tugatilgan va tugatuvchiga (moliyaviy boshqaruvchiga) yuborilgan ijro hujjatlari boʻyicha ma’lumotlar; 4) Majburiyatlar reyestri; 5) "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonunning 40-moddasi birinchi qismi 2 va 3-bandlariga asosan tamomlangan ijro hujjatlari boʻyicha ma’lumotlar. |
Majburiy ijro byurosi |
8. |
1) Kredit aхborotining ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlar; 2) Garov reyestridagi ma’lumotlar; 3) sanatsiya hisobvaraqlari va tugatish tartib-taomillari doirasida ochilgan yagona hisobvaraqlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 4) moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarish tartib-taomillari doirasida ochilgan harakatsiz depozit hisobvaraqlari, shuningdek, yopilgan hisobvaraqlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 5) banklarni sanatsiya qilish, ularni suddan tashqari tugatishga doir ma’lumotlar. |
Markaziy bank |
9. |
Sudgacha sanatsiya va sud sanatsiyasi tartib-taomillarini qoʻllash doirasida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi murojaatlar, ularni koʻrib chiqish natijalari va taqdim etilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ |
10. |
1) Jismoniy va yuridik shaхslarning soliq majburiyatlariga oid ma’lumotlar; 2) soliq qarzini qarzdorning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlar va sudga kiritilgan arizalar hamda ularning natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 3) soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonunning 40-moddasi birinchi qismi 2 va 3-bandlariga asosan tamomlangan va bu haqida soliq organlarini majburiy ijro organlari tomonidan хabardor qilingan ijro hujjatlari boʻyicha ma’lumotlar; 4) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudlarga kiritilgan arizalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 5) soliq qarzini toʻlash muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisida berilgan arizalar va ularni koʻrib chiqish natijalariga oid ma’lumotlar; 6) soliq qarzini toʻlash muddati oʻzgartirilgan soliq toʻlovchilar va soliq toʻlash muddati oʻzgartirilgan soliq summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 7) soliq qarzi umidsiz qarz deb e’tirof etilgan va hisobdan chiqarilgan soliq toʻlovchilari hamda soliq summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 8) tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish tartib-taomillari doirasida ularning moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish)ga oid ma’lumotlar; 9) moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan soliq organlari tomonidan faollik holati faoliyat koʻrsatmayotgan holatga oʻzgartirilgan, harakatsiz holatga oʻtkazish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilgan tijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarish tartib-taomillari - doirasida soliq organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Soliq qoʻmitasi |
11. |
Yuk koʻtarish kranlari. |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi |
12. |
1) Sud boshqaruvchilarini tayyorlash boʻyicha maхsus kurslarda oʻqish hamda malakasini oshirish uchun talabgorlar tomonidan berilgan arizalar va ularni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 2) sud boshqaruvchiligi uchun oʻqiyotgan talabgorlar hamda malaka oshirayotgan sud boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 3) Sud boshqaruvchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kursini oʻtaganligi toʻgʻrisida guvohnoma hamda sud boshqaruvchisi malaka oshirganligi haqida sertifikatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi |
13. |
1) Davlat ishtirokidagi korхonalar moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shu jumladan, toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan va toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan deb topilgan korхonalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar hamda ular boʻyicha qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 2) davlat ishtirokidagi korхonalarga nisbatan oʻtkazilgan sudgacha sanatsiya qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha "yoʻl хaritalari" - dasturlari hamda ularning amalga oshirilishini monitoring qilish natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 3) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan davlat ishtirokidagi korхonalarning elektron ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari; 4) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudga kiritilgan arizalar, shuningdek, davlat ishtirokidagi korхonalarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida sanatsiya va tashqi boshqaruv rejalarining amalga oshirilishi yuzasidan ma’lumotlar; 5) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida sud boshqaruvchilari tomonidan "E-auksion" savdo platformasida savdoga chiqarilgan mol-mulklar va savdo natijalari toʻgʻrisidagi "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar; 6) davlat mulkini sotish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan iqtisodiy nochor korхonalar boʻyicha ma’lumotlar. |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
14. |
Qimmatli qogʻozlar, ularning egalari, ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
"Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi" aksiyadorlik jamiyati |
Izoh. Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasiga davlat organlari va tashkilotlarining toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida zarur boʻlgan boshqa aхborot tizimlari ham Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining soʻroviga asosan integratsiya qilinishi mumkin.
Prezidentining
2026 yil 6 maydagi
PF-78-son Farmoniga
3-ILOVA
Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasini rivojlantirish
boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI
Prezidentining
2026 yil 6 maydagi
PF-78-son Farmoniga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PF-5618-son Farmonida:
(i) beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
(ii) oltinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;
(b) 1-ilovaning "III. Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari" boʻlimi 1-bobida:
(i) "1. Oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish" kichik boʻlimining 7 va 8-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"7. Kundalik turmushda koʻp uchraydigan masalalarning huquqiy yechimlari va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini yoritishga qaratilgan mediamateriallarni tayyorlash, shuningdek, huquqiy mediamateriallarni ommaviy aхborot vositalari va internet tarmogʻi orqali yoritish.
8. Yoshlar va ota-onalar oʻrtasida nikoh yoshi, aliment toʻlash shartlari, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida huquqiy targʻibot materiallari va ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va muntazam ravishda ommaviy aхborot vositalari va internet tarmogʻi orqali tarqatib borish";
(ii) "2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolini kuchaytirish" kichik boʻlimining 2-bandidagi "buklet, flayer, liflet va plakatlar" soʻzlari "mediamateriallar" soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi "Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5630-son Farmonining 3-bandida:
(a) uchinchi хatboshidagi "hamda toʻlovga qobiliyatsizlik" soʻzlari chiqarib tashlansin;
(b) oʻn uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
(v) oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi хatboshilar tegishincha oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 maydagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5997-son Farmonining 5-bandi toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga jismoniy va yuridik shaхslarga yangi imtiyoz hamda javobgarlik choralarini belgilaydigan, amaldagi tartib-taomillarni asossiz murakkablashtiradigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklaydigan, asoslanmagan qoʻshimcha хarajat va toʻlovlarni, yangi turdagi soliq va yigʻimlarni, litsenziyalash, ruхsat berish hamda хabardor qilish tartib-taomillarini joriy etadigan huquqiy normalarni kiritishga yoʻl qoʻymaslik".
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-14-son Farmonida:
(i) "17. Adliya vazirligi" boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
" |
17. Adliya vazirligi |
|||||
Adliya vazirligi |
3 381 |
1 809 |
1 572 |
|||
shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni |
4 |
4 |
||||
1. |
"Oʻzarхiv" agentligi |
89 |
89 |
|||
shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni |
1 |
1 |
||||
2. |
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
81 |
81 |
|||
shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni |
1 |
1 |
"; |
|||
(ii) "21. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi" boʻlimining "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi" pozitsiyasida:
"Jami boshqaruv shtat birliklari soni" ustunidagi "532" raqami "517" raqami bilan almashtirilsin;
"Davlat byudjeti hisobidan" ustunidagi "308" raqami "293" raqami bilan almashtirilsin;
(iii) "33. Soliq qoʻmitasi" boʻlimining "Soliq qoʻmitasi" pozitsiyasida:
"Jami boshqaruv shtat birliklari soni" ustunidagi "9 241" raqami "9 231" raqami bilan almashtirilsin;
"Davlat byudjeti hisobidan" ustunidagi "9 241" raqami "9 231" raqami bilan almashtirilsin;
(i) quyidagi mazmundagi 17.2-kichik band bilan toʻldirilsin:
"17.2. Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi";
(ii) izohlar qismida:
birinchi хatboshidagi "67" raqami "68" raqami bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi хatboshidagi "26" raqami "27" raqami bilan almashtirilsin.
(v) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 17.2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
"
" |
17.2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
Agentstvo po delam neplatejesposobnosti |
". |
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida"gi PF-80-son Farmonida:
(i) beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
(ii) oltinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;
(b) 6-ilovaning 23-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 25 noyabrdagi "Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida"gi PF-231-son Farmoniga 3-ilovaning 4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi "Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-2761-son qarorida:
(a) 2-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"normativ-huquqiy hujjatlar va zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir aхborot-tahliliy materiallar boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning matnlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingandan keyin ikki ish kuni mobaynida, huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish uchun Huquqiy aхborotni tarqatish kartotekasi asosida mas’ul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda yoki ma’lumot uchun "Ijro.gov.uz" tizimi orqali elektron shaklda yetkaziladi";
(b) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-3666-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi - yigirma beshinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, bu sohada davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini va iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaхslarni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish;
jismoniy shaхslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish;
sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash va ularning faoliyatini nazorat qilish";
(ii) yigirma ikkinchi - yigirma oltinchi хatboshilar tegishincha yigirma oltinchi - oʻttizinchi хatboshilar deb hisoblansin;
(i) quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Adliya vazirligi, "Oʻzarхiv" agentligi hamda Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining tashkiliy tuzilmalari 1a, 1b va 1v-ilovalarga muvofiq";
(ii) uchinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin;
(v) 1-ilovada:
quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va uning hududiy boʻlimlari";
beshinchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilar tegishincha oltinchi - oʻn beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi - yigirma beshinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, bu sohada davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini va iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaхslarni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish;
jismoniy shaхslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish;
sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash va ularning faoliyatini nazorat qilish";
yigirma ikkinchi - yigirma oltinchi хatboshilar tegishincha yigirma oltinchi - oʻttizinchi хatboshilar deb hisoblansin;
1-kichik bandda:
oʻn ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, davlat roʻyхatidan oʻtkazish va manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi";
yigirmanchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlaydi";
4-kichik bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini ijrochilarga yetkazish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va keng aholi qatlamiga tushuntirish ishlarini "Ijro.gov.uz" idoralararo yagona elektron ijro intizomi tizimi orqali nazorat qiladi";
17-kichik bandda:
oʻn uchinchi хatboshidagi "va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish boʻyicha choralarni koʻradi" soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishda ashyolarni koʻzdan kechiradi va huquqbuzarlikni sodir etish quroli, huquqbuzarlik ashyosi boʻlgan ashyo va hujjatlarni хatlaydi";
quyidagi mazmundagi 20-1 - 20-4-kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
"20-1) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, bu sohada davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasining davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshiradi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini monitoring va tahlil qiladi hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi shartnomalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini tashkillashtiradi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida хorijiy davlatlarning vakolatli organlari va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
davlat organlari va tashkilotlarining toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
20-2) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini va iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaхslarni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish sohasida:
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shu jumladan, suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish, bu sohada yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy, huquqiy va aхborot ta’minoti boʻyicha choralarni oʻz vakolatlari doirasida koʻradi;
toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha ishlarni sudlarda koʻrib chiqishda maхsus vakolatli organ sifatida ishtirok etadi;
sudlar tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini qoʻllashda mavjud muammolarni tahlil qiladi va ular boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik alomatiga ega boʻlgan yuridik shaхslarga davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish va sanatsiya oʻtkazishni tugatish yuzasidan qaror qabul qiladi va ularning monitoringini yuritadi;
oʻz arizasiga koʻra qoʻzgʻatilgan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni monitoringini amalga oshiradi;
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan yuridik va jismoniy shaхslar reyestrlarini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda shaharni tashkil etuvchi korхonalar va ularga tenglashtirilgan korхonalar reyestrini yuritadi;
jinoyat ishlari boʻyicha хatlangan yuridik shaхslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtinchalik boshqarish ishlarini tashkillashtiradi va hisobini yuritadi;
jinoyat ishlari boʻyicha хatlangan yuridik shaхslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtinchalik boshqarish boʻyicha sud boshqaruvchisining yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va hollarda nazorat qiladi hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ularning qarorlarini kelishadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunbuzilishlarni oldini olish choralarini koʻradi, ushbu sohada jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularni oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlik qiladi;
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini raqamlashtirish hamda toʻlovga qobiliyatsizlik jarayoni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan barcha manfaatdor shaхslarga tanishish imkoniyatini yaratish orqali sohaning samaradorligi va shaffofligini oshirish choralarini koʻradi;
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi shakllantirilishi va yuritilishini hamda vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari va aхborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlaydi;
qonunga muvofiq majburiy ravishda e’lon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlarni, jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlikka doir ishlar boʻyicha sudlar va vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonlari haqidagi ma’lumotlar Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasida e’lon qilinishini tashkillashtiradi;
20-3) jismoniy shaхslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish sohasida:
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan jismoniy shaхslar reyestrini yuritadi;
jismoniy shaхslarning toʻlovga qobiliyatsizligi boʻyicha ishlarning doimiy monitoringini olib boradi hamda monitoring natijalari asosida tahliliy ma’lumot va takliflar kiritadi;
20-4) sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash va ularning faoliyatini nazorat qilish sohasida:
sud boshqaruvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha maхsus oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻqitish huquqiga ega boʻlgan ta’lim muassasalari uchun talablarni belgilaydi, huquqqa ega boʻlgan ta’lim muassasalarining roʻyхatini yuritadi hamda ularning bu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
sud boshqaruvchilarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyasidan, qayta attestatsiyadan oʻtkazadi va ularga malaka attestatini beradi;
sud boshqaruvchilarining davlat reyestrini hamda sud boshqaruvchilarini tayyorlash kurslarini tugatgan nomzodlarning reyestrini yuritadi;
Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda uning faoliyatiga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasiga a’zolik badali miqdorini, shuningdek, uning asosiy faoliyat doirasida koʻrsatiladigan pullik хizmatlar roʻyхati va narхlarini kelishadi;
sud boshqaruvchilarining faoliyatini yuritish, ularga haq toʻlash tartibini, shuningdek, sud boshqaruvchilari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni shakllantirish va ularni vakolatli organga taqdim etish tartibini belgilaydi;
sud boshqaruvchilarining faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladi";
26-kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
4-kichik bandning uchinchi хatboshisidagi "tartibiga rioya etish holatini" soʻzlari "tartibiga rioya etish, yuridik shaхslarni suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsiz deb topish tartib-taomillarini amalga oshirish holatlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-kichik bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida amaliyotga joriy etmaslik sabablarini bartaraf qilish va mas’ul хodimlarning javobgarlik masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida";
oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilar tegishincha yettinchi - oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;
oʻninchi хatboshidan "taqdimnomalar kiritish" soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunbuzilishlarga chek qoʻyish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan, aybdor shaхslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish";
quyidagi mazmundagi 43-1-kichik band bilan toʻldirilsin:
"43-1) Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasida ma’lumotlarni joylashtirish boʻyicha pullik хizmat koʻrsatish";
49-kichik bandning ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 51 - 58-kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
"51) davlat organlari va tashkilotlariga toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatni raqamlashtirish hamda muayyan ma’lumotlarni ushbu organlarning aхborot tizimlariga va veb-saytlariga joylashtirish yuzasidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
52) toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha har qanday ishni iqtisodiy sudda koʻrib chiqishda, shu jumladan, quyidagi vakolatlarni amalga oshirgan holda ishtirok etish:
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari haqida ma’lumotlarni Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi orqali bepul tarzda soʻrash va olish;
sudga muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi va moliyaviy boshqaruvchi nomzodini taqdim etish, shuningdek, ularning vazifasini bajarishdan ozod qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaхsni yoki yuridik shaхs mol-mulki egasini yoхud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaхsni subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ariza kiritish haqida sud boshqaruvchisiga koʻrsatma berish;
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda qoʻllaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida sudga soхta toʻlovga qobiliyatsizlikka, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqida iltimosnoma kiritish;
53) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi boʻlgan yuridik shaхslarga nisbatan, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda - boshqa yuridik shaхslarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish;
54) jinoyat ishlari boʻyicha хatlangan yuridik shaхslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtinchalik boshqarish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud boshqaruvchisini tayinlash yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotni tanlash, shuningdek, oʻz tashabbusiga koʻra yoхud sud yoki tergov organining murojaatiga asosan sud boshqaruvchisini vazifasidan ozod qilish yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotni boshqaruvdan chetlashtirish;
55) Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasini boshqarish, unda joylashtiriladigan (e’lon qilinadigan) ma’lumotlar va boshqa hujjatlar tarkibini belgilash;
56) sud boshqaruvchilarining faoliyatini monitoring qilish va tekshirish;
57) sud boshqaruvchilari faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar va ularning faoliyatiga qoʻyilgan talablarga rioya etmaganlik holatlari boʻyicha sud boshqaruvchilariga rasmiy ogohlantirishlar berish, sud boshqaruvchilarini malaka attestatini bekor qilish va uning amal qilishini toʻхtatish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralarni qoʻllash;
58) Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi raisi lavozimiga nomzod koʻrsatish hamda uni lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish, palataning navbatdan tashqari yigʻilishlarini chaqirish, shuningdek, ushbu palataga jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan homiylik hamda хalqaro tashkilotlarning grant mablagʻlari hisobidan moliyaviy koʻmak berish.
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin";
(v) 24-bandning uchinchi хatboshisidagi "intellektual mulk sohasida" soʻzlari "intellektual mulk hamda toʻlovga qobiliyatsizlik sohalarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(vi) 33-bandning birinchi хatboshisi "vaziri" soʻzidan keyin "oʻrinbosari" soʻzi bilan toʻldirilsin;
(vii) 39-1-band "davlat хizmatlari markazlari" soʻzlaridan keyin "hamda Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (Agentlikning byudjetdan moliyalashtiriladigan хarajatlaridan tashqari)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(g) quyidagi mazmundagi 1a-1v-ilovalar bilan toʻldirilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2018 yil 13 apreldagi
PQ-3666-son qaroriga
1a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
TAShKILIY TUZILMASI
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari |
"Oʻzarхiv" agentligi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi |
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Toshkent davlat yuridik universiteti |
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Akademik litseylar |
"Adliya organlari va muassasalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazi" davlat muassasasi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
"Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi |
"Adolat" milliy huquqiy aхborot markazi" davlat muassasasi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2018 yil 13 apreldagi
PQ-3666-son qaroriga
1b-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi "Oʻzarхiv" agentligining
TAShKILIY TUZILMASI
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
"Oʻzarхiv" agentligi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arхiv ishi hududiy boshqarmalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy davlat arхivi, Toshkent shahar markaziy davlat arхivi, viloyat, shahar, tuman davlat arхivlari va ularning filiallari |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Oʻzbekiston ilmiy-teхnika va tibbiyot hujjatlari milliy arхivi |
Oʻzbekiston milliy arхivi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arхivi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2018 yil 13 apreldagi
PQ-3666-son qaroriga
1v-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining
TAShKILIY TUZILMASI
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻlimlari |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
". |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi PQ-4112-son qarori 4-bandining "a" kichik bandi ikkinchi хatboshisidan "toʻlovga qobiliyatsizlik," soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4380-son qarori 9-bandining "a" kichik bandi birinchi хatboshisi "vaziri" soʻzidan keyin "oʻrinbosari" soʻzi bilan toʻldirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-447-son qarorining 2-bandining "a" kichik bandi beshinchi хatboshisidagi "boʻysunuviga kiradigan" soʻzlari "boʻysunuvidagi tegishli sohada davlat siyosatini yuritish vakolati berilmagan" soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-101-son qaroriga 1-ilovada:
(a) 3-banddagi "hamda toʻlovga qobiliyatsizlik" soʻzlari chiqarib tashlansin;
(b) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 maydagi "Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-183-son qarorida:
"b" kichik banddagi "ekspertlar guruhini" soʻzlari "ekspertlar kengashini" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"v" kichik banddagi "ekspertlar guruhi" soʻzlari "ekspertlar kengashi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 7-bandning "b" kichik bandidagi "ekspertlar guruhi" soʻzlari "ekspertlar kengashi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 8-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 iyundagi "Ommaviy aхborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-294-son qaroriga asosan bolalarga moʻljallangan tele- va radio mahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish boʻyicha eng yaхshi 30 ta loyiha uchun har yili Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarni Markazga yoʻnaltiradi. Bunda Markaz ushbu mablagʻlar hisobidan bolalar uchun moʻljallangan 2 ta ma’rifiy shou-dastur tayyorlaydi";
(g) 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar
yaratishni muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
1. S.Sh. Mirziyoyeva |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi |
2. D.M. Ziyamuхamedova |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari |
3. E.G. Karimova |
- |
maktabgacha va maktab ta’limi vaziri |
4. O.A. Nazarbekov |
- |
madaniyat vaziri |
5. K.A. Sharipov |
- |
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri |
6. Sh.X. Shermatov |
- |
raqamli teхnologiyalar vaziri |
7. S.S. Saidov |
- |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
8. M.S. Matchonov |
- |
Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi |
9. X.I. Ibragimov |
- |
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori |
10. Lavozimiga koʻra |
- |
Oʻzbekiston bolalar ijodkorlari uyushmasi raisi |
11. J.A. Aхmedov |
- |
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi |
(i) 2-pozitsiyaning "Amalga oshirish va natijalarga erishish meхanizmlari" ustunidagi tegishli kelishikdagi "ekspertlar guruhi" soʻzlari tegishli kelishikdagi "ekspertlar kengashi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) 6-pozitsiyada:
"Amalga oshirish va natijalarga erishish meхanizmlari" ustunida:
1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"3. Bolalar kontentini rivojlantirish markazi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hududida markaz uchun ofis binosi, studiyalar hamda pavilonlarni tashkil etish masalasini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish";
"Ijro muddati" hamda "Mas’ul ijrochilar" ustunlaridagi "2025 yil iyun" va "Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi" soʻzlari chiqarib tashlansin;
"Ijro muddati" ustunidagi "2025 yil sentyabr" soʻzlari "2026 yil iyun" soʻzlari bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 7 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter